O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#Obunachimizdan

“Bizda sessiya asosiy oʻrinda. Oʻqitish bir tiyinga teng boʻlsa ham sessiya asosiy oʻrinda. Birinchi, ikkinchi kurslar online oʻqiyverishini kecha taxmin qilgandim. Sababi, ular sessiyani topshirib boʻlgan! 3- va 4-kurslarda esa hali sessiya endi boshlanyapti. Nima qilib boʻlsayam ularni qaytarish kerak. Axir ularning immuniteti “beton”ku! Ularga virus yuqmaydi. Ularga bilet ham shart emas, hammasining shaxsiy samolyoti, “Mercedes”i bor. Domlalar “jaloba” qilib chiqqan-ov, 3h bilan 4-kurslar qaytsin, bizdayam bola chaqa bor, deb. Yaxshiyam hech bir qarindoshim taʼlim vazirligida ishlamaydi. Boʻlmasa kasriga qolishim aniq edi. Shu joyiga bir sheʼr yozgim keldi-da:

Eshit soʻzlarimni, nochor talaba,
Haqqing yoʻq, bemalol yashay olishga.
Shuncha sessiyada, qilding gʻalaba,
Haqqing yoʻq, vazirga bir bor nolishga...

Tushun, domla ham odam, oilasi bor,
Belanchakda yotgan, yosh bolasi bor.
Uch xonali uyi, boʻlayotgan tor,
Sen kelmasang "Domla" deb, holi bir nochor...

Texnikani qara, tushundi birdan,
Domlaning nolasi, arz-dodini.
Birlar kelsin dedi, yigirma birdan,
Uch, toʻrtchi yigʻsin, koʻch koʻronini...

Ular katta kursda, koʻpni koʻrishgan,
Kimning qandayligin, bilib boʻlishgan,
Menimcha bugun barcha komentda,
Eng koʻp vazirlikni, shular soʻkishgan...

Afsus, kalta ekan, qoʻl oyogʻimiz,
Koʻzni yumaverib, toldi koʻzimiz.
Bir kun borib tegar, zoʻr tayogʻimiz,
Bir kun eshitishar, bizni soʻzimiz...
”

@NUU_students
👍51👏4😁3🤬2🤔1
Oz qoldi. Tez kunda...

@NUU_students
❤6👍2
❗️Qalampir.uz: Muhrlangan yotoqxonalar qachon ochiladi? Mas’ullar mujmal javob bermoqda.

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi kecha, 2-fevral kuni kutilmaganda maktab, oliy ta’lim muassasalari, kollej va texnikumlarda 7-fevraldan an’anaviy ta’limga qaytilishi haqida qaror qabul qildi.

Xo‘sh, ushbu kutilmagan yangilikka O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari qanchalik tayyor? Talabalar turar joyi viloyatdan o‘qish uchun poytaxtga keladigan talabalarni qabul qilishga hozirmi? Yotoqxonalar qachonda ochiladi? Shu va boshqa savollarga javob olish uchun Qalampir.uz eng yirik OTMlardan biri – O‘zbekiston Milliy universitetiga bordi va muassasa mas’uli bilan suhbatlashdi.

Nozima Nazirova, muxbir: — Milliy universitetda talabalar turar-joyi qachondan ochiladi?

Miralisher Hasanov, O‘zMUning Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi: — Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi va Oliy o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining rasmiy sahifasida joriy yilning 7-fevralidan boshlab Respublikadagi barcha OTMda ta’lim an’anaviy shaklga o‘tishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Talabalar turar-joyi haqida aytadigan bo‘lsam, talabalar qishki ta’tilga ketishganida, dezinfeksiya ishlari olib borildi. Talabalar qaytishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar bilan tuzilgan shartnomalar hozir ham o‘z kuchida. Shartnomaga ega bo‘lgan talabalar yana yotoqxonaga joylashishi mumkin. Talabalar hozirdan poytaxtga kelishni boshlashsa, yotoqxonaga qabul qilinadi. Bu bo‘yicha fakultet dekanlari va tyutorlari tomonidan talabalarga ma’lumot beriladi.

N.N: — Talabalar turar-joyida talabalar uchun qancha joy ajratilgan?

M.H: — Milliy universitetiga qarashli 10 ta yotoqxonamiz mavjud. Bugungi kunda yotoqxonalarimizda 5 mingdan ortiq talabaga joy ajratilgan. Talabalar qishki ta’tilga ketguniga qadar, yotoqxonalarda 4800 nafar talaba istiqomat qilgan.

Mamlakatdagi eng yirik oliygoh – O‘zbekiston Milliy universiteti yotoqxonalarini ko‘zdan kechirish jarayonida ularni faqat tashqaridan ko‘ra oldik, xolos. Boisi yotoqxonalar eshiklariga hamon muhr urilganicha turibdi. Ular qay vaqt ochilib, qay vaqt dezinfeksiya ishlari olib borilgani ham mavhum. Ko‘plab shunday savollarga esa biz bilan suhbatlashishi kerakligi aytilgan mas’ul yelka qisdi. Yotoqxona komendantining esa bino qachon ochilishi, talabalarga qachondan joylashishga ruxsat berilishidan xabari yo‘q.

@NUU_students
🤬14👍12👎4🔥1👏1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Qalampir.uz: Muhrlangan yotoqxonalar qachon ochiladi? Mas’ullar mujmal javob bermoqda. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi kecha…
❗️Maʼlum qilinishicha, talabalar turar joylari 3-fevraldan e’tiboran tyutorlarning navbatchilik jadvali asosida talabalarni kutib olishga tayyor holatga keltirilgan. Belgilangan grafikdan oldin kelgan talabalarni ortiqcha ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida TTJlar to‘liq ochilgan. 2022-yil 4-fevral holatiga ko‘ra, 36 nafar talaba TTJga joylashtirilgan.

Yuqoridagi xabar bugun chiqariladi, maqola esa Qalampir.uz telegram sahifasiga kecha joylashtirilgan. Shuningdek, bu haqida videoda ham tomosha qilishingiz mumkin.

@NUU_students
👍15🔥6👏2👎1
​​​​​O‘qishlar boshlanarmish!!!

Qovun tushdi yana ish,
Bir yangilik bo‘lganmish.
Yettinchi fevral sanadan,
O‘qishlar boshlanarmish.

Tayyor emas yotoq joy,
Topmaganmiz biron ish.
Yuqoridan xat keldi,
O‘qishlar boshlanarmish.

Ustimda yozgi ko‘ylak,
Oyoqda eski kovush.
Shunday bir sharoitda,
O‘qishlar boshlanarmish.

Borsam agar shaharga,
Pulni kerak sarf qilish.
Bir tiyin ham pulim yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.

Yotoqxona muammo,
Qiyin juda joylashish.
Kvartira dollarda,
O‘qishlar boshlanarmish.

Qarindosh yo‘q shaharda,
Chiqmadi hech bir tanish.
Ko‘chada yotamanmi?!
O‘qishlar boshlanarmish.

Uyda yana siqilish,
Uyda yana o‘ylanish.
Sharoitni bilmasdan,
O‘qishlar boshlanarmish.

Mayli aytsa ertaroq,
Qilar edik urinish.
Uch kun oldin aytishdi,
O‘qishlar boshlanarmish.

Ayoz kunlar avjida,
Oldimizda sovuq qish.
Kurtka uchun pulim yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.

Kim chiqardi qarorni,
Bu qanaqa ahmoq ish.
Oddiy xalqni o‘ylamay,
O‘qishlar boshlanarmish.

Ey, mansabdor og‘alar,
Bir xil demang g‘am-tashvish.
Bizdagi dard sizda yo‘q,
O‘qishlar boshlanarmish.


©️ Shahzodboy

@NUU_students
👍41😁6🔥5🥰4🤯4👏3
⚡️“ILM SOHILI”da navbatdagi mehmon!

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug'ilib o‘sgan. Dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turadigan Italiyaning Piza universitetida doktorlik(PhD) dissertatsiyasini yoqlagan, hozirgi kunda esa, Dunyo reytingida “Top-3”da turadigan CNRS ilmiy markazi ilmiy izlanuvchisi bo'lib ishlab kelmoqda. Qator olimpiadachi yoshlarni Xalqaro Olimpiadalarga tayyorlab yuqori natijalar erishgan Karim Raximov loyihamizning navbatdagi mehmoni bo'ldilar.

📌 Xalqaro darajadagi professor Ustozimizni ilmiy suhbatini Juma kuni 21:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadigan premyerani tomosha qilishingiz mumkin.

🔗 Havola: https://youtu.be/W7YeqyrUTnE

P.s: Shaxsan menga 1-kurs 1-semestrda Matematik analiz fanidan yakuniyda 4 qoʻygan domla. Semestr davomida faqat shu fanni oʻqigandim, alam qilgandi lekin😅

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram || You tube
👍19👏3🔥1
7-fevraldan o‘qishga qaytiladi. Buni eshitgan hali sessiya olmagan domlalar😅

@NUU_students
😁72👍11🤬11🤯3😱3👎2
Sizga ham baʼzida shunday savol berishadi:

- Sen milliyda o‘qiysan-a?
- Ha, oʻqiyman.
- Milliyda oʻqiydigan Dilshodni taniysanmi?
- Yoʻq, tanimayman!
- Sen oʻzi milliyda oʻqiysanmi?

30 mingga yaqin talaba oʻqiydigan universitetda nechta Dilshod bor deb oʻylaysiz? Bunaqa savol berish uchun mantiq “level”i nechaga teng boʻlishi kerak😅

@NUU_students
😁165👍32👎12🤬4👏3😢1
Bora-bora ba’zi reklamalar quyidagicha boʻlib boradi:

- Men o‘lgandim. Keyin menga Laminalife ichirishdi va men tirildim va hozir intervyu berib turibman. Marhamat siz ham ichib koʻring!

Qiziq tomoni odamlar ham bunga ishonishadi😅

@NUU_students
😁82👍12🤯9🤬7😢5😱4👏2🤩2
❗️OTMlarda ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish taklifi berilmoqda.

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, har yili dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi professsional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish taklifi berilmoqda.

Qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avval avia va temir yo‘l chiptalarining to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma ko‘zda tutiladi.

@NUU_students
👍50🤯16🔥10😁6🤔4🤬2
• Taʼlim tizimimiz qoniqarli ahvolda boʻlmasa ham, “zato bizda poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma bor”

• Universitetlarimiz “TOP-1000”talikka kira olmasa-da, “zato bizda poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma bor”

• Kontrakt narxlari “osmon” boʻlsa-da, “zato bizda poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma bor”

• Talabalar Toshkent shahrida yashash uchun “kvartira” topa olmasa ham, “zato bizda poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma bor”

Va hokazo. Xullas, bir soʻz bilan aytganda, “zato bizda poyezd chiptalariga 50 foiz chegirma bor”😎

@NUU_students
😁100👍17👏10🤬5👎4🤯3
Talabalik oltin davrim😁

Kitob doʻstdir va lekin kitobni yeb boʻlmaydi...

@NUU_students
👏19😁13👍9❤1
Milliy universitet kamchiliklari haqida yozishim bu meni aybim emas, bu sizning shunchaki yaxshi ishlamayotganingiz! Yetib bordimi? Xursandman!

#gapegasinitopadi

@NUU_students
👏88👍27🔥16🤔5❤3👎3😁2🤯1
Millionlab kontrakt toʻlasang-u, lekin fakultetda yetarli kompyuter boʻlmasa, stul-partalar yetishmasa, kredit-modul deb jar solishib, boshida domlani oʻzing tanlaysan deb, domlani tanlolmasang, keyinchalik qayta topshirishga qolganingda pulini toʻlab imtihonga kirasan deyishsa, ALAM qiladimi?

