O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Bugun yakshanba, bir kulishaylik-a. Talabalar sumkasining o'zgarishi!

@NUU_students
❗️Tegishli qarorga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:

➖ Tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasida (14%) ta’lim krediti ajratadi. Resurs Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladi.
➖ Talaba kreditni o‘qishni rasman tamomlagach, yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytaradi.
➖ Kreditni rasmiylashtirishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari birgalikdagi qarz oluvchi sifatida qatnashishishga ruxsat beriladi.
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan kredit uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.
➖ Ta’lim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tuziladi (yuridik shaxs bo‘lmaydi). Jamg‘armaga 2021-yilda kamida 1 trln so‘m, keyingi yillardan haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘ ajratiladi.
➖ Jamg‘arma tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4% bandga past bo‘lgan stavkada resurslar ajratadi. Asosiy stavka pasaysa, kredit va resurs stavkasi ham pasayadi, agar oshsa, o‘zgarishsiz qoladi.

❗️Eslatma: endilikda nafaqat ikki va undan ortiq farzandi to'lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga, balki to'lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan barcha talabalarga birdek imtiyozli ta'lim krediti berilishi nazarda tutilmoqda.

@NUU_students
Forwarded from Ta'limga oid
*YQQBUZB_KANAL dagi materialga qo'shimcha ma'lumot

Birinchidan, rektorat fakultetlarga talabalar sonidan kelib chiqib, necha foiz ijobiy baho bo'lishi belgilab beradi. Ijobiy baho deganda avvallari 4 va 5 baholar tushunilardi. Lekin stipendiya unchalik ahamiyatga ega bo'lmaganligi uchun faqat 5 baho tushunilishi mumkin.

Ikkinchidan, fakultetlar yo'nalish va guruhlar kesimida talabalar sonidan kelib chiqib yaxshi baholarni taqsimlaydi. Aslida kimdir talabalar sonidan, yana kimdir talabalar sifatida kelib chiqib taqsimlaydi. Ba'zida juda zo'r o'qib, hamma fanni 5 ga yopganingiz bilan bittasi uch baho bo'lib qolish shunchaki tasodif emas. Rektorat qo'ygan sun'iy to'siq sabab yillar davomida shunday vaziyatlar yuzaga kelgan.

Uchinchidan, rektorat tomonidan bunday foiz belgilanishi OTM buxgalteri bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilgan. Sababi ko'plab OTMlarda rektoratga aynan buxgalter kvota qo'yib bergan. Sabab pulni iqtisod qilish va moliyaviy kamharajatga erishish bo'lgan.

✅ @Talimgaoid
Sizlarda ham shundaymi? Domla yo'qlama qilyapti:

- Abdurahimov
- Men
- Abdukarimova
- Man
- Bekmurodov
- Man
- Doniyorov
- Men

"Men" va "Man"lar ketma-ketligi. Vaqt o'tib, "Men"lar "Man"ga aylanadi. Uyga borilganda esa o'sha "Man"lar "Men"ga o'zgaradi. Shundaychikin gaplar bo'lalar

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Prezidentlikka nomzodlar vakillari o‘rtasida teledebatni o‘tkazib yubormang.

Ertaga, 19-oktyabr kuni soat 17:00 da prezidentlikka nomzodlar vakillari teledebati namoyish etiladi. Uni bir nechta kanal orqali ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

@NUU_students
❗️Kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali ta’lim granti e’lon qiladi!

Xabaringiz bor, 1 yil avval MetsenatUz loyihasini boshlagan edik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investisiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda mesenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Toma-toma ko‘l bo‘lur deganiday, 1 yil davomida jami 5 mlrd so‘mdan oshiqroq qiymatdagi ta’lim granti va stipendiyalar e’lon qilindi.

Biz bu loyihani to‘xtatmoqchi emasmiz, bor kuch va imkoniyatlarimiz bilan ushbu loyihani rivojlantirish ustida bosh qotiryapmiz. Bugun mamnuniyat bilan MetsenatUz loyihasida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilamiz.

XushnudbekUz Telegram kanali nomidan joriy qilingan ta’lim grantida 35 nafar talabaga 3 mln so‘mdan, jami 105 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

Balki bu katta summa emasdir, balki kimlargadir yarim yillik kontraktini qoplash uchun ham yetmas, lekin imkon qadar ehtiyojmand tolibi ilmlarga yordam bo‘ladi, degan umiddaman.

