O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar turar joylarini qurishda bitta talaba o‘rni 50 mln so‘mga tushadi — Toshqulov

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Xalqaro press-klubdagi chiqishida talabalar turar joylari bilan yuzaga kelgan muammolar haqida to‘xtaldi.

P.s: Bir talaba o'rni uchun 50 mln. so'm ketadi? Ishonish qiyin...

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kelgusi yillarda giper-kontrakt (56,7 balldan kam toʻplaganlar) bekor qilinadi!

“Balki kimningdir nazdida bu toʻgʻri yoʻl emasdir. Lekin bir hovuch pul koʻtarib yurgan odam farzandini oʻqishga olib kirish uchun baribir [qingʻir] yoʻlini qiladi”, - dedi Abduqodir Toshqulov.

Kelgusi yillarda giper-kontrakt (56,7 balldan kam toʻplaganlar) bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari vazir oʻqish qiyin boʻladigan, sifatga qaraladigan davr kelganini, endi oʻqimagan talabalar diplom ololmaydigan tizimga oʻtishimiz kerakligini taʼkidladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistraturaga qo'shimcha olinish tartibi qanday bo'ladi?

Keyingi yil magistraturaga o'qishga topshirayotganlarga qanday talablar bor?

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov magistratura shartlari bo'yicha abituriyentlarga murojaat qildi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Taʼlim kreditlarini ajratish tartibini bilasizmi?

Kontrakt asosida oʻqishga kirganlar uchun taʼlim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

Jamgʻarma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

☑️ Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

• Ariza;
• Toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt);
• Krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
• “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
• Bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (14 %) ajratiladi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Xarid cheklarini olgan xaridorlar rag‘batlantiriladi!

Prezident nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarorni imzoladi.

✅ Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining QR-kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika byudjetidan qaytariladi.

Bu tartib avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlari orqali to‘lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari uchun amal qilmaydi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi qanday?

Ushbu videorolik orqali hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Magistratura mutaxasisligi uchun qo‘shimcha qabulga oid qaror tez kunlarda chiqishi kutilmoqda.

2021-2022- o'quv yili magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha qabulga oid qaror yaqin 1 hafta ichida chiqishi kutilmoqda.

OTMga qo‘shimcha qabul qilish ta'lim muassasasi tomonidan mustaqil hal qilinadi. Ular to‘lov-shartnoma asosida, 1 magistrning yillik o‘qish xarajatlari hisoblangan holda qabul qilinadi. Bu bazaviy kontraktdan yuqori bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi maʼlumotlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Xalqaro press-klubning oliy taʼlimga bagʻishlangan sonida aytib oʻtgan.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️“Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qaroriga ko'ra, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi belgilandi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Forwarded from Ta'limga oid (Perevod)
⚡️Sobiq Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov Milliy universitetga rektor bo'lganidan keyin universitet "Shimoliy Koreya" tizimiga o'tib oldi.

Ichki ma'lumotlar berkitilgan, yangiliklar berkitilgan, saytlar yurgizilmay qo'ygan, perevodga oid har qanday axborotlar ommadan yashirilgan. Bu esa ko'pchilik talabalarda qiyinchilik tug'dirmoqda.

Universitetga oid biror xabarni bilish uchun u yerga borishga majbursan, boshqacha yo'li yo'q. Xuddi Shimoliy Koreya singari barcha uchun "chegaralari yopiq davlatday go'yo....

✅ @Talimgaoid_perevod
❗️Talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan jami 11 ta tijorat banklari roʻyxati e’lon qilindi.

Ushbu tijorat banklari va ularning barcha joylardagi filiallariga ariza berish yoʻli bilan ta’lim kreditini olish mumkin.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi bilan yuqoridagi infografika orqali tanishing.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️O‘zbekistonda 116 mingdan ortiq ish o‘rni bor, lekin ular kontrakt to‘lab o‘qigan bitiruvchilarni qanoatlantirmaydi!

Bo‘sh ish o‘rinlari Mehnat vazirligi yuritadigan Yagona milliy mehnat tizimida e’lon qilingan. Ularda taklif qilingan maoshlar 1–2 mln so‘mgacha.

Senat yalpi majlisida ma'lum qilinishicha, hozir OTMlarni tugatgan 27,9 ming nafar bitiruvchi "Yoshlar daftari"ga kirgan.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari!

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!