O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🇺🇿🇺🇸 XALQARO HAMKORLIK

🔰 Kecha Kalifornianing San Diyego universiteti professori Rob Mellors O‘zMUga tashrif buyurdi. Professor Rob Mellors bir hafta davomida O‘zMUning Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti talabalariga “Seysmik tadqiqot obektlari” fanidan ma’ruzalar o‘qiydi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Kalifornianing San Diyego universiteti o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida kelishib olindi.

Ma’lumot o'rnida: Kalifornianing San Diyego universiteti 1960-yilda tashkil etilgan bo‘lib, davlat ilmiy-tadqiqot universisteti hisoblanadi va THE reytingida 34-o‘rinda turadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
📣 E’LON!

✅ Xalqaro nufuzli bazalarda indexlanuvchi yuqori ilmiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan jurnallarda maqolalar nashr qilish universitetning xalqaro miqyosdagi ilmiy salohiyatini ko‘rsatib berishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Agar sizda (IMRAD) talablarida tayyorlangan ilmiy maqolalar mavjud bo‘lsa, sohaga oid sifatli jurnallar tanlash va ularga maqolangizni yuborishga ilmiy-amaliy maslahatlar beriladi.

🔹 Murojaat uchun: Bosh ma’muriy bino (Rektorat), 7-qavat, 71-xona (Xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo‘limi xodimlari)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️Kembrij universiteti matbuot va baholash bo’limi ta’lim bo’yicha maslahatchisi O’zMU da!

🔹 Buyuk Britaniyaning Cambridge University Press and Assessment (Kembrij universiteti matbuot va baholash) bo’limi hamda O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti hamkorligida “Ta’lim va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

👉 Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️Humans'dan cheksiz internet!

🌐 Atigi 15 ming so'm evaziga You Tube, 10 ming so'm evaziga Instagram cheksiz sifatli internet paketini olishingiz mumkin!

3 Gb internet trafik va Telegram tarmog'i uchun cheksiz internet atigi 12 ming so'm evaziga!

Sizda chiroyli raqamlarni bor yo'g'i 3 ming so'mga olish va oddiy raqamlarni tekin olish imkoniyati mavjud. Fakultetingizga yoki turar-joyingizga borib, 5 daqiqa ichida sim-karta ulab beriladi.

Shuningdek, istasangiz VISA karta bepul taqdim etiladi. Dunyoning istalgan nuqtasida ishlatish mumkin. To'lovlar orqali 13 % keshbek sizga qaytariladi.

☎️ Murojaat uchun: +998 33 002 52 15

📱 Telegram orqali: @Nematov025

@NUU_students
👍1
⚡️ Odatiy muhitingizdan vaqtincha yiroqlashing!

✳️ E'tibor bergan bo'lsangiz, ko'p holatlarda ilhomlantiruvchi yangi g'oylar va motivatsiya biz kutmagan va o'ylamagan vaqtimizda keladi.

⭐️ Biz ko'chada sayr qilayotgan, uyda televizor ko'rayotgan, o'rtoqlarimiz bilan suhbatlashayotgan, ya'ni, odatiy ish joyimizga bog'lanmagan (“disconnected”) holatimizda ajoyib g'oya paydo bo'lishi mumkin.

📈 Darhaqiqat, tadqiqotlarga ko'ra, eng yaxshi g'oyalarimizning faqatgina 3 foizi kundalik ish joyimizda bo'lganimizda kelar ekan.

✅ Shuning uchun, odatiy o'qish yoki ish muhitimizdan vaqtincha uzoqlashib, atrofdagi voqealarga yangi nigoh bilan qarashni o'rganaylik!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
📣 E’LON

🔰 O‘zMU Xalqaro reytinglarda ishtirok etishi bo‘limi tashabbusi bilan Scopus, Web of science, maьlumotlar bazasi va ulardagi jurnallarda maqola nashr qilish ko‘nikmasini oshirish maqsadida dekabr oyida seminar-treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Seminar-treninglar fakultetlar bo‘yicha o‘tkazilishi haqida ma’lumot:

🗓 2021-yil 1-dekabr
🔹 Ijtimoiy fanlar fakulteti
🔹 Tarix fakulteti

🗓 2021-yil 9-dekabr
🔹 Jurnalistika fakulteti
🔹 Xorijiy filologiya fakulteti

🗓 2021-yil 15-dekabr
🔹 Geologiya va geoinformasion tizimlar fakulteti
🔹 Gidrometeorologiya fakulteti

🗓 2021-yil 17-dekabr
🔹 Iqtisodiyot fakulteti
🔹 Ekologiya fakulteti

🗓 2021-yil 22-dekabr
🔹 Taekvando va sport faoliyati fakulteti
🔹 Biologiya fakulteti

🗓 2021-yil 23-dekabr
🔹 Matematik fakulteti
🔹 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti

🗓 2021-yil 24-dekabr
🔹 Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti

🗓 2021-yil 25-dekabr
🔹 Fizika fakulteti
🔹 Kimyo fakulteti

📌 Izoh: Seminar-treninglar bo‘yicha o‘tkazilish vaqti (soati) haqida bir kun oldin habar beriladi.
🏢 O‘tkazilish joyi: Bosh ma’muriy bino (Rektorat) 7-qavat 78-xona

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️Ilm talabida yurganlar uchun zo‘r imkoniyat!!!

Poytaxtimizda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan "Golden Education" o‘quv markazida ingliz, rus, turk, nemis, koreys tillari o‘rgatiladi, shuningdek, pochemuchka, prezident maktabiga tayyorlov kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, abituriyentlarga barcha fanlardan repetitorlik kurslari mavjud.

Eng asosiysi tayyorlov kurslari boshqa o‘quv markazlaridan ancha arzon! Shuningdek, o‘quv markazi shundoqqina "Novza" metro bekati yonida joylashganligi uchun kelib ketishda ortiqcha ovoragarchiliklar bo‘lmaydi!

Hoziroq bizga murojaat qiling!

🏘 Mo‘ljal: "Novza" metrosi, Ziraatbank orqa tamoni.
📲 Telegram: @goldeneducation_0707
📞 Telefon: +998950680303
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabaning olayotgan stipendiyasi bir oylik tushligi uchun yetadimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
⚡️ Kecha soat 21:00da Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi direktori Laziz Mingishov hamda markaz mas'ul xodimlari Talabalar shaharchasida joylashgan O'zbekiston Milliy universitetining 4-,5-talabalar turar joyidagi sharoitlarni borib o'rgandi.

O'rganish davomida talabalarga yaratilgan to'garaklar, ularning yashash sharoiti, dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha talabalarning o'zlari va TTJ mas'ullari bilan suhbatlashildi. TTJlarda mavjud muammolarni hal qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi, talabalar uchun markazda yaratilgan imkoniyatlar tanishtirildi.

O'zMU Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori Kamoliddin Mirzaaxmedov bilan hamkorlikda markaz tomonidan TTJda istiqomat qiladigan talabalar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish, o'zaro hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram