O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Qishki perevod haqida: natijalar qachon chiqadi va qayerdan aniqlash mumkin?

Uzrli sabablar bilan qishki qabul jarayonlarida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar javoblari (natijalari) 25-yanvar sanasidan 15-fevral sanasigacha eʼlon qilinadi. Ushbu muddat 393-sonli Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.

👉 Batafsil maʼlumot olish uchun

@NUU_students
👍3
❗️Bosqichma-bosqich super-kontrakt bekor bo'lishi kutilmoqda!

@NUU_students
👍141😱20🤔8👎5🔥5🥰4🤩3
“Yonimda, yonimda, tun-u kun xayolimda,
Dardim yoʻq, koʻnglim toʻq, doim boʻlsang yonimda” degan soʻzlardan qutilar ekanmiz.

Tushunmadingizmi? Rasmni koʻring😅

@NUU_students
👏26😁16👍6🤔2🤬1🎉1
❗️Ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi belgilandi.

Aytgancha, shu yildan davlat granti asosida o‘qiganlar ham ikkinchi va undan keyingi ta’lim olish uchun hujjat topshirib o‘qishlari mumkin bo'ladi.

@NUU_students
👍6👎4🤔4😁1
❓Oylik ijara toʻlovining 50 foizi kimlarga qoplab beriladi?

2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha) davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi.

Mazkur toifaga mansub talabalar ijara to‘lovlari bo‘yicha o‘zi tahsil olayotgan Oliy ta’lim muassasasi yoki tuman(shahar) hokimligiga murojaat qilish mumkin.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni

@NUU_students
👍7❤1🔥1😢1
❗️YQQ: O'zMUning 18-sonli TTJsiga 1 haftadan beri otopleniya berilmayotgan ekan. Talabalar sovuq qotishayotganidan shikoyat qilib yozishmoqda. Sizlarda vaziyat qanday?

18-ttjda istiqomat qiluvchilar, ushbu holat roʻy bermoqdami?

@NUU_students
👍19🔥5😱2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
• Repetitorga bormasdan qanday qilib til oʻrganish mumkin?

• Bilimlarni yodlash xatomi? Nima uchun?

• Maqsadga erishish siri nimada?

• Qanday qilib farroshlikdan Yevropa darajasidagi mutaxassisga aylanish mumkin?

Ushbu savollarga javoblarni eshitib, hayratda qolishingiz aniq. Javoblarni bilish uchun "Osmondagi bolalar" loyihasining bugun, 19:30 da, quyidagi havola orqali bo'lib o'tadigan premyerasini o'tkazib yubormang!

Havola:
https://youtu.be/aKMRivL09mY
👍15
❗️11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yilidagi baholar OTMga kirishdagi ballga qo‘shiladi!

▪️Bunda shahodatnomadagi 6 yillik baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi. O‘rtacha ko‘rsatkichni chiqarish uchun 6–11- yoki 6–9-sinflar va 1–2-bosqichlardagi yillik baholar yig‘indisi o‘qitilgan fanlarga bo‘linadi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va baholar quyidagicha hisoblanadi:

86-100% – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

@NUU_students
👍39👎24🤔3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍28🥰8😢4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍33🥰10🔥9👎6👏6❤1
❗️Kuni kecha yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 504 nafarni qayd etdi.

P.s.1: Talabalar oʻqishga qaytsa, virus koʻpayadi deganlar bekorlarni yigirma beshtasini aytibdi😅

P.s.2: Talabalar uyda boʻlgan vaqti kasallanganlar soni koʻproq edi.

@NUU_students
😁66👍21🤬13👎6👏5🤔5
❗️Talabalar uchun darslar boshlanish vaqtini soat 10:00ga ko'chirish taklif qilindi.

“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning fikricha, tirbandliklarning asosiy sababi talabalardir. Shu sababli talabalar uchun universitetlarda o'qishni soat 10:00 dan boshlashni taklif qiladi. Shuningdek, davlat tashkilotlarida ish kunini soat 8:30 dan boshlash taklif qilinmoqda.

@NUU_students
👍87👎79🤯5🔥3🤬1
OʻZBEKISTONDAGI OLIY TAʼLIM MUASSASALARI ROʻYXATI

✅ Bugungi kunda O‘zbekistonda 159 ta, shu jumladan Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 28 ta;
🏛Institut — 47 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 26 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 24 ta.

✔️Davlat oliy ta’lim muassasalari tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1 ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta.

Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

💾 OLIY TAʼLIM MUASSASALARI ROʻYXATI

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍18🔥2👏1😁1
❗️Oliy talimda kontrakda tahsil olayotgan talabalarga kontrakt toʻlovi uchun qonunchilikda qanday imtiyozlar mavjud?

✅ Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, taʼlim kontrakti toʻlovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxs soliq imtiyozlari olsa boʻladi. OTMlarda taʼlim olish uchun ajratilgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.Agar siz kimnidir kontrakt pulini toʻlab bersangiz oyligizdan ushlab qolinadigan daromad soligʻi olinmaydi.

❗️Imtiyozdan kim foydalanishi mumkin?

👉Farzandlari (26 yoshga toʻlmagan) shartnoma asosida oʻqiydigan ota-onalar;
👉 Turmush oʻrtoqlari shartnoma asosida oʻqiydigan shaxslar;
👉 Rasman ishlayotgan talabalar.

Shuni esdan chiqarmangki,bu imtiyoz yaqin qarindoshlar, yaʼni aka-uka va opa-singillar, xola, amaki va boshqalarning shartnomalarini toʻlashga qoʻllanilmaydi.

❗️Soliq chegirmasi nima imtiyoz beradi?

Davlat OTMlari va Oʻzbekistonda akkreditsitatsiyadan oʻtgan oliygohlarda oʻzining oʻqishi, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki turmush oʻrtogʻining oʻqishi uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga soliq chegirmasi beriladi.

❗️Soliq imtiyozi qaysi daromad manbalariga tegishli?

Quyidagi manbalar hisobidan oʻqish uchun toʻlov amalga oshirilganda, jismoniy shaxslarga soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉Oʻz mablagʻlari;

👉Jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;

👉Yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlar (ssudalar).

❗️Soliq imtiyozini qanday olsa boʻladi?

Soliq imtiyozi jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasini soliq xizmati organlariga topshirgan holda yoki soliq toʻlovchining toʻlov manbaiga (ish beruvchi) yozma arizasi asosida olinishi mumkin.

Agar soliq imtiyozi ish joyidan qoʻllanilsa, jismoniy shaxs quyidagilarni tashkilot buxgalteriyasiga taqdim etadi:

Talaba (talabalar) bilan oliy oʻquv yurti oʻrtasida toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

Tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi (agar taʼlim krediti olgan boʻlsa);

Taʼlim oluvchining (taʼlim oluvchilarning) pasporti yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi.

Bunday holda, tashkilot buxgalteriyasi kontrakt toʻlash uchun ajratilgan mablagʻni maoshdan ushlab qolib, OTM hisobiga yetkazib beradi.


@NUU_students
👍26🥰3😁1
Taʼlimni kuchaytirish kerak, sanʼat va sport kutib turadi.

@NUU_students
👍147🤬21🔥9👏7❤2👎1🥰1
❗️Oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi shakllantiriladi!

Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish rejalashtirilmoqda.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, 2022 yilda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, 2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026-yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi.

@NUU_students
👍8👎8😱4
Albert Eynshteyn ham bir paytlar bitta fanni yopa olmagan ekan va uni bugun butun dunyo taniydi.

Yiqildingmi? Siqilma😅

@NUU_students
👍61😁33👏8😢4🥰3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savollarga toʻgʻri javob bering hamda kitob yutib oling. Sizni Talabalar shaharchasida kutyapmiz!

Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

@NUU_students
👍21
❗️Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-fevraldagi 01/qq- va 6-q/q -sonli qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2022-yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qarorga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

@NUU_students
👍10🤩1
❗️DIQQAT MUHIM E’LON!!!

⚡️Hurmatli talabalar! Zudlik bilan bir talabaning kontrakt toʻloviga moddiy yordam kerak!

Koʻngillilar ixtiyoriy ravishda quyida koʻrsatilgan karta raqamiga koʻngildan chiqarib pul oʻtkazishingiz mumkin. Qancha tashlashingizdan qatʼiy nazar, bu savob!

Iltimos, bir talabaning oʻqishdan chetlashtirilishiga jim qarab turmaylik, qoʻlimizdan kelganicha yordam qilaylik.

Karta raqami: 9860010107531963

Murojaat uchun: +998909557909

✅ Ushbu eʼlonni imkon qadar tarqatishingizni soʻrab qolamiz!

@NUU_students
👍42👏10🔥5👎4