O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Muhim yangilik: Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ham 10 foiz chegirma beriladi!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Yana bir muhim yangilik!

➡️ 2021-2022-oʻquv yili qabul uchun tasdiqlangan “Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi” baholash mezonlari oʻzgarganligi sababli, abituriyentlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida istisno tariqasida toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizigʻi chegarasigacha yetarli ball toʻplay olmagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:

Toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul parametrlari chegarasiga:

➖ 1,05 ballgacha
yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➖
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➖
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➖
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

✅ Bunda, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021-2022-oʻquv yilida tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Assalomu alaykum Saxovatli insonlar.
Erkaboyeva Muslima 7 oylik.
Operatsiya uchun pul yig'ilyapdi.
Bitta pepsi yoki cola sotib olishni o'rniga 10.000so'm exson qilinglar.
Diagnoz: Gedrosefakiya.
8600332918387097
❗️Bugun Talabalar shaharchasi Toshkent davlat texnika universiteti hamda O'zbekiston Milliy universitet tutashgan maydonda soat 16:00 dan boshlab turli xil viktorina oʻyinlari, munozara-debat turnirlari boʻlib oʻtadi. Gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan turli-xil sovgʻalar taqdim etiladi.

Soat 18:00 dan boshlab esa katta gala konsert boʻlib oʻtadi. Konsertda yoshlarimizning eng sevimli sanʼatkorlari mehmon boʻlishadi. Barcha talaba-yoshlarini taklif qilib qolamiz.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

– Ariza beruvchi tegishli ma’lumot yoki hujjatlarni oʻzi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻlimi dekan oʻrinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga topshiradi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Savol: Men pedagogika yo‘nalishida super kontraktda o‘qimoqchiman. Tez orada koronavirusga qarshi vaksinaning oxirgi bosqichini olaman. Menga ham koronavirusga qarshi vaksina olganim uchun chegirma bonusi beriladimi? Imkoni bo‘lsa, summasi haqida ham batafsil ma’lumot bersangiz.

✅ Javob: 2021-2022-oʻquv yili uchun tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari asosida 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlar va talabalarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.

Misol uchun, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori 8 baravar etib belgilangan. Bitta talabani to‘lov-kontrakt asosida bir yillik o‘qitish miqdori esa 6 412 610 so‘mni tashkil etadi. Bunda abituriyent mazkur yo‘nalishda bakalavriat kunduzgi shakli uchun 51 300 880 so‘m tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktini amalga oshirgan taqdirda talabalikka tavsiya etiladi.

Agar talaba 1-noyabrga qadar vaksina olgan bo‘lsa, unga shu summadan bir martalik 10 foizli chegirma (5 130 088 so'm) bonusi beriladi. Shunda talaba umumiy 46 170 792 so‘m to‘lov-kontraktini amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

❗️Eslatma: Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar 1-oktabrga qadar (shu kuni ham) t-kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza bergan bo‘lishi kerak.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️ Abituriyentlar diqqatiga! Super-kontraktga arizalar qabuli tugashiga 1 kun vaqt qoldi. Arizalarni http://t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn yoki o'zingiz topshirgan OTMga borib topshirishingiz mumkin!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
⚡️Barcha ustozlarni va bo'lajak ustozlarni bugungi bayramlari bilan tabriklaymiz! Ularga kuchli sabr tilab qolamiz. O'zMUni "O'zMU" qilgan ham aynan shu fidoyi ustozlardir. Barchangizni kuningiz muborak bo'lsin!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun super-kontraktga arizalar qabuli tugashining so'nggi kuni. Arizalarni http://t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn yoki o'zingiz topshirgan OTMga borib topshirishingiz mumkin!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan pedagoglar soni qancha?

🏢 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami 664 771 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

Shundan:
🤵‍♀ayollar – 477 775 nafar
🤵‍♂erkaklar – 186 996 nafar

✅ Jami pedagoglarning taʼlim turlari boʻyicha soni:

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida – 106 814 nafar

Umumtaʼlim muassasalarida – 508 250 nafar

Akademik litseylarda – 3693 nafar

Kasb-hunar maktablarida – 6466 nafar

Kollejlarda – 3685 nafar

Texnikumlarda – 3193 nafar

Oliy taʼlim tashkilotlarida – 32 070 nafar

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Ijara qarori to'liq.pdf
791.6 KB
❗️"Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to'lanadigan ijara to'lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari" to'g'risida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tanishib chiqing!

