O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️«Bugungi talaba kechagi emas, uni cho‘pchak bilan aldab bo‘lmaydi» - oliy ta'lim vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov bugungi mustaqil ta'limni tashkil etishda tizim va tushuncha yo‘qligi haqida gapirdi.

«Bir para dars uchun ikki kun tayyorgarlik ko‘rish, 200 bet narsa o‘qish kerak. Bugun talabaning qo‘lida Wikipedia, YouTube, elektron kutubxona turibdi. Endi uni cho‘pchak bilan aldab bo‘lmaydi. Tayyorgarlik bo‘lishi kerak», – dedi vazir.

13 noyabr kuni oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini tatbiq etishdagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Toshqulov talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etishda muammolar saqlanib qolayotgani haqida gapirdi.

«Kredit modul tizimida talaba o‘quv yuklamasining 40 foizini auditoriyada o‘taydi, 60 foizini mustaqil o‘rganadi. Auditoriya soatlari 56 foizga kamaydi. Talabaning mustaqil ta'limiga ajratilgan vaqti 47 foizga ortdi.

Lekin mustaqil ta'limni tashkil etish bo‘yicha tizim va tushuncha yo‘q. Talabaga vazifani to‘g‘ri bera olmayapmiz. Bu ularning bo‘sh qolib ketishiga sabab bo‘lyapti. Talabalarga bu gaplarimdan kelib chiqib sarg‘aygan qog‘ozlarga referat yozish kerak, degani emas. Yangi usullardan foydalanish kerak.

Xorijiy universitetlar filiallaridan o‘rganing, oddiy topshiriq bering. YouTube’dan
«Osmondagi bolalar» loyihasidagi bir iqtisodchining chiqishini ko‘rib, tushunganlaringni yozib kel desangiz, bu ham mustaqil ta'lim. Yoki mashhur professorning ma'ruzasini eshitib kel desangiz, bu ham mustaqil ta'lim. Aksincha, hozir nima qiladi, kompyuterdan oladi, chop qiladi va olib keladi. Bola mehnat qilmaydi», — dedi vazir.

Shuningdek, Abduqodir Toshqulov OTMlar rahbarlarini axborot resurs markazlariga jiddiy e'tibor qaratishga chaqirdi.

«Qaysi davlatga borgan bo‘lsam, kutubxonasiga kirganman, hammasi liq to‘la. Talabaning oldida kamida 20ta resurs: kitob, dissertatsiya, jurnal turadi. Bolaning suvi, ovqati yonida bo‘ladi, bola kutubxonada yashaydi. Chunki kutubxona 24 soat ishlaydi. Qayerda shunaqa sharoit yaratilgan?

Bugundan mustaqil ta'limda ishlashga o‘rgatmas ekanmiz hech narsaga erishmaymiz.

Hurmatli rahbarlar, qancha pul bo‘lsa, axborot resurs markazlariga sarflang. Yaqinda 40ta oliy ta'lim muassasasining ham akademik, ham moliyaviy mustaqilligi loyihasi ishlab chiqilgan, unga tayyorgarlik ko‘rish kerak»
, — deya ta'kidladi vazir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Ortiqcha fanlar, auditoriyalar yetishmasligi, mustaqil ta'lim masalasi - oliy ta'lim vaziri OTMlardagi muammolar haqida

Oliy ta'lim vaziri OTMlardagi ta'lim sifati va kredit-modul tizimidagi beshta muammoga to‘xtaldi.

“Birinchidan, OTMlarda o‘quv rejalaridagi fanlar kredit-modul tizimining talab va maqsadlariga mos kelmaydi; aksariyat muassasalarda tizimdagi o‘quv rejaga eski o‘quv rejadagi fanlar ko‘r-ko‘rona ko‘chirilgan. Ushbu fanlar soatlari kreditlarda hisoblangan holda shakli o‘zgartirilgan, xolos. O‘quv rejalarini TOP-500talikka kirgan universitetlar o‘quv rejalari asosida jiddiy ko‘rib chiqish kerak.

Vazirlik huzuridagi ta'limni rivojlantirish markazi rahbari almashdi, yana 80 foiz xodimi almashadi.

Ikkinchidan, talabalarning mustaqil ta'limi to‘g‘ri tashkil etilmagan. O‘zi kredit-modul tizimi professor o‘qituvchi uchun rohati jon bo‘lishi kerak, ya'ni biz talabaning mustaqil ishlashi uchun katta yo‘l ochib, ilm qilishimiz uchun imkoniyat qilishimiz kerak. Kafedralar, boringki, vazirlik bu borada o‘qituvchilarning yukini yengil qilmadi.

Uchinchidan, fan dasturlari, sillabuslarning talabga javob bermasligi. Talaba shunga qarab fanni tanlaydi. Qaysidir OTM talabaga fanning majmuasini bergan: siz tanlang, biz o‘qitamiz deb, lekin hammasi ham emas.

To‘rtinchidan, fanlarni tanlashda talabaga qiyinchilik tug‘diruvchi tizim yaratilgan. Ortiqcha fanlarning mavjudligi talabalarda fanni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini pasaytirmoqda. Ming afsuski, bunda vazirlikning ham aybi bor. Agar eplolmasa, vazirlikning yana 50 foiz xodimi almashadi.

Beshinchidan, ma'ruza zallarida auditoriya sig‘imining kamligi hamda bu yo‘nalishda cheklovlar mavjudligi. Aksariyat OTMlarda auditoriyalar yetishmasligi tufayli darslar onlayn yoki bir necha smenada tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, o‘qituvchilar yetishmasligi tufayli ma'ruza darslari hali malakasi bo‘lmagan yosh o‘qituvchilarga berilgan.

100-500 kishi o‘tirib o‘qiydigan auditoriyalar bilan dars soatlarini muvofiqlashtirish kerak. Bu ham xorijiy tajriba”
, — dedi vazir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Ijtimoiy fanlar fakulteti, Amaliy psixologiya, sirtqi 1-kurs talabalari!

@NUU_students
«YIL TANLOVI-2021» o‘tkazilmoqda

“2021 yilning eng namunali oliy o‘quv yurti” nominatsiyasi uchun ovoz bering.

Jamoatchilik so‘rovnomasi natijalari hamda jurnalist va blogerlar e’tirofi asosida g‘oliblar saralanadi.

Yil so‘ngida “YIL TANLOVI — 2021” g‘oliblari e’lon qilinadi! (Tanlov haqida batafsil)

Eslatma: Oliy o`quv yurtlarining nomlari qisqartirma shaklida berilgan.

➡️ OVOZ BERING VA KUZATIB BORING ⬅️
❗️Endi qogʻoz jurnal, reyting daftarcha boʻlmaydi, talaba guvohnomasi ID kartaga almashtiriladi!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov shanba kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida asosiy eʼtiborni oliy taʼlim tizimini raqamlashtirish masalasiga qaratdi.

«Bugundan rektorlar kirishishi kerak, Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida jurnal, reyting daftarcha qogʻoz koʻrinishda boʻlmaydi. Talaba guvohnomasini ham ID kartaga oʻtkazish va unda barcha maʼlumotlar saqlanishi boʻyicha byudjet loyihasi oʻtdi. Bu ham muhokamada hozir», — dedi Abduqodir Toshqulov.

Vazirning soʻzlariga koʻra, endi har bir fakultetga kirganda koʻzga tashlanib turuvchi, A1 va A2 formatdagi oʻquv prorektori tasdiqlagan dars jadvali — bu koʻrsatkich emas.

«Vazir, masʼullar borganida talabaning qoʻlidan smartfonini olib, uni ilovada koʻrsatib berishi, dars jadvali uning telefonida boʻlishi kerak», — dedi u.

Vazir shuningdek, xorijlik hamkasblari oldida hijolat boʻlayotganini, chet ellik hamkasblari oldida — buni endi joriy qilayapmiz deyishga uyalayotganini ham taʼkidlagan.

«Bu 10−15 yil oldin Yevropa, Gʻarbda, Sharqda qilingan narsa. Lekin hechdan koʻra kech», — degan u.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistratura qabulida mutaxassislik fanlari bekor qilinishi mumkin!

▪️Bu haqda Oliy ta'lim vaziri taʼlim sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida ma'lum qildi.

"Biz 2ta yo‘lni ko‘ryapmiz. Mutaxassislik fanlarini yo bekor qilamiz, yo DTMga o‘tkazamiz. Chunki 8 semestr o‘qigan, diplomining ballari mutaxassisligini ham belgilab beradi. Agar turdosh deb boshqa OTMga o‘tadigan bo‘lsa, mutaxassislikdan imtihon olish kerak desangiz, uni DTMga o‘tkazish choralarini ko‘ramiz",- dedi u.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Oʻzbekistonda oʻzbek alifbosidagi harflar oʻzgartirilishi mumkin.

Qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun parlamentga yuboriladi. Agar u qabul qilinsa, quyidagi nomlar quyidagicha koʻrinish aks etadi
.

• Oʻrdak – Õrdak
• Gʻanisher – Ğanisher
• Bodring – Bodriñ
• Shoʻrva – Șõrva
• Chuchvara – C̦uc̦vara

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❓Qishki perevod uchun qabul jarayonlari qachon boshlanadi?

✅ Qishki perevod uchun ariza topshirish jarayonlari har yili 20-dekabr sanasidan keyingi yilning 20-yanvariga qadar bir oy davom etadi;

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ O'zMU talabalari "Zakovat" intellektual o'yinida g'oliblikni qo'lga kiritishdi!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
⚡️ Al-jabr o‘quv markaziga administratorlikka ishga qabul qilamiz. Ishiga ma‘sulyatli, ota-onalar bilan yaxshi muomala qila oladigan qizlarni ishga taklif qilamiz.

⏰ Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha (talaba qizlarga vaqtini moslashtiramiz)

📍Manzil: Mirzo Ulug‘bek metrosi yonida.

☎️ Murojaat uchun: +998 99 310 61 07
⚡️Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti, kechki 1-kurs talabalari!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
To’lov kontrakt qo’shimcha qabul.pdf
80.3 KB
❗️O'zbekiston Milliy unversiteti magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan abiturientlar diqqatiga!

✔️ Qabul komissiya qaroriga ko'ra, mutaxassislikdan 40 foizdan ko'p ball to'plagan abiturientlar magistraturaga qo'shimcha qabul asosida o'qishga tavsiya etildi.

📆 To'lov kontrakt pulini to'lashning (kamida 50 foizini) oxirgi muddati 20-noyabr etib belgilangan.

✔️ Qo'shimcha qabul asosida magistratura mutaxassisliklari boyicha o'qishni davom ettirmoqchi bo'lgan abiturientlarni O'zMU qabul komissiyasiga murojaat qilishlarini so'raymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
“Yil talabasi - 2021” tanloviga start berildi!

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo’yicha g’oliblar aniqlanadi:

🔰
“Yilning eng bilimdon talabasi”
🔰 “Yilning eng faol tashabbuskor-targ’ibotchi talabasi”
🔰 “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
🔰 “Yilning eng faol sportchi talabasi”
🔰 “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
🔰 “Yilning eng faol bloger talabasi”
🔰 “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun)

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o’qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Biologiya fakulteti, Agrokimyo yo'nalishi 1-kurs 21 - 02 guruhi talabalari!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
⚡️ Ijtimoiy fanlar fakulteti, Amaliy psixologiya 1-kurs kechki guruhi talabalari!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
​❗️Hurmatli talaba-yoshlar!
Sizda, universitetdagi faoliyatingiz yuzasidan biror g‘oya va takliflar yoki muammoli holatlar mavjud bo‘lsa, quyidagi bo‘limlarga murojaat etishingiz mumkinligi haqida eslatib o‘tamiz
:

1. O‘zMU O‘quv-uslubiy boshqarma.
(Rektorat binosi 8-qavat 84-xona)
2. O‘zMU Jismoniy hamda yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan
ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi.
(Rektorat binosi 7-qavat 75-xona)
3. O‘zMU Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.
(Rektorat binosi 6-qavat 62-xona)
4. O‘zMU Iqtidorli talabalar
bilan ishlash bo‘limi.
(Rektorat binosi 10-qavat 104-xona)
5. O‘zMU Hisob-kitob bo‘limi.
(Xorijiy filologiya
fakulteti binosida)
6. O‘zMU Xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha maslahat kengashi.
(Rektorat binosi 6-qavat 60-xona)
7. O‘zMU Yoshlar ittifoqi
boshlang‘ich tashkiloti.
(Rektorat binosi 6-qavat 61-xona)

Shuningdek, yuqoridagi holatlarda eng avvalo fakultetingizdagi mavjud tyutorlar yoki Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga uchrashib, o‘zaro maslahatlashib olishingiz ham tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
👍1
⚡️ Xorijiy filologiya fakulteti, Rus tilshunosligi kafedrasi, O'zga tilli guruhlarda Rus tili yo'nalishi, 1-kurs 114-C guruh talabalari!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
Assalomu alaykum hammaga!
Men O'zim Tursunboyev Jahongir Xalqaro olimpiada g'olibi va ishtirokchisi sizlarni Elementar olimpiada bo'yicha mavzulashtirilgan kursimga taklif qilaman! Xudo xolasa, maqsadim juda katta! Umuman O'zbekiston bo'yicha Xalqaro olimpiadaga bolalarni va qiziquvchi ustozlarni jalb qilmoqchiman va har bir viloyatda kamida bitta IMO (Matematika bo'yicha eng nufuzli Xalqaro olimpiada) ga bemalol tayyorlay oladigan ustozlarni yetishtirib chiqarish niyatim! (Eng avvalo niyatim O'zbekistonimizga Medal olib beradigan yoshlarni tayyorlash!)

Menga bog'lanish uchun quyidagi profil manzilga yozishlaring mumkin: @Jahongir2799
Olimpiada uchun guruhim:
https://t.me/Jahongir_olimp_1
⚡️ Biologiya fakulteti, Biologiya yo'nalishi, 1-kurs 101-guruh talabalari!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram