O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#xushxabar

❗️Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi!

2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-aprel sanasi etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar:

➖to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

➖to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;

➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

➖ o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

@NUU_students
👍19👎5🥰3
Endilikda ushbu Alisher Umirdinovga tegishli “Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobidan baʼzi tavsiyalarni berib boraman!

Qiziqqanlar, olib oʻqib koʻrishlari mumkin, bunda 4 yillik oltin davrni qanday toʻgʻri va mazmunli oʻtkazish yoʻllari, universitet hayoti va shu bilan birgalikda barcha tavsiyalar berib borilgan.

@NUU_students
👍43👎2🤩1
⚡️ “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, 2022-yilning 18-mart kuni soat 10:00 dan O‘zbekiston Milliy universiteti Bosh o‘quv binosi foesida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirning maqsadi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 4-martda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda universitet talabalariga darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.

Tadbirda respublika, viloyatlar, shahar va tumanlar darajasidagi yirik tashkilot, muassasa, korxonalar va yirik tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etishadi.

@NUU_students
👍24😁2
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
❤39👍5🎉1
⚡️ Alisher Umirdinovning “Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobidan!

9-tavsiya: Rejasiz yashamang, ammo uni amalga oshirish uchun qoʻriqchi yoʻllashni yodda tuting

Ushbu tavsiyada, koʻplab talabalarda boʻlib turadigan rejasiz hayot tarzi va uni bartaraf etish usullari keltirib oʻtilgan. Batafsil oʻqib chiqishingizni maslahat beraman.

@NUU_students
👍13❤1👎1
#TALABAGA_YENGILLIK

⚡️MUHIM!

👨🏻‍💻 Aylanma varaqa (“обходной лист”)ni toʻldirish amaliyoti raqamlashtirildi

Taʼlim muassasalarini tugatganda yoki oʻqishni bir taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirganda aylanma varaqani toʻldirish amaliyoti bekor qilinib, “HEMIS” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda:

👉 talaba oʻz profili orqali elektron aylanma varaqasini olish uchun soʻrov joʻnatish imkoniyatiga ega boʻladi;

👉 oliy taʼlim muassasasidagi buxgalteriya va kadrlar boʻlimi, fakultet dekanati, axborot resurs markazi hamda yotoqxona masʼullari tomonidan talabaning elektron aylanma varaqasi shakllantiriladi;

👉 talaba oʻz profili orqali shakllantirilgan aylanma varaqa va unga kiritilgan izohlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍24👎3
Talabalar shaharchasidan ushbu “Ominakhon N”ga tegishli plastik karta topib olingan. Guruh va kanalarga tarqating!

Murojaat uchun:
@Munisa_3015

@NUU_students
👍7
Beruniy metro oldidan ushbu “Khodjimuratova Nargisa”ga tegishli plastik karta topib olingan. Guruh va kanalarga tarqating!

Murojaat uchun:
@akuratniy_98

@NUU_students
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

Yotoqxona yoki kvartirada sheriklari uyiga ketib, bir oʻzi qolganlar uchun “Uyda yolgʻiz” filmini tavsiya qilamiz😅

@NUU_students
😁32👍2
⚡️ Alisher Umirdinovning “Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobidan!

13-tavsiya:
Xorijiy til, xorijiy til va yana xorijiy til. Nega?

Ushbu tavsiyada, nima uchun chet tillarini oʻrganish kerakligi, qaysi tillarni oʻrganish m’aqul ekanligi va qanday oʻrganish kerakligi aytib oʻtilgan. Yuqoridagi rasmlar orqali oʻqib olishingiz mumkin.

@NUU_students
👍7🔥5
Ali Tantoviy aytadi: “Bir kuni shayx Jamol Qosimiy keraksiz narsalar bilan vaqtini zoye qilayotgan yigitlarning yonlaridan oʻtayotib afsus bilan: “Eh, qani endi vaqt sotilganida, albatta, shularning vaqtlarini sotib olgan boʻlardim”, deb aytgan ekan”.

“Ulamolar nazdida vaqtning qadri” kitobidan...

@NUU_students
👍36🔥4❤2
⚡️ RASMAN: maktabda olingan baholar shu yildan emas, kelasi yildan hisobga olinadi

Majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

Yaʼni, shu yil emas kelasi yildan kuchga kiradi bu qaror.

@NUU_students
👍11🤯4
#iqtibos

Bugun amal bor, hisob yoʻq. Ertaga hisob bor, amal yoʻq...

“Ulamolar nazdida vaqtning qadri” kitobidan

@NUU_students
👍24