To'liq o'qib chiqing, sababi ijara to'lovining 50 foiz qismi qay tartibda to'lanishi batafsil aytib o'tilgan.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Bugun, 2021-yil 2-oktabr, soat 13:00da!

🌐 “OʻZBEKISTON 24” hamda “UZREPORT TV” telekanallari orqali Xalqaro press-klubning oliy taʼlimga bagʻishlangan navbatdagi sonini oʻtkazib yubormang!

👉Ushbu sonda quyidagi masalalar muhokama etiladi:

✔️Qabul yakunlari;
✔️Talabalar oʻqishini koʻchirish masalalari;
✔️Oliy taʼlim tizimida raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar;
✔️Toʻlov-kontrakt va tabaqalashtirilgan kontrakt toʻlovi tizimi;
✔️Talabalarni turar-joy bilan qamrab olish darajasini oshirish
.

Spiker — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov.

Ishtirokchilar:

➖ oliy taʼlim muassasalari rahbarlari;
➖ professor-oʻqituvchilar;
➖ talaba-yoshlar;
➖ OAV vakillari va faol blogerlar.

Shuningdek, jarayonlarni Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Facebookdagi rasmiy sahifasi orqali ham jonli kuzatishingiz mumkin.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Magistraturaga bali yetmaganlarning qo‘shimcha qabuli qanday bo‘ladi?

Yetarli ball to‘play olmaganlarni OTMga qo‘shimcha qabul qilishni OTMning o‘zi hal qiladi. Ular to‘lov-shartnoma asosida, 1 magistrning yillik o‘qish xarajatlari hisoblangan holda qabul qilinadi. Bu – bazaviy kontraktdan yuqori bo‘lishi mumkin, deb ma’lum qildi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov xalqaro press klub sessiyasida.

Qo‘shimcha qabulga oid qaror yaqin 1 hafta ichida chiqishi kutilyapti.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Kelgusi yilda xorijdan o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali joriy yilgi kirish ballari bilan bir xil bo‘ladi. Masalan, matematika yo‘nalishida o‘tish bali 120 ball bo‘lgan bo‘lsa, kelgusi o‘quv yilida shuncha ballni to‘plaganlarga xorijdan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kelgusi yilda xorijdan oʻqishni koʻchirishda oʻtish bali joriy yilgi kirish ballari bilan bir xil boʻladi!

Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov maʼlum qildi
.

Vazirning aytishicha, kelgusi yildan boshlab xorijdan oʻqishni koʻchirishda qaysi yoʻnalishga kirish bali necha ball boʻlgan boʻlsa, oʻsha oʻtish bali sifatida belgilanadi. Masalan, matematika yoʻnalishida oʻtish bali 120 ball boʻlgan boʻlsa, kelgusi oʻquv yilida shuncha ballni toʻplaganlarga xorijdan oʻqishini koʻchirishga ruxsat beriladi.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi belgilandi!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar turar joylarini qurishda bitta talaba o‘rni 50 mln so‘mga tushadi — Toshqulov

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Xalqaro press-klubdagi chiqishida talabalar turar joylari bilan yuzaga kelgan muammolar haqida to‘xtaldi.

P.s: Bir talaba o'rni uchun 50 mln. so'm ketadi? Ishonish qiyin...

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kelgusi yillarda giper-kontrakt (56,7 balldan kam toʻplaganlar) bekor qilinadi!

“Balki kimningdir nazdida bu toʻgʻri yoʻl emasdir. Lekin bir hovuch pul koʻtarib yurgan odam farzandini oʻqishga olib kirish uchun baribir [qingʻir] yoʻlini qiladi”, - dedi Abduqodir Toshqulov.

Kelgusi yillarda giper-kontrakt (56,7 balldan kam toʻplaganlar) bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari vazir oʻqish qiyin boʻladigan, sifatga qaraladigan davr kelganini, endi oʻqimagan talabalar diplom ololmaydigan tizimga oʻtishimiz kerakligini taʼkidladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!