O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti uchun qanaqa takliflaringiz bor?

Universitetimizda qanaqa kamchiliklar bor va bunga sizda yechimlar bormi? O'z takliflaringizni ushbu post izohlarida (kommentariya) yozib qoldiring!

@NUU_students
Universitetimizda tez kunlarda "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tishi kutilmoqda. Siz ham qatnashasizmi?

So'rovnomani maksimal darajada tarqatishda faol bo'ling!
Anonymous Poll
44%
Ha, albatta. Jamoamiz bilan kutyapmiz
20%
Yo'q, qatnasha olmayman
16%
Jamoa yo'qligi bois qatnasha olmayman
20%
Bu haqida o'ylab ko'rmadim
Matematika va Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetlari yaqinidan Xabibullaxo'ja Xamidovga tegishli plastik topib olingan.

Barcha guruhlarga tarqatib yuboringlar, egasi topilib qoladi.

Murojaat uchun: +998909992404

@NUU_students
⚡️Ilm talabida yurganlar uchun zo‘r imkoniyat!!!

Poytaxtimizda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan "Golden Education" o‘quv markazida ingliz, rus, turk, nemis, koreys tillari o‘rgatiladi, shuningdek, pochemuchka, prezident maktabiga tayyorlov kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, abituriyentlarga barcha fanlardan repetitorlik kurslari mavjud.

Eng asosiysi tayyorlov kurslari boshqa o‘quv markazlaridan ancha arzon! Shuningdek, o‘quv markazi shundoqqina "Novza" metro bekati yonida joylashganligi uchun kelib ketishda ortiqcha ovoragarchiliklar bo‘lmaydi!

Hoziroq bizga murojaat qiling!

🏘 Mo‘ljal: "Novza" metrosi, Ziraatbank orqa tamoni.
📲 Telegram: @goldeneducation_0707
📞 Telefon: +998950680303
⚡️ Olingan ma'lumotlarga ko'ra, O‘zbekistonda talabalar qishki ta’tilga 20-dekabrdan chiqishi mumkin.

Bir necha kun oldin O‘zbekistonda talabalar qishki ta’tilga ertaroq chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari qishki ta’tilga 20-dekabrdan chiqishi mumkinligi haqida aytilmoqda. Ta'til qachongacha bo‘lishi esa hozircha ma'lum emas, lekin tez orada qishki ta‘til necha kun bo‘lishi haqida rasmiy ma'lumotlarni e'lon qilamiz.

@NUU_students
❗️O‘zbekistonda havo harorati -16 darajagacha pasayadi.

@NUU_students
⚡️ Maktab o'quvchilari, talabalar va qariyalar uchun metroda sayohat qilish arzonroq bo'ladi.

Toshkent metropoliteni maktab o‘quvchilari, talabalar va nafaqaxo‘rlar uchun oylik arzon yo‘llanmalarni joriy qiladi. Bu yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va kassa oldidagi olomonni bartaraf etishga yordam beradi.

@NUU_students
❗️O'qishni ko'chirish bo'yicha qabul jarayonlari boshlanishiga 10 kun qoldi.

20-dekabrdan 20-yanvarga qadar uzrli sabablarga ko'ra, o'qishni ko'chirish va qayta tiklash uchun hujjatlar qabuli boshlanadi. Hujjatlar ishchi guruhlar tomonidan offlayn shaklda qabul qilinadi.

@NUU_students
⚡️ Tez kunlarda kanalimiz tomonidan "YIL FAKULTETI - 2021" loyihasiga start beramiz!

Kanalimizga do'stlaringizni taklif qiling!

@NUU_students
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi. Siz ijara pulini oldingizmi?

@NUU_students
⚡️ Kimyo fakulteti tyutorlari 18-talabalar turar joyida 9-dekabr "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan talaba-yoshlar bilan davra suhbati o'tkazildi.

Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim!

Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.
Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.
Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta'lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e'tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e'tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.

@NUU_students
⚡️Ilm talabida yurganlar uchun zo‘r imkoniyat!!!

Poytaxtimizda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan "Golden Education" o‘quv markazida ingliz, rus, turk, nemis, koreys tillari o‘rgatiladi, shuningdek, pochemuchka, prezident maktabiga tayyorlov kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, abituriyentlarga barcha fanlardan repetitorlik kurslari mavjud.

Eng asosiysi tayyorlov kurslari boshqa o‘quv markazlaridan ancha arzon! Shuningdek, o‘quv markazi shundoqqina "Novza" metro bekati yonida joylashganligi uchun kelib ketishda ortiqcha ovoragarchiliklar bo‘lmaydi!

