O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Forwarded from PRESSUZ
⚡️O'zbekiston Milliy universitetida stipendiyalar berilmayotgani yuzasidan post e'lon qilingach, holat Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Ayni vaqtda O'zMUning bosh hisobchisi aloqaga chiqib, telefon raqamini qoldirdi va stipendiyasi tushmagan talabalarga raqamini berishimizni so'ramoqda.

Bosh hisobchi bunday muammo yo'qligini ta'kidlamoqda. O'zbekiston Milliy universitetida o'qiydigan va stipendiyasi berilmayotgan talabalar bo'lsa, botga yozing. Bosh hisobchining raqamini beramiz. Murojaat qilgan har bir talaba bilan individual tarzda ishlaymiz, deyishmoqda.

Holatni nazoratga olgani uchun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
❗️Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yoʻnalishdan iborat etib belgilanadi

1️⃣ Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etiladi, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan, keng koʻlamli islohotlar yangi pogʻonaga koʻtariladi.

2️⃣ Adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini taʼminlashning eng asosiy va zaruriy sharti boʻladi.

3️⃣ Milliy iqtisodiyotni, uning oʻsish surʼatlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biri boʻladi.

4️⃣ Adolatli ijtimoiy siyosat yuritiladi, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli taʼlim-tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy eʼtibor markazida boʻladi.

5️⃣ Maʼnaviy va maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻladi.

6️⃣ Iqlim oʻzgarishi, ekologik muammolar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi kabi umumbashariy muammolarga yechim topish dolzarb boʻlib qoladi.

7️⃣ Mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning ishonchli kafolati boʻlgan Qurolli Kuchlar qudratini yanada oshirish ustuvor maqsad boʻlib qoladi.

@NUU_students
❓ Assalomu alaykum, men Farg‘ona davlat universitetining Biologiya yo‘nalishida o‘qiyman, hozirgi vaqtda o‘rta ta'lim maktabida ishlashim mumkinmi? Agar ishlay olsam menga qanday tartibda haq to‘lanadi? Oliy ma'lumotli xodim sifatidami yoki o‘rta maxsus xodim sifatidami?

✅ Javob: Ha, siz o‘rta ta'lim maktabida ishlashiz mumkin.
🤵‍♂ Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi NIZOMning 8-bandi Oliy ta’lim muassasasining 4-kursida, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

👨‍⚖ Yuqoridagi normaga asosan, siz 3-kursdan ishlay olasiz, sizga o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan xodim bilan bir xil ish haqi to‘lanadi.

@NUU_students
Birinchi kurs talabalari uchun foydali maslahatlar!

🔰 G’arb oliygohlarida birinchi kurs talabasini “freshman” deb atashadi. Yangi hayotga yangi qadam qo’ygan talaba oldida sanog’i yo’q imkoniyat va tanlovlar gavdalanadi.

❓Shu holatda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

1️⃣ Universitetda siz uchratadigan har bir inson (professor-o’qituvchilar, tyutorlar, kampusdagi xodimlar, hatto kursdoshlar)ning akademik hayotingizda o’rni bor. Imkon qadar ko'proq odamlar bilan mazmunli muloqot ("networking") qilib, ularning bilim va tajribalaridan maksimal olishga harakat qiling.

2️⃣ Har bir ishda tartibli bo'ling, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga ilk kundan odatlaning! Berilgan topshiriqni o’z vaqtida (“deadline”) bajarish – muvaffaqiyatning yarmi sanaladi. Birinchi kursdan tartib va intizomga odatlansangiz, keyinchalik ham unga amal qilish oson bo’ladi.

3️⃣ Ma’ruza vaqtida qayd qilib borish ("note-taking") odatini o’rganing. Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yildan yilga talabalar ma’ruza vaqtida qayd qilib borish (konspekt yozish) odatini unutib bormoqda. Qayd qilish ma’lumotlarni chuqurroq o'rganish, eslab qolish va ma’lum vaqt o’tgandan keyin takrorlash imkoniyatini beradi. Bu nihoyatda muhimdir. Ixcham va samara bilan yozilgan konspektlar talabaning kuch hamda vaqtini tejaydi.

@NUU_students
Bugun meni va shu qatorda O'zMU rektori Inomjon Majidovni tug'ilgan kuni.

Faoliyatimni boshlaganimdan beri faqat shu Oliy ta'lim tizimidagi muammolarni va bunga sababchilarni tanqid qilib kelaman. Inomjon Majidovni ham qilgan ishlarini kezi kelganda ko'p tanqid qilganman. Shu sababli u va uning jamoasi meni yomon ko'radi.

Bugun O'zMUga borib Inomjon akani tabriklab kelmoqchiman. Negadir ukamni perevodini uning jamoasi rad etmoqda. Turdosh yo'nalishga asosli sabab bilan ko'chirayotgan bolani SUPER bilan ko'chadi deyishmoqda.

Prezidentni 5157-qarorining 7-bandida ko'rsatilgan asoslarni o'yinchoq qilib tashlashdi ochig'i. Bunaqa holatlar boshqalarda ham kuzatilgandir, lekin bu bo'yicha bizga murojaat kelib tushmadi.

Ota-onasining mehnat faoliyati boshqa hududga o'zgarishi o'qishni ko'chirishga asos bo'ladi deyilgan. Lekin O'zMU qabul komissiyasi raisi G'ofur aka buni tushunmayapti.

Ota-onasi boshqa hududda davlat ishida ishlayotgani haqida spravka joyladik rad etildi, buyruqdan ko'chima beringlar dedi berdik u ham o'tmas ekan deb rad etishdi, mehnat daftarchasini kopiya qilib kelinglar dedi qilib olib bordik, bu ham o'tmaydi meni qo'limda emas prorektor Shuhrat akaga uchrang deydi Shuhrat aka vazirlikka uchrang deydi vazirlik G'ofur akaga uchrang tushuntirib qo'ydim deydi, G'ofur akaga borsak yana o'zini bilmasvotni yoqvoladi, XULLAS sarsongarchilik avjida.

Blogerni ukasi kelib qolibdi bir sarson qilaylik deganmi bular bilmadim lekin yaxshi ish qilishmayapti.

Perevod bo'yicha shikoyatlar nega ko'pligini tushundim chog'i. Ular qonunni bilmayapti yoki qonunni ataylab SOQQA keltiradigan qilib targ'ib qilishyapti. Yaqinda qishki perevod boshlanadi lekin hali yozgisini to'liq hal qilib bo'lganimiz yo'q.

Ukam bilan ism familyamiz deyarli bir xil, balki Majidov shaxsan qabul qilmaslik uchun qonunni o'zi tarafga burib talqin qilishni buyurganmi, yoki qo'l ostidagilari ataylab bilib turib shunday qilyaptimi bunisi qorong'u.

Lekin bitta narsa aniq ular qarorni o'zlariga to'g'irlamoqda. Vazirlik vakili ularga telefon qilib tushuntirsayam tushunmayapti bular. OTMlarga erkinlik berilgani yaxshi, lekin OTMlar bundan erkalanib ketishi yomon.

Ertaga O'zMUga boraman, balki jonli efir qilarman, agar sizda ham shunaqa muammolar kuzatilgan bo'lsa bizga yozib qoldiring. Ko'rishguncha.

@EgamnazarUz
❗️2022-yil uchun e'lon qilingan maqsadli tayanch doktoranturaga (PhD/DSc) ajratilgan kvotalar imtihon yakuni natijalariga koʻra boʻsh qolgan holatda boshqa OTMga qayta taqsimlanadi.

Manba...

@NUU_students
​​​​​​❗️Magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi!

🔰Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.

🔛 Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.

🔚 Toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr.

➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22 iyundagi PQ–5157-son qaroriga koʻra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori bir talabaning oʻqishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.

@NUU_students
❗️Talabalar uchun prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi!

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qo‘shimchalarga ko‘ra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi. Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda o‘qiyotgan talabalarga to‘lanadi.

Stipendiyalar uchun nomzodlarni ko‘rsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15 avgust kunlari kiritiladi. Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30 sentabr kunlari ko‘rib chiqiladi. Stipendiyalar 1 sentyabrdan tayinlanadi.

@NUU_students
❗️Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan xodimlar suhbat asosida OTMlarga qabul qilinadi

Buning uchun xodim 5 yillik stajga ega bo‘lishi kerak. Ular kechki va sirtqi ta’limda tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qishi mumkin bo‘ladi. 100 balldan kamida 55 ball – talab qilinadigan ko'rsatkich.

Xodimlari suhbat asosida o‘qishi mumkin bo‘lgan vazirlik, tashkilotlar ro‘yxati 1-iyulgacha tasdiqlanadi.

@NUU_students
❗️10-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

✅ 2021-yil 28-oktabr kuni noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📆 Noyabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 10-noyabr (chorshanba) kuni 18:00 ga qadar davom etadi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar mazkur muddat davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

❕ Shuningdek, talabgorlar 10-noyabr kuni 18:00 ga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

⏳ Test sinovlari 23-noyabr kunidan boshlab, ingliz, nemis va fransuz tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

📚 Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

❇️ Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

@NUU_students
❗️“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

🔰 Talaba yoshlarimiz orasida “universitet” 🆚 “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

🏛 Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

🏢 Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

❇️ “Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi.

✅ Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

✔️ Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

@NUU_students
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️«Talabalar, magistrlar ishlashi mumkinmi» - talabalar mehnati masalasida mutaxassis bilan suhbat
Talabalar mehnati haqida batafsil tushuntirib o'tilgan...

@NUU_students
​⚡️Kanalimizda "17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan "Talabalar festivali"ga start beramiz!

✅ Ushbu festivalda qatnashish shartlari juda oddiy:

• Kursdoshlaringiz bilan tushilgan rasmni bizga yuborasiz.
• Fakultet va guruh raqamini yozilgan holatda bo'lishi kerak
• Barcha rasmlar @Professional_administrator profilida qabul qilinadi.

❗️Barcha materiallar kanalda e'lon qilinadi va g'oliblar layklar soniga ko'ra aniqlanadi. Eslatib o'tamiz, festivalimiz 17-noyabr 21:00 ga qadar davom etadi!

@NUU_students
😁1
⚡️ Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti, TM-2002 guruhi talabalari!

@NUU_students
⚡️ Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti, 101-guruh talabalari!

@NUU_students