O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Kecha kun.uz saytida “O‘zMUda bahosi “million dollar” turishi aytilayotgan kitoblar yo'qolgan. Rektorat izoh berishdan qochyapti”- sarlavhali maqolada keltirilgan holatlar bo‘yicha O‘zMUda universitet rahbariyati ishtirokida kun.uz sayti, shuningdek, “Yoshlar”…
❗️Kun.uz: Milliy universitet rahbariyati kitoblar yo‘qolmaganini aytayotgan bo‘lsa-da, bu ishonarsiz chiqmoqda. Holatni o‘rganishga safarbar etilgan Bosh prokuratura esa ma’lumot berishga shoshilmayapti.

Kun.uz'ga yetib kelgan murojaatda O‘zMU ixtiyorida bo‘lgan XIII asrga oid Abu Bakr Sobuniyning qo‘lyozma asari, Sharafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan «Muqaddimai Zafarnoma» qo‘lyozma kitobi, Alisher Navoiyning tilla suvi yuritilgan «Xamsa» dostoni va boshqa ko‘plab nodir qo‘lyozmalar yo‘qolgani taxmin qilingandi.

Universitet rahbariyati esa bu qo‘lyozmalar yo‘qolmaganini ta’kidlamoqda. Kun.uz kitoblar taqdiri bilan qiziqib, 4 marta universitetga bordi. Ammo sayt vakillariga kitoblar ko‘rsatilmadi, ularning qayerdaligi haqida ham aniq ma’lumot berilgani yo‘q.

Kechqurungi soat 19:00larda universitet rahbariyati chaqiruvi bilan yana shu yerga qaytdik. Lekin barcha masalaga izoh bermoqchi bo‘lgan rektor Inomjon Majidov yarim soatdan ortiq vaqt davomida kitoblar yo‘qolmaganiga ishonarli dalil keltira olmadi.

Batafsil o‘qib chiqing: https://kun.uz/uz/58203581

P.s: O‘zMU rahbariyati ham, Kun.uz nashri ham “o‘ziniki”ni to‘g‘ri demoqda. Men esa bu haqida bir narsa deya olmayman. Bosh prokuratura surishtiruvlari to‘liq yakunlangandan keyin, xulosa chiqaramiz, hozircha qaysidir tomonni ayblash no‘to‘g‘ri.

@NUU_students
⚡️ Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligida Respublika oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Islohotlar bilimdoni" keng tarmoqli Respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi natijalari eʼlon qilindi.

"Yilning eng faol milliy g‘oya va maʼnaviyat targ‘ibotchisi" nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni Jurnalistika fakultetining bayroqdor ustozi Eshbekov To‘lqin Usmonovich qo'lga kiritdi.

G‘olibga diplom, statuetka va vaucherni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minxojiddin Xodjimatov topshirishdi.

Ustozimizni universitet talabalari nomidan tabriklaymiz!

@NUU_students
​Kimgadir javob yoza olmagan bo'lsam, kimdir telefon qilgan bo'lsa, ko'tarmagan bo'lsam uzr. Rolda edim.

@NUU_students
⚡️ Psixologik o‘yin tashkil qilishimizga nima deysiz?

Keling, shu post izohlariga o‘zingizga qadrli bo‘lgan 5 kishi yoki narsani yozib qoldiring.

Hamma yozsin imkon qadar, davomini 21:00 da davom ettiramiz. Hamma onlayn bo‘lsin o‘sha vaqtga.

@NUU_students
❗️MUHIM: 2021-2022-O‘QUV YILIDA UZRLI SABABLARGA KO‘RA O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!!!

🔰Bahorgi semestrda uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ISHCHI GURUHLARI faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba va bayram munosabati bilan belgilangan sanalar – dam olish kuni; shanba - soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

➡️Qayd etilgan nizomga muvofiq fuqarolar bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

📌 2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

➖ respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

➖ turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

➖ ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

✅O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
❗️Oʻqishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha tashkil etilgan hududiy ishchi guruhlar!

@NUU_students
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Jabbor Muxammadiyevich O‘raqov O‘zbekiston Milliy universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Jabbor O‘raqov 1963-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ilmiy darajasi va unvoni: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Milliy universitetining Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.

@NUU_students
❗️OTMlarning o‘quv adabiyotlari to‘liq elektronlashtiriladi.

@NUU_students
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
⚡️ Psixologik o‘yin tashkil qilishimizga nima deysiz? Keling, shu post izohlariga o‘zingizga qadrli bo‘lgan 5 kishi yoki narsani yozib qoldiring. Hamma yozsin imkon qadar, davomini 21:00 da davom ettiramiz. Hamma onlayn bo‘lsin o‘sha vaqtga. @NUU_students
Ana endi aynan shu “beshta”likni biridan voz kechishingiz kerak bo‘ldi. Qay birini hayotingizdan o‘chirib tashlagan bo‘lardingiz?

O‘chirilgan shaxs yoki narsa endi hayotingizda yo‘q deb tasavvur qiling va taassurotlaringizni yozib qoldiring!
❗️Oliy ta’lim muassasalari kiyim-boshga doir talablarni belgilash vakolati o‘tkazildi.

Majburiy formadan voz kechilishi mumkin.

@NUU_students
❗️Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov kvartira pulini to'lab berish haqida:

"Kvartira pulini to'lab berish bo'yicha byurokratiya talabalarimizga to'siq bo'lmoqda. Qog'ozbozlik sabab talabalar kerak emas menga deb yuboryapti, buni biz elektron tizimga o'tkazib avtomatlashtirib, kerakli tashkilotlar bazasiga integratsiya qilamiz" — bugungi yig'ilishdan.

@NUU_students
Bu yil super-kontraktda o'qish istagini bildirganlar avvalgi yillarga nisbatan 4 barobar kamaydi. Bunga sabab yangi Oliy ta'lim muassasalari soni ko'paygani va kvotalarning ortgani bilan izohlanmoqda.

O'tgan yili 1.4 mln. abituriyent hujjat topshirgan bo'lsa, bu yil ularning soni 1 mln. ga ham yetmagan edi.

@NUU_students
— Oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari va rejalarini endi o‘zi belgilaydi. Bu nima beradi?

Bunda OTM tomonidan kadrlar buyurmachisini talab va taklifini inobatga olib o‘quv rejalari ishlab chiqiladi hamda shu asosida o‘qitiladi. Vazirlik bunda yordam beradi, hamkorlik qiladi, qo‘llab-quvvatlaydi — deydi vazir A.Toshqulov

@NUU_students
Savol: Talabalar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi mexanizmida qandaydir o‘zgarishlar bo‘ladimi? Davlat grantlarini olishda qisqartirish yoki ko‘paytirishlar bo‘ladimi?

— Grant asosida kirish hamma davlatda ham uchramaydigan holat bo‘lmoqda yurtimizda. Garchand yalpi ichki mahsulot jon boshiga salmog‘i, davlat byudjeti yetarli, ammo ko‘p emas. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, har yili davlat granti 25 %ga ko‘payib bormoqda. Ya’ni davlat hisobidan o‘qitish salmog‘i oshib bormoqda. Aksariyat davlatlarda buning aksini ko‘rishimiz mumkin - Abduqodir Toshqulov

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Mustaqil oliy ta’lim muassasalari: moliyaviy erkinlik, mustahkam moddiy-texnik baza, raqobatbardosh ta’lim” mavzuidagi sessiyasi

Savol: Yangi yilda talabalar uchun qancha turar joy bo‘ladi? Qanchaga ko‘payadi va yani yilda yangi o‘quv yiliga qancha talabalarimiz ko‘payadi?

Batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin.

@NUU_students
17 yoshli hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha jahon tojining mutloq sohibi Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi.

@NUU_students
Nodirbek Abdusattorov chempion!
Kanalimizning joriy yil davomidagi statistikasi!

Ta’lim sohasida kuchli 255 talikka kiribmiz😁

Hammaga ushbu natija uchun rahmat!

@NUU_students
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Nodirbek Abdusattorov chempion!
Prezident farmoni bilan shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilinadi.

P.s: Sen esa hamon PUBG o‘ynab yotibsan😅

@NUU_students