Hoziroq bizga murojaat qiling!

🏘 Mo‘ljal: "Novza" metrosi, Ziraatbank orqa tamoni.
📲 Telegram: @goldeneducation_0707
📞 Telefon: +998950680303
❗️Talabalarga “Rektor stipendiyasi” joriy qilindi!

Iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida “Rektor stipendiyasi” tanlovini o'tkazilishini e'lon qilamiz.

Talabalarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
👉 a’lo o‘qish (umumiy baholar sonidan 25% 4 bo'lishi mumkin, 2020-2021-o'quv yilida faqat 5 baho bo'lishi lozim) va ilmiy ishlarda ishtirok etish;
👉 umumta’lim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
👉 yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
👉 kamida ikkita e’lon qilingan ishlar ya'ni maqola (tezislar bundan mustasno) mavjudligi;
👉 davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish talab qilinadi;
👉 tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini tegishli kafedralar belgilaydi.

📌 “Rektor stipendiyasi” talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagilarni topshiradilar:
*sinov daftarchasidan ko‘chirma;
*dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
*ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
*rahbarning fikr-mulohazalari;
*ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
*ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari.

❗️Barcha hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi. Tanlovda bakalavrning 2,3,4-kurs talabalari, magistratura bo'limidan 2-kurs magistrantlari ishtirok etishi mumkin. Stipendiya har bir fakultetdan 1 nafar g'olib talaba beriladi.

❗️Hujjatlar 2021-yil 15-dekabr kuniga qadar "Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo'limida qabul qilinadi. Kechikkan va talabga javob bermaydigan hujjatlar qabul qilinmaydi.

@NUU_students
⚡️ yoshlarforumi.uz'ga bergan taklifim tasdiqlanibdi. Ushbu havolaga o'tib, ovoz berishingiz mumkin. Talaba do'stlaringizga ulashing, ovoz yig'ishga ko'maklashing:
https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04211789

Siz ham yuqorida ko'rsatilgan saytga tashrif buyurib, o'z taklifingizni berishingiz mumkin.

@NUU_students
⚡️ IELTSdan kamida 7 ball olgan yoshlarga imtihon xarajati qoplab beriladi

▪️Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Buning uchun fuqaro imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak. Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlangach, kompensatsiyani naqd yoki plastik karta orqali olish mumkin. Ariza DXM yoki portal orqali beriladi.

IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT bo‘yicha kompensatsiyalar 2021-yil 1-maydan boshlab to‘lanadi. Yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi. Ro‘yxat va minimall ball – yuqoridagi suratda.

@NUU_students
❗️Oʻzbekistonda xotin-qizlarga gap otganlar uchun jarima belgilanishi mumkin.

Maʼlum qilinishicha, qizlar va ayollarni taʼqib va zoʻravonlik holatlaridan himoya qilish boʻyicha qonunchilikka taklif kiritish va taʼqib ostida qolgan xotin-qizlarga ham himoya orderi berish tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

@NUU_students
⚡️ OTM talabalari uchun 2021-yil 27-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki ta’til etib belgilanishi kutilmoqda.

Agar ta’til shu tartibda bo‘lsa, 2021-yil 25-dekabr oxirgi o‘qish kuni, 2022-yil 10-yanvar - o‘qishning birinchi kuni bo‘lar ekan.

@NUU_students
❗️Talabalarni shaxs sifatida e’tirof etish mumkinmi?

👉 Batafsil: https://human.uz/8/60/3435

P.s: Havolga kirib, o'qib ko'ring, yaxshi yozilibdi.

@NUU_students
⚡️Ilm talabida yurganlar uchun zo‘r imkoniyat!!!

Poytaxtimizda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan "Golden Education" o‘quv markazida ingliz, rus, turk, nemis, koreys tillari o‘rgatiladi, shuningdek, pochemuchka, prezident maktabiga tayyorlov kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, abituriyentlarga barcha fanlardan repetitorlik kurslari mavjud.

Eng asosiysi tayyorlov kurslari boshqa o‘quv markazlaridan ancha arzon! Shuningdek, o‘quv markazi shundoqqina "Novza" metro bekati yonida joylashganligi uchun kelib ketishda ortiqcha ovoragarchiliklar bo‘lmaydi!

Hoziroq bizga murojaat qiling!

🏘 Mo‘ljal: "Novza" metrosi, Ziraatbank orqa tamoni.
📲 Telegram: @goldeneducation_0707
📞 Telefon: +998950680303