O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#yordam

Bir talaba qiz bemor ekanlar. Hozirgi kunda dori-darmonlar uchun moddiy yordamga muhtoj. Kimning yordam berishga imkoniyati bo‘lsa yordam berishingiz uchun karta raqamlarini qoldiramiz. Yordam berishga imkoniyati yo‘qlar duolarizda eslab qo‘yarsizlar!

9860120140178167
(Karta talabaning otasini nomida)

@NUU_students
👍20
Forwarded from Alisher Sadullaev
Bugun, 12-aprel kuni soat 17:00 da shaxmat turniri yuzasidan ovozli muloqot o‘tkazamiz!

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

Eslatib o‘tamiz, sovrin jamg’armasi 880 million so’mni tashkil etadi. Ro‘yxatdan o‘tish @uzshaxmatbot’da davom etmoqda.

@alisher_sadullaev
👍5
#live

Ayni paytda O‘zMUning Matematika fakultetida tashkil etilgan ilmiy ishlar ko‘rgazmasida universitetimiz rektori
Inomjon Majidov ishtirok etmoqda.

@NUU_students
👍5👏1
#live

Hozirda davom etayotgan yarmarkada fakultet talabalari faol ishtirok etishmoqda.

@NUU_students
👍14😁5👎3
Matematika fakultetidagi ilmiy ishlar ko‘rgazmasi juda qizg‘in o‘tmoqda. Universitetimiz rektori Inomjon Majidov fakultetning Mexanika va matematika modellashtirish kafedrasi tomonidan tashkil etilgan 3D max va Ansys Workbench dasturlari bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarining talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalari bilan tanishdi va kerakli tushunchalarni berdi.


@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimizning Matematika fakulteti Mexanika va matematik modellashtirish kafedrasi 4-kurs talabasi Mirxamedov Abdumajidning 3D max dasturi bo‘yicha tayyorlagan ishi.
(Bu animatsiyada Matematika fakultetining kirish qismi tasvirlangan)


P.s Kelajakda Abdumajid akamizdan butun universitetning 3D modellarini kutib qolamiz:)

@NUU_students
👍37❤8😁2