O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Forwarded from Ikrom Sharif
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanday yigitga turmushga chiqish kerak?

O'tgan safargi ochiq suhbatimizda yigitlarga bo'lgan murojaatimizdan so'ng, qizlar uchun ham maxsus son tayyorlashni niyat qilgan edik.

Oila qurishdan oldingi oldimizda turadigan muhim bir tanlovda bizda aniq bir mezonlar bormi? Bo'lsa, ular qaysilar? Qizlar bo'lajak turmush o'rtoqni qanday sifatlarga ko'ra tanlashlari kerak?

Yuqoridagi savollar sizga ham qiziq bo'lsa yoki oila qurish ostonasidagi yaqinlaringiz bo'lsa, ko'rsatuvni albatta, ko'ring va ulashishni unutmang!

"Qanday yigitga turmushga chiqish kerak?" mavzusida bo'lib o'tgan suhbatimizni bugun — 20:30 da quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

👉 Premyerani ko'rish uchun havola: https://youtu.be/fy_MwXLl4YQ

Premyerani o'tkazib yubormang! 😊
👍12
#yordam

Sayxunobod tumanidagi 9-maktabning eshik va deraza romlari eskirib yaroqsiz holga kelgan, shularni zamonaviy eshik va derazalarga almashtirish kerak.

👉 Iltimos quyidagi havolaga kirib, ovoz berib yuboring: https://openbudget.uz/boards/4/60332/

👉 Ovoz berish boʻyicha videoqo‘llanma: https://admin.openbudget.uz/media/uploadings/2022/3/5/TAYYOR_41_sek_NEWS.mp4

Yaqinlaringizga yuboring va maktab ta’miriga oʻz hissangizni qoʻshing!

@NUU_students
#mutolaa

Oʻtgan azizlar, ya’ni salafi solihlar vaqtni zoye qilishdan hazar qilardilar. Fuzayl ibn Iyoz shunday dedi: “Jumadan jumagacha aytgan soʻzlarini sanab bera oladiganlarni bilaman” (Ya’ni shu darajada kam gapirishgan). Oʻtgan azizlardan birining oldiga kirishib: “Sizni bezovta qildik shekilli?” deyishgan edi.

U zot: “To‘g‘ri aytding, oʻqiyotgan edim, sizlar sababli oʻqishdan toʻxtadim!” dedi.

Bir obid kishi Sirriy Saqatiyning oldiga keldi. Uning huzurida oʻtirgan jamoatni koʻrib: “Bekorchilar toʻxtab oʻtadigan joyga aylanib qolibsan!” dedi va oʻtirmasdan joʻnab ketdi.

Ziyorat qilingan kishi yumshoqlik qilaversa, koʻrishga kelgan odam bemalol o‘tiraveradi. Aziyat berayotganiga parvo ham qilmaydi. Bir guruh kishilar Ma’ruf Karxiyning huzurida uzoq oʻtirib qolishdi. Shunda u zot: “Quyosh farishtasi uning harakatini sekinlatgani yoʻq, qachon turmoqchisizlar?!” dedi.

📚 “Ulamolar nazdida vaqtning qadri”
✍ Abdulfattoh Abu G‘udda

@NUU_students
👍3
- Ikki qator sheʼr insonni oʻzgartirishi mumkinmi?
- Koʻpchilik yillab “gaplashib” yuradiganlar nega turmushining ilk yilidayoq ajrashishadi?
- Oʻz qadrini yoʻqotayotgan bebaho soʻzlar qaysi?
- Aksariyat aholisi musulmon davlatlarda nima sababdan korrupsiya mavjud?

✨ Goʻzal fikrlar va foydali mulohazalar uygʻunlashgan suhbat. Koʻrmasangiz boʻlmaydi!

Bugun
soat 20:30 da “Osmondagi bolalar” loyihasidan navbatdagi premyera. Kutilgan spiker Ikrom Sharif bilan. Albatta tomosha qiling!

Havola: https://youtu.be/1K2EbBZ_lxg
👍3🔥2🤩1
⚡️ Ramazon oyi 2-apreldan boshlanadi.

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2022-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 2-aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

@NUU_students
👍19❤2
❗️Yana bir taklif: OʻzMU kutubxonasini yopilish vaqtini 20:00 ga qadar uzaytirish kerak!

Xabaringiz boʻlsa kerak, kutubxonamiz ish vaqti 9:00 dan 18:00 ga qadar etib belgilangan. Kunning bundan buyogʻiga uzayishini inobatga olsak, soat 18:00 ham unchalik kech hisoblanmaydi. Toʻgʻri, qishda bu vaqt kech boʻlganini ifodalaydi, sababi tun uzun, kun qisqa boʻlishidir.

Taklifimiz shundan iboratki, kutubxonada ish vaqtini 18:00 dan 20:00 gacha uzaytirish kerak. Koʻplab talabalar yotoqxonada turishadi, yotoqxonalarda dars qilish biroz mushkul. Sababi, bir xonada 4 kishi turadi va har kim oʻzini ishi bilan mashgʻul boʻladi. Yotoqxonalardagi maʼnaviyat xonalari va kutubxonalarga barcha talabalar ham sig‘averishmaydi.

Ijarada (kvartirada) turuvchi talabalarning juda koʻp qismida dars qilish sharoiti qoniqarli emas. Yuqoridagi sabablarni inobatga olib, kutubxonaning yopilish vaqtini biroz uzaytirish taklifini bildirgan boʻlardim.

Menimcha hammaga maʼqul boʻladi. Nima dedingiz?

@NUU_students
👍130👏5🔥3👎2
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
👍15
Ramazon Keldi Ramazon [www.XMuzon.Com]
All Stars
🎉 Ramazon keldi, Ramazon!

Muborak boʻlsin, Ramazon sizga,
Muborak boʻlsin, Ramazon bizga!
Bayram bayram oʻgʻil-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon!

@NUU_students
👍14🎉5👏2❤1
#65_ishtirokchi
#uygonish

Shoirlik dardiga yo'liqibman men

She'r yozsam qo'limda titraydi qalam
G'oyoki qalbida bordek bir alam.
Tongi shabbodaga cho'ngan bu olam
Shoirlik dardiga yo'liqibman men.

Xech qachon bo'lmaydi o'zimda xushim.
Qorong'u kechada topilmas tushim.
Charx urar xayollar aro bu boshim.
Shoirlik dardiga yo'liqibman men.

Ilhom parilari yonimda mening
Aytadi doimo ismingni sening
Shoir, porlab turar quyoshli kuning
Shoirlik dardiga yo'liqibman men.

Adabiyot olamida yonadi yurak.
Unga faqatgina qog'oz, qalam kerak.
Shunda ushaladi bu orzu tilak.
Shoirlik dardiga yo'liqibman men

Oq qog'oz bu misli boshqa bir dunyo.
Unda bordir ajib azim bir daryo
Shoir bu dunyoda yashaydi go'yo.
Shoirlik dardiga yo'liqibman men

She'r yozsam qo'limda titraydi qalam...

Abdiyev Mexroj
Samarqand viloyati Payariq tumani
O'zMU Tarix fakulteti 1-kurs talabasi

🗣Kanalimizga ulaning:
@samarqand_ijodkorlar_kengashi
👍26👏3🤔1
Toshkent shahridagi masjidlarda bugundan taroveh namozlari 21:00 dan boshlab oʻqiladi!

@NUU_students
👍62❤18🥰7👏1🎉1
Ramazon oʻgʻrilaridan ogoh boʻling!

Ramazon oyida bizning vaqtimizni oʻgʻrilaydigan, ibodatlardan chalgʻitadigan oʻgʻrilar bor. Ulardan ogoh boʻlishimiz va uzoqlashishimiz kerak.

Manba

@NUU_students
👏19👍6❤2🤩2
#tavsiya

➖ Kitobxonmisiz? Kitob oʻqishga qiziqasizmi? Yoki qaysi kitoblarni oʻqish kerakligi haqida bosh qotirasizmi? Unda sizga kitobxonlar guruhimizni tavsiya qilaman:
https://t.me/+adIntXjM3JtmOTZi

➖ Shaxmat oʻynashga qiziqasizmi? Yoki shaxmat oʻynash siz uchun “hobby”mi? U holda sizga shaxmatchilar guruhini tavsiya qilaman:
https://t.me/+kGCBWQR4wREwZjdi

➖ Ijodkorlik qobiliyatingiz bormi? She’r, hikoya yoki ijodkorlikning boshqa sohalarida oʻzingizni sinab koʻrmoqchimisiz? Unda bu guruh siz uchun:
https://t.me/+QRD37NZd80w4MWIy

@NUU_students
👍4👎1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
#tavsiya ➖ Kitobxonmisiz? Kitob oʻqishga qiziqasizmi? Yoki qaysi kitoblarni oʻqish kerakligi haqida bosh qotirasizmi? Unda sizga kitobxonlar guruhimizni tavsiya qilaman: https://t.me/+adIntXjM3JtmOTZi ➖ Shaxmat oʻynashga qiziqasizmi? Yoki shaxmat oʻynash…
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

OʻzMU talabalari orasida kitobxonlikni targʻib qilish, boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazish maqsadida “Bir kunda 50 sahifa” deb nomlangan challenge tashkil etmoqchimiz.

Bunda siz kunlik mutolaangizni biz bilan ulashib borasiz, har bir oʻqigan kitobingizdan soʻng asar haqida xulosalarni yoritib berasiz. Bu bilan siz oʻqigan asaringiz orqali boshqalarda qiziqish uygʻotasiz.

Oy soʻngida bari sarhisob qilinib, faollar ragʻbatlantiriladi. Batafsil maʼlumot quyidagi Telegram guruhida berib boriladi.

Guruh: https://t.me/+adIntXjM3JtmOTZi

@NUU_students
👍19👏2👎1🤩1
Kecha Ramazonning ilk subhi edi. Qarangki aksiga olib saharlik uchun non olib qoʻymapman. Soat 3:40 larda 24 soatlik doʼkonga non olishga bordim. Yoʻlda koʻp qavatli uy(дом)lar orasidan oʼtdim. Koʻrgan manzaramdan taʼsirlanib shu beshlikni yozdim.

Taqqilatsa darvoza berk bu ne holat,
Aytilmogʼi yaqin qoldi Fajr ul azon.
Yurakdagi gʼofiliyat boʻlib ofat,
Subh mehmon uxlayapti ummat,
Qoldi hayron Ramazon.

© Muhammad Gʼaniy

@NUU_students
😢105👍26🥰2❤1👏1🤔1😱1