This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ishonch_telefonlari
👉 Taksi xizmatlari narxlari oshirilsa Transport vazirligining 1167 raqamiga qo'ng'iroq qiling.
👉 O'zbekiston temir yo'llari murojaat telefon raqamlari: +998712999450; +998712999184; 1005
👉 O'zbekiston havo yo'llari murojaat telefon raqamlari: +998711400200; +998711404610
👉 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi murojaat uchun telefon raqamlari: +998712306464; 1006
@NUU_students

😁22👍16👎11🤔4🤬2
❗️Respublika maxsus komissiyasi qaroriga izoh!
Ma’lumki, respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, 2022-yil 7-fevraldan boshlab barcha ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.
Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda turli xil talqin qilinib, keng jamoatchilik, ayniqsa talaba-yoshlar va ularning ota-onalari orasida ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Talabalarga qulaylik yaratish, doimiy turar joylaridan ta’lim muassasalariga xavfsiz, tirbandliklarsiz yetib kelishlari, joylarda avia va temir yo‘l chiptalarini almashtirish, talabalar-turar joylari, ijara asosida yashaydigan talabalarning ortiqcha qiyinchiliklarsiz joylashishlarini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 7 fevraldan 24 fevralga qadar bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi. Shu davrda dars mashg‘ulotlari bir vaqtning o‘zida ham masofaviy ham an’anaviy shaklda olib boriladi.
Bu jarayon har bir oliy ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlari, o‘quv jarayonining hozirgi holati, mavjud shart-sharoitlarini inobatga olgan holda alohida reja-grafik asosida amalga oshiriladi. Bu haqdagi ma’lumotlar har bir ta’lim maskanining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali berib boriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 24-fevraldan boshlab o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklda olib borilishini ma’lum qiladi.

👍27👎11🤔10🤯3👏2🤬2🤩1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Respublika maxsus komissiyasi qaroriga izoh! Ma’lumki, respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan, 2022-yil 7-fevraldan boshlab barcha ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda…
Qisqacha qilib tushuntirganda, barcha kurslar uchun an’anaviy taʼlim 7-fevraldan emas, ya’ni har bir bosqich talabalari uchun qaysidir sanadan bosqichma-bosqich an’anaviy taʼlim boshlanadi. Buni OTMning oʻzi belgilaydi.
Bu haqida Xushnudbek Xudoyberdiyev ham aytib oʻtgan edi.
@NUU_students
Bu haqida Xushnudbek Xudoyberdiyev ham aytib oʻtgan edi.
@NUU_students
🤬43👍35👎32🔥5🤔4🥰2❤1👏1
❗️Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida an’anaviy oʻquv jarayonlari quyidagi sanalarda boshlanadi:
• Bakalavriat 1-kurslar 22-fevraldan
• Bakalavriat 2-kurslar 15-fevraldan
• Bakalavriat 3- va 4-kurslar 7-fevraldan
• Magistratura 1- va 2-kurslar 7-fevraldan
Bu taʼlimning kunduzgi va kechki taʼlim shakllari uchun amal qiladi!

👍170🤬99👎48😢21👏18🔥9🥰5🤯5❤4😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ta’lim jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi!
Mo‘min Ibodov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari!
@NUU_students
Mo‘min Ibodov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari!
@NUU_students
👍27🤬14👎12🤯1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida an’anaviy oʻquv jarayonlari quyidagi sanalarda boshlanadi: • Bakalavriat 1-kurslar 22-fevraldan • Bakalavriat 2-kurslar 15-fevraldan • Bakalavriat 3- va 4-kurslar 7-fevraldan • Magistratura 1…
❗️Shaxsiy tavsiyam: 3-4-kurslar 7-fevral yoki undan oldin shoshib kelib olishingiz shart emas. Bilamizki, hozirda ushbu kurs talablari uchun yakuniy nazoratlar boʻlib oʻtmoqda, ya’ni siz yakuniy nazorat imtihoningiz uchun yetib kelsangiz ham boʻladi. Sababi, hozirda darslar boʻlmayapti.
Aytaylik, sizda 9-fevral soat 9:00 da imtihon bor, siz 8-fevral kuni kelsangiz ham boʻladi yoki 9-fevral kuni (ulgursangiz) yetib kelsangiz ham boʻladi. Xullas, vaziyat va sharoitga qarab ish turganingiz maʼqul!

