O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Ramazon hayiti namozini hududlarda o‘qiladigan vaqtlari:

1. Andijon viloyati 05:30
2. Buxoro viloyati 06:00
3. Jizzax viloyati 05:55
4. Navoiy viloyati 06:00
5. Namangan viloyati 05:30
6. Samarqand viloyati 06:00
7. Sirdaryo viloyati 05:50
8. Surxondaryo viloyati 06:00
9. Toshkent viloyati 05:50
10. Toshkent shahri 05:40
11. Farg‘ona viloyati 05:30
12. Xorazm viloyati 06:10
13. Qashqadaryo viloyati 06:00
14. Qoraqolpog‘iston Respublikasi 06:20

Yaqinlaringizga yetkazib qo‘ying!

@NUU_students
👍25
Ijtimoiy tarmoqlarda “Arafa muborak” degan tabriklar, stikerlar aylanmoqda. Oʻrni kelganida bir narsani aytib oʻtmoqchi edik: Birinchidan, ramazonda arafa boʻlmaydi. Arafa faqat qurbon hayitida boʻladi. Aniqrogʻi, zulhijja oyining 9-kuni “arafa kuni” deyiladi. Ilmiy tarafdan shunday. Ikkinchidan, arafa bilan tabriklash masalasi. Islom mohiyatini tushungan, asosiy gʻami millat, din-diyonat boʻlgan odam bunday mayda narsalar bilan oʻralashib yurmaydi. Sal eʼtiborliroq, jiddiyroq boʻlaylik, azizlar.

@NUU_students
👍42👎8🤬7🤔4🔥1
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
rektorining Ramazon hayiti
tabrigi

@NUU_students
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Hofiz ibn Hajar rahimahulloh:
«Hayit kunlari shodlikni izhor qilish dinning shiorlaridandir», dedilar.

Shu sabab bugun shodligimiz bir olam!
Eng ezgu tilaklarimiz siz uchun!

RAMAZON hayitingiz muborak bo'lsin!

@NUU_students
👍15❤2🥰2
Qutlug' Ramazon Hayit bayrami muborak bo'lsin!

🌙 Barchamiz uchun eng go'zal ayyom va duolar ijobat qilinajak kun bo'lmish — Ramazon Hayit bayrami bilan sizni qutlaymiz.

Ushbu kunda qilinajak toat-ibodatlaringiz, umid ila duoga qo'l ochganingiz hamda xayr-u ehsonlaringiz qabul bo'lishini tilagan holda, bayram shukuhi xonadongizga fayz-u baraka, siz va yaqinlaringizning qalblariga iymon va ilm nurlarini ulashishiga sababchi bo'lsin, deb qolamiz.

🤲 Ramazon oyida qilingan ezgu amallar yanada davomli va fazilatlarga boy bo'lishini niyat qilib, "NUU_students" jamoasi yana bir bor barchangizni qutlug' ayyom — Ramazon Hayit bayrami bilan muborakbod etadi!

@NUU_students
❤14👍6
Ushbu Sultonmurodov Foziljonga tegishli plastik karta topib olingan. Taniganlar bòlsa @anvar_narzulloyev ga murojaat qilishlari mumkin.


@NUU_students
👍2👎2
#Kerakli #Muhim

⚡️Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas?

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadval hamda mos va turdosh ta‘lim yo‘nalishlaridan foydalanishlari tavsiya etiladi.

@NUU_students
👍4
Turdosh yo'nalishlar ro'yxati.pdf
1.3 MB
#Kerakli #Turdosh

⚡️⚡️Mos va turdosh yo'nalishlar ro'yxati.

Ushbu faylda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lganlar uchun turdosh va noturdosh yo'nalishlar ro'yxati bor. Bir guruhda bo'lsa turdosh har xil guruhlarda bo'lsa noturdosh bo'ladi.

⚠️ 2022-yil uchun yangilangan turdosh yo'nalishlar ro'yxati e'lon qilinishi kutilmoqda.

@NUU_students
👍2
❗️O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi bir talabaning kundalik hayoti!

