O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Sakkizinchi savol:

Ilgari Italiya va Fransiyada bir kasb egalarini oʻqitish kurslari boʻlgan. Ularga asosan fanlardan tashqari rasm, chizmachilik, me’morchilik va me’morchilik tarixidan darslar oʻtilgan. Ayniqsa, Barokko davri, Uyg‘onish davri me’morchilik san’ati ularni juda qiziqtirgan. Bugun esa bu kasbga xohlagan oʻquv kursida bir oy oʻqib ega boʻlish mumkin.

Diqqat savol: Qaysi kasb haqida soʻralmoqda?


@NUU_students
👍9👎4🔥2😁1
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
👎11🔥4👍1
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
👎21👍4❤1🤩1
Sakkizinchi savolning javobi qandolatchilik. Qandolatchilar turli imoratlar koʻrinishidagi tortlarni yasash uchun avval chizib ko‘rishgan.
👎38👍9😢3❤2
❗️Toʻqqizinchi savol:

O‘zbeklarda “o‘tirgan qiz o‘rnini topadi” degan maqol bor. Turkmanlarda ham shunga o‘xshash udum boʻlgan. Kelinning yoshi qancha katta boʻlsa, unga beriladigan qalin puli ham ortib borgan.

Diqqat savol: Nega 18 yoshli kelindan koʻra, 28 yoshli kelinga koʻp qalin toʻlashgan?


@NUU_students
👍11👎10
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
👎8😁6👍3🔥3
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
👎10👍7😁1🤩1
Toʻgʻri javob qadimdan turkmanlar gilam toʻqishgan. Yoshi kattaroq qiz gilam toʻqishda ancha tajribali boʻladi.
👎25👍18😁6🔥2❤1
❗️O‘ninchi savol:

Qadimgi Hindistondagi qishloq hududlarida yashovchi dehqon oilalari dalada hosil pishish oldidan ertalabdan kechgacha sholipoya atrofida qoʻshiqlar aytib, raqslarga tushib, quvlashmachoq, bekinmachoq oʻyinlarini oʻynab kunni kech qilishgan.

Diqqat savol: Hosilni yigʻmasdan oldin boshlanib ketgan bu bayramdan asl maqsad nima boʻlgan?


@NUU_students
👍11👎7
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
👍6👎5
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
👎12👍10🔥1🎉1
Toʻgʻri javob guruchning yetilish arafasida ular shovqin solib, qushlarni haydashgan.
👎11👍7🔥2
⚡️Agar yuqori, oʻrta va quyi ligalardagi bahslarda tenglik kuzatilsa, soʻnggi savolga eng tez toʻgʻri javob yuborgan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. 12-savol topilmagan boʻlsa, 11-savol koʻrib chiqiladi.
👎13👍3🔥2😢2
❗️O‘n birinchi savol:

Jimmi Karter o‘zining oxirgi prezidentlik kunlarida shunday degan edi: “Bir necha kundan soʻng men bo‘ynimdagi barcha mas’uliyatlardan soqit boʻlib, demokratik mamlakatimizdagi prezidentlik lavozimidan koʻra ustunroq lavozimga erishaman”.

Diqqat savol: Karter qaysi lavozimni nazarda tutgan?


@NUU_students
👍11👎5🔥2
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
👎7👍2
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
👎10🔥7👍4😁3🤩1
O‘n birinchi savolning javobi fuqarolik. U fuqarolikni nazarda tutgan edi.
👍14👎12🔥4❤1🎉1
❗️Oxirgi, o‘n ikkinchi savol:

Mutaxassislar fikricha, eng irimchi va terdekafobiya kasalligiga chalingan insonlar ham Xdan voz kechmas va uni jon-jon deb qabul qilishar ekan. O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha, X korxonaning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, berilishi mumkin.

Diqqat savol: Xni uchta so‘z bilan yozib bering.


@NUU_students
🔥6👍4👎3
Javob yuborish uchun 1 daqiqa!
🔥9👎3🎉2
Stop! Vaqt tugadi. Toʻgʻri javobni e’lon qilamiz.
👎14👍3🔥2❤1🤩1