O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
“Mening Ramazon jurnalim” sotuvda! 😍

“Qamar” jamoasi tomonidan “Mening Ramazon jurnalim” nomli kundalik tayyorlangani haqida xabar bergandik.

✨ Ushbu jurnalni tayyorlash davomida imkon qadar eng ishonchli manbalarga tayanishga harakat qildik. Uning rang-barang bo‘lishi, qo‘liga olgan odam zerikib qolmasligi uchun jamoa qo‘lidan kelgancha mehnat qildi.

Umid qilamizki, “Mening Ramazon jurnalim” muborak oy davomida hamrohingizga aylanadi. ☺️

Muqova — yumshoq;
O'lchami — 20x20;
Sahifa — 84 bet;
Narxi — 53.000 so‘m.

• Buyurtma uchun: @qamarbooks_bot
• Admin: @qamar_delivery
• Tel: +998998454400

Manzil: Alisher Navoiy ko'chasi, 42-uy.

🌓 @qamarbooks
👍15❤1👎1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
18-sonli TTJ yoʻlagidan stadion tomonga yurishda yoʻlda ichida 510 ming soʻm naqd pul va 2 ta plastik karta boʻlgan hamyon yoʻqotib qoʻyilgan. Topib olganlar boʻlsa iltimos xabar bering! Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Hamyon egasi aytishicha, hamyon va 2 ta plastik topilgan emish, ammo pulni topa olishmabdi.

Odamlarga nima boʻlyapti? Nahot birovning haqqi buyurmasligini bilishmas? Insofli boʻlaylik, azizlar!
😢21😱10
Bir obunachimizning yozishicha, kontrakt toʻlovini qilishda siz azizlardan yordam kerak ekan. Sizlardan iltimosimiz, imkon qadar yordam bering, hech boʻlmaganda guruh va kanallarga tarqatishda koʻmaklashing!

Ramazonoldi savobga qolasiz, qani ishga kirishing😊

Karta raqami:
8600042382353018
❗️Ta’lim kreditlarining foiz stavkalari oshirilmaydi!

Moliya vaziri Timur Ishmetovning ma’lumotiga ko‘ra, byudjet resurslaridan moliyalashtiriladigan ipoteka va ta’lim kreditlari foiz stavkalari oshirilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Siz ushbu 👉 havola orqali talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari bilan tanishishingiz mumkin.

@NUU_students
👍4🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarga ibrat, yoxud ikki qator she'rning ta'siri: Ey yigit, oʻqi!

Ikrom Sharif

@NUU_students
👍12
💥 Eng yaxshi kitob doʻkonlaridan yana biri bu Azon kitoblari!

Kitob olmasangiz ham kelib turishni tavsiya qilaman.

@NUU_students
👍17❤2
“Kep qolinglar, ob qolinglar” ruknidan😁

@NUU_students
👍31😁5❤3
✨ Bir haftada bitta kitob oʻqish kerak!

“Atom odatlar” kitobini oʻqib boshlaganimdan keyin, oʻzimda yaxshi odatlar shakllantirishga qaror qildim. Shunday odatlardan biri bu bir haftada bitta kitob sotib olish va uni oʻqib tugatish.

Bir haftada bitta kitob oʻqish aslida eng minimal miqdordir. Istalgancha kitob oʻqishingiz va ilmingizni oshirish aslo zarar qilmaydi!

Toʻgʻri ayrimlarda bunga nisbatan imkoniyati mavjud emasdir, ular uchun kutubxonalar yoki elektron kitoblar bisyor. Faqatgina, bunga sabr kerak.

“Talaba doʻstimga 78+ tavsiya” kitobida ham haftada hech boʻlmaganda bir marta kitob doʻkonlariga borish va kitob sotib olish, agar imkoniyat darajasida boʻlmasa, hech boʻlmaganda kitoblardagi eng asosiy mohiyatni anglab olishga targʻib qilingandi.

Sizlarga ham maslahatim haftalik rejangizga buni kiritib qoʻying. Bundan hech nima yutqazmaysiz.

Ilmga tikilgan sarmoya hamisha oʻzini oqlaydi!

@NUU_students
❤17👍13🥰1
Forwarded from Step By Step Education (Oybek Jo‘rayev)
✨ Oʻquv markazimizda ingliz tili darslaridan lavhalar!

Sizda ham ingliz tiliga qiziqish bormi? IELTS sertifikatini qoʻlga kiritishni istaysizmi? Unda biz sizga yordam beramiz.

📲 Murojaat uchun: @StepByStep_manager
📞 Telefon: +99897-133-09-98

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling:
Telegram | Instagram
👍10
#mutolaa

Baʼzilar kiyim-boshni faxr va gʻurur vositasi, ikkinchilari uni hayotdagi asosiy maqsad qilib oldi. Qadr-qiymatni ham kiyim-bosh bilan oʻlchay boshlashdi. Uchinchilari kiyimni tor va yupqa qilib, undan koʻzlangan asosiy maqsadni suisteʼmol qilishga kirishdi. Xususan, tarbiyasiz ayollar libosni ayni avratni boʻrttirib koʻrsatish uchungina kiydilar. Bu hol yuksak insoniy sharafni yerga urdi.

📚 “Ijtimoiy odoblar”
✍ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

@NUU_students
👍25❤3
Onamni sogʻinsam

Gohida yiqilib goho turaman,
Gohida o'zimni baxtsiz bilaman.
O'zimdan o'tganin o'zim bilaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Xayollarim cheksiz ummonni ko'zlar,
Ko'zlarim paridek bir yorni izlar.
Ba'zida o'lishga maqsad tuzaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Qorong'u jarlikka otilgim kelar
Gohida pastlarga yiqilgim kelar.
Shunday pastkashlarla birga yuraman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Ko'kdagi yulduzlar xolimga guvoh,
Dardlarimga yo'qmi bir dona giyoh.
Bir soniya yashashga urnab ko'raman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Yonimda qolmadi men tanigan do'st,
Ortimda mish-mishlar turar royu ro'st,
Shuncha yolg'onlarga qah-qah kulaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Qalbimham aylanib qolmoqda toshga,
Onam mehr qo'ygan men bag'ritoshga.
Men yomon yo yaxshi o'zim bilaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

Ko'zlarim yumildi qorong'u tunda,
Nelarni ko‘ribman axir tushimda.
Onamsiz dunyoda qanday yuraman,
Jannatim sog'insam yig'lab turaman!
Onamni sog'insam yig'lab turaman.

O'zing ehtiyot qil Alloh onamni
Yo'limda to'tiyo ko'ziqoramni.
Onamni bir kun men baxtli qilaman.
Volidam bir kun men rozi qilaman,
Onamni sog'insam yig'lab turaman...

Toʻrayev Shaxzod

@NUU_students
❤32👍15😢11🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍22👎6🤬1