O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#Tavsiya
Assalomu alaykum qadrli obunachilar doʻstimiz Shoxrux Temirov juda yaxshi bir ishga qoʻl uribti, sizlarni uni kanaliga taklif qilaman. Siz u yerdan xohlagan turdagi elektron kitoblarni, hayot falsafasi qolaversa har kungi boʻladigan motivatsion suhbatdan bahramand boʻlishingiz mumkin. Kanallar koʻp lekin saviyali kanallar kam, shu kanalga bir oʻtib koʻring afsuslanmaysiz, ishoning!

Qani tez oʻtib olamiz...
@elektron_kutubxonaaa
@elektron_kutubxonaaa
@elektron_kutubxonaaa
👍4
Ijara VMQ-605, 24.09.2021.pdf
791.6 KB
Talabalarga ijara toʻlovining 50 foizini qoplab berish tartibi tasdiqlangan.

➖ ijara toʻlovi faqat kunduzgi taʼlimda oʻqiydigan talabalar uchun toʻlab beriladi. Sirtqi va kechki taʼlim uchun qoʻllanmaydi;

➖ bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashasa, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart;

➖ arizalar har oyning 7-sanasigacha dekan oʻrinbosari yoki OTMdagi turar joy bilan taʼminlash boʻlimiga topshiriladi;

➖ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (270 ming soʻm), qolgan hududlarda – 0,5 baravari (135 ming soʻm)dan oshirilmaydi.

Siz ushbu imkoniyatdan foydalanib koʻrdingizmi?

@NUU_students
👍9👎6🔥1
Dam olish kuni hammada har xil oʻtadi😅

@NUU_students
👍48😁26🤬8🔥2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
⚡️ Talabalar turar-joylari hududida fakultetlar tomonidan markazlashgan tartibda oʻtkaziladigan “Mohir oshpazlar” koʻrik tanlovi hamda talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkazilishi kutilayotgan turli sport musobaqalari! P.s: Sport musobaqalarida barcha talabalar…
Oʻzbekiston Milliy universitetida Navroʻz bayrami munosabati bilan oʻtkazilayotgan koʻrik-tanlovlar va sport musobaqalari gʻoliblariga qoʻyilgan sovrinlar!

Siz ham musobaqalarda qatnashing va gʻolib boʻling, barcha OʻzMU talabalarini 18-mart kungi bayramlarda kutib qolamiz.

@NUU_students
👍27🤬4👎3
Qoraqamish 1/3 da talaba yigitlar uchun 2 xonali kvartira bor.

Zudlik bilan beriladi, universitetga yaqin joylashgan, piyoda 20 daqiqalik yoʻl.

Batafsil maʼlumot uchun: @Hech_qachon_voz_kechma
👍4
❗️Maktablardan ish izlab yurgan talabalar uchun ushbu xalq taʼlimi vazirligining boʻsh ish oʻrinlari bazasini tavsiya qilaman.

👉 https://xt.uzedu.uz/Vacancy/ListView

@NUU_students
👏12👍3
Hozirgi yomgʻirli paytda shu gʻoyani sinab koʻrsa boʻlarkan🧐

@NUU_students
😁94👎12👍6👏2🔥1😱1
Seero7 ft. Murolim - Jan...
Seero7
Myuzik taym! Eshitib koʻringlar 🎧

@NUU_students
👎18👍2
❗️Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

➖ nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish ma’muriy reglamenti;

➖ nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.

Batafsil ma’lumot

@NUU_students
👍12❤4🔥2
❗️OTMLAR QOSHIDA YO‘NALTIRILGAN SINTEZGA ASOSLANGAN “BIRIKMALARNING BIOLOGIK FAOLLIGINI DOKING VA SKRINING QILISH” MARKAZINI TASHKIL QILISH boʻyicha berilgan taklifga ovoz berishingizni soʻraymiz!

✅ Bugungi kunda jahonnning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qoshidaga ilmiy laboratoriyalarda va ilmiy yo‘nalishga ixtisoslashgan ilmiy tekshirish institutlarida yo‘naltirilgan sintezga ixtisoslashgan laboratoriyalar ish olib bormoqda. Bu laboratoriyalarda birikmalarning biologik faolliklari oldindan o‘rganiladi va sintez bilan shug’ullanayotgan va moddani famakologik tekshiruvini amalga oshiradigan xodimlarga aniq yo‘nalishni belgilab beradi.

⚡️ Ya’ni bunda ortiqcha reagentlar sarfi, olimning birikmani tadqiq qilishga ketadigan uzoq vaqti, birikmaning amaliyotga tadbiq qilish uchun ketadigan ortiqcha vaqt va mablag‘ sarfining oldini olishga olib keladi.

