O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Qalbaki hujjatlar bilan OTMlarga imtiyozli kirib olgan "sportchi"lar aniqlandi!

✅ Bosh prokuratura OTMlarga sport musobaqalari imtiyozi bilan kirgan talabalarni o‘rgandi. 2021-yilda 31 nafar sportchi qalbaki hujjatlar bilan talaba bo‘lgani aniqlandi.

Prokuratura imtiyozli talaba bo‘lgan 1,9 ming talaba uchun ijodiy imtihon o‘tkazgan. Ularning 213 nafari maksimal ballning 36 foizini ham yig‘a olmagan. 41 kishi esa ijodiy imtihon talablarini umuman bajara olmagan.

Konstitutsiya bo‘yicha imtiyozlar faqat qonunlar bilan belgilanishi kerak. Lekin sport sohasidagi imtiyozlar 4ta qonunosti hujjat bilan belgilangan. Oxirgi 3 yilda imtiyozli talaba bo‘lganlar soni 5 baravar ortgan, bunday imtiyoz beradigan musobaqalar soni sun’iy ko‘paytirib yuborilgan.

@NUU_students
#Tabassum

Yer yuzining turli burchagida aqlli qizlar ko'p. Lekin, yer dumaloq... Tushundingiz-a?

@NUU_students
❗️Xorijiy oliygohlarning magistraturasida tahsil olgan talabalarning o'qishini O'zbekistonga ko'chirish mumkin emas.

Biroq xorijda olingan magistratura mutaxasisligi bo'yicha diplom O'zbekistonda bevosita tan olinadi.

@NUU_students
#Tabassum

Kechagi qismini ko'rdinglarmi? Haligi do'stini ko'cha bolalari pichoqlab qo'yishdi. Baxti o'gay onasi bilan yarashib oldi.

Siz ham ko'ryapsizmi? Dars qilsangiz bo'lmaydimi-a?

@NUU_students
❗️2022-yilda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplab berish rejalashtirilmoqda!

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022-yil uchun soliq tushumlari hamda budjet parametrlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Davlat rahbari mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilangani, bu tamoyillar budjetni shakllantirishda ham bosh mezon boʻlishi zarurligini ta’kidladi.

Shu bois kelgusi yilga moʻljallangan davlat budjeti loyihasida, avvalo, ijtimoiy yoʻnalishlarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz bu mablag‘ga qoʻshimcha tarzda yana 12 trillion soʻm ajratish taklifini bildirdi. Chunki hududlardagi ehtiyoj va aholi talabidan kelib chiqib, kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, bakalavr yoʻnalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya berish hamda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplash rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

@NUU_students
❗️Haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi!

Payshanba kunidan boshlab O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib keladi va harorat 8 darajaga pasayadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

5-noyabr, juma kunidan boshlab sovuq harorat butun respublikani qoplaydi. Harorat kunduzlari 8 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Maktab qurish, OTMlarda grantlar sonini ko‘paytirish uchun — tibbiyot va ta’limga qo‘shimcha 12 trln. so‘m ajratilyapti

Budjet parametrlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda ta’lim va tibbiyotga 58 trln so‘m ajratilganini bildirib, yana 12 trln so‘m ajratishni taklif qildi.

✅ Bu mablag‘:
– 1,6 mingta bog‘cha, 40ta yangi maktab qurish;
– OTMlarning bakalavriatida grant sonini ko‘paytirish, magistratura va doktarantura qabulini oshirish;
– xususiy yotoqxonalar qurish uchun ishlatilishi reja qilingan.

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kun.uz muxbirlari Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasida yoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishdi.

Savol: Tasavvur qiling, siz Oliy ta'lim vazirisiz. Birinchi navbatda, Oliy ta'limda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

@NUU_students
Ijtimoiy so'rovnoma: Siz tahsil olayotgan fakultetda sirtqi bo'lim talabalalari uchun o'qish boshlandimi?
Anonymous Poll
41%
Ha, boshlandi
18%
Yo'q, endi boshlanadi
41%
Bilmadim, xabarim yo'q
​​Talabamisiz❓Germaniyani aylanib kelamizmi 😅

☄️ Davaaay

Siz "Feren-job" nomli almashinuv dasturi orqali Germaniyada 3 oy mobaynida:
📌 Ishlab o'rtacha 1200$-1500$ daromadga ega bo'lish;
📌 Barcha xarajatlari to'liq qoplanadigan chiptalar va yotoqxona;
📌 O'z mutaxassisligingiz bo'yicha o'qish;
📌 Va alba
tta Germaniya va Yevropani sayohat qilish imkoniyatiga ega bo'lish imkoniyatiga egasiz.

Qanday qilib deysizmi❓

💪 Zako Academy bilan albatta
🏃Hoziroq guruhlarga ro'yxatdan o'ting, joylar chegaralangan.

👉 Batafsil ma'lumot uchun: +998712000261
👉 Manzil
👉
Suxbatga yozilish uchun
👉 Administratorga yozish

Telegram | Instagram | Youtube | Administrator
❗️TOP va o‘rta darajadagi talabalar o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?

Ushbu savolga javob sizni hayron qoldirishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, eng yuqori (TOP) va o‘rta darajadagi talabalar o‘rtasidagi farq faqat tug‘ma iste’dod yoki aqlga emas, balki shakllantirilgan odatlarga ham bog‘liq ekan.

Eng yuqori darajadagi talabalar nafaqat o’quv fan, balki vaqtni boshqarish, tashkilotchilik ko’nikmalari, qaydlar olib borish, faol kitob o'qish va diqqatni jamlash masalalari ustida muntazam ishlagan. Nafaqat ishlagan, balki ularning jilovini qo’lga olgan.

Xushxabar shundaki, siz ham shu odatlar ustida ishlab, TOP darajada bo’lishingiz mumkin!

@NUU_students
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oliygohingizdagi o‘qitish sifati sizni qoniqtiradimi? Talabalar o‘rtasida so‘rovnoma!

@NUU_students
❗️O'zkomnazorat Telegram, YouTube, Facebook, Instagram va Odnoklasnikini O'zbekistonda chekladi.
Maslahat: Play Market yoki App Store'ga kiring va VPN o'rnating. Shunda sizda ushbu dasturlar yaxshigina ishlaydi.

O'zbekiston asta-asta Shimoliy Koreyaga o'xshab boryapti. Ma'lumot o'rnida Shimoliy Koreya yopiq mamlakat.
Chetga surish kerak?
Anonymous Poll
75%
Ha
25%
Yo'q
Agar siz faqat Telegramni o'zini ishlatmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havolani ishga tushuring. Ya'ni havola ustiga bosing va "Connect"ni tanlang:

https://t.me/proxy?server=exp.proxy.digitalresistance.dog&port=443&secret=7tQdjNmPALIE6YAJmOz4Mi53d3cuZ29vZ2xlLmNvbQ&@ru_proxy

@NUU_students
❗️Telegram, Facebook, Instagram yana qaytadan ishlay boshladi.
Ҳукумат кўрсатмасига асосан «Ўзкомназорат» томонидан бир ёқлама, узоқни ўйламай қилган ҳаракати ҳақида Президент хабар топдилар. Уйлайманки, тез орада барча тармоқларга уланиш тикланади.
—
Президент проинформирован об односторонних, не продуманных до конца действиях "Узкомназорат", принятых по указанию правительства. Думаю, в скором времени доступ ко всем социальным сетям будет восстановлен.
O'zkomnazorat rahbari ishdan olinibdi. Lekin ushbu tarmoqlarni bloklashni Vazirlar mahkamasi buyurganmish. Ajib...