O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
⚡️ IELTSdan kamida 7 ball olgan yoshlarga imtihon xarajati qoplab beriladi

▪️Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Buning uchun fuqaro imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak. Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlangach, kompensatsiyani naqd yoki plastik karta orqali olish mumkin. Ariza DXM yoki portal orqali beriladi.

IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT bo‘yicha kompensatsiyalar 2021-yil 1-maydan boshlab to‘lanadi. Yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi. Ro‘yxat va minimall ball – yuqoridagi suratda.

@NUU_students
❗️Oʻzbekistonda xotin-qizlarga gap otganlar uchun jarima belgilanishi mumkin.

Maʼlum qilinishicha, qizlar va ayollarni taʼqib va zoʻravonlik holatlaridan himoya qilish boʻyicha qonunchilikka taklif kiritish va taʼqib ostida qolgan xotin-qizlarga ham himoya orderi berish tizimini joriy etish taklif etilmoqda.

@NUU_students
⚡️ OTM talabalari uchun 2021-yil 27-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki ta’til etib belgilanishi kutilmoqda.

Agar ta’til shu tartibda bo‘lsa, 2021-yil 25-dekabr oxirgi o‘qish kuni, 2022-yil 10-yanvar - o‘qishning birinchi kuni bo‘lar ekan.

@NUU_students
❗️Talabalarni shaxs sifatida e’tirof etish mumkinmi?

👉 Batafsil: https://human.uz/8/60/3435

P.s: Havolga kirib, o'qib ko'ring, yaxshi yozilibdi.

@NUU_students
⚡️Ilm talabida yurganlar uchun zo‘r imkoniyat!!!

Poytaxtimizda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan "Golden Education" o‘quv markazida ingliz, rus, turk, nemis, koreys tillari o‘rgatiladi, shuningdek, pochemuchka, prezident maktabiga tayyorlov kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, abituriyentlarga barcha fanlardan repetitorlik kurslari mavjud.

Eng asosiysi tayyorlov kurslari boshqa o‘quv markazlaridan ancha arzon! Shuningdek, o‘quv markazi shundoqqina "Novza" metro bekati yonida joylashganligi uchun kelib ketishda ortiqcha ovoragarchiliklar bo‘lmaydi!

Hoziroq bizga murojaat qiling!

🏘 Mo‘ljal: "Novza" metrosi, Ziraatbank orqa tamoni.
📲 Telegram: @goldeneducation_0707
📞 Telefon: +998950680303
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Farzandlari ta'limi uchun borini bergan ota-onalarga bag'ishlaymiz!

@NUU_students
❗️1-yanvardan Toshkentda avtobus va metropolitenda yo‘lkira narxi oshishi kutilyapti

Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lkirani naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshirishda 1 700 so‘m miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.

@NUU_students
⚡️ O'zMU Yoshlar ittifoqi kanali. Ushbu kanal universitetda bo'layotgan jarayonlar va voqeliklarni yoritib boradi.

Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. (29.07.2021)

Taklif va shikoyatlar uchun:
@Yoshlarittifoqi_BT_bot

Manzil: https://t.me/UzMU_Yoshlar
❗️Endilikda IELTS sertifikati yo'qlar magistraturaga kirolmaydi - Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu qonun loyihasi 2022-yildan kuchga kirishi kutilmoqda. Magistratura bosqichini o'qimoqchi bo'lgan talabalar hozirdan tayyorgarlikni boshlash kerak.

@NUU_students
❗️Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

Daromad solig‘ini to‘lash talabalar zimmasiga yuklanganligi haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarini talabalarga ijaraga berishda daromad oluvchi mulk egasi bo‘lib, Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq bunday daromad jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari hisoblanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarning majburiyati hisoblanib, natijada ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi (SK 85-moddasi).

Shuningdek, jismoniy shaxslar uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksining 378-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi O‘zR Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda qabul qilingan va 2022-yil 1-yanvardan amaliyotga tatbiq etiladi.

@NUU_students
​​⚡️«Toshkent yoshlarni sevadi»: poytaxtda yoshlar oyligi o‘zining eng qaynoq nuqtasini saqlab qolgan holda “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” boshlanmoqda

Qadrli yoshlar! Oʻz shaxsiy biznesingizni boshlamoqchimisiz yoki tajribali insonlardan koʻplab maslahatlar olmoqchimisiz? Unda sizni 2021-yilning 14-17-dekabr kunlari Toshkent shahar yoshlar markazida kutamiz. Poytaxtimizda “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” boshlanmoqda.

➖14-dekabr soat 11:00 da
Akmal Payziev
— MyTaxi va Exspress24 asoschisi;
Nigora Akilova — marketing-menejer. “Arzon Apteka”, “Nestle” kompaniyasining sobiq piar-menejeri.

➖14-dekabr, soat 14:00 da:
Odilbek Mirzaev
— PDP IT-Academy asoschisi;
Abdulaziz Sattorov — “Unired” Fintech kompaniyasi asoschisi.

➖15-dekabr, soat 11:00 da:
Umidjon Ishmuhammedov
— “Cambridge International College”, IDP IELTS va yana bir qator loyihalar asoschisi;
Davron Turdiyev — Oʻzbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti, miyani rivojlantirish boʻyicha ekspert.

➖15-dekabr, soat 14:00 da:
Ulugʻbek Xojiahmedov
— “Compas Consulting“ asoschisi;
Habibullo Sadulloev — Marketolog. Chortoq mineral suv marketing boʻlimi boshligʻi.

➖16-dekabr, soat 11:00 da:
Muhammadali Eshonqulov
— Yuksalish liderlar akademiyasi, Biznes kvadrat, Patronlar ligasi loyihasi asoschisi;
Shohida Ibragimova — Moliya.uz va “Growth Academy“ asoschilaridan.

➖16-dekabr, soat 14:00da:
Laziz Adhamov
— “Dalatek“ loyihasi asoschisi va SAP kompaniyasining Oʻzbekistondagi direktori.

➖17-dekabr, soat 14:00da:
Hasan Mamasaidov
— Dekos, MFaktor, Impulse business hub asoschisi;
Husan Mamasaidov — Deli, MFaktor, Impulse business hub asoschisi.

@NUU_students
⚡️Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi BT kengashi raisi:

To'xtayev Ulug'bek Husniddin o'g'li.

Talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish, talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida O'zMUning har bir fakultet talabalari bilan uchrashuvini boshladi, ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz biz uchun sizlarning har bir fikringiz muhim.

Ilk uchrashuv Xorijiy filologiya fakulteti talabalar bilan bo'lib o'tdi.

XFF Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi: Yangiboyev Odiljon

Murojaat uchun:
@Yoshlarittifoqi_BT_bot

@NUU_students
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori bilan batafsil tanishib chiqing!

@NUU_students
«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti»
(Jamoatchilik so‘rovnomasi yakunlandi)

«YIL TАNLOVI-2021»

«2021 yilning eng namunali oliy oʼquv yurti» nominatsiyasi g‘oliblari «YIL TАNLOVI-2021»ning respublika bosqichi tantanasida jurnalist va blogerlar e’tirofi asosida e’lon qilinadi.

Hurmatli talabalar! O'zbekiston Milliy universitetiga ovoz bering!

@NUU_students
❗️Diqqat, 25-dekabr barcha OTMlarga oxirgi o'qish kuni etib belgilandi.

2022-yil 10-yanvargacha qishki ta'til davom etadi.

@NUU_students
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi!

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

@NUU_students
⚡️ O'zbekiston Milliy universiteti xalqaro reytingda 100 pog'ona yuqoriga ko'tarildi!

@NUU_students
⚡️"O'zMU talabalari" kanali administratsiyasi tomonidan ochilgan guruhlar va ularning vazifalari. Siz uchun foydali bo'lishi mumkin:

• @Talabalar_kvartira - Talabalarga ijaraga turar-joy topishga ko'maklashish!

• @Talabalarbirdamligi - Har qanday muammoni birgalikda hal etish va jamoaviy ishlash. Ushbu guruhda siz YN, ON, Kurs ishi, amaliyot ishi, diplom ishi va hokazolar haqida yordam so'rashingiz mumkin.

• @Milliy_universitetimiz - Kanal uchun biriktirilgan guruh, chat va savollar uchun!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️ «Toshkent yoshlarni sevadi»: poytaxtda yoshlar oyligi o‘zining eng qaynoq nuqtasini saqlab qolgan holda “Taʼlim va tadbirkorlik haftaligi” bo'lib o'tmoqda.

17-dekabr, soat 14:00da:
Hasan Mamasaidov — Dekos, MFaktor, Impulse business hub asoschisi;
Husan Mamasaidov — Deli, MFaktor, Impulse business hub asoschisi.

Manzil: Toshkent shahar Yoshlar markazi.

@NUU_students
❗️Bugun 15:00 da sportning Kurash turi bo'yicha talabalar o'rtasida "Rektor kubogi" musobaqasi bo'lib o'tadi. Barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz!

Manzil:
O'zMU sport majmuasi

@NUU_students