👍67👎12🤬7🔥4
❗️Kecha yurtimizda 960 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 4 nafar bemor vafot etdi.
🔺2022-yil 3-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 226997 (+961) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌40 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌27 nafari Andijon viloyatida,
📌24 nafari Buxoro viloyatida,
📌20 nafari Jizzax viloyatida,
📌24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌16 nafari Navoiy viloyatida,
📌24 nafari Namangan viloyatida,
📌57 nafari Samarqand viloyatida,
📌10 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌48 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌71 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌27 nafari Xorazm viloyatida,
📌116 nafari Toshkent viloyatida,
📌457 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

😱36👍11👎7
❗️Akademik ta'til olib siz kursdan kursga qolib ketmaysiz.
Akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;
-oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi;
- talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;
- akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi.
❕Akademik ta’til berish talabani oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish hisoblanmaydi;
Qaror: https://lex.uz/docs/-5443081

👍19👏8🔥2🎉2
❗️Talabalar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda 24-fevralga qadar talabalar xohlasa onlayn, xohlasa offlayn ta'limni tanlab o'qishlari mumkinligi haqida noto'g'ri ma'lumotlar aylanib yuribdi.
@NUU_students
@NUU_students
🤬41👍29👎12😁8🤯6🔥4👏3🎉2🤩1
#Obunachimizdan
“Bizda sessiya asosiy oʻrinda. Oʻqitish bir tiyinga teng boʻlsa ham sessiya asosiy oʻrinda. Birinchi, ikkinchi kurslar online oʻqiyverishini kecha taxmin qilgandim. Sababi, ular sessiyani topshirib boʻlgan! 3- va 4-kurslarda esa hali sessiya endi boshlanyapti. Nima qilib boʻlsayam ularni qaytarish kerak. Axir ularning immuniteti “beton”ku! Ularga virus yuqmaydi. Ularga bilet ham shart emas, hammasining shaxsiy samolyoti, “Mercedes”i bor. Domlalar “jaloba” qilib chiqqan-ov, 3h bilan 4-kurslar qaytsin, bizdayam bola chaqa bor, deb. Yaxshiyam hech bir qarindoshim taʼlim vazirligida ishlamaydi. Boʻlmasa kasriga qolishim aniq edi. Shu joyiga bir sheʼr yozgim keldi-da:
Eshit soʻzlarimni, nochor talaba,
Haqqing yoʻq, bemalol yashay olishga.
Shuncha sessiyada, qilding gʻalaba,
Haqqing yoʻq, vazirga bir bor nolishga...
Tushun, domla ham odam, oilasi bor,
Belanchakda yotgan, yosh bolasi bor.
Uch xonali uyi, boʻlayotgan tor,
Sen kelmasang "Domla" deb, holi bir nochor...
Texnikani qara, tushundi birdan,
Domlaning nolasi, arz-dodini.
Birlar kelsin dedi, yigirma birdan,
Uch, toʻrtchi yigʻsin, koʻch koʻronini...
Ular katta kursda, koʻpni koʻrishgan,
Kimning qandayligin, bilib boʻlishgan,
Menimcha bugun barcha komentda,
Eng koʻp vazirlikni, shular soʻkishgan...
Afsus, kalta ekan, qoʻl oyogʻimiz,
Koʻzni yumaverib, toldi koʻzimiz.
Bir kun borib tegar, zoʻr tayogʻimiz,
Bir kun eshitishar, bizni soʻzimiz...”

