O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
⚡️ Kecha soat 21:00da Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi direktori Laziz Mingishov hamda markaz mas'ul xodimlari Talabalar shaharchasida joylashgan O'zbekiston Milliy universitetining 4-,5-talabalar turar joyidagi sharoitlarni borib o'rgandi.

O'rganish davomida talabalarga yaratilgan to'garaklar, ularning yashash sharoiti, dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha talabalarning o'zlari va TTJ mas'ullari bilan suhbatlashildi. TTJlarda mavjud muammolarni hal qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi, talabalar uchun markazda yaratilgan imkoniyatlar tanishtirildi.

O'zMU Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori Kamoliddin Mirzaaxmedov bilan hamkorlikda markaz tomonidan TTJda istiqomat qiladigan talabalar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish, o'zaro hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️Talabalar kelajagi uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar!

🌐 Harvard universiteti qoshidagi tadqiqot guruhining hamraisi Toni Vagnerning fikriga ko‘ra, quyidagi 7 ta muhim ko'nikmalar har qanday talabaning kelajagi uchun zarur hisoblanadi:

✅ Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati

✅ Tarmoqlararo hamkorlik va yetakchilik

✅ Epchillik va moslashuvchanlik

✅ Tashabbuskorlik va tadbirkorlik

✅ Og'zaki va yozma muloqot mahorati

✅ Axborotni tahlil qilish ko'nikmasi

✅ Qiziquvchanlik va kreativlik

Shu bilan birgalikda, Toni Vagner biz bu ko'nikmalarni qanday o'rgatish yoki baholash haqida hech qanday tasavvurga ega emasmiz, deb ogohlantiradi!

❓Sizda shu ko'nikmalarning qaysi biri rivojlangan?

❓Qaysilarining ustida ishlashingiz kerak?

Shu ko'nikmalarni o'zingizda rivojlantirib, kelajak uchun mustahkam poydevor yarating!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
❗️2020-2021-o‘quv yilidan boshlab, OTM talabalariga to‘lov-kontraktni to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan!

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha; ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

Ba'zi OTMlarda bu bo'yicha muammolar bo'layotgan ekan, shu yuzasidan menga murojaatlar kelib tushdi. Kontraktni 4ga bo'lib to'lash bo'yicha asos so'ralsa, quyidagicha javob berishingiz mumkin:
👉 PF-5953 son prezident farmoni 18-bandida da bu bo'yicha topshiriq berilgan;
👉 OO'MTV Axborot xizmati bu haqida rasmiy sahifasida ham e'lon qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Omikron. Koronavirusning yangi shtammi emlanganlar orasida tarqalishi mumkin.
⚡️“Omikron”ga qarshi vaksina yaratish boshlandi!

P.s:
Agar bu virus uchun ham vaksina olinglar deyishsa, 100% kontraktni to'lab berishsa oling😁

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️OTMga imtiyoz, maxsus stipendiya va tashkilotga har yili 50 mlrd – Prezident qarori loyihasi!

Prezidentning «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yildan boshlab har yili intellektual o‘yinni 3 ta yo‘nalish va 3 bosqichli tizim asosida o‘tkazish belgilanmoqda.

Xususan, hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar o‘rtasida har yil 30-iyun kuni Respublika super final o‘yini tashkil etiladi.

Ta’kidlanishicha, intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari – professional va oliy ta’lim muassasalariga, talabalar – ta’limning keyingi bosqichiga davlat granti, 2 – 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar bazaviy to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadi;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, intellektual o‘yinlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida «Zakovat stipendiyasi» beriladi.

Shuningdek, davlat budjetidan har yili «Zakovat intellektual o‘yinlari klubi» NNTga 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Do‘stlik» MFY hududida «Zakovat intellektual klubi» uchun alohida bino hamda «Ilm-fan shaharchasi»ni barpo etish ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Bugun Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulteti talabalari bilan "1-dekabr - Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida vrach D. R. Azizova, hamshira Ibragimova, Fakultet xotin-qizlar qo'mitasi rahbari M. Mamatqulova, guruhlar tyutorlari ishtirok etishdi.

Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
“Ma’naviyatli_yoshlar_kelajak_bunyodkori_”_nomli_ko‘rik_tanlov_Nizomi.pdf
234.5 KB
⚡️ O'zbekiston Milliy universiteti, Biologiya fakulteti talabalari o'rtasida "Ma'naviyatli yoshlar kelajak bunyodkori" shiori asosida tanlov e'lon qilindi.

Tanlov shartlari:

1⃣-shart - Tanishtiruv sharti
2⃣-shart - O‘xshatish sharti 3⃣-shart - Tezkor savol javob sharti
4⃣-shart - Sahna ko‘rinishi sharti
5⃣-shart - Erkin mavzu

🏆 Tanlov g'oliblari universitet rektorining 1-, 2-, 3-darajali diplomlari hamda quyidagicha miqdorda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:

• 1-o'rin - 1 mln. so'm
• 2-o'rin - 600 ming so'm
• 3-o'rin - 400 ming so'm

Tanlovda ishtirok etish uchun guruhlarga biriktirilgan tyutorlarga murojaat qilishingiz mumkin. Tanlov haqida to'liq ma'lumotni tanlov nizomi bilan tanishgan holda bilib olishingiz mumkin.

Biologiya fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
❗️Matematika (yo'nalishlar bo'yicha) 1-kurs magistraturaga qo'shimcha kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan talabalar uchun dars jadvali!

Mazkur dars jadvali bo'yicha darsda ishtirok etish (davomat) doimiy nazoratga olinadi.

Matematika fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
Заковат интеллектуал ўйини.pdf
563.8 KB
"Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifit harakatga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori!

O'zbekiston Milliy universitetida ham "Zakovat" musobaqasi yaqin kunlarda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, Oʼzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorligida 2021-yil 3-dekabr kuni soat 10:00da boʼlib oʼtadigan “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etadi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti, "Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi" kafedrasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Tarix fakultetiga qarashli 9-TTJda fakultet tyutorlari, talabalar va 32-talabalar poliklinikasi shifokori Sh.Xolmurodov ishtirokida "Biz OITSga qarshimiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tarix fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
🇺🇿 🇰🇿 XALQARO HAMKORLIK

🔰 Joriy yilning 22-noyabr - 1-dekabr kunlari Ijimoiy fanlar fakulteti, Sotsiologiya kafedrasi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasining L. N. Gumelev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Burakanova Galiya Masigutovna xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv doirasida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

✅ Dars mashg‘ulotlari "Fan va ta’lim sotsiologiyasi” fanidan 12 soat onlayn ma’ruza va seminar shaklida Ijtimoiy fanlar fakulteti "Sotsiologiya" yo‘nalishi talaba va magistrlariga olib bordi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti, "Sotsiologiya" kafedrasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram