O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Telefoningni qadriga yet. U seni qancha muammolaringni hal qilgan. Hech kim senga yordam bermagan vaqtda, atrofingda hech kim qolmaganda ham u sen bilan bo‘lgan. Hattoki, oraliq va yakuniylarda seni o‘tishing uchun beminnat hissa qo‘shgan. O‘qish onlayn bo‘layotganda seni kursdan-kursga o‘tkazdi.

Nimalar deyapman, faylasuf bo‘lib qoldim shekilli😅
Siz ham paqillashdan bezor bo‘ldingizmi? Uyingiz atrofidagi paqillashlar yo‘q bo‘lishini istaysizmi? Unda ularning paqildog‘i tugashini kuting😅
“Organik sintez va amaliy kimyo” jamoasi nomidan!

Rasmiy sayt:
http://www.osach-nuu.uz

@NUU_students
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqiga o‘z tabrigini yo‘llamoqda!

@NUU_students
⚡️ 2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilindi.

@NUU_students
O‘zbekistonda 2022-yil!
❗️Isroilda koronavirusning yangi “Flurona” shtammi qayd etildi.

@NUU_students
👍1
❗️2022-2026 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida 2022-2026-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tarkibi, shuningdek, “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Sizni “Taraqqiyot strategiyasi”dan xabaringiz bormi?

@NUU_students
Odam zerikdi. Onlayn zakovat o‘tkazib yuboramizmi? 🧐
👍3👎1
Jamoaviy qilib o‘tkazamiz. Necha kishilik bo‘lsin? Ovoz bering
Anonymous Poll
63%
6 kishilik
37%
8 kishilik
🔥2🤩1
#tavsiya

Unversitetimz kitobxon talabasi tomonidan yaqinda ochilgan sara kitoblardan yig'ilgan Aforizm, Sitata va Iqtiboslar kanalini tavsiya etamiz!

👉@realistik_iqtibos👈
🔥3👍2❤1🤩1
​Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa...

Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Yiqilganlarga qo'shilib, yig'lasharmidik
Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik.

Ruchka siyohini yo'llarimga sep,
Kitob o'qiymiz har doim ko'kka oy chiqqach,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing ahmoqliging institutga kirganing.

Testlarda menga to'g'ri javob hadya et ey yor,
Nur tomsin biletlar variantlaridan,
O'zing ayt bizday talaba yana qayda bor?
Tankalariga ishonar o‘zlaridan ham.

So'kinib yashama oraliq chog'ida
O'qi, yodla, o'rtanma testlarda,
Testlarga ham chida, leksiyaga ham chida,
Axir sendaqasi ko‘p butun institutda.

Men esa talaba oddiy bir g'arib,
Tunda telegram titib, tongda yotguvchi,
Tushimda ham sevgim axtarib,
Kitobni ko'rsam, qochib ketguvchi.

Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik.

@NUU_students
🔥2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
TTA va NamDU o‘z talabalariga rag‘bat puli ajratibdi. O‘zMUda ham ajratiladimi? Bu haligacha noma’lumligicha qolmoqda. @NUU_students
⚡️O‘zbekiston Milliy universitetida davlat granti asosida tahsil olayotgan va o‘quv-semestrlari mobaynida barcha fanlarni "a’lo" baholarga o‘zlashtirayotgan, jamoat ishlarida faollik ko'rsatib kelayotgan 159 nafar iqtidorli talaba-yoshlarni universitetning byudjet mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirildi.

P.s: Mashnaqa gaplar, bo‘larkanu😁

@NUU_students
👍4
Kechadan beri kuzatyapman Kimyo fakulteti talabalari ajoyib maslahat va fikrlar yozishyapti. Sizlarga ham o‘qib ko‘rishni tavsiya qilaman, https://t.me/kimyoo_talimi/5361 ushbu postdan boshlab o‘qiysiz.

Yaxshi narsalar yozishibdi, ehtimol sizga ham manfaati tegar.

@NUU_students
👍1👎1
Rektorimizni megabayti qolmagan boʻlsa kerak😅

Yaxshi taklif bermoqchi edim, ha mayli
😁6👍3
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Odam zerikdi. Onlayn zakovat o‘tkazib yuboramizmi? 🧐
Ushbu zakovat turnirini o‘tkazish uchun bizga homiylar kerak bo‘ladi.

Homiylik qilishni istaganlar @Oybek_Jorayev'ga murojaat qiling.
👍8🔥4👎2
🎉 TABRIKLAYMIZ!

Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchilari Alisher Xaitboyev Xamidovich, Xayrulla Mirzoxidov Abdullayevichlar 2021-yilda universitetning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish hamda milliy va xalqaro reytingini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun O‘zMU rektori Inomjon Urishovich Madjidov tashakkurnomasi va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ustozlarni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

@NUU_students
👍21🎉13🤩4🔥3❤2
❗️Oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi shakllantiriladi.

Bundan tashqari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi.

👉 Batafsil: https://kun.uz/uz/03845367

@NUU_students
👍6🔥2