O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Oliy ta’lim vazirligiga zo‘ravonlikka uchragan talaba qizlar va xodimlar murojaat qilishi mumkin bo‘ladi

▪️Vazirlik tizimidagi istalgan muassasa xodimi, talaba xotin-qizlari biron-bir ko‘rinishda tegajoqlik, tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchrasa yoki bunga guvoh bo‘lsa, 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot'ga murojaat qilishi mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlar sir saqlanadi va zaruriy yordam ko‘rsatiladi.

@NUU_students
❗️O‘zbekistonda talabalar soni yarim milliondan oshdi!

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020/21-o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalar soni 571,5 ming kishini tashkil etgan.

Qayd etilishicha, shundan talaba yigitlar soni 311,5 ming nafarga teng bo‘lgan bo‘lsa, talaba qizlar soni 260 ming nafarni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, 127ta oliy ta'lim muassasalarining 88tasida talabalar uchun yotoqxonalar mavjud.

@NUU_students
❗️​​Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti!

🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5172-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.

📌 Mazkur qarorga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, ta’lim sohalari kesimida, ta’lim olish tilidan qat’i nazar, respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.

✅ Bunda:

👉 Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti har yili O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

👉 muayyan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.

📚 Davlat komissiyasining 7-son bayonida 2021-2022-o‘quv yili uchun 25 ta ta’lim sohasining har biriga 8 tadan kvota ajratilgan bo‘lib, ayrim sohalarda sakkizinchi va undan keyingi o‘rinlardagi abituriyentlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lganligi sababli jami 257 nafar abituriyent Prezident grantiga da’vogar bo‘ldi.

🖥 Ta’lim sohalari kesimida Prezident grantiga da’vogarlar soni va o‘tish ballari bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.

DTM

@NUU_students
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
​​​“Zamdekan+qiz” voqeasi negadir o‘xshamayapti!

Qiz+onasi hammani o‘z versiyasiga ishontiryapti, hatto IIBB ham aybsizlik prezumpsiyasiga tupurib qo‘yib zamdekanni aybdor deb chiqishga ulgurdi. Qizig‘i, hatto qotillarni e’lon qilganda ham “qotillikka gumondor Q.A.” deb yozadigan ichki ishlar zamdekanning ismi bilan oshkora aybdorga aylantirib yuborish mumkin, deb hisobladi. Jamoatchilik zamdekanni bemalol samosud qilish mumkin, degan xulosaga kelib ulgurdi.

Zamdekanni mutlaqo tanimayman, Bog‘abek degan ismni birinchi marta eshitishim. Bor xulosani o‘sha ona+qizning so‘zlariga qarab qilyapman va qator savollarga javob topa olmayapman:

1. Nima uchun voqeadan 10 kun o‘tib shov-shuv ko‘tarilyapti?;

2. Soat 15.45 da, ya’ni kuppa-kunduz kuni chiroqni o‘chirishga sabab bormi?

3. 3-qavatdan "itarib" yuborilgan qiz yerga kelib tusharkan, og‘ir jarohat olarkan, zamdekan shuncha joydan aylanib kelib yana yerga urib o‘ldirishga urinarkanu, hech kim ko‘rmaskanmi? Institutmi bu yoki kimsasiz tog‘u-toshlar orasimi?;

4. Qanday qilib narxozdan yujniy yonidagi institutga 8 minutda yetib kelib, zamdekanning xonasini topib borish mumkin? Yana kamida 20 minutlik masofada, eng probka ko‘chalardan yurib;

5. 8 minutda narxozdan yetib kelgan Robin Gud zamdekan shuncha joydan aylanib, 3-qavatdan tushib kelguncha, qizni yerga urib o‘ldirishga uringuncha pastga tushmaganmi? Yerga urib o‘ldirishga uringanda nega aralashmay turgan?;

6. Zamdekan xonasida zo‘ravonlik qilgan chog‘da qizda kimgadir qo‘ng‘iroq qilib chaqirish imkoniyati bo‘lgan ekan, nega 102 ga yoki shu atrofdagi biror yaqiniga qo‘ng‘iroq qilmay, shuncha masofadagi yigitga qo‘ng‘iroq qilgan?

Xullas savollar ko‘p o‘rtoqlar, savollar juda ko‘o‘o‘p...

Abror Zohidov.

(Suratda shu ikkisi)

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Forwarded from Ta’lim grantlari | Stipendiyalar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasiga tegajonlik qilgan dekan o‘rinbosari talaba qizni bezorilikda ayblamoqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasiga tegajonlik dekan o‘rinbosari talaba qizni yaxshi xarakterga ega emasligini va bezorilikda aybladi. Aytilishicha, qizning o‘zi dekan oʻrinbosarinining ishxona eshigini qulflab, uni divanga sudragan va yigiti kelganini ko‘rib, qiz o‘zini derazadan uloqtirgan.

P.s: Xulosa chiqarishga hali erta!
Kommentariyada ortiqcha gap yozmaylik.


➡️ @Talabalar_kanali_live
✅ Barchaga tarqating👇
⭕️ 
https://t.me/joinchat/lUj_w7YQDuozODgy
❗️Qishki perevod to'g'risida ayrim ma'lumotlar!

20-dekabrdan 20-yanvargacha davom etadigan qishki qabul jarayonlarida uzrli sababga ega bo'lgan talabalarga tegishli.

"Qishki perevod" jarayonlarida quyidagilar mumkin emas:

👉 Bir oliygohning o'zida boshqa mos (turdosh) yoki noturdosh yo'nalishlarga o'qishni ko'chirish – ya'ni fakultet yoki yo'nalish almashtirish
👉 Ta'lim shaklini o'zgartirish – sirtqidan kunduzgiga, kunduzgidan sirtqiga, kunduzgidan kechkigq va hokazolar
👉 Ta'lim tilini o'zgartirish – o'zbek guruhdan rus guruhga; rus guruhdan o'zbek guruhga va hokazolar
👉 Guruhni almashtirish – boshqa guruhga o'tish
👉 Uzrli sababsiz o'qishini ko'chirish

@NUU_students
❗️Maktab baholari OTMga kirishda hisobga olinadi!

2022-2023-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichi kiritiladi va ushbu koʻrsatkich oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

@NUU_students
❗️So‘nggi uch yilda OTMga o‘qishga kirish imkonini beruvchi imtiyozlar sun'iy ravishda ko‘paytirib yuborilgan – Bosh prokuratura

2018 yilda 421, 2019 yilda 1213 va 2020 yilda 2367 kishi sportdagi yutuqlari uchun imtiyozli ravishda oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Bosh prokuratura axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, uch yil ichida imtiyozdan foydalanib talaba bo‘lganlar salmog‘i 5 baravarga ortgan.

Bosh prokuratura olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha belgilangan sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlariga oliy ta'lim muassasalariga kirish imtiyozining berilishi ahvolini o‘rgangan. O‘rganish natijalari haqida bugun Turizm va sport vazirligida o‘tgan yig‘ilishda ma'lumot berilgan.

Yig‘ilishda yosh sportchilarni rag‘batlantirish maqsadida musobaqalar g‘oliblarini davlat oliy ta'lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida imtihonsiz qabul qilish tizimi joriy etilgani, o‘tgan uch yilda 4 ming nafar abituriyent bu imkoniyatdan foydalangani ta'kidlangan. Biroq prokuratura organlari tomonidan olib borilgan o‘rganishda musobaqalarni o‘tkazish, iqtidorli sportchilarni tanlab olish va ularga imtiyoz berish tizimida jiddiy muammolar borligi aniqlangan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning ma'lum qilishicha, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlariga iqtidorli sportchilarni tayyorlash maqsadida yosh sportchilarga imtiyoz berish yo‘lga qo‘yilganiga qaramay, ko‘p hollarda imtiyozlar “ayrim yoshlar” uchun o‘qishga kirish vositasiga aylanib qolgan. Shu sababli imtiyozlar sonini sun'iy oshirish maqsadida oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirish huquqini beruvchi sport musobaqalarining soni ham ko‘paytirib yuborilgan.

“Davlat oliy ta'lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida imtihonsiz qabul qilish huquqini beruvchi olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha 2018 yilda 206 ta musobaqa o‘tkazilgan. Biroq 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich nima uchundir 296 tagacha oshirilgan.

Sport musobaqalari taqvim-rejasiga ko‘ra 2018–2021 yillarda basketbol, voleybol va chim ustida hokkey bo‘yicha respublika miqyosida 146 ta musobaqa o‘tkazilishi kerak bo‘lsa-da, amalda ikki barobar ko‘p, ya'ni 273 ta chempionat tashkil etilgan. Natijada mazkur sport turlari bo‘yicha imtiyoz asosida o‘qishga tavsiya etilganlar soni ham yilma-yil ko‘payib borgan.

Tabiiyki, bu vaziyatda g‘olib va sovrindorlar soni ortib, OTMga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar soni ham ko‘paygan. 2018 yilda 421, 2019 yilda 1213 va 2020 yilda 2367 yigit-qiz sportda erishgan yutuqlari uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan. So‘nggi 3 yilda “imtiyoz sohiblari” soni 5 barobarga ortgan”
, deya Hayot Shamsuddinovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

@NUU_students
❗️Qalbaki hujjatlar bilan OTMlarga imtiyozli kirib olgan "sportchi"lar aniqlandi!

✅ Bosh prokuratura OTMlarga sport musobaqalari imtiyozi bilan kirgan talabalarni o‘rgandi. 2021-yilda 31 nafar sportchi qalbaki hujjatlar bilan talaba bo‘lgani aniqlandi.

Prokuratura imtiyozli talaba bo‘lgan 1,9 ming talaba uchun ijodiy imtihon o‘tkazgan. Ularning 213 nafari maksimal ballning 36 foizini ham yig‘a olmagan. 41 kishi esa ijodiy imtihon talablarini umuman bajara olmagan.

