O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi bir talabaning kundalik hayoti!

❗️Toza qoshiq

– Bir qancha sabablarga koʻra, universitetimga uyimdan ya'ni Sirdaryodan qatnashga qaror qildim. Kundalik hayotim, bir kursdoshim aytganidek, biror kimsaga koʻrsatarlik qiziq narsalar bilan toʻlgan emas edi. Soat 6 boʻldi deguncha koʻzimni ochib, apil-tapil kiyinib oʻqish tomon yoʻl olaman. Soat 10larda universitetda meni uchratish mumkin.
Bugun odatdagidan oʻzgacha tong boʻldi. Universitet eshigidan kirar ekanman, 1 yil davomida menga deyarli qaramagan, vaqtini kabinetida mizgʻish yoki televizor koʻrishga bagʻishlovchi inson, qorovul, mendan kirish uchun ID karta yoki Talaba guvohnomasini koʻrsatishimni soʻradi. Albatta bu doimo ochiq turadigan turniketdan hech vaqosiz oʻtib yuruvchi talaba uchun ensa qotiruvchi talab edi: men aytarlik hech nima demay oʻtib ketdim.
Universitet hovlisida bugun boshqacha shamol esardi.
Shu vaqtgacha universitetimizda bunchalik koʻp oʻgʻil bolalarni koʻrmagandim. Uncha eʼtibor bermay, oʻzimizning moʻjazgina ikkinchi fakultet binosiga kirib ketdim. U yerda doʻstlarim bilan biroz suhbat quradigan boʻldik. Bir payt, har safar men yoqtirgan qizdan keladigan xursand qiluvchi sms signalidek jaranglovchi tovush oʻsha vaqtda negadir men uchun sovuqdek tuyildi. Telegram guruhdan kelgan xabarda universitetimiz rasmi bor edi. Pastidagi xabarni oʻqidim-u, negadir taʼsirlanmadim, bunga sabab bunday xabarlarni yaqin yillar oraligʻida bir necha marotaba eshitganim boʻlsa kerak. Shunchalar yuragim toshga aylanganidan biroz oʻzimdan hayo qildim. Oxiratda javobi borligi, qilgan ishining oqibati haqida oʻylamagan bu ilmsiz bola haqida butun universitet gapira boshladi. Balki u bu haqida oʻylamagandir ham: insonlar loqayd, menga beparvo deb oʻylagandir bilmadim. Biror darsimiz yoʻqki, uning qilmishi haqdagi gaplarsiz oʻtmasa.
3 paralik dars soat 6larga yaqin tugadi. Doʻstlarim bilan biroz suhbatlashish maqsadida avtobus bekatigacha piyoda borishni ixtiyor qildim. Soat 6da Sirdaryo tomon yoʻlga otlandim. 2 soatlik yoʻl... Vaqt ham allamahal boʻlib qolgandi, ota-onam havotirlanishi bir necha bor xayolimga keldi, ammo telefonim quvvati tugagani va “bir pastda yetib boramanku” degan fikr meni qoʻngʻiroq qilishdan qaytarardi.
Qishloqqa yetib keldim...Soat 9lar chamasi....Uyimiz tomon olib boradigan koʻchadan yurar ekanman, negadir dadam uydan yugurib chiqib keldilar. Ularning yuzlarida havotir aralash gʻazab, achinish, asabiylik kayfiyati bor edi. Meni koʻrdilar-u, dakki bera boshladilar, “telefon qilib qoʻysang boʻlardiku” maʼnosidagi gaplardan soʻng qattiq bagʻrilariga bosdilar. Oʻsha vaqtdagi aytgan soʻzlari ancha vaqtga, balki butun umrga yodimdan chiqmasa kerak. Bu iliq quchoq davomida “Bizning sendan umidimiz katta, bolam”, - degan gaplari edi. Men esa qoqqan qoziqdek turib, biror soʻz ayta olmadim.
Sanoqli daqiqalardan so‘ng eshitishimcha, dadam boyagi bola haqidagi xabarni men kelishimdan biroz oldin oʻqiganlar, oʻqiganlar-u oʻzlarini koʻcha tomon otganlar. Shu vaqtda “katta”lar va oʻzidan “jurnalist” yasab olganlarning qiladigan ishlaridan biroz ranjidim: xabarlarning baʼzilari voqea haqida mavhum xabar bayon etishardi: viloyatlik, 2-bosqich talabasi, xulqi jihatdan biror shikoyat keltirmagan bola oʻz joniga qasd qildi. Bu soʻzlarning har biri menga toʻgʻri kelishi, ularning battar ahvolga tushishlariga sabab boʻlgandi. Ularga taskin bergan yagona narsa bu voqea yuz bergan vaqt: 8:10...
Uyga kirishim bilan koʻzim hali yeb tugatilmagan lagandagi ovqat va atrofidagi 5ta qoshiqqa tushdi. Qoshiqlardan biri toza, u egasi, meni kutardi...

Oʻyladim: U bolaning ortida har kuni boya dadam meni kutib olgan yuz ifodasi bilan kun oʻtkizishga majbur oilasi qoldi. Uning oilasi uni quchoqlay olmaydi, “sendan umidimiz katta” deya qulogʻiga shivirlay olmaydi.

Uning qoshigʻi endi doimo toza...

✍sirdaryoiy
😢121👍46❤2😱2
​​#Sõragan_edingiz #Perevod

⚡️O'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari qachondan boshlanadi?

15-iyuldan 5-avgustga qadar o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar onlayn ravishda qabul qilina boshlanadi. Mana shu vaqt oralig'ida o'qishini ko'chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo'lgan talabalar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunda:

👉 O'zbekiston hududida davlat oliygohidan boshqa oliygohga o'qishni ko'chirish uchun – transfer.edu.uz sayti orqali;
👉 Xorijiy va nodavlat ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish uchun – transfer.dtm.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi.

@NUU_students
👍8🤬2
❗️TATU talabasi avtohalokat natijasida vafot etdi.

4-may kuni Samarqand - Toshkent yo'nalishi bo'yicha harakat qilib kelayotgan yengil mashina avtohalokatga uchragan. Yengil mashina ichida bo'lgan TATU 4-kurs talabasi ushbu avtohalokatda vafot etgan.

5-maydan o'qishlar boshlanishini inobatga olib, marhum talaba ham 4-may kuni poytaxtga yo'l olgan.

Yaqinlariga va oila a'zolariga sabr tilaymiz. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un

@NUU_students
😢84👍4👎1🎉1
❗️Pereval tog’dagi ko’chki sabab yopilgan ikki tomonlama yo’l qayta ochildi.

Toshkentdan Andijonga poyezd qatnovi vaqtincha toʻxtatildi
.

Vodiydan Toshkentga poyezd orqali bormoqchi bo‘lgan talabalar endi taksi orqali kelishlari mumkin bo‘ladi.

@NUU_students
👍14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Taraqqiyot strategiyasi bu nima? Unda qaysi yo‘nalishlar o‘rin olgan? Mazmuni qanday?

🎥 Galdagi qisqa informativ rolik ana shu kabi savollarga javob o‘rnida.

@NUU_students
👍1
📌 Yangi o‘quv yilidan tibbiyot texnikumlari va kollejlarida feldsherlikka o‘qiyotgan yoshlar bir vaqtning o‘zida haydovchilikka ham o‘rgatiladi.

Bu haqda davlatimiz rahbari tomonidan shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash masalasida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

@NUU_students
👍13
📌 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligidagi manbaalarimizning xabar berishicha har oyning 5-sanasigacha berilishi shart etib belgilangan stipendiyaning talabalarga aloqasi yo’q

Pensiya jamg’armasi bilan bog’langan manbaalarimizning aytishicha qarorda keltirilgan Yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolarga beriladigan yordam puli ham stipendiya deb atalar ekan va buning talabalarga beriladigan stipendiyaga aloqasi yo’q.

Ayni paytda vazirlikning rasmiy saytidan ushbu xabar mavjud emas(o’chirilgan).

@NUU_students
👍4👎1🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun stipendiya tushadi deb o’ylab ertaga qaytaraman deb qarz olgan talaba kanalimizdagi xabardan keyingi holati😁

@NUU_students
😁11👍5👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
🎉3👍1🥰1
⚡️⚡️Xususiy oliygoh ochish uchun qo'yilgan talablar

O'zbekistonda xususiy oliy ta'lim muassasani tashkil etib, litsenziya olish uchun bir qator talablar qo'yilgan. Jumladan:

➖ Bank hisob raqamingizda eng kamida 150 ming AQSH dollari miqdorida pulingiz;
➖ Kamida 60 ta kompyuter bilan jihozlangan elektron kutubxonangiz;
➖ PhD, DSc darajadagi o'qituvchilaringiz;
➖ Talabalar turar joyiga ega bo'lishingiz;
➖ Qat'iy belgilangan o'lchamdagi sport zal, labaratoriya, o'quv auditoriya va kompyuter sinfxona-yu, axborot resurs-markazingiz bo'lishi shart.

🔰 Bundan tashqari, yana bir qator talablar mavjud bo'lib, yuqoridagi rasmlarda ko'rsatilgan. Bularni barchasini muhayyo qilganingiz bilan yillab hujjatbozlik uchun "yugurishingiz" va yaxshigina "tanka" topishingiz kerak.

⚠️ Xullas xususiy OTM ochish shunchaki oson ish emas va amallab litsenziya olgan oliygoh uncha-munchaga litsenziyani bekor bo'lishiga qarab turmaydi.

P.s Lekin bu talablarning aksariyat davlat OTM larida yo‘q...

@NUU_students
😁16👍7🤬4😱2
❗️Talabalarga stajirovka uchun haq to‘lanadi

Talabalarning davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, magistratura talabalari ikkinchi yoki uchinchi semestrdan keyin 3,5 oy, bakalavriat talabalari to‘rtinchi semestrdan so‘ng 1,5 oy davomida stajirovka o‘tashlari mumkin.

Magistrant stajyorlarga stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida, bakalavr stajyorlar uchun eng kam ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.



@NUU_students
👏7👍3
#Bilasizmi

✅ Qonunchilikka ko‘ra, xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari bo‘yicha – 50 nafar, magistratura taʼlim dasturlari bo‘yicha – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratib boriladi.


@NUU_students
👍8
#yana_shu_mavzu

❗️Ayrim OTM mutassadilari tomonidan soqol qo‘ygan va ro‘mol o‘ragan talabalarga ogohlantirishlar boshlandi.


Bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra ayrim OTM mutasaddilari universitet hududida talabalarning soqol va ro‘mol o'rab yurishiga qat'iy chora ko‘rish maqsadida qo‘shimcha reydlar o'tkazishmoqda ekan.

Misol uchun, Farg'ona davlat universitetining kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qituvchilar tomonidan mening darsimga soqolli, ro'mol o'rab kelayotgan va formasiz kelayotgan talabalar mening darsimga kirmaydi kabi qat'iy ogohlantirishlar berilmoqda ekan.

Ayrim OTMlarda esa bugundan soqolli va ro‘mol o‘rab kelayotgan talabalarning ro‘yxati shakillantirilib talabalar bilan suhbat o‘tkazilgan. Ushbu talabalarning esa dam olish kunlaridan (9-may, xotira kuni) keyin universitetga formada kelishi qat'iy talab qilingan. Agar talaba formasiz kelib darslarga qatnashsa ham darsga kelmagan deb hisoblanadi va talaba dars qoldirgan deb ogohlantirish berilishi aytilgan.

P.s Bugun **** fakulteti eshiklari oldida ichki ishlar hodimlariga ko‘zim tushdi va hodimlar fakultetga kirayotgan talabalarni diqqat bilan kuzatar edi...


#formadebtalimniõldirmanglar!


@NUU_students
👍23👎10🤬9🔥1🤔1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
#yana_shu_mavzu ❗️Ayrim OTM mutassadilari tomonidan soqol qo‘ygan va ro‘mol o‘ragan talabalarga ogohlantirishlar boshlandi. Bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra ayrim OTM mutasaddilari universitet hududida talabalarning soqol va ro‘mol o'rab yurishiga qat'iy…
#shunchaki_fikr

Agar shunday "reydlar" sunnatga amal qilib soqol qo‘ygan musulmon yigitlarga farzni bajarish uchun issiq kunlarda hijob o‘rab yurgan soliha qizlarga qarshiliklar davom etaversa unversitet ta‘limida rivojlanish, o‘sish bo‘lishiga shubham bor.


@NUU_students
👍49🔥10👎1
Assalamu alaykum! Kuningiz hayirli va barakotli bo‘lsin.

Yuqoridagi post komentariyalarida bizni qo‘llab quvvatlayotgan barcha do‘stlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Soqolli musulmon yigitlarni va hijobli muslima qizlarni eslab ularga Allohdan chiroyli sabr va reyd o‘tkazayotganlarga hidoyat tilab qolamiz...

P.s Bloger Abdurahmon_mufid ham soqolini olib tashlabdi. Bu yerda bir gap booor🤔

@NUU_students
👍13😁7🤔6👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.

@NUU_students
👍8
❗️Qashqadaryoda 16 yoshli o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qildi.

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 16-maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. “Nasafnews” muxbirining xabar berishicha, voqea joriy yilning 5 may kuni sodir bo‘lgan.
Maktabning 9-sinf o‘quvchisi E.K (qiz) darsdan so‘ng uyiga borib, o‘zini arqon bilan osib, o‘z joniga qasd qildi va vafot etdi.
Qiz 2006-yilda tug'ilgan. Ma‘lumot uchun, voqea oldidan o‘qituvchilardan biri uning telefondan foydalangani yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan va dars vaqtida telefondan foydalana olmasligini aytgan.

Voqea boʻyicha rasmiy batafsil xabarni kutib qolamiz.

P.s Oxirgi kunlarda shu kabi xabarlarni ko‘p marta eshityabmiz. Oxiri bahayr bo‘lsinda...

@NUU_students
😢29👎13👍7😱7🤯2