O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🎉 TABRIKLAYMIZ!

Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchilari Alisher Xaitboyev Xamidovich, Xayrulla Mirzoxidov Abdullayevichlar 2021-yilda universitetning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish hamda milliy va xalqaro reytingini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun O‘zMU rektori Inomjon Urishovich Madjidov tashakkurnomasi va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ustozlarni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

@NUU_students
👍21🎉13🤩4🔥3❤2
❗️Oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi shakllantiriladi.

Bundan tashqari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi.

👉 Batafsil: https://kun.uz/uz/03845367

@NUU_students
👍6🔥2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
⚡️ Tanishib chiqishni tavsiya qilaman. “Taraqqiyot strategiyasi” haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. Batafsil maʼlumot: @dscuzbekistan
Sizga qarab “Saviyang yoʻq, ilming yoʻq, biliming yoʻq, kitob o'qimaysan, Prezidentni qarorini o‘qimaysan” demasliklari uchun yuqoridagi “Taraqqiyot strategiyasi”ni 7 ta ustuvor yo‘nalishlari va ularda amalga oshirilishi kerak boʻlgan sa’y-harakatlarni o‘qib chiqing.

@NUU_students
👍18😁11🔥1
​❗️O‘zbekistonda 2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasida so‘z boradi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2022-yil mayga qadar Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan, masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish belgilanmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, farmon loyihasida qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan. Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026-yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi.

P.s: Bir necha yildan keyin, diplomni qadri pastdagi videodagidek boʻladi😁

@NUU_students
🤩5👍4🔥4❤2😁2
⚡️ Statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarini 50,7 foizini qizlar, 49,3 foizini yigitlar tashkil qiladi.

@NUU_students
👍60😁26🔥10🤩9❤2
⚡️ 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, 2022-yilda 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joylari barpo etiladi.

Shuningdek, 2026-yilga qadar 72 400 o‘rinli 181 ta talabalar turar joylarini barpo etish natijasida talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasini 60 foizdan oshirish ko‘zda tutilmoqda.

@NUU_students
👍15👎4🔥4🎉1🤩1
❗️O‘qish qaysi sanadan boshlanadi? 10-yanvar yoki 11-yanvar?

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi dastlab “Talabalar 28-dekabrdan ta’tilga chiqishadi” deb xabar berganidan so‘ng, ta’tilni 11-yanvargacha davom etadi degandi, ya’ni talabalar uchun o‘qishning birinchi kuni 11-yanvar edi.

Ammo keyinchalik qishki ta’til boshlanish sanasi 25-dekabrdan boshlanishi ma’lum qilindi. Lekin ushbu xabarda qaysi sanagacha ta’til ekanligi aytib o‘tilmadi.

10-yanvarni o‘qishning ilk kuni desak, dushanba kuniga toʻgʻri keladi, ammo oldingi e’londa esa 11-yanvar o‘qishning ilk kuni deb e’tirof etilgan.

Bu haqida hozircha bir narsa deyish qiyin, ammo keyinchalik o‘qishning boshlanishi haqida yana xabar berishlari mumkin, kutamiz.

@NUU_students
👎19👍13🎉4🔥2😢2❤1
Ish haqi, nafaqa, pensiya va stipendiyalar oshiriladi.

2022-yili O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi. Bu haqda prezident Mirziyoyev o‘zining yangi yil tabrigida ta’kidlab o‘tdi.

«2022-yilda asosiy e’tiborimiz iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratiladi. Aholi daromadlari, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish borasidagi ishlarni davom ettiramiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

P.s: Qisqa qilib aytganda, stipendiya oshadi, bu kontrakt ham oshadi degani😅

@NUU_students
🎉20👍8🤩8👎4😁4🔥3❤1
⚡️ Pomodoro texnikasi: Ishni samarali tashkil etishning sinalgan metodikasi.

1980-yillarda Francesco Cirillo tomonidan yaratilgan «Pomodoro Technique» bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metodni sizning ish yoki o’qish faoliyatingizga to’g’ri kelish-kelmasligini ushbu maqolamizni
o’qigach bilib olasiz.


Pomodoro Texnikasi nima o’zi?