Konstitutsiya bo‘yicha imtiyozlar faqat qonunlar bilan belgilanishi kerak. Lekin sport sohasidagi imtiyozlar 4ta qonunosti hujjat bilan belgilangan. Oxirgi 3 yilda imtiyozli talaba bo‘lganlar soni 5 baravar ortgan, bunday imtiyoz beradigan musobaqalar soni sun’iy ko‘paytirib yuborilgan.

@NUU_students
#Tabassum

Yer yuzining turli burchagida aqlli qizlar ko'p. Lekin, yer dumaloq... Tushundingiz-a?

@NUU_students
❗️Xorijiy oliygohlarning magistraturasida tahsil olgan talabalarning o'qishini O'zbekistonga ko'chirish mumkin emas.

Biroq xorijda olingan magistratura mutaxasisligi bo'yicha diplom O'zbekistonda bevosita tan olinadi.

@NUU_students
#Tabassum

Kechagi qismini ko'rdinglarmi? Haligi do'stini ko'cha bolalari pichoqlab qo'yishdi. Baxti o'gay onasi bilan yarashib oldi.

Siz ham ko'ryapsizmi? Dars qilsangiz bo'lmaydimi-a?

@NUU_students
❗️2022-yilda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplab berish rejalashtirilmoqda!

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022-yil uchun soliq tushumlari hamda budjet parametrlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Davlat rahbari mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilangani, bu tamoyillar budjetni shakllantirishda ham bosh mezon boʻlishi zarurligini ta’kidladi.

Shu bois kelgusi yilga moʻljallangan davlat budjeti loyihasida, avvalo, ijtimoiy yoʻnalishlarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz bu mablag‘ga qoʻshimcha tarzda yana 12 trillion soʻm ajratish taklifini bildirdi. Chunki hududlardagi ehtiyoj va aholi talabidan kelib chiqib, kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, bakalavr yoʻnalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya berish hamda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplash rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

@NUU_students
❗️Haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi!

Payshanba kunidan boshlab O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib keladi va harorat 8 darajaga pasayadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

5-noyabr, juma kunidan boshlab sovuq harorat butun respublikani qoplaydi. Harorat kunduzlari 8 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Maktab qurish, OTMlarda grantlar sonini ko‘paytirish uchun — tibbiyot va ta’limga qo‘shimcha 12 trln. so‘m ajratilyapti

Budjet parametrlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda ta’lim va tibbiyotga 58 trln so‘m ajratilganini bildirib, yana 12 trln so‘m ajratishni taklif qildi.

✅ Bu mablag‘:
– 1,6 mingta bog‘cha, 40ta yangi maktab qurish;
– OTMlarning bakalavriatida grant sonini ko‘paytirish, magistratura va doktarantura qabulini oshirish;
– xususiy yotoqxonalar qurish uchun ishlatilishi reja qilingan.

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kun.uz muxbirlari Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida yoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishdi.

Savol: Tasavvur qiling, siz Oliy ta'lim vazirisiz. Birinchi navbatda, Oliy ta'limda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

@NUU_students
Ijtimoiy so'rovnoma: Siz tahsil olayotgan fakultetda sirtqi bo'lim talabalalari uchun o'qish boshlandimi?
Anonymous Poll
41%
Ha, boshlandi
18%
Yo'q, endi boshlanadi
41%
Bilmadim, xabarim yo'q
​​Talabamisiz❓Germaniyani aylanib kelamizmi 😅

☄️ Davaaay

Siz "Feren-job" nomli almashinuv dasturi orqali Germaniyada 3 oy mobaynida:
📌 Ishlab o'rtacha 1200$-1500$ daromadga ega bo'lish;
📌 Barcha xarajatlari to'liq qoplanadigan chiptalar va yotoqxona;
📌 O'z mutaxassisligingiz bo'yicha o'qish;
📌 Va alba
tta Germaniya va Yevropani sayohat qilish imkoniyatiga ega bo'lish imkoniyatiga egasiz.

Qanday qilib deysizmi❓

💪 Zako Academy bilan albatta
🏃Hoziroq guruhlarga ro'yxatdan o'ting, joylar chegaralangan.

👉 Batafsil ma'lumot uchun: +998712000261
👉 Manzil
👉
Suxbatga yozilish uchun
👉 Administratorga yozish

Telegram | Instagram | Youtube | Administrator
❗️TOP va o‘rta darajadagi talabalar o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?

Ushbu savolga javob sizni hayron qoldirishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, eng yuqori (TOP) va o‘rta darajadagi talabalar o‘rtasidagi farq faqat tug‘ma iste’dod yoki aqlga emas, balki shakllantirilgan odatlarga ham bog‘liq ekan.

Eng yuqori darajadagi talabalar nafaqat o’quv fan, balki vaqtni boshqarish, tashkilotchilik ko’nikmalari, qaydlar olib borish, faol kitob o'qish va diqqatni jamlash masalalari ustida muntazam ishlagan. Nafaqat ishlagan, balki ularning jilovini qo’lga olgan.

Xushxabar shundaki, siz ham shu odatlar ustida ishlab, TOP darajada bo’lishingiz mumkin!

@NUU_students