O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐 TABRIKLAYMIZ!

🏢 12-MAY - O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TASHKIL ETILGAN KUN

O’zMU Jurnalistika fakulteti
2- kurs talabasi Xakimjonov Samandar


@NUU_students
👍23🔥2🥰2
🎉

Buyuk ilm maskani-dorilfununim, 104 yoshing muborak bo‘lsin!

12-may kuni O‘zbekiston Milliy Universiteti tashkil etilganligiga 104 yil bo‘ldi. Mazkur sana munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan universiyet Bosh binosining ochiq maydonida faol talabalar ishtirokida “O‘zMU 104
yoshda” shiori ostida
#HASHTAG (Xeshteg) tashkil etildi.
Shuningdek, universitetda “Talaba FM” radio loyihasida Jurnalistika fakulteti talabalari “Buyuk ilm maskani-dorilfununim” mavzusida jonli muloqot olib bordilar.

@NUU_students
❤19👍16🥰3🎉2🔥1🤬1
#fikr

Sizni past desalar xafa bo‘lmang, chunki tarozini bo‘sh pallasi doim tepada turadi.

© Deyl Karnegi

@NUU_students
👍73😁25🔥12👏7❤1
#xushxabar

Oʻzbekiston Milliy universiteti xalqaro reytingining TOP-1000 taligidan joy oldi

Ushbu reyting 13 yildan buyon dunyoning 85 ta davlatidan 1200 ta nufuzli universitetni 4 ta yoʻnalish boʻyicha taqsimlangan 20 ta koʻrsatkich boʻyicha taqqoslab keladi.

Manba

@NUU_students
👏25👍8🔥2👎1😁1
📌 Dekanlarga ham qiyin. Ayniqsa MEDga va PEDga.

P.s: Qanday zamonlarga qoldiga...

@NUU_students
😁61😱3🔥1🤩1
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
👍13❤8👏8🥰5🔥1
#tafakkur

✨ Iymon bu buyuk neʼmat. Sizu bizga berilgan ushbu neʼmatni qadriga yetib, shukr qilishni oʻrganaylik. Mahzunlik esa qazoi qadarga norozilik, neʼmatga esa noshukrlikdir.

Bu ikki tushuncha yaʼni, iymon va huzun ikkisi bir joyda boʻla olmaydi. Muqaddas kitoblarimiz, Qurʼoni Karimda Alloh taolo moʻminlarga mahzun boʻlmaslikni buyuradi.

❤️ Dilingizdan mahzunlikka joy ajratmang, qalbni iymon bilan shunday toʻldirib tashlangki, unda mahzunlik degan tushunchaga oʻrin qolmasin.

Tilingizdan zikr, qalbingizdan shukr yoʻqolmasin, kamina bir oylik tanaffusdan soʻng yana oʻz faoliyatini davom ettiradi. Juma muborak boʻlsin. Assalomu alaykum va rohmatulloh!

@NUU_students
👏16👍4🔥1
#hazil

Qay darajada noinsof boʻlsang ham, metroda biletga tiqilinch navbat boʻlib turganda oldinda turgan va endi navbati kelgan kishiga menga ham bitta qoʻshib yuboring deydigan darajada boʻlma😁

@NUU_students
😁121👍11👏5🤔3🤬2👎1😢1
Assalomu aleykum.
Ingliz tili o'rganmoqchi bo'lganlar diqqatiga ‼️

Ingliz tilini mukammal o'rganmoqchi bo'lganlarni kursimizga taklif qilamiz.


Darslar haftada 3 martadan va narxlar judayam arzon 250ming somdan , sifat esa yuqori.


Birinchi dars sinov darsi.

Yuqori natijaga asoslangan tizim bo'yicha o'qitamiz.
Tizim va dars sifati yoqsa birga davom etamiz bo'lmasam yo'q.

Ingliz tilini o'rganish niyati jiddiylar murojaat qilinglar.

Manzil : Talabalar shaharchasi.

Batafsil malumot uchun : @DEAP_ADMIN
👍5❤2
#hazil

FAKULTETLAR (Raqamlar qoʻshigʻiga parodiya)

Fakultetlar bir kuni jam boʻldi,
Xorijiydan Tarixga qadar.
Eng birinchi Fizika keldi,
Eng soʻnggida Ximfak darbadar.

Rektoratni taklif qilmadilar ham,
Uni fakultet deb bilmadilar ham.
Maqtandilar rosa oʻzaro,
Kelib chiqdi oxir mojaro.

Bio tabiatni oʻrganaman derdi,
Matfak zo‘rdek koʻksini kerdi.
Ijtimoiy esa sirliman dedi,
Jurnalistika undan qolishmas edi.

AMIT, Gidrometeorologiya hamda Geologiya,
Ekologiya, Kimyo va Biologiya,
Maqtandilar ne soʻz boʻlsa duch,
Derdi, bizda maksimal baho uch.

Shu payt nogoh rektorat kelib qoldi,
Qaramasdan hamma yuz oldi.
Hamma dedi sen fakultetmas,
Bizga sendek doʻst kerakmas.

Rektorat diplom bermay qoʻydi,
Talabalar diplomsiz oʻqishdan toʻydi.
Shu tariqa rektoratni hurmati oshdi,
Milliyda talabalar toshgandan toshdi.

Qissadan hissa: Unutmang, rektorat diplom bermasa hatto sizning ham fakultetingizni qiymati nolga teng. 😅

@NUU_students
👍56😁43👎6👏2🤯1😢1
Nappi Toshkentda yuravermay uyingga qayt, hali enangga tappi qilishda yordam berishing kerak :)

@NUU_students
😁124👍8👎6😢2🔥1🤯1
#tanlov

Xabaringiz bor, aprel oyida OʻzMU kitobxonlari orasida kitobxonlik targʻib qilish, boʻsh vaqtdan unumli foydalanish maqsadida “Bir kunda 50-sahifa” chellenji tashkil etilgan edi.

1-mavsum yakunlanib, 2-mavsumga start berish arafasidamiz. 🥳

Marhamat safimizga qoʻshiling ,biz bilan oʻzingizni shakllantiring.📙😊

Guruhga qoʻshilish uchun:
https://t.me/+adIntXjM3JtmOTZi
❤7👏5👍2
Yaxshisi plakatni asrang :)

@NUU_students
😁95👍10🤬4👏2
#suhbat

- Har kuni jonli ijrodan bahramand boʻlaman. 😎

- Tarixni yotoqxonasida turasanmi? 🧐

- Ha qayerdan bilding?

@NUU_students
😁63👍6🤔4❤3🤬1
#hayotiy

Boya yoʻlda ketayotgandim, bir qiz telefonda gaplashayotgandi, uning “ketvotirman” degan gapini eshitib qoldim. Ha, oʻqishni yarmini Xorazmda, yarmini Toshkentda oʻtkazgandan keyin shuda deb qoʻydim :)

P.s: Ketvoman+ketyotirman

@NUU_students
😁101👍6👎5🤬5👏1😢1
#mutolaa

Shunday paytlarda “Tomirlarimgacha singib ketgan sevgim bor, ammo hech kim tushunmaydi!” deya vovaylo qilging keladi. Holbuki, oʻtkinchi muhabbatni tomirlarimgacha singib ketgan deysanu, senga shohtomiringdan ham yaqinroq ekanligini aytgan Alloh haqida umuman fikr yuritmaysan. Rabbingga koʻrsatishing kerak boʻlgan sevgingni garchi noloyiq boʻlsa-da, vafosi yoʻq qizga, lavozimga, uyga, mashinaga, yana bir nimalarga berasan, oxir-oqibat alam bilan buning jabrini tortasan. Avvaliga hamma narsa koʻzingga chiroyli koʻringan, yuragingni hayajon chulgʻagan, lekin timsohning terisini shilib, undan sumka yasab olgan qiz meni qay ahvolga soladi, deb sirayam oʻylamaysan.

• Kitob: Izlash
• Muallif: Mehmet Yildiz

@NUU_students
👍41👏3😁3🔥2❤1👎1🥰1
#munosabat

Kuni kecha esa ijtimoiy tarmoqlarda “Sevgi joy tanlamaydi!” sarlavhasi ostida tarqatilgan videoxabar yuzasidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi: Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan mazkur xabar yolg‘on axborot bo‘lib, xaqiqatdan yiroq. Xabar muallifi oliygohning milliy va xalqaro reytingi va ishchanlik obro‘siga qasddan putur yetkazishni maqsad qilib, shuningdek, sohta obro‘ orttirish ketidan quvib, shov-shuv orqali mo‘may daromadga ham ega bo‘lib olishni maqsad qilgan holda mazkur axborotni tarqatgan deb hisoblaymiz. Shuningdek, tasvirda belgilangan manzara va makon universitet hududi va joyi emasligini ma’lum qilamiz.

So‘nggi so‘z o‘rnida OAV, ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlarga ijtimoiy tarmoq hamda boshqa vositalar orqali yolg‘on xabar tarqatganlik uchun jazo muqarrarligi haqida Adliya vazirligi Axborot xizmatining O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytida berilgan quyidagi javobini eslatma sifatida ilova qilamiz:

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axbortni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (13 mln 500 ming so‘m) dan 100 baravari (27 mln so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun fuqaroviy javobgarlik ham mavjud. Xususan Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shaxsning or-nomusi, sha’ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘sini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli ma’naviy zarar yetkazilgan bo‘lsa, yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar qoplanishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari Jinoyat kodeksiga muvofiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham ushbu hatti-harakatlar takror sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha (54 mln so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi”.

O‘zMU Axborot xizmati

P.s: OʻzMU deb sharmandali video qiladiganlarni hech tushunmadik-da, bizni obro‘mizni to‘kishmoqchi boʻlishadi))

@NUU_students
👍29
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Magistraturaga kirish imtihonlaridagi mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bekor qilindimi?

@NUU_students
🔥8
TABRIKLAYMIZ 🥳

✨ 13-14-may kunlari poytaxtimizdagi “Sohibqiron Amir Temur kubogi” 2-xalqaro turnirida Oʻzbekiston Milliy universiteti 3-kurs talabasi Nilufar Yakubboyeva ayollar oʻrtasida faxrli 1-o‘rinni qoʻlga kiritdi.

Ushbu gʻalaba bilan muborakbod etamiz va keyingi oʻyinlarda ham gʻalabali yurishlarni davom ettirishlarida omad tilab qolamiz!

@NUU_students
👏39❤7👍3🎉3