O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Do you want to build your career in Logistics? No experience?

✅Welcome to Delta Vertex Academy under United Group!

⚡️Learn Dispatching within 15 Classes for 1.5 month
🏆After succesfull completion you are being offered to work in our logistics company(over 400 trucks)
🤩Only Limited Offer for the full course: 400 u.e. / 4mln 200k uzs!
🔥Up to 8-9 people in each class
⭐️Certificate is being given upon graduation to each student

📍Address: 77 Babur Street, Tashkent, Uzbekistan

✅Please leave your inquiries by Messaging
📩You can Apply via Telegram: @deltavertex
☎️ +99890 093 0111

Follow us on Instagram:
@deltavertex
❗️Xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliygohlariga ko‘chirish ...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi (PQ-5157-son) qaroriga muvofiq (2021-yil 15-iyuldan boshlab) xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan respublika oliygohlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi tartib asosida amalga oshirildi:

☑️talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:

➖ talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazildi;

➖test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi;

➖o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi;

➖test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilindi;

☑️ talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmadi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
Talabalar shaharchasiga prezident kelishi kutilmoqda. Metro yaqinidagi qurilish aynan shuning uchun.

Ushbu qurilishni Murad Buildings 2 oyda, Golden House 2 oyda, prezident kelsa 1 haftada bitirishadi.
❗️Ko'pchilik qish faslida ham perevod qilsa bo'ladimi deb so'ramoqda. Shu haqida batafsil ma'lumotlar beramiz!

Bahrogi semestr
uchun "perevodda" hududiy ishchi guruhlari 2021-yilning 20-dekabridan 2022-yilning 25-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi va yoki hujjatlarni shu yilgidek transfer.edu.uz va transfer.dtm.uz sayti orqali ishchi komissiyaga topshirishingiz mumkin bo'ladi

⚖️ Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga muvofiq talabalar oʻquv yilining oʻrtasida faqat quyidagi uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisida ariza topshirishlari mumkin:
👉 talaba bir hududdan ikkinchi hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan koʻchib oʻtganda;
👉talabaning turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi harbiy xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda;
👉talabaning ota-onasi (turmush oʻrtogʻi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda talabalar umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Boshqacha aytganda yuqoridagi 3 ta sabab boʻlmasa, oʻquv yilining oʻrtasida oʻqishni koʻchirib boʻlmaydi.

Fuqarolar uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish boʻyicha hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
👉 oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
👉talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
👉pasport nusxasi;
👉 yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

✅Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼiy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetga kiraverishda shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:

«Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas»

Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi.
Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi.
Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi.
Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi.
Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi...
Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi.

«Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!»

📍
@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!
❗️Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatida oliy taʼlimga oid rejalari:

👉 15ming talabalar uchun Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi

👉 Ulugʻbek shaharchasida, 8 ming talabaga moʻljallangan 3 ta oliygoh, yaʼni Rossiyaning Mendeleyev kimyo universiteti, Vengriyaning Debretsen universiteti va Toshkent kimyo texnologiyalari instituti,nufuzli ilmiy tashkilotlar va laboratoriyalarni oʻz ichiga olgan kimyo-sanoati ilmiy klasteri tashkil etiladi;

Viloyatdagi 14 ta ixtisoslashgan shifoxona Nurafshon shahriga koʻchirilib,yagona tibbiyot kompleksi va nufuzli xorijiy universitet bilan birga tibbiyot oliygohi tashkil etiladi;

viloyat hokimligida maxsus jamgʻarma tashkil etilib,har yili tibbiyot oliygohlari 100 nafar yuqori kurs talabalarning kontrakt puli toʻlab beriladi.

Bu talabalar bilan shartnoma tuzilib, viloyatning eng ogʻir Boʻstonliq, Boʻka, Ohangaron va Yangiyoʻl tumanlariga ishlash uchun yuboriladi va ularga qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

@NUU_students
❗️Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilangan.