ℹ️ Ma’lumot: ushbu grant uchun ajratilayotgan mablag‘lar XushnudbekUz kanalida e’lon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Ta’lim granti haqida ma’lumot:

Qaysi OTMlar uchun: Barcha davlat, nodavlat, diniy ta’lim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi ta’lim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi va kechki
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 35 nafar (buning 10 nafari TDYUU talabalari uchun)
Ta’lim granti miqdori: 3 mln so‘m (jami 105 mln so‘m)
Ariza topshirishning so‘nggi kuni: 31-oktabr

Ⓜ️ XushnudbekUz

@NUU_students
Forwarded from Alimoff
Миллий университет, где бабки?🤑

Мурожатчи ёзяпти:

"Ассаламу алейкум, ЎзМУ иқтисодиёт факультети талабасиман, грантда ўқиймиз. Муаммо шундаки бизга ҳали сентябрь ойини стипендиясини беришмади, октябрни айтиш шарт эмас менимча. Вилоятликман, квартирада яшайман унга ҳали тўлов қила олмадим, ҳар куни илтимос қилиб яна бир кун беришни сўраяпман. Бундан ташқари яшаш харажатларимиз ҳам бор. Иш қидиряпмиз ўзимизни таминлаш учун, уйимиздагилардан пул сўрашдан уялиб қолдик. Кўпчилик грантда ўқийсан пул сўрама уят дейди, аммо ўзимни пулимни сўрамаяпманми? Ҳар ҳолда 1 ой олдин олишим керак бўлган пулни сўраяпман аҳир. Илтимос, қийналиб топган квартирамдан чиқиш ниятим йўқ."

Нималар бўляпти Ўзбекистонда?🙃

@nurbekalimov
❗️O‘zMU huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etildi!

Hukumat qarori (640-son, 12.10.2021-y.) bilan O‘zbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi negizida O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etildi.

🔰Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

➖nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish;
➖fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
➖xorijiy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajarish;
➖nanotexnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarga va ishlanmalarni yaratishga talabalarni jalb etish hamda Markaz laboratoriyalarining ilmiy asbob-uskunalarida o‘quv-tadqiqot, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, bakalavriat va magistratura talabalarining ishlab chiqarish, diplomoldi amaliyotlarini o‘tkazish, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarni bajarishini ta’minlash.

📌 Markaz direktori Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

✔️Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti rektoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

©eduuz

@NUU_students
❗️Endilikda 3-kurs talabalari ham maktabda dars bersa bo‘ladi!

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi qarorga binoan 2021-yil 16-oktabrdan boshlab umumta’lim maktablarida pedagogika yo‘nalishining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 3-kurs talabalari ham tarifikasiya asosida dars berishlari mumkin bo‘lmoqda. Oldingi tartib bo‘yicha 4-kursdan edi.

Huquqiy asos: Vazirlar mahkamasining 646-sonli qarori

@NUU_students
❗️Endilikda 3-kurs talabalari ham maktablarda dars bera oladi. (Batafsilroq)

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻzgʻrisida”gi nizomning 8-bandidagi “4-kursida” soʻzlari “4-kursida, pedagogiga yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida” soʻzlari bilan almashtirildi.

Shunday qilib 8-band quyidagi koʻrinishga keldi:

“Oliy taʼlim muassasasining “4-kursida, pedagogiga yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida oʻqiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qoʻyilishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi”.

Shu paytgacha oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan talabalarga faqatgina 4-kursga kelibgina maktablarda dars berish huquqi berilgan edi.

Demak, endilikda xalq taʼlimi tizimidagi maktablarda pedagogiga yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida oʻqiyotgan talabalar ham dars berishi mumkin boʻlmoqda.

Faqat ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumot darajasidagi bazaviy tarif stavkasiga teng ish haqi hisoblanadi.

@NUU_students
❗️Oliy maʼlumotli pedagog xodimlar va pedagogika yoʻnalishidagi OTM (fakultetlari)ning bitiruvchilari toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi malaka toifasiga ega bo'ladi.

