O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
⚡️ Tarix fakulteti 9-TTJdan uzoqlashmaymiz. 9-TTJda talaba yigitlar o'rtasida sportning stol tennisi va tosh ko'tarish yo'nalishlarida musobaqa bo'lib o'tdi.

Musobaqani Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Rizoqulov, bino boshlig'i I. Yo'ldosheva, kengash raisi Sh. Bozorov, fakultet yoshlar Ittifoqi yetakchisi Sh. Musurmonov kuzatib borishdi.

Stol tennisi yo'nalishida 1-o'rinni Hikmatullayev Shahzod, 2-o'rinni G'ofurov Islomjon, 3-o'rinni Abdurasulov Abdumalik qo'lga kiritishdi.

Tosh ko'tarish yo'nalishida esa, 1-o'rinni To'xtayev Muslimbek, 2-o'rinni Arolov Dilshodbek, 3-o'rinni Abdurasulov Abdumalik egallashdi.

G'oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tarix fakulteti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram
⚡️ Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga oid yangiliklardan xabardor bo'lish uchun bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram: http://t.me/NUU_students

Instagram: http://instagram.com/nuu_students_

Kanalimizga barcha talabalarni taklif qiling. Kanaldagi barcha postlar rasmiy va ishonchli manbalardan olinadi!

@NUU_students
👍4
⚡️Ilm talabida yurganlar uchun zo‘r imkoniyat!!!

Poytaxtimizda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan "Golden Education" o‘quv markazida ingliz, rus, turk, nemis, koreys tillari o‘rgatiladi, shuningdek, pochemuchka, prezident maktabiga tayyorlov kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, abituriyentlarga barcha fanlardan repetitorlik kurslari mavjud.

Eng asosiysi tayyorlov kurslari boshqa o‘quv markazlaridan ancha arzon! Shuningdek, o‘quv markazi shundoqqina "Novza" metro bekati yonida joylashganligi uchun kelib ketishda ortiqcha ovoragarchiliklar bo‘lmaydi!

Hoziroq bizga murojaat qiling!

🏘 Mo‘ljal: "Novza" metrosi, Ziraatbank orqa tamoni.
📲 Telegram: @goldeneducation_0707
📞 Telefon: +998950680303
⚡️ Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining bakalavr va magistratura bosqichlarida taʼlim olayotgan talabalar diqqatiga!

Qadrli yoshlar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni targ‘ib qilish va yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, taʼlim, tibbiyot, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda taraqqiyot kushandasi bo‘lgan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan «Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali qurol» (Men korrupsiyaga qarshiman) mavzusida o‘tkazilayotgan insholar tanlovida ishtirok eting!

G‘oliblar ingliz tilini o‘rganish uchun bir yillik o‘quv kursiga yo‘llanma hamda “IELTS” sertifikati imtihoni uchun to‘lanadigan mablag‘ni yutib olishlari mumkin!

1-o‘ringa:
xorijiy tillarni o‘rganish uchun bir yillik o‘quv kursiga yo‘llanma hamda “IELTS” sertifikati imtihoni uchun to‘lov amalga oshiriladi;

2-o‘ringa: xorijiy tillarni o‘rganish uchun 6 oylik o‘quv kursiga yo‘llanma hamda va “IELTS” sertifikati imtihoni uchun to‘lov amalga oshiriladi;

3-o‘ringa: “IELTS” sertifikati imtihoni uchun to‘lov amalga oshiriladi.

Insholar 2021-yil 7-dekabrga qadar @MTYoshlarmurojaatiBot orqali qabul qilinadi.

Tanlov haqidagi batafsil maʼlumotlarni
mt.uz sayti hamda (71) 207-17-15 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Mirzo Ulug'bek nomidagi
O'zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan "Xalqaro yoshlar maktabi" haqida Yoshlar telekanalining "Yangi davr" ko'rsatuvidan lavha.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Joriy yilning 24-oktabr kuni yurtimizda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijlik kuzatuvchi va jurnalistlarga hamrohlik qilishdagi faolligi uchun 2 dekabr kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Shirinova Raima Xakimovna Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduxakimovning tashakkurnomasi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (YМU) va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida 2021-yil 1-30 noyabr kunlari ENI “Psixologiya” kafedrasi mudiri, dotsent Mambetalina Aliya Saktaganovna “Boshqaruv psixologiyasi” fanidan O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti “Sport menejmenti” kafedrasida talabalar uchun onlayn ma’ruzalar kursini o‘tdi.

✅ Ushbu kursda O'zbekiston talabalari o'zlarini qiziquvchan va faol tarafdan ko`rsatdilar.

✔️ Shuningdek, mazkur shartnoma doirasida 2021-yil 2-dekabrdan O'zbekiston Milliy universiteti Sport menejmenti kafedrasi mudiri, dotsent Bakiyev Zafar Abdushukurovich L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti talabalari uchun "Menejment psixologiyasi" fanidan ma'ruza kursi o'tkazmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Xalqimizning yoshi ulug‘ insonlarni e'zozlash, qadrlash, ularni asrab-avaylash eng oliy fazilatlaridandir. Ana shunday ijobiy xislatlar yoshlarimizda mujassamligi kishini quvontiradi.

“Yashil makon” loyhasi doirasida, aholi yashash punktlarida daraxtlar ekish, hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir.

✅ Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti hamda Matematika fakulteti tyutorlari va talaba yoshlari bilan birgalikda Toshkent shahar, Olmazor tumani qariyalar uyi qariyalari bilan mazmunli suhbatlashish jarayonida, hudud obodonlashtirildi hamda manzarali daraxtlar ekish ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Belarus Respublikasining P.M.Masherova nomidagi Vitebsk Davlat universitetining dotsenti Sergey Aleksandrovich Prohojiy bir hafta davomida O‘zMUning Matematika fakultetida amaliyot o'tab, ushbu fakultet talabalariga ma’ruzalar o‘qidi.

✅ Amaliyot yakunida S.A.Prohojiy sertifikat bilan taqdirlanib, O‘zbekiston Milliy Universiteti va P.M.Masherova nomidagi Vitebck Davlat universiteti o’rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish xususida fikr bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram
⚡️ Ilk bor O‘zbekiston fuqarosida “omicron” virusi aniqlandi.