@NUU_students
🔥85👏39👍22👎2😁2🎉2🥰1
Oʻqishga hujjat topshirayotganimda, “Qayerga topshirasan?” deyishganda, “Milliyga😎” deganimda, “Qo‘y, bu yoʻlingdan qayt! Falonchi joyga topshirgin yaxshi boʻladi” deganlar siz TOʻGʻRI aytgan ekansiz!

Sizda ham shunday holat boʻlganmi?

@NUU_students
👏100😁36👍30👎21🔥13😢10🤯3🥰1
❗️Talaba yoshlarga muhim boʻlgan murojaatim:

• Fakultetiningizda yoki boshqa fakultetlarda, yotoqxonalarda, kutubxona va umuman universitet hududida qandaydir ADOLATSIZLIKKA koʻzingiz tushsa, buni albatta yechimini topishga harakat qiling, oʻz haqqingizni talab qiling!

• Domlangiz, dekaningiz, zamdekan yoki tyutoringiz sizga nisbatan adovatda boʻlsa yoki hurmatsizlik qilsa, bu shaxslarga guruhingiz bilan (aynan bir kursdoshingizni yolgʻizlatib qoʻymang) kurashing! Haqqingizni talab qilishdan qoʻrqmang!

• Sizga xoʻjayinlik qilishga hech kim haqli emas, buni unutmang! Majburiyatingizdan ortiq narsani bajarmang, bunga majbur emassiz!

• Sizni qandaydir adolatsizlikka koʻzingiz tushsa, buni befarq qoldirmang!

• Biror kamchilikni yoritishdan hech ham qoʻrqmang, tanqid qilishni oʻrganing. Darvoqe, toʻgʻri maʼnoda aytilgan, aniq faktga asoslangan kamchilikni yoritgan shaxsni mensimaslik bu oʻtaketgan pastkashlikdir!

@NUU_students
👍79👏17👎5🔥3❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kontrakt toʼlovida soliq chegirmasi mavjud. Batafsil videoda!

@NUU_students
👍7👎2
​Biz sessiyadan o‘tamiz Xudo xohlasa...

Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Yiqilganlarga qo'shilib, yig'lasharmidik
Biz sessiyadan o‘tamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik.

Ruchka siyohini yo'llarimga sep,
Kitob o'qiymiz har doim ko'kka oy chiqqach,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing ahmoqliging institutga kirganing.

Testlarda menga to'g'ri javob hadya et ey yor,
Nur tomsin biletlar variantlaridan,
O'zing ayt bizday talaba yana qayda bor?
Tankalariga ishonar o‘zlaridan ham.

So'kinib yashama oraliq chog'ida
O'qi, yodla, o'rtanma testlarda,
Testlarga ham chida, leksiyaga ham chida,
Axir sendaqasi ko‘p butun institutda.

Men esa talaba oddiy bir g'arib,
Tunda telegram titib, tongda yotguvchi,
Tushimda ham sevgim axtarib,
Kitobni ko'rsam, qochib ketguvchi.

Biz sessiyadan o‘tamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik.

@NUU_students
👍21🔥3👎2😁2
❗️2021-2022 o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va Davlat stipendiyalari tanlovini o'tkazish rejasi.

Rejaga ko‘ra, 11-fevral kuni g‘oliblar e’lon qilinishi kerak. G‘oliblarga 2021-yil sentabr oyidan boshlab Prezident stipendiyasi to‘lanishi, ya’ni o‘tgan 5 oy uchun ham qo‘shimcha stipendiya miqdori berilishi kerak.

@NUU_students
👍37👏7👎4🔥2
Tez kunlarda boshlanadi😅

Avlod Media

@NUU_students
👍79😁39👎6👏6❤5🔥4