📌 Yo‘naltirilgan sintez va tadqiqot masalasi kelgusida qay darajada muhim ahamiyaga ega ekanligini “Koronovirus” bizga qaysidir ma’noda eslatib qo‘ydi. Yo‘naltirilgan sintezga asoslangan “Birikmalarning biologik faolligini doking va skrining qilish” markazini dastlab jahon banki homiyligida O‘zbekiston Milliy universiteti qoshida tashkil qilinayotgan "Molekuluar va hujayrali biotexnologiya” ilmiy-tadqiqot labogatoriuasi qoshida sinov tariqasida tashkil qilishni taklif qilaman.

👉 Ovoz berish: https://openbudget.uz/boards/4/112851/

👉 Ovoz berish boʻyicha videoyo‘riqnoma: https://admin.openbudget.uz/media/uploadings/2022/3/5/TAYYOR_41_sek_NEWS.mp4

Yaqinlaringizga ulashing, ovoz yigʻishda koʻmaklashing!

@NUU_students
👍7
Rostdanmi?

@NUU_students
👍40😁37👎6😢2
Alam qiladimi?

@NUU_students
😁72👎27👍13🤬7🔥6🤔4
#tafakkur

Xulq-atvorni oʻzgartirishning asl usuli oʻzlikni oʻzgartirishdir. Biror narsadan motivatsiya olib qandaydir odatni boshlashingiz mumkin, biroq ushbu odat shaxsiyatingizning bir boʻlagiga aylangandagina ularga sodiq qolasiz. Har qanday odam oʻzini bir-ikki marta sport zaliga tashrif buyurish yoki sogʻlom ovqatlanishga majburlashi mumkin. Biroq toki xulq-atvor ortidagi qarashlar oʻzgarmas ekan, boshlangan ishni uzoq vaqt davom ettirish qiyin kechadi. Toki oʻzligingizga singib ketmas ekan, barcha oʻzgarishlar vaqtincha boʻladi.

📚 Jeyms Klir, “Atom odatlar”

@NUU_students
👍9👎1
💐 T A B R I K L A Y M I Z
O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti talabasi Xayrullayev Javlonbek sportning dzyudo turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 81 kg vazn toifasida faol ishtirok etib faxrli 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Javlonbekni muborakbod etamiz!

@NUU_students
👏13👍11👎2🔥2
❗️Navro‘z bayrami uchun chegirmalar e’lon qilindi.

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022-yil 19-20-21-22-23 mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi.

1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi.

2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun:

- oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;

- kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;

- «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun - 10 foiz chegirmalar joriy qilindi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍15
Forwarded from Kalom Nuri🫀 (Jannatim onamning✨❤️ Jannat guliman!🤍🔐✨🌝)
#tanlov #36Ishtirokchi

Аввало, коинотдаги хамма иш Аллохнинг ихтиёрида эканлигини бил.Бирдона барг Аллохнинг изнисиз узилмагай.Оламдаги энг майда заррадан тортиб ,энг улкан юлдузгача -хаммаси Роббимизнинг тасарруфидадир.Юрагингнинг хар зарби ,хайолингдаги хар уй ,калбингдаги хар туйгу Аллохнинг ишидир.Хар бир ишнинг Эгаси ,хамма ишнинг сохиби Аллохдир.

"Жангжи" Акром Малик

Рахимова

@mehr_tola_sahifa 💫☘
@diniy_sherlar ❤️🕊
👍11
❗️Talabalar Navro‘zda necha kun dam oladi?

✅ Navro‘zda talabalar uchun ta'til berilishi haqida hech qanday gap so'z yo'q. Lekin xodimlar ya'ni o'qituvchilar 4-5 kun dam oladi, bu davrda darslar bo'lmaydi, demak talabalar ham 4-5 kun dam oladilar.

📆 19-mart haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni bo'lganligi sababli o'qituvchilar ishga keladi va auditoriyalarda darslar bo'ladi, bu kun faqat haftasiga 5 kun ishlaydiganlar va o'qiydiganlar uchun dam olish kuni xolos.

• 19-mart (shanba) haftasiga 5 kun o'qiydiganlar uchun dam olish kuni
• 20-mart (yakshanba) - dam olish kuni
• 21-mart (dushanba) - dam olish kuni
• 22-mart (seshanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun
• 23-mart (chorshanba)
- qo‘shimcha ishlanmaydigan kun

✅ Xulosa shuki, haftasiga 5 kun o'qiydigan talabalar 19-martdan — 23-martgacha dam oladi, haftasiga 6 kun o'qiydigan talabalar 20-martdan — 23-martgacha dam oladi.

@NUU_students
👎24👍20
Nega kerak?

@NUU_students
😁122👍42🔥5👎4🤬1
❗️Birozdan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan talabalar bilan bog‘liq turli videolar yuzasidan mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazadi.

Unda oliy o‘quv yurtlari mutasaddilari, ushbu tadbirlarni o‘tkazishga mas’ullar ishtirok etadi.

@NUU_students
😁16👍7🔥2🤬2😢1