👍51👏4😁3🤬2🤔1
❗️Qalampir.uz: Muhrlangan yotoqxonalar qachon ochiladi? Mas’ullar mujmal javob bermoqda.
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi kecha, 2-fevral kuni kutilmaganda maktab, oliy ta’lim muassasalari, kollej va texnikumlarda 7-fevraldan an’anaviy ta’limga qaytilishi haqida qaror qabul qildi.
Xo‘sh, ushbu kutilmagan yangilikka O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari qanchalik tayyor? Talabalar turar joyi viloyatdan o‘qish uchun poytaxtga keladigan talabalarni qabul qilishga hozirmi? Yotoqxonalar qachonda ochiladi? Shu va boshqa savollarga javob olish uchun Qalampir.uz eng yirik OTMlardan biri – O‘zbekiston Milliy universitetiga bordi va muassasa mas’uli bilan suhbatlashdi.
Nozima Nazirova, muxbir: — Milliy universitetda talabalar turar-joyi qachondan ochiladi?
Miralisher Hasanov, O‘zMUning Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi: — Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi va Oliy o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining rasmiy sahifasida joriy yilning 7-fevralidan boshlab Respublikadagi barcha OTMda ta’lim an’anaviy shaklga o‘tishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Talabalar turar-joyi haqida aytadigan bo‘lsam, talabalar qishki ta’tilga ketishganida, dezinfeksiya ishlari olib borildi. Talabalar qaytishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar bilan tuzilgan shartnomalar hozir ham o‘z kuchida. Shartnomaga ega bo‘lgan talabalar yana yotoqxonaga joylashishi mumkin. Talabalar hozirdan poytaxtga kelishni boshlashsa, yotoqxonaga qabul qilinadi. Bu bo‘yicha fakultet dekanlari va tyutorlari tomonidan talabalarga ma’lumot beriladi.
N.N: — Talabalar turar-joyida talabalar uchun qancha joy ajratilgan?
M.H: — Milliy universitetiga qarashli 10 ta yotoqxonamiz mavjud. Bugungi kunda yotoqxonalarimizda 5 mingdan ortiq talabaga joy ajratilgan. Talabalar qishki ta’tilga ketguniga qadar, yotoqxonalarda 4800 nafar talaba istiqomat qilgan.
Mamlakatdagi eng yirik oliygoh – O‘zbekiston Milliy universiteti yotoqxonalarini ko‘zdan kechirish jarayonida ularni faqat tashqaridan ko‘ra oldik, xolos. Boisi yotoqxonalar eshiklariga hamon muhr urilganicha turibdi. Ular qay vaqt ochilib, qay vaqt dezinfeksiya ishlari olib borilgani ham mavhum. Ko‘plab shunday savollarga esa biz bilan suhbatlashishi kerakligi aytilgan mas’ul yelka qisdi. Yotoqxona komendantining esa bino qachon ochilishi, talabalarga qachondan joylashishga ruxsat berilishidan xabari yo‘q.

🤬14👍12👎4🔥1👏1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Qalampir.uz: Muhrlangan yotoqxonalar qachon ochiladi? Mas’ullar mujmal javob bermoqda. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi kecha…
❗️Maʼlum qilinishicha, talabalar turar joylari 3-fevraldan e’tiboran tyutorlarning navbatchilik jadvali asosida talabalarni kutib olishga tayyor holatga keltirilgan. Belgilangan grafikdan oldin kelgan talabalarni ortiqcha ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida TTJlar to‘liq ochilgan. 2022-yil 4-fevral holatiga ko‘ra, 36 nafar talaba TTJga joylashtirilgan.
Yuqoridagi xabar bugun chiqariladi, maqola esa Qalampir.uz telegram sahifasiga kecha joylashtirilgan. Shuningdek, bu haqida videoda ham tomosha qilishingiz mumkin.

👍15🔥6👏2👎1
O‘qishlar boshlanarmish!!!
Qovun tushdi yana ish,
Bir yangilik bo‘lganmish.
Yettinchi fevral sanadan,
O‘qishlar boshlanarmish.
Tayyor emas yotoq joy,
Topmaganmiz biron ish.
Yuqoridan xat keldi,
O‘qishlar boshlanarmish.
Ustimda yozgi ko‘ylak,
Oyoqda eski kovush.
Shunday bir sharoitda,
O‘qishlar boshlanarmish.
Borsam agar shaharga,
Pulni kerak sarf qilish.
Bir tiyin ham pulim yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.
Yotoqxona muammo,
Qiyin juda joylashish.
Kvartira dollarda,
O‘qishlar boshlanarmish.
Qarindosh yo‘q shaharda,
Chiqmadi hech bir tanish.
Ko‘chada yotamanmi?!
O‘qishlar boshlanarmish.
Uyda yana siqilish,
Uyda yana o‘ylanish.
Sharoitni bilmasdan,
O‘qishlar boshlanarmish.
Mayli aytsa ertaroq,
Qilar edik urinish.
Uch kun oldin aytishdi,
O‘qishlar boshlanarmish.
Ayoz kunlar avjida,
Oldimizda sovuq qish.
Kurtka uchun pulim yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.
Kim chiqardi qarorni,
Bu qanaqa ahmoq ish.
Oddiy xalqni o‘ylamay,
O‘qishlar boshlanarmish.
Ey, mansabdor og‘alar,
Bir xil demang g‘am-tashvish.
Bizdagi dard sizda yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.
©️ Shahzodboy
@NUU_students
Qovun tushdi yana ish,
Bir yangilik bo‘lganmish.
Yettinchi fevral sanadan,
O‘qishlar boshlanarmish.
Tayyor emas yotoq joy,
Topmaganmiz biron ish.
Yuqoridan xat keldi,
O‘qishlar boshlanarmish.
Ustimda yozgi ko‘ylak,
Oyoqda eski kovush.
Shunday bir sharoitda,
O‘qishlar boshlanarmish.
Borsam agar shaharga,
Pulni kerak sarf qilish.
Bir tiyin ham pulim yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.
Yotoqxona muammo,
Qiyin juda joylashish.
Kvartira dollarda,
O‘qishlar boshlanarmish.
Qarindosh yo‘q shaharda,
Chiqmadi hech bir tanish.
Ko‘chada yotamanmi?!
O‘qishlar boshlanarmish.
Uyda yana siqilish,
Uyda yana o‘ylanish.
Sharoitni bilmasdan,
O‘qishlar boshlanarmish.
Mayli aytsa ertaroq,
Qilar edik urinish.
Uch kun oldin aytishdi,
O‘qishlar boshlanarmish.
Ayoz kunlar avjida,
Oldimizda sovuq qish.
Kurtka uchun pulim yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.
Kim chiqardi qarorni,
Bu qanaqa ahmoq ish.
Oddiy xalqni o‘ylamay,
O‘qishlar boshlanarmish.
Ey, mansabdor og‘alar,
Bir xil demang g‘am-tashvish.
Bizdagi dard sizda yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.
©️ Shahzodboy
@NUU_students
👍41😁6🔥5🥰4🤯4👏3
⚡️“ILM SOHILI”da navbatdagi mehmon!
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug'ilib o‘sgan. Dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turadigan Italiyaning Piza universitetida doktorlik(PhD) dissertatsiyasini yoqlagan, hozirgi kunda esa, Dunyo reytingida “Top-3”da turadigan CNRS ilmiy markazi ilmiy izlanuvchisi bo'lib ishlab kelmoqda. Qator olimpiadachi yoshlarni Xalqaro Olimpiadalarga tayyorlab yuqori natijalar erishgan Karim Raximov loyihamizning navbatdagi mehmoni bo'ldilar.
📌 Xalqaro darajadagi professor Ustozimizni ilmiy suhbatini Juma kuni 21:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadigan premyerani tomosha qilishingiz mumkin.
🔗 Havola: https://youtu.be/W7YeqyrUTnE
P.s: Shaxsan menga 1-kurs 1-semestrda Matematik analiz fanidan yakuniyda 4 qoʻygan domla. Semestr davomida faqat shu fanni oʻqigandim, alam qilgandi lekin😅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram || You tube

👍19👏3🔥1
Sizga ham baʼzida shunday savol berishadi:
- Sen milliyda o‘qiysan-a?
- Ha, oʻqiyman.
- Milliyda oʻqiydigan Dilshodni taniysanmi?
- Yoʻq, tanimayman!
- Sen oʻzi milliyda oʻqiysanmi?
30 mingga yaqin talaba oʻqiydigan universitetda nechta Dilshod bor deb oʻylaysiz? Bunaqa savol berish uchun mantiq “level”i nechaga teng boʻlishi kerak😅

😁165👍32👎12🤬4👏3😢1
Bora-bora ba’zi reklamalar quyidagicha boʻlib boradi:
- Men o‘lgandim. Keyin menga Laminalife ichirishdi va men tirildim va hozir intervyu berib turibman. Marhamat siz ham ichib koʻring!
Qiziq tomoni odamlar ham bunga ishonishadi😅

😁82👍12🤯9🤬7😢5😱4👏2🤩2