O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Oldin zapravkaga navbatga turganlar endi shamga navbatda turibdi ekan😅

@NUU_students
😁40👍12🔥2
- Svetni kim oʻchirgan deb oʻylaysiz?
- Shahzod degan bachcha, Yusuf degan bachcha, Baqay togʻasi...

@NUU_students
😁103👍17👎12❤4🤩4🔥3
❓Elektr energiyasi uzilishi sabab bugun oʻtmay qolingan onlayn darslar yoki imtihonlar boshqa kuni oʻtkaziladimi?

🔰 Maʼlumki, koronavirus infeksiyasi yangi shtammining aholi oʻrtasida tarqalish xavfining oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlar tavsiyalariga asosan joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddatda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda dars mashgʻulotlari onlayn shaklda boshlandi.

⚡️Bugun, 25-yanvar kuni Respublikamizning ayrim hududlari va Toshkent shahrining aksariyat tumanlarida elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi. Ayni paytda ayrim tumanlarda ta’minot tiklandi, aksariyat tumanlarda esa bosqichma-bosqich elektr energiyasi berib borilmoqda.

❗️25-yanvar kuni oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda rejalashtirilib, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab o‘tkazilmagan dars mashg‘ulotlari, yakuniy imtihonlar har bir ta’lim muassasasining qo‘shimcha ishlab chiqilgan reja-grafiklari asosida o‘tkaziladi hamda odatiy dars rejalariga yetkazib olinadi.

Manba: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍4
​❗️Ketma-ket ikki kunlik pasayishdan so‘ng kasallanishlar soni yana ortdi: kecha yurtimizda 1170 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi!

🔺2022 yil 25 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 217360 (+1174) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌57 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌41 nafari Andijon viloyatida,
📌56 nafari Buxoro viloyatida,
📌37 nafari Jizzax viloyatida,
📌30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌18 nafari Navoiy viloyatida,
📌27 nafari Namangan viloyatida,
📌43 nafari Samarqand viloyatida,
📌18 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌46 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌133 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌47 nafari Xorazm viloyatida,
📌139 nafari Toshkent viloyatida,
📌482 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

@NUU_students
😢9👍8👎6
(Hazil sheʼr, biroq achchiq haqiqat)

Yaxshi boʻldi svet oʻchgani
Koʻzim yumib, ozroq dam oldim.
Telefonim oʻchgan bahona
Oilam bilan tanishib oldim.

Yaxshi ekan otam va onam,
Yetmishlarni qoralashibdi.
Hovlida qoʻy yuzta boʻlibdi,
Har yil egiz bolalashibdi.

Bitta akam, bor ekan ukam,
Tez chiqishib ketdik oʻzaro.
Hijolatda qolyapman oʻzim
Yot oilaga tushgandek goʻyo.

Akam, hatto, uylanibdi ham
Bir jiyanim oʻnga kiribdi.
Unutmagan ekan hali ham
Ukalari esda turibdi.

Hayron qoldim rosti oʻzimga
Bilmayapman nima boʻlganin?!
Oʻzgaribdi tabiat, shahar,
Endi naf yoʻq boʻldi boʻlgani.

Goʻyo hamma qadam bosganu,
Men - oʻsmagan daraxt misoli.
Xotin va bolam bor emish,
Boshim qotdi karaxt misoli.

Eshitganim, koʻrganlarimdan
Xulosalar chiqardim birdan
Soʻrash kerak endi xotindan,
Menga aytchi, oʻgʻilcha kimdan?!

Hammasidan yakdil taasurot,
Bir xayrli, savob ish boʻldi.
Oilam bilan gaplashardimu,
Svet keldi. Zaryadi toʻldi.


Kecha svet o‘chganidan keyin yozilgan sheʼr ekan.

@NUU_students
👍22😁9🔥4
TA’ZIYA

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univeristeti talabalari, Ijtimoiy fanlar fakulteti mehnat faxriysi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor Abdullay Ayupovning vafot etganligi munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur ta’ziya izxor etadi.

@NUU_students
😢64👍7
​​🇺🇿 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va “Ulug‘bek” jamgʼarmasi tomonidan talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi Oʼzbekistonning isteʼdodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika ta'nlovi eʼlon qilinadi.

✅ Tanlovga quyidagi yo‘nalishlardagi ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yil 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:
- texnika va texnologiya;
- axborot texnologiyalari;
- tibbiyot;
- qishloq va suv xoʼjaligi;
- arxitektura va qurilish.

✅ Tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin 30 million so‘m;
2-o‘rin 20 million so‘m;
3-o‘rin 10 million so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

✅ Ilmiy-innovatsion ishlanmalar nauka@edu.uz elektron manziliga yokida telegram orqali: +9989 97 7463721 raqamiga taqdim etiladi.

👉 Tanlov haqida batafsil!

@NUU_students
👍15
⚡️Shavkat Mirziyoyev bugun keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”ni amalga oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi.

@NUU_students
🎉10👍9🔥4👎1
Talaba nima qilsin?!

Ishlamasa internet,
Uch kun bir yonsa svet,
Ishlab bo‘lmasa hech test,
Talaba nima qilsin?!

“Online dars” dedilar,
“Darsni yetqaz” dedilar,
Sho‘rlik umrin yedilar,
Talaba nima qilsin?!

El ichida bor u ham,
Ko‘rmoqda ozor u ham,
“ H+ ”ga zor u ham,
Talaba nima qilsin?!

Boshida og‘riq har kun,
Tom kezar svyaz uchun.
Besh yuz hajmlik darsin
Talaba nima qilsin?!

“Jahonda shu!”- urmang do‘q,
Siz shaharda, ko‘ngil to‘q.
Yo qishloq jahondamas,
Yo jahonda qishloq yo‘q!
Talaba nima qilsin?!

Oraliqlar davrida,
2G ning jabrida.
Qoyil lekin, sabriga,
Talaba nima qilsin?!

Qishloq - kurort emasdir,
Birov “bor, yot” demas bir.
Rostlolmasa nafas bir
Talaba nima qilsin?!

Men ham oddiy talaba,
“Help me” shu masalada.
Yursa tuz-u dalada,
Talaba nima qilsin?!

To‘g‘ri, ta’lim birinchi,
Tushunmasa uy ichi,
Tushuntirib ko‘ringchi:
Talaba nima qilsin?!

Bir o‘y bag‘rimni tilar,
Tunlar uyqum qochirar:
Ey vazirlikdagilar,
Talaba nima qilsin?!

@NUU_students
👍45😁7🔥6🤩3👎1
Forwarded from ILM SOHILI TV
Loyihamizning ilk mehmonini qarshi oling!

Tos
hkent viloyati Bo'ka tumanida tug'ulgan. O'zMUni matematika fakultetida bakalavr bosqichini tamomlagan. 2014-yilda Butunjahon Fanlar Akademiyasining yosh olimlar kengashi a’zosi etib saylangan. 2017-yilda esa Turkiyzabon Davlatlar Matematiklar jamiyati tomonidan “Yilning eng yaxshi yosh matematigi” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

📌2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Innovatsion Rivojlanish vazirligi tomonidan 2020-yil yakuni bo‘yicha Scopus xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazasida eng yuqori «Hirsh indeksi»ga erishgan 40 yoshgacha bo‘lgan matematik olim sifatida 100 mln so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, AQSH matematiklar jamiyati tahririyat kengashi a’zosi hisoblanadi.

Professor hamyurtimizning manfaatli va qiziqarli suhbatidan qolib ketmaslik uchun, chorshanba [22.12.2021], soat 21:00 da YouTube sahifamizda boʻlib oʻtadigan premyerani tomosha qiling!


🔴 YouTube sahifamiz
👍17👎1🔥1
❗️Kamida 10ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kirishi vazifa qilib berildi.

Shavkat Mirziyoyev adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida strategiyada vazifalarni belgilab berdi.

@NUU_students
👍19🎉19🔥4👎1
Oʻqish yana onlayn😅

@NUU_students
😁16👎4🎉4👍1🔥1
Sessiyaga tayyorlanishda bir-biringizga yordam bering, hurmatli talabalar!

@Milliy_universitetimiz guruhiga qoʻshiling, yordam bering, yordam soʻrang, oʻrgating, oʻrganing.

Sessiyadan birgalikda oʻtamiz!

@NUU_students
👍37❤6😢2
​❗️Kecha yurtimizda yana 1120 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 2 nafar bemor vafot etdi.

🔺2022-yil 26-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 218477 (+1117) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌63 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌47 nafari Andijon viloyatida,
📌26 nafari Buxoro viloyatida,
📌42 nafari Jizzax viloyatida,
📌22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌22 nafari Navoiy viloyatida,
📌51 nafari Namangan viloyatida,
📌41 nafari Samarqand viloyatida,
📌19 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌39 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌129 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌52 nafari Xorazm viloyatida,
📌113 nafari Toshkent viloyatida,
📌451 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

@NUU_students
😢16👍12👎11
❗️Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

2020-2021-o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

@NUU_students
👍15😢5🔥3
⚡️Kun.uz: 2021-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YIM) hajmi 734,6 trln so‘mni yoki 69 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan — Davstatqo‘m

Aholi jon boshiga YIM 21 mln so‘m yoki 1983 AQSh dollariga yetgan (dollarning o‘rtacha yillik kursida).

@NUU_students
👍8👎4🔥3😢2
Isming tarix kitoblarida qolmasa ham, tarix xonalaridagi partalarda qolsin. Auf😎

@NUU_students
😁51👍10👎3
Krilcha harflarni qidirib topolmay yurgandan koʻra, oʻzing oʻrgangan lotincha klaviaturangda yoz😅

@NUU_students
😁58👍18🔥6😢2🤩2👎1
Kimdir profiliga “I love the book” deb yozgan boʻlsa, u kitobsevar ekan degan xulosaga kelma, ehtimol u Kitob tumanini yozgandir😁

@NUU_students
😁50👍28👎13🎉6🤩3❤1