▪️Hukumat qarori bilan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, ijara puli ijara shartnomasi borlarga to‘lab beriladi.

Ijara puli faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotganlarga to‘lanadi. Arizalarni har oyning 7-sanasigacha berish mumkin, ular berilgandan so‘ng 1 haftada o‘rganiladi va ariza qanoatlantirilsa, pul to‘lanishi boshlanadi.

📍@NUU_students - O‘zMU talabalari kanali!‌‌
- Tag'o kecha jo'ram bilan universitetdan adolat qidirdik.
- Endi o'zlaringga boshqa universitet qidir, jiyan!

©Qayerdandir uxlatildi

@NUU_students
Bugun yakshanba, bir kulishaylik-a. Talabalar sumkasining o'zgarishi!

@NUU_students
❗️Tegishli qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

➖ Tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasida (14%) ta’lim krediti ajratadi. Resurs Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladi.
➖ Talaba kreditni o‘qishni rasman tamomlagach, yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytaradi.
➖ Kreditni rasmiylashtirishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari birgalikdagi qarz oluvchi sifatida qatnashishishga ruxsat beriladi.
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan kredit uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.
➖ Ta’lim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tuziladi (yuridik shaxs bo‘lmaydi). Jamg‘armaga 2021-yilda kamida 1 trln so‘m, keyingi yillardan haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘ ajratiladi.
➖ Jamg‘arma tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4% bandga past bo‘lgan stavkada resurslar ajratadi. Asosiy stavka pasaysa, kredit va resurs stavkasi ham pasayadi, agar oshsa, o‘zgarishsiz qoladi.

❗️Eslatma: endilikda nafaqat ikki va undan ortiq farzandi to'lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga, balki to'lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan barcha talabalarga birdek imtiyozli ta'lim krediti berilishi nazarda tutilmoqda.

@NUU_students
Forwarded from Ta'limga oid
*YQQBUZB_KANAL dagi materialga qo'shimcha ma'lumot

Birinchidan, rektorat fakultetlarga talabalar sonidan kelib chiqib, necha foiz ijobiy baho bo'lishi belgilab beradi. Ijobiy baho deganda avvallari 4 va 5 baholar tushunilardi. Lekin stipendiya unchalik ahamiyatga ega bo'lmaganligi uchun faqat 5 baho tushunilishi mumkin.

Ikkinchidan, fakultetlar yo'nalish va guruhlar kesimida talabalar sonidan kelib chiqib yaxshi baholarni taqsimlaydi. Aslida kimdir talabalar sonidan, yana kimdir talabalar sifatida kelib chiqib taqsimlaydi. Ba'zida juda zo'r o'qib, hamma fanni 5 ga yopganingiz bilan bittasi uch baho bo'lib qolish shunchaki tasodif emas. Rektorat qo'ygan sun'iy to'siq sabab yillar davomida shunday vaziyatlar yuzaga kelgan.

Uchinchidan, rektorat tomonidan bunday foiz belgilanishi OTM buxgalteri bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilgan. Sababi ko'plab OTMlarda rektoratga aynan buxgalter kvota qo'yib bergan. Sabab pulni iqtisod qilish va moliyaviy kamharajatga erishish bo'lgan.

✅ @Talimgaoid
Sizlarda ham shundaymi? Domla yo'qlama qilyapti:

- Abdurahimov
- Men
- Abdukarimova
- Man
- Bekmurodov
- Man
- Doniyorov
- Men

"Men" va "Man"lar ketma-ketligi. Vaqt o'tib, "Men"lar "Man"ga aylanadi. Uyga borilganda esa o'sha "Man"lar "Men"ga o'zgaradi. Shundaychikin gaplar bo'lalar

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prezidentlikka nomzodlar vakillari o‘rtasida teledebatni o‘tkazib yubormang.

Ertaga, 19-oktyabr kuni soat 17:00 da prezidentlikka nomzodlar vakillari teledebati namoyish etiladi. Uni bir nechta kanal orqali ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

@NUU_students
❗️Kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali ta’lim granti e’lon qiladi!