🏢 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-sonli qaroriga muvofiq:

❇️ Umumtaʼlim fanlaridan biri boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatga yoki Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan:

🖌 pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasa (fakultet)larining 2021-yil va undan keyingi yillardagi bitiruvchilari bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz maxsus ustama;

🖌 boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanadi.

🖌 oliy maʼlumotli pedagog xodimlar va pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasa (fakultet)larining bitiruvchilariga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi malaka toifasiga ega boʻladi.

✅ Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “4-kursida” soʻzlari “4-kursida, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida” soʻzlari bilan almashtirilishi belgilandi.

Yaʼni, endilikda OTMlarining pedagogika yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar rasman 3 kursdan oʻz kasbi boʻyicha ish faoliyatini boshlashi mumkin.

@NUU_students
❗️Kimdir bizga yoqmasa, uni tarixdan olib tashlamasligimiz kerak – Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, uchrashuv Talabalar shaharchasi hududida tashkil etildi.

Batafsil: https://kun.uz/40182667
❗️Talabalarga 5 GB internet tekin beriladi!

Shavkat Mirziyoyevning oliy ta’limga oid takliflari:

«Nufuzli xorijiy universitetlar bilan birga, kamida 10 ta yangi oliygoh tashkil etilib, amalda ishlab turganlari bilan, ularning jami soni 31 taga yetadi.

Shuningdek, magistraturada ta’lim olish uchun, Toshkent shahridagi xorijiy va nodavlat oliygohlarga – 200 ta hamda xotin-qizlar uchun davlat oliygohlariga 500 ta davlat granti beriladi.

Shuningdek, har bir talabaga oyiga 5 Gigabayt bepul internet beriladi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Hozircha bu taklif

@NUU_students
O‘zMU yotoqxonalarida yigitlar va qizlarning bir binoda istiqomat qilishiga fikringiz?

Biz esa bunga mutlaqo qarshimiz!
⚡️Humans'dan cheksiz internet!

🌐 Atigi 15 ming so'm evaziga You Tube, 10 ming so'm evaziga Instagram cheksiz sifatli internet paketini olishingiz mumkin!

3 Gb internet trafik va Telegram tarmog'i uchun cheksiz internet atigi 12 ming so'm evaziga!

Sizda chiroyli raqamlarni bor yo'g'i 3 ming so'mga olish va oddiy raqamlarni tekin olish imkoniyati mavjud. Fakultetingizga yoki turar-joyingizga borib, 5 daqiqa ichida sim-karta ulab beriladi.

Shuningdek, istasangiz VISA karta bepul taqdim etiladi. Dunyoning istalgan nuqtasida ishlatish mumkin. To'lovlar orqali 13 % keshbek sizga qaytariladi.

☎️ Murojaat uchun: +998 33 002 52 15

📱 Telegram orqali: @Nematov025

@NUU_students
❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

➖harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

➖homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

➖salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

@NUU_students
📌 O'zMUda talabalarni formasiz yoki soqol, romol bilan kelsa ushbu ichki qoidaga binoan chetlatamiz deyishmoqda ekan.

O'zi shu kunlarda OTMlar chetlatish bo'yicha N1 bo'lib ketmoqda. Formasiz yoki soqol, romol bilan borsang srazu sen bilan kurash boshlashadi. Lekin qaysidir fanni yaxshi o'zlashtiraolmasang bu ularni tashvishga solmaydi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌 Dars muhim emas oldin forma kiyishni o'rganinglar.

Bilimsiz talaba darslarga forma bilan qatnashib fanlardan yiqilib domlaga pul berib o'tib ketsa bo'ladi. Lekin bilimli talaba formasiz kelib darsdan NB olib, qoldirgan dars soatlari oshib ketib chetlatilib ketishi mumkin.

Formasizlik bilimsizlikdan dolzarblik qilmoqda.

Suratda yana O'zMU

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Super kontrakt" to'lovi uchun shartnomalar shu kecha-kunduzda ma'lum qilinadi - Oliy ta'lim vazirligi boshqarma boshlig'i

Bundan tashqari, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktda o'qishni istagan vaksina olgan talabalarga ham yengillik berilgani ma'lum qilinmoqda.

@NUU_students
Bugun o'zbek tilining dnyuxasi ekan. Vashe boshqa tilda gapirmanglar, tolka o'zbekchada gaplashinglar radnoylar :)

P.s: Albatta, hazil.