❗️Toza qoshiq

– Bir qancha sabablarga koʻra, universitetimga uyimdan ya'ni Sirdaryodan qatnashga qaror qildim. Kundalik hayotim, bir kursdoshim aytganidek, biror kimsaga koʻrsatarlik qiziq narsalar bilan toʻlgan emas edi. Soat 6 boʻldi deguncha koʻzimni ochib, apil-tapil kiyinib oʻqish tomon yoʻl olaman. Soat 10larda universitetda meni uchratish mumkin.
Bugun odatdagidan oʻzgacha tong boʻldi. Universitet eshigidan kirar ekanman, 1 yil davomida menga deyarli qaramagan, vaqtini kabinetida mizgʻish yoki televizor koʻrishga bagʻishlovchi inson, qorovul, mendan kirish uchun ID karta yoki Talaba guvohnomasini koʻrsatishimni soʻradi. Albatta bu doimo ochiq turadigan turniketdan hech vaqosiz oʻtib yuruvchi talaba uchun ensa qotiruvchi talab edi: men aytarlik hech nima demay oʻtib ketdim.
Universitet hovlisida bugun boshqacha shamol esardi.
Shu vaqtgacha universitetimizda bunchalik koʻp oʻgʻil bolalarni koʻrmagandim. Uncha eʼtibor bermay, oʻzimizning moʻjazgina ikkinchi fakultet binosiga kirib ketdim. U yerda doʻstlarim bilan biroz suhbat quradigan boʻldik. Bir payt, har safar men yoqtirgan qizdan keladigan xursand qiluvchi sms signalidek jaranglovchi tovush oʻsha vaqtda negadir men uchun sovuqdek tuyildi. Telegram guruhdan kelgan xabarda universitetimiz rasmi bor edi. Pastidagi xabarni oʻqidim-u, negadir taʼsirlanmadim, bunga sabab bunday xabarlarni yaqin yillar oraligʻida bir necha marotaba eshitganim boʻlsa kerak. Shunchalar yuragim toshga aylanganidan biroz oʻzimdan hayo qildim. Oxiratda javobi borligi, qilgan ishining oqibati haqida oʻylamagan bu ilmsiz bola haqida butun universitet gapira boshladi. Balki u bu haqida oʻylamagandir ham: insonlar loqayd, menga beparvo deb oʻylagandir bilmadim. Biror darsimiz yoʻqki, uning qilmishi haqdagi gaplarsiz oʻtmasa.
3 paralik dars soat 6larga yaqin tugadi. Doʻstlarim bilan biroz suhbatlashish maqsadida avtobus bekatigacha piyoda borishni ixtiyor qildim. Soat 6da Sirdaryo tomon yoʻlga otlandim. 2 soatlik yoʻl... Vaqt ham allamahal boʻlib qolgandi, ota-onam havotirlanishi bir necha bor xayolimga keldi, ammo telefonim quvvati tugagani va “bir pastda yetib boramanku” degan fikr meni qoʻngʻiroq qilishdan qaytarardi.
Qishloqqa yetib keldim...Soat 9lar chamasi....Uyimiz tomon olib boradigan koʻchadan yurar ekanman, negadir dadam uydan yugurib chiqib keldilar. Ularning yuzlarida havotir aralash gʻazab, achinish, asabiylik kayfiyati bor edi. Meni koʻrdilar-u, dakki bera boshladilar, “telefon qilib qoʻysang boʻlardiku” maʼnosidagi gaplardan soʻng qattiq bagʻrilariga bosdilar. Oʻsha vaqtdagi aytgan soʻzlari ancha vaqtga, balki butun umrga yodimdan chiqmasa kerak. Bu iliq quchoq davomida “Bizning sendan umidimiz katta, bolam”, - degan gaplari edi. Men esa qoqqan qoziqdek turib, biror soʻz ayta olmadim.
Sanoqli daqiqalardan so‘ng eshitishimcha, dadam boyagi bola haqidagi xabarni men kelishimdan biroz oldin oʻqiganlar, oʻqiganlar-u oʻzlarini koʻcha tomon otganlar. Shu vaqtda “katta”lar va oʻzidan “jurnalist” yasab olganlarning qiladigan ishlaridan biroz ranjidim: xabarlarning baʼzilari voqea haqida mavhum xabar bayon etishardi: viloyatlik, 2-bosqich talabasi, xulqi jihatdan biror shikoyat keltirmagan bola oʻz joniga qasd qildi. Bu soʻzlarning har biri menga toʻgʻri kelishi, ularning battar ahvolga tushishlariga sabab boʻlgandi. Ularga taskin bergan yagona narsa bu voqea yuz bergan vaqt: 8:10...
Uyga kirishim bilan koʻzim hali yeb tugatilmagan lagandagi ovqat va atrofidagi 5ta qoshiqqa tushdi. Qoshiqlardan biri toza, u egasi, meni kutardi...

Oʻyladim: U bolaning ortida har kuni boya dadam meni kutib olgan yuz ifodasi bilan kun oʻtkizishga majbur oilasi qoldi. Uning oilasi uni quchoqlay olmaydi, “sendan umidimiz katta” deya qulogʻiga shivirlay olmaydi.

Uning qoshigʻi endi doimo toza...

✍sirdaryoiy
😢121👍46❤2😱2
​​#Sõragan_edingiz #Perevod

⚡️O'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari qachondan boshlanadi?

15-iyuldan 5-avgustga qadar o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar onlayn ravishda qabul qilina boshlanadi. Mana shu vaqt oralig'ida o'qishini ko'chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo'lgan talabalar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunda:

👉 O'zbekiston hududida davlat oliygohidan boshqa oliygohga o'qishni ko'chirish uchun – transfer.edu.uz sayti orqali;
👉 Xorijiy va nodavlat ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish uchun – transfer.dtm.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi.

@NUU_students
👍8🤬2
❗️TATU talabasi avtohalokat natijasida vafot etdi.

4-may kuni Samarqand - Toshkent yo'nalishi bo'yicha harakat qilib kelayotgan yengil mashina avtohalokatga uchragan. Yengil mashina ichida bo'lgan TATU 4-kurs talabasi ushbu avtohalokatda vafot etgan.

5-maydan o'qishlar boshlanishini inobatga olib, marhum talaba ham 4-may kuni poytaxtga yo'l olgan.

Yaqinlariga va oila a'zolariga sabr tilaymiz. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un

@NUU_students
😢84👍4👎1🎉1
❗️Pereval tog’dagi ko’chki sabab yopilgan ikki tomonlama yo’l qayta ochildi.

Toshkentdan Andijonga poyezd qatnovi vaqtincha toʻxtatildi
.

Vodiydan Toshkentga poyezd orqali bormoqchi bo‘lgan talabalar endi taksi orqali kelishlari mumkin bo‘ladi.

@NUU_students
👍14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Taraqqiyot strategiyasi bu nima? Unda qaysi yo‘nalishlar o‘rin olgan? Mazmuni qanday?

🎥 Galdagi qisqa informativ rolik ana shu kabi savollarga javob o‘rnida.

@NUU_students
👍1
📌 Yangi o‘quv yilidan tibbiyot texnikumlari va kollejlarida feldsherlikka o‘qiyotgan yoshlar bir vaqtning o‘zida haydovchilikka ham o‘rgatiladi.

Bu haqda davlatimiz rahbari tomonidan shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash masalasida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

@NUU_students
👍13
📌 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligidagi manbaalarimizning xabar berishicha har oyning 5-sanasigacha berilishi shart etib belgilangan stipendiyaning talabalarga aloqasi yo’q

Pensiya jamg’armasi bilan bog’langan manbaalarimizning aytishicha qarorda keltirilgan Yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolarga beriladigan yordam puli ham stipendiya deb atalar ekan va buning talabalarga beriladigan stipendiyaga aloqasi yo’q.

Ayni paytda vazirlikning rasmiy saytidan ushbu xabar mavjud emas(o’chirilgan).

@NUU_students
👍4👎1🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun stipendiya tushadi deb o’ylab ertaga qaytaraman deb qarz olgan talaba kanalimizdagi xabardan keyingi holati😁

@NUU_students
😁11👍5👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
🎉3👍1🥰1