Xabaringiz bor, 1 yil avval MetsenatUz loyihasini boshlagan edik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investisiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda mesenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Toma-toma ko‘l bo‘lur deganiday, 1 yil davomida jami 5 mlrd so‘mdan oshiqroq qiymatdagi ta’lim granti va stipendiyalar e’lon qilindi.

Biz bu loyihani to‘xtatmoqchi emasmiz, bor kuch va imkoniyatlarimiz bilan ushbu loyihani rivojlantirish ustida bosh qotiryapmiz. Bugun mamnuniyat bilan MetsenatUz loyihasida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilamiz.

XushnudbekUz Telegram kanali nomidan joriy qilingan ta’lim grantida 35 nafar talabaga 3 mln so‘mdan, jami 105 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

Balki bu katta summa emasdir, balki kimlargadir yarim yillik kontraktini qoplash uchun ham yetmas, lekin imkon qadar ehtiyojmand tolibi ilmlarga yordam bo‘ladi, degan umiddaman.

ℹ️ Ma’lumot: ushbu grant uchun ajratilayotgan mablag‘lar XushnudbekUz kanalida e’lon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Ta’lim granti haqida ma’lumot:

Qaysi OTMlar uchun: Barcha davlat, nodavlat, diniy ta’lim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi ta’lim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi va kechki
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 35 nafar (buning 10 nafari TDYUU talabalari uchun)
Ta’lim granti miqdori: 3 mln so‘m (jami 105 mln so‘m)
Ariza topshirishning so‘nggi kuni: 31-oktabr

Ⓜ️ XushnudbekUz

@NUU_students
Forwarded from Alimoff
Миллий университет, где бабки?🤑

Мурожатчи ёзяпти:

"Ассаламу алейкум, ЎзМУ иқтисодиёт факультети талабасиман, грантда ўқиймиз. Муаммо шундаки бизга ҳали сентябрь ойини стипендиясини беришмади, октябрни айтиш шарт эмас менимча. Вилоятликман, квартирада яшайман унга ҳали тўлов қила олмадим, ҳар куни илтимос қилиб яна бир кун беришни сўраяпман. Бундан ташқари яшаш харажатларимиз ҳам бор. Иш қидиряпмиз ўзимизни таминлаш учун, уйимиздагилардан пул сўрашдан уялиб қолдик. Кўпчилик грантда ўқийсан пул сўрама уят дейди, аммо ўзимни пулимни сўрамаяпманми? Ҳар ҳолда 1 ой олдин олишим керак бўлган пулни сўраяпман аҳир. Илтимос, қийналиб топган квартирамдан чиқиш ниятим йўқ."

Нималар бўляпти Ўзбекистонда?🙃

@nurbekalimov
❗️O‘zMU huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etildi!

Hukumat qarori (640-son, 12.10.2021-y.) bilan O‘zbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi negizida O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etildi.

🔰Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

➖nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish;
➖fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
➖xorijiy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajarish;
➖nanotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarga va ishlanmalarni yaratishga talabalarni jalb etish hamda Markaz laboratoriyalarining ilmiy asbob-uskunalarida o‘quv-tadqiqot, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, bakalavriat va magistratura talabalarining ishlab chiqarish, diplomoldi amaliyotlarini o‘tkazish, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarni bajarishini ta’minlash.

📌 Markaz direktori Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

✔️Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti rektoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

©eduuz

@NUU_students
❗️Endilikda 3-kurs talabalari ham maktabda dars bersa bo‘ladi!

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi qarorga binoan 2021-yil 16-oktabrdan boshlab umumta’lim maktablarida pedagogika yo‘nalishining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 3-kurs talabalari ham tarifikasiya asosida dars berishlari mumkin bo‘lmoqda. Oldingi tartib bo‘yicha 4-kursdan edi.

Huquqiy asos: Vazirlar mahkamasining 646-sonli qarori

@NUU_students