Pomodoro Technique yoki Pomidor Texnikasi – vaqtdan samarali foydalanish metodi bo’lib, belgilangan vazifaga maksimum diqqat e’tibor bilan, ortiqcha ruhiy bosimlarsiz erishish uchun ishlab chiqilgan. Agar siz qisqa vaqt ichida ma’lum bir belgilangan maqsadga ortiqcha aqliy va jismoniy zo’riqishlarsiz erishmoqchi bo’lsangiz, unda bu metod aynan siz
uchun.

Jarayon juda sodda: belgilangan loyihaga sarflamoqchi bo’lgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik «davr»larga bo’lib olasiz va xar bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Xar bir 25 daqiqa «pomodoro» deb ataladi. Bu so’z italyanchasiga pomidor degani bo’lib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan. Keyinchalik bu butun jarayon nomiga aylanib ketgan. Xar 4 ta «pomodoro» keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.

Samaradorlik qayerda?

— Tadqiqotlarga ko’ra, biror bir loyihani amalga oshirishda eng katta to’siq bu o’z-o’zini nazorat qila olmaslik hisoblanadi. Yuqoridagi metod orqali siz qisqa vaqt ichida kichik vazifalarni bajarishingiz kerak. Bu esa odatdagi zo’r berib ishlashdan ancha osonroq va nazorat qilishga qulay.

— Ish jarayonida sizga xalal beruvchi va chalg’ituvchi mayda detallar aslida siz o’ylaganizdan ko’proq vaqt va diqqatingizni olib qo’yadi. Pomidor texnikasi orqali siz tashqi chalg’ishlarni ham nazorat qilishingiz mumkin. Timerni 25 daqiqaga qo’yib ishga kirishganizda o’zi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa tashqi omillarga chalg’imaslik kerakligini eslatib turadi. Xar bir *«pomodoro»* dan keyin qilinadigan 5 daqiqalik tanaffus esa, diqqatingizni yana ishga jamlab olish uchun sharoit yaratib beradi.

— Bu metod sizni vaqtni qadrlashga o’rgatadi. Shuningdek, bu jarayon orqali siz o’z imkoniyatlaringiz haqida chuqurroq bilib olasiz. Bir necha kunlik mashg’ulotlar natijasida ma’lum bir ishni udallash uchun sizga necht
a *«pomodoro»* kerak bo’lishini aniq bilib olasiz.

— Pomidor texnikasi-sizni mukammallikka o’rgatadi. Bunda har bi
r *«pomodoro»* yangi bir imkoniyat, avvalgisida qilgan kamchilik va xatolarni keyingisida to’g’irlab, samaradorlikni yanada oshirib borishingiz mumkin.

Yuqoridagi metod sizning ish uslubingizga yoki ish jarayonni o’ziga mos kelmasligi mumkin. Lekin ko’p holatlarda bu sizga kundalik vazifalarni bajarishda va to do-listingizni yengillashtirishda qo’l kelishi mumkin. Eng asosiysi esa, bu mutlaqo tekin! Albatta, agar siz pomidor shaklidagi oshxona soatini sotib olishga pul sarflamoqchi bo’lsangiz bemalol. Lekin, timer uchun smartfoningiz yoki istalgan turdagi vaqtni ko’rsatuvchi qurilma to’g’ri keladi.

@NUU_students
👍12🔥6🤩4🎉3😁2
❗️2022-yilda oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tizimida o‘zgarishlar bo‘ladi. Endi oliy ta’lim sohasida dars berishga haqli bo‘lmagan “o‘qituvchilar”dan voz kechish vaqti keldi.

Batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin.

@NUU_students
👍17😁12🔥10❤3🎉2🤩1
⚡️ Qanday hollarda davlat 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Bu masalada qisqacha tushuntirsam, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

BHM – 270 ming so‘m (2021 yil 1 sentyabrdan). 50xBHM=13 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

✅ Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:

➖ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
➖kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
➖boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
➖ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
➖mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
➖tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
➖noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.

@NUU_students
👍8👎2🤩2❤1🔥1
❗️Talabalar diqqatiga! Qishki ta’til uzaytirildi.

OTM talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi.

@NUU_students
👍61🎉31👎16❤12🤩9😢7😁4