O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#hazil

FAKULTETLAR (Raqamlar qoʻshigʻiga parodiya)

Fakultetlar bir kuni jam boʻldi,
Xorijiydan Tarixga qadar.
Eng birinchi Fizika keldi,
Eng soʻnggida Ximfak darbadar.

Rektoratni taklif qilmadilar ham,
Uni fakultet deb bilmadilar ham.
Maqtandilar rosa oʻzaro,
Kelib chiqdi oxir mojaro.

Bio tabiatni oʻrganaman derdi,
Matfak zo‘rdek koʻksini kerdi.
Ijtimoiy esa sirliman dedi,
Jurnalistika undan qolishmas edi.

AMIT, Gidrometeorologiya hamda Geologiya,
Ekologiya, Kimyo va Biologiya,
Maqtandilar ne soʻz boʻlsa duch,
Derdi, bizda maksimal baho uch.

Shu payt nogoh rektorat kelib qoldi,
Qaramasdan hamma yuz oldi.
Hamma dedi sen fakultetmas,
Bizga sendek doʻst kerakmas.

Rektorat diplom bermay qoʻydi,
Talabalar diplomsiz oʻqishdan toʻydi.
Shu tariqa rektoratni hurmati oshdi,
Milliyda talabalar toshgandan toshdi.

Qissadan hissa: Unutmang, rektorat diplom bermasa hatto sizning ham fakultetingizni qiymati nolga teng. 😅

@NUU_students
👍56😁43👎6👏2🤯1😢1
Nappi Toshkentda yuravermay uyingga qayt, hali enangga tappi qilishda yordam berishing kerak :)

@NUU_students
😁124👍8👎6😢2🔥1🤯1
#tanlov

Xabaringiz bor, aprel oyida OʻzMU kitobxonlari orasida kitobxonlik targʻib qilish, boʻsh vaqtdan unumli foydalanish maqsadida “Bir kunda 50-sahifa” chellenji tashkil etilgan edi.

1-mavsum yakunlanib, 2-mavsumga start berish arafasidamiz. 🥳

Marhamat safimizga qoʻshiling ,biz bilan oʻzingizni shakllantiring.📙😊

Guruhga qoʻshilish uchun:
https://t.me/+adIntXjM3JtmOTZi
❤7👏5👍2
Yaxshisi plakatni asrang :)

@NUU_students
😁95👍10🤬4👏2
#suhbat

- Har kuni jonli ijrodan bahramand boʻlaman. 😎

- Tarixni yotoqxonasida turasanmi? 🧐

- Ha qayerdan bilding?

@NUU_students
😁63👍6🤔4❤3🤬1
#hayotiy

Boya yoʻlda ketayotgandim, bir qiz telefonda gaplashayotgandi, uning “ketvotirman” degan gapini eshitib qoldim. Ha, oʻqishni yarmini Xorazmda, yarmini Toshkentda oʻtkazgandan keyin shuda deb qoʻydim :)

P.s: Ketvoman+ketyotirman

@NUU_students
😁101👍6👎5🤬5👏1😢1
#mutolaa

Shunday paytlarda “Tomirlarimgacha singib ketgan sevgim bor, ammo hech kim tushunmaydi!” deya vovaylo qilging keladi. Holbuki, oʻtkinchi muhabbatni tomirlarimgacha singib ketgan deysanu, senga shohtomiringdan ham yaqinroq ekanligini aytgan Alloh haqida umuman fikr yuritmaysan. Rabbingga koʻrsatishing kerak boʻlgan sevgingni garchi noloyiq boʻlsa-da, vafosi yoʻq qizga, lavozimga, uyga, mashinaga, yana bir nimalarga berasan, oxir-oqibat alam bilan buning jabrini tortasan. Avvaliga hamma narsa koʻzingga chiroyli koʻringan, yuragingni hayajon chulgʻagan, lekin timsohning terisini shilib, undan sumka yasab olgan qiz meni qay ahvolga soladi, deb sirayam oʻylamaysan.

• Kitob: Izlash
• Muallif: Mehmet Yildiz

@NUU_students
👍41👏3😁3🔥2❤1👎1🥰1
#munosabat

Kuni kecha esa ijtimoiy tarmoqlarda “Sevgi joy tanlamaydi!” sarlavhasi ostida tarqatilgan videoxabar yuzasidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi: Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan mazkur xabar yolg‘on axborot bo‘lib, xaqiqatdan yiroq. Xabar muallifi oliygohning milliy va xalqaro reytingi va ishchanlik obro‘siga qasddan putur yetkazishni maqsad qilib, shuningdek, sohta obro‘ orttirish ketidan quvib, shov-shuv orqali mo‘may daromadga ham ega bo‘lib olishni maqsad qilgan holda mazkur axborotni tarqatgan deb hisoblaymiz. Shuningdek, tasvirda belgilangan manzara va makon universitet hududi va joyi emasligini ma’lum qilamiz.

So‘nggi so‘z o‘rnida OAV, ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlarga ijtimoiy tarmoq hamda boshqa vositalar orqali yolg‘on xabar tarqatganlik uchun jazo muqarrarligi haqida Adliya vazirligi Axborot xizmatining O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytida berilgan quyidagi javobini eslatma sifatida ilova qilamiz:

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axbortni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (13 mln 500 ming so‘m) dan 100 baravari (27 mln so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun fuqaroviy javobgarlik ham mavjud. Xususan Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shaxsning or-nomusi, sha’ni va qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘sini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli ma’naviy zarar yetkazilgan bo‘lsa, yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar qoplanishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bundan tashqari Jinoyat kodeksiga muvofiq ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham ushbu hatti-harakatlar takror sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha (54 mln so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi”.

O‘zMU Axborot xizmati

P.s: OʻzMU deb sharmandali video qiladiganlarni hech tushunmadik-da, bizni obro‘mizni to‘kishmoqchi boʻlishadi))

@NUU_students
👍29
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Magistraturaga kirish imtihonlaridagi mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bekor qilindimi?

@NUU_students
🔥8
TABRIKLAYMIZ 🥳

✨ 13-14-may kunlari poytaxtimizdagi “Sohibqiron Amir Temur kubogi” 2-xalqaro turnirida Oʻzbekiston Milliy universiteti 3-kurs talabasi Nilufar Yakubboyeva ayollar oʻrtasida faxrli 1-o‘rinni qoʻlga kiritdi.

Ushbu gʻalaba bilan muborakbod etamiz va keyingi oʻyinlarda ham gʻalabali yurishlarni davom ettirishlarida omad tilab qolamiz!

@NUU_students
👏39❤7👍3🎉3
#kitobxonlik

💫 “Bir kunda 50 sahifa” chellenjining yangi mavsumining bu galgisi faqat qizlar davrasida kechdi.

Muhokamada “Qora haykal” asari va chellenj asosida oʻqilgan kitoblar haqida oʻzaro fikr almashildi. O'tgan mavsum g'oliblari munosib taqdirlandi. 🥳

• Ishtirok etgan ishtirokchilarga rahmat. 😊
• Keyingi muhokama kuni:29.05.2022.
• Muhokama qilinadigan asar sifatida Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asarlari tanlandi.

Kitobxonlar guruhiga qoʻshilish:
https://t.me/+adIntXjM3JtmOTZi

@NUU_students
👍19❤3
#tanlov

💐TABRIKLAYMIZ

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan “ESSELAR TANLOVI”ning universitet bosqichi natijalari:

🥇- o‘rin: Habibullayeva Durdona (Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti)
🥈- o‘rin: Mahmudova Pokiza (Jurnalistika fakulteti)
🥉- o‘rin: Abdujalilova Xonzoda (Ijtimoiy fanlar fakulteti)
🥉- o‘rin: Nuratdinova Feruza (Jurnalistika fakulteti)

Yuqorida ism-familiyasi keltirilgan talabalar “ESSELAR TANLOVI” ning hududiy bosqichida O‘zMU nomidan ishtirok etish huquqini qo'lga kiritganligi bilan talabalarimizni tabriklaymiz.

Mazkur ishtirochilar 16-may kuni, soat 09:00 da universitet bosh binosi (rektorat) 320-321-xonaga kelishi so'raladi.

@NUU_students
👏12🥰2👍1👎1🔥1
21 kun ichida hech qanaqa natijaga erisha olmasangiz va shu GIFga hali ham anqayib oʻtirishda davom etayotgan boʻlsangiz, pasportingizni oling va toʻgʻri ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashing, aqli raso odam buni ahmoqlik ekanligini biladi.

SUBYEKTIV ning bu galgi soni Infolo‘ttibozlar haqida, albatta koʻring: https://youtu.be/O9XTWHUW7qQ

@NUU_students
👍20😁11👏2
#foydali

❗️Oʻqish joyidan maʼlumotnomani qanday qilib onlayn tarzda olish mumkin?

Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olishning 2 xil yoʻli bor:

• my.gov.uz portali orqali;
• hstudent.nuu.uz sayti orqali;

1⃣. my.gov.uz portali orqali oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish quyidagicha amalga oshiriladi:

• Ushbu saytga kiriladi;
• “Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish” boʻlimiga oʻtiladi;
• Ushbu boʻlimdan pdf formatida maʼlumotnoma yuklab olinadi;

2⃣. hstudent.nuu.uz sayti orqali oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish quyidagicha amalga oshiriladi:

• Ushbu saytga kiriladi;
• “Ma’lumotnomalar” boʻlimiga oʻtiladi;
• Ushbu boʻlimdan pdf formatida yuklab olinadi;

👉 Eslatma: my.gov.uz sayti orqali barcha OTM talabalari oʻz oʻqish joylaridan maʼlumotnoma olