O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Турфа флешмоб, митинг ва тадбирлар аёл ҳуқуқларини таъминлашга хизмат қилмайди.

Куни-кеча бир гуруҳ талаба қизларнинг аёл ҳуқуқлари борасидаги флешмоби ижтимоий тармоқларда қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди. Бир гуруҳ уларни маъқуллаган бўлса, бир гурурҳи қоралади. Мен эса уларни на мақуллайман ва на қоралайман. Чунки бундай флешмоблар турфа қарашдаги шахслар ўртасида ўзаро зиддиятларга сабаб бўлса бўладики, аёл ҳуқуқларига хизмат қилмайди. Ёки ушбу флешмобдан кейин жамиятда бирор нарса ўзгардими!? Шунчаки бир-бирини ҳақоратлаганлар сони ортди, холос!

Шунинг учун, олдимизда ягона йўл туради - ТАРБИЯ! Албатта, бу масалада муқаддас Исломда аёлларнинг ҳақ-ҳуқуқлари ва мажбуриятлари батафсил баён қилинган. Бизнинг айбимиз эса мана шуларга тўла амал қилмаганимиз. Аввалги постимизда "Мусулмон аёлнинг эри ва оиласи олдидаги вазифалари" ҳамда "Мусулмон эрнинг аёли ва оиласи олдидаги вазифалари" китобларини топиб ўқишни тавсия қилган эдим.

Ўзимизни фахри коинот Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг уммати деб билар эканмиз, аёлларни қадрлашимиз суннатларнинг аввалида туриши керак, десам, адашмаган бўлсам керак. Илло зоти шарифимизнинг энг сўнгги айтганлари ҳам аёлларни қадрлаш ҳақида бўлган.

Яна кимдир Исломда аёлларнинг ҳуқуқлари поймол этилади, деб айта оладими!?

@adolat_kuychisi
⚡️QISHKI PEREVODDA XORIJDAN O'QISHNI KO'CHIRISH MUMKIN - QONUNCHILIKDA BO'SHLIQ BOR.

O'qishni ko'chirish uchun asosiy huquqiy asos hisoblangan Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qaroriga ko'ra, bahorgi semestr (qishki perevod)da uzrli sabablar asosida o'qishni ko'chirish mumkin.

PQ-5157-sonli Prezident qaroriga ko'ra, uzrli sabablar qaytadan keltirib o'tilgan hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqo'luv o'z intervyusida respublikaning boshqa hududiga o'qishga kirib qolgan talabalarning holati ham uzrli sabab deb hisoblanadi va bu yerda huquqiy jihatdan bo'shliq kuzatilmoqda:

1) Ikkala qarorda ham qishki qabul jarayonlarida uzrli sabab bilan o'qishni ko'chirish mumkinligi aytilgan. Biroq xorijdan o'qishni ko'chirish mumkin emas degan aniq jumla yo'q. Demak uzrli sababga ega talaba ham xorijdan o'qishni ko'chira olishi mumkin. Vazirlik uzrli sababi bor talabalarni o'qishini rad etishi huquqiy jihatdan mumkin emas. Agar talaba sudlashsa, sud adolatli o'tsa, talabaning foydasiga hukm chiqarishi mumkin.

❇️ XULOSA: QISHDA XORIJDAN O'QISHNI KO'CHIRISH MUMKIN.

2) Vazir A.Toshqulov o'z intervyusida PQ-5157 sonli qarorni izohlar ekan, 5 ta tanlagan yo'nalishlaridan biri bo'lmish boshqa viloyatdagi OTMga o'qishga kirib qolgan talabaning holati ham avtomatik uzrli hisoblanadi va u o'z viloyatiga o'qishini ko'chirishi mumkinligini aytib o'tdi.

❇️ XULOSA: BOSHQA VILOYATGA O'QISHGA KIRGAN TALABALAR HAM QISHDA O'QISHINI KO'CHIRISHI MUMKIN

⚠️Vazirlik qishki perevod jarayoni nazoratga olish uchun qandaydir bir yechim topishi lozim. Qarorlarda bo'shli va kamchiliklar bor. Haqqini talab qilgan talaba albatta huquqiy jihatdan yutib chiqishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
🏬 O'QUV KURSLAR

🏬 O'quv markaz: GOLDEN EDUCATION
Ⓜ️ Manzil: Novza metro, Ziraat bank orqa tomoni
📗 Fan(lar): Barcha fanlar
☎️ Aloqa: +998950680303
📱 Telegram: @goldeneducation_0707
💰 Narxi: 200 ming so'm
💵 To'lov turi: Istalgan turda
📜 Qo'shimcha ma'lumotlar: Magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabalar ham ingliz tilini aynan bizdan o'rganishlari mumkin. IELTS imtihoni uchun tayyorgarlikni biz bilan boshlang. Shuningdek, markazimizda Kompyuter savodxonligi kurslari ham mavjud.
❗️Oliy ta’lim muassasalaridagi komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimlari tomonidan bir qator korrupsion holatlar aniqlangan. Jumladan:

🔹1 ta holatda 8 ta kurs ishlari va 10 ta bitiruv malakaviy ishlarda plagiatga yoʻl qoʻyilgan;

🔸2 ta holatda oraliq nazorat imtihonlariga oʻringa-oʻrin kirish holati aniqlangan;

🔹1 ta holatda tanlov gʻoliblariga beriladigan pul mukofoti berilmagan;

🔸1 ta holatda oʻqituvchi tomonidan talabalarga kitob sotish holati aniqlangan;

🔹3 ta holatda asbob-uskunalar va kompyuter vositalari (132 mln. soʻmlik) boʻyicha shartnomalar bekor qilingan;

🔸1 ta holatda OTM bosh hisobchisi oʻrinbosari manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan (119 mln. soʻm);

🔹1 ta holatda talabaning toʻlov-kontraktining ortiqcha qismini qaytarib olishda ta’magirlik holati aniqlangan;

🔸3 ta holatda baho evaziga pora talab qilingan.

©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
😁1
🔥MUTLAQO BEPUL KURSLAR!!!

Ha, Siz noto'g'ri eshitmadingiz!
"Biznes Fabrika" markazi ilmga chanqoq va harakatchan yoshlarni o'qishga chaqiradi. BEPUL kurslarimizga ro’yhatdan o’ting va hozirgi kunda aktual bo'lgan zamonaviy kasblarni egallang.

📒 Bizning Kurslar:

◾️ Xitoy bilan biznes
◾️ Biznes uchun SMM
◾️ Bussines must-know

❗ Kursga BEPUL tarzda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan yigit - qizlarni qabul qilamiz.

Hoziroq ro'yhatdan o'ting va mutlaqo bepul ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ling!

📌 Ro’yxatdan o’tishga shoshiling!!!

📲 Telegram:

@biznes_fabrika_admin

📞 Telefon:+998930090403


✅➡️ Ro'yhatdan o'tish

KANALIMIZGA OBUNA BO'LING📢

📌 t.me/biznes_fabrika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “YASHIL MAKON” aksiyasi!

🌳🌿 Prezidentimiz tashabbusi bilan e’lon qilingan “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida rahbariyat va xodimlar tomonidan vazirlik atrofidagi hududlarga Toshkent shahri iqlimi, tuproq sharoitlariga mos keluvchi 200 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

✅Aksiya doirasidagi daraxt ekish, parvarishlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ham faol ishtirok etishmoqda.

Keling, ko‘chat ekib yurtimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashkil etilganining 90 yillik yubileyi munosabati bilan joriy yilning 25-noyabr kuni Universitet binosida “Zakovat” intellektual turniri bo’lib oʻtdi.

Unda 21 ta OTM jamoalari bahs olib bordi.

Murosaziz kechgan bahslar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇1-oʻrin: O’zbekiston milliy universitetining “Tafakkur” jamoasi;
🥈2-oʻrin: Toshkent davlat yuridik universitetining "Public law" jamoasi;
🥉3-oʻrin: Toshkent kimyo texnologiyalari institutining "Born to win" jamoasi.

Gʻolib jamoa 10 mln soʻm, ikkinchi oʻrindagi jamoa 7,5 mln soʻm va uchinchi oʻrinni olgan jamoa 5 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Rasmlar va videoroliklar tanlovi!

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan vatanparvarlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Yagonamsan - Vatanim" mavzusida rasmlar va videoroliklar tanlovi o'tkaziladi.

✔️ Ushbu tanlovda universitetning barcha talaba-yoshlari va magistrlar ishtirok etishlari mumkin.

‼️ Tanlov uchun tayyorlanadigan rasmlarga qoyiladigan talablar:

🔹
A3 qog'ozida rangli formatda
🔹 Qalam, mo'yqalam, va rangli bo'yoqlar yordamida chizilgan bo'lishi
🔹 Ishtirokchi talabalar o'z ijodiy ishlarini yaratilish jarayonini videotasvirga ( ijodiy ish haqiqatdan ham ishtirokchi talaba tomonidan yaratilganligini isbotlash uchun ) olib qoyilgan bo'lishi talab etiladi.


‼️ Tanlov uchun tayyorlanadigan videoroliklarga qoyiladigan talablar:

🔹 Videorolik davomiyligi 1-3 daqiqa;
🔹 MPEG -4 formatida
🔹 Lavha formati 720p (1280x720) yoki 480p (854 x 480)
🔹 Hajmi 40 megabaytgacha

💻 Rasmlar va videoroliklarni joriy yilning 5-dekabriga qadar universitetning Yoshlar ittifoqi BT kengashi raisiga (Rektorat 6-qavat 61-xona) yoki telegram orqali +998 90 739 99 41 raqamiga yuborishgiz mumkin.

🏆 Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
❗️Talabalik guvohnomasi topib olingan. Tarqating!

Murojaat uchun:
@PENTAGON_N1