O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ta’tilda vaksinaning 1-dozasini olgan talaba 2-doza uchun yashash joyiga borishi kerakmi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning Xpress.uz’ga ma’lum qilishicha, talaba vaksinani OTMsi biriktirilgan poliklinikada ham olishi mumkin.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Nega ijarada yashaydigan talabalarning muammosi bu qadar avj oldi?
Mundoq bir ortga qaraylik.

Oxirgi 4 yilda davlat OTMlarga qabul super, giperkontraktlarniyam qo‘shganda kamida 3 barobar oshdi. Yaxshi. Men bu noto‘g‘ri ish edi demayman.

Lekin OTMlarning moddiy texnika bazasi va yotoqxona infratuzilmasi inobatga olinmay shunday ish qilindi.
Qarorlar kompleks va oqibatlarini puxta o‘ylab qabul qilinishi lozim. Oshirilgan kvotalar bo‘yicha talabalarning yotog‘ini faqat ijara kvartiralar qondirishi mumkinligi avvaldan ma’lum edi-ku!

Buning ustiga o‘nlab xususiy va xorijiy OTMlar faoliyatini boshladi, ularning hech biriga yotoqxona infratuzilmasi bo‘yicha talab qo‘yilmadi. 90% xususiy va xorijiy OTMlarning yotoqxonasi umuman yo‘q. Deyarli har oyda yangi OTM ochish bo‘yicha hukumat qarori paydo bo‘ladi, ularda yotoqxona mavjudligi talabi bormi? Yo‘q. Lekin tekinga yer olishni, bino ajratilishini, soliq, boj imtiyozlarini olishni aslo unutishmaydi.

Yo bizda OTM ochayotgan xorijiy va xususiy investorlarda olmoq bor-u, bermoq yo‘qmi?

Bu xuddi stoyankasiz supermarket va savdo markazlari qurishga ruxsat berilishi singari.

Yotoqxona muammosi bu biz 2-3 yil avvalroq e’tibor qaratishimiz va yechishimiz kerak masala edi, u vaqtda hozirgidan ko‘ra pul ham ko‘proq edi. Mayli, kechikib bo‘lsayam harakatga kelinmoqda. Faqat qarorlar qabul qilishda oldinroq, o‘lchovliroq yurishimiz kerak. Gap shu haqda.

Yaqin orada bizni OTM bitiruvchilari bilan bog‘liq yana bir muammo bezovta qilishi mumkin.

Shu paytgacha o‘rta va o‘rta-maxsus ma’lumotlilarning ishsizligi, ularni ish bilan ta’minlash kun tartibida edi.
Bu yildan boshlab oliy ma’lumot olganlarning ish bilan ta’minlash ham ko‘ndalang bo‘la boshlaydi.

Qo‘shimcha, ko‘paytirilgan kvotalar asosida OTMlarga o‘qishga kirganlar bu yildan ta’lim muasssasalarini bitirishni boshlaydi.
Hozirgi O‘zbekiston yiliga yangi 100 ming oliy ma’lumotlini hazm qiladigan ekonomikaga ega emas.

O‘rta, o‘rta maxsus ma’lumotli fuqaroning ishsizligi yomon, lekin oliy ma’lumotli fuqarolarning ommaviy ishsizligi undan ham yomon.
O‘rta, o‘rta maxsus ma’lumotli fuqaro past daromadli va jismoniy mehnatga oson ko‘nadi, juda bo‘lmasa mehnat migrantiga aylanishi mumkin.
Oliy ma’lumotli ishsizni ko‘ndirish qiyin, chunki u, garchi o‘zbek OTMlarida uncha sifatli bo‘lmagan ta’lim olgan bo‘lsa-da fikrlaydi, solishtiradi. Qolaversa ta’lim olish uchun yaxshigina pul sarflagan, sarflagan mablag‘larini iqtisodiy oqlashni, qaytarishni istaydi.

Biz bu yangi armiyani qabul qilishga tayyormizmi?

© Otabek Bakirov

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Bilasizmi? Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

✅ Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
✅ o'z xohishiga binoan;
✅ o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
✅ salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
✅ o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
✅ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
✅ o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
✅ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
✅ sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
✅ vafot etganligi sababli.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ijtimoiy eksperiment: Uysiz qolgan talabaga insonlarning e’tibori qanaqa? Talabaga yordam bershadimi?

Bu mavzuni yoritishdan charchadik. Xatoni kichik bir guruh qiladi, jabrini esa juda ko'pchilik ko'radi. Ilmli kishi hisoblanmish talabani ko'chada qoldirdik, yana kamiga yoshlarni kelajagimiz deb atadik. Juda mantiqsiz.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentning «o‘gay bolalari». Talabalar nega ijaraga qo‘yilmaydi?

Ta'lim olaman, kelajagimni quraman deb har yili viloyatlardan minglab yoshlar azim poytaxtni qora tortib keladi. Oliygohga qabul qilinganini eshitgan talabaning kayfi chog‘, axir u kamida vazir bo‘lishni niyat qiladi-da. Ammo Toshkent bo‘lajak vazirlarni kulib qarshi olmaydi, talaba buni tunashga boshpana topolmagan ilk kunidayoq his qiladi...

Videoni ko'rish: https://youtu.be/GMLLkn8Nijs

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Ota-onasini yo'qotgan talabalar uchun Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 50 foizga oshirilgan miqdorda stipendiya (amaldagi 517 ming so‘mdan 775 ming so‘mga oshiriladi) to‘lanadi — Prezident qarori.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
​​❗️Hijob va ro'molga qarshi "reyd" uyushtiruvchilar! OTM hududida, fakultet binolarida yurgan ayrim qizlarning ham kiyinishiga e'tibor qaratmaydilarmi?

Universitet hududida shunday qizlar uchrab turibdiki, ular milliy qadriyatlar-u, ibo-hayoga tupurgan. Sizning ham ba'zida ko'zingiz tushgan bo'lsa kerak. Oxirgi vaqtlarda tor, kalta, ochiq-sochiq kiyinish qizlar uchun "urf"ga aylandi. Afsuski, hayo chegarasidan chiqib ketilmoqda.

Shu o'rinda bir tabiiy savol tug'iladi: Nega hijob va ro'molga qarshi "reyd" uyushtiruvchi rahbariyat, universitet "ichki tartib-qoidasi"ni pesh qiluvchi dekan va zamdekanlar bu kabi behayolarga qarshi hech bir tadbir yoki "reyd" uyushtirmaydi? Iymonli, e'tiqodli qizlarga hujum-u, foxishasifatlarga esa e'zozmi? Qadimdan o'zbek ayollari ibosi bilan tanilmaganmidi? SSSR ta'siri hamon seziladi va biz bundan to'laqonli ozod bo'la olmadik.

Sovet ittifoqi sarqiti hisoblanmish hijobni ta'qiqlash hali hamon mavjudligi esa bizning to'liq mustaqil emasligimizni anglatadi. Ma'lumot o'rnida shuni aytish mumkinki, AQSh, Yevropa va Rossiyada ham ro'mol yoki hijobga ta'qiq yo'q.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Qonunchilikka ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Yakshanba kuni butun O‘zbekiston hududiga sovuq antisiklon tarqalishni boshlaydi!

Shanba kuni 37 darajagacha issiq bo‘lsa, yakshanba kuni 35 darajaga pasayadi. Xorazm va Qoraqalpog‘istonda harorat 27 darajagacha tushadi. Keyingi haftaning boshidan esa sovuq antisiklon ta’siri kuchayadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
2_5339168438017331335.pdf
1.1 MB
❗️2021-2022-o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari.

Fayl orqali 30 ta OTMda hamkor xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 264 ta qo'shma ta'lim dasturiga oid maʼlumotlar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

✅
Bakalavriat yo‘nalishlari – 192 ta (shundan 13 tasi sirtqi ta’lim shaklida);

✅ Magistratura mutaxassisliklari – 72 ta (kunduzgi);

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari soni – 6332 nafar bo‘lib, shundan:

• Bakalavriat yo‘nalishlari uchun – 5722 nafar (shundan 370 nafari sirtqi ta’lim shaklida);

• Magistratura mutaxassisliklari uchun – 610 nafar (kunduzgi) etib belgilangan.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️O'zbekiston hududida talabalar stipendiyasi miqdorlari!

3 va 4 bahoga o'zlashtirgan talabalar uchun - 517 880 so'm;
5 bahoga o'zlashtirgan talabalar uchun - 621 456 so'm;

Shuningdek, faol va baholari 4 , 5 bo'lgan talabalarga qo'shimcha 50 foizgacha stipendiya berilishi belgilangan.

Davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar umumiy fanlarining 30 foizi va undan ko'prog'i 3 baho bo'lsa 1 semestr stipendiya olmaydi. Ya'ni 10ta fandan 3tasi 3 baho bo'lsa stipendiya olmaydi.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish!

Hozirda abituriyentlar, talabalar hamda ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha minimal o‘tish bali, o‘tish balidan past past ball to‘planganda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kabi turli masalalarda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tabaqalashtirilgan to‘lov-konrakt miqdorini belgilash va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasasining bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.

Shu sababli tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar Davlat test markaziga emas, balki oliy ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Shu o‘rinda Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar va ularning ota-onalarini mazkur masala yuzasidan Davlat test markaziga yuborish o‘rniga qonunchilik asosida kerakli tushuncha va ma’lumotlarni berishni tavsiya qiladi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Farzand ko'rgan talabaning suyunchi olish tartibi!

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 287-moddasiga ko‘ra, bola tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanishi, har bir tug‘ilgan bola uchun beriladigan nafaqa miqdori va uni to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yilishi ko‘rsatilgan.

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomning 6-paragrafiga ko‘ra, quyidagi qoidalar belgilangan.

Ushbu nafaqa eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida belgilangan. Bu summa bugungi kunda 540 ming so‘mni tashkil etadi.

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Super-kontraktda o'qish istagini bildirgan abituriyentlar diqqatiga!

2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Noturdosh yo'nalishlarga o'qishini ko'chirganlarning arizalari davlat komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

📍
@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Savol: 2 oylik chaqalogʻim bor. Oʻqishimni onlayn qilsam boʻladimi?

✅ Javob: Maʼlumki, Hukumat qarori bilan talabalarga akademik ta’til berishning yangicha tartibi o‘rnatilgan.

Unga koʻra oliy ta’lim muassasalari talabalariga bolalarni yoki oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun akademik ta’til berilishi mumkin.

Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra OTM rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga (agar OTMda bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa) o‘tkazilishi mumkin.

Bunda talaba OTMdan chetlashtirilgan hisoblanmaydi.

Yuqoridan kelib chiqib, Siz universitet rahbari nomiga akademik taʼtil olish uchun ariza bilan murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Barcha bosqich talabalari uchun Germaniyada bir semestr to'la moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi International Excellence Program almashinuv dasturi!

Talablar:
— Nomzodlar bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida o'qiyotgan bo'lishi lozim
— 28 yoshdan katta bo'lmasligi kerak
— Nemis tilidan kamida B1 yoki ingliz tilidan esa B2 darajaga ega bo'lishi kerak

Foydali tomonlari:
— Dastur boshlanganda xarajatlar uchun bir martalik mablag' va oylik cho'ntak puli beriladi
— Safar va tibbiy sug'urta xarajatlarini qoplab beriladi
— 1 semestr davomida bepul o'qiydilar va dastur davomidagi ta'lim safarlari, tadbirlar, til kurslari va turar joy uchun to'lovlar to'g'ridan to'g'ri COPERNICUS BERLIN tomonidan to'lab beriladi

Oxirgi muddat: 15.12.2021

Batafsil: https://grantgo.uz/go/77454

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
​​⚡️Mana o'qishning 2 haftasini ham tugatdik. Ushbu 2 hafta sizda qanaqa taassurotlar qoldirdi? Keling, biz bilan o'rtoqlashing.

Ehtimol sizda qandaydir muammo bordir... Yoki bu muammoga optimal yechim.

Kommentariyada fikrlarni qoldiring. Yuqori kurs talabalari (2-3-4-kurslar) 1-kurslarga o'z yordamingizni ayamang, maslahat va takliflar bering. Qani ketdik! Talabalar birlashamiz!

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Ikkinchi mutaxassislikka qabul 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi!

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021-2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!
❗️Qatar University Scholarship 2022 | Fully Funded:Barcha magistratura va PhD talabalari uchun to‘liq grantlar!

Grantning manfaatli tomonlari:

-To‘liq kontrak pullaridan ozod etiladi;
-Turar joy bilan ta’minlanadi;
-O‘quv kurslari , darsliklar uchun to‘lovlardan ozod etiladi;
-Yillik borib kelish avia biletlari qoplab beriladi;

Oxirgi muddat: 21.10.2021

Batafsil: https://oliygoh.uz/post/qatar-university-scholarship-2022-fully-funded

📍@NUU_students - OʻzMU talabalari kanali!