O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🇺🇿 🇰🇿 XALQARO HAMKORLIK

🔰 Joriy yilning 22-noyabr - 1-dekabr kunlari Ijimoiy fanlar fakulteti, Sotsiologiya kafedrasi tashabbusi bilan Qozog‘iston Respublikasining L. N. Gumelev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Burakanova Galiya Masigutovna xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv doirasida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

✅ Dars mashg‘ulotlari "Fan va ta’lim sotsiologiyasi” fanidan 12 soat onlayn ma’ruza va seminar shaklida Ijtimoiy fanlar fakulteti "Sotsiologiya" yo‘nalishi talaba va magistrlariga olib bordi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti, "Sotsiologiya" kafedrasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
⚡️ Tarix fakultetiga qarashli 9-TTJda talaba qizlar o'rtasida sportning stol tennisi bo'yicha musobaqa o'tkazildi!

Musobaqani Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Rizoqulov, bino boshlig'i I. Yo'ldosheva, kengash raisi Sh. Bozorov, fakultet yoshlar Ittifoqi yetakchisi Sh. Musurmonov kuzatib borishdi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra, 1-o'rinni Rustamova Nafisa, 2-o'rinni Raxmatova Go'zal olgan bo'lsa, 3-o'rin Maxmadrasulova Masturaga nasib etdi. G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tarix fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Tarix fakulteti 9-TTJdan uzoqlashmaymiz. 9-TTJda talaba yigitlar o'rtasida sportning stol tennisi va tosh ko'tarish yo'nalishlarida musobaqa bo'lib o'tdi.

Musobaqani Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Rizoqulov, bino boshlig'i I. Yo'ldosheva, kengash raisi Sh. Bozorov, fakultet yoshlar Ittifoqi yetakchisi Sh. Musurmonov kuzatib borishdi.

Stol tennisi yo'nalishida 1-o'rinni Hikmatullayev Shahzod, 2-o'rinni G'ofurov Islomjon, 3-o'rinni Abdurasulov Abdumalik qo'lga kiritishdi.

Tosh ko'tarish yo'nalishida esa, 1-o'rinni To'xtayev Muslimbek, 2-o'rinni Arolov Dilshodbek, 3-o'rinni Abdurasulov Abdumalik egallashdi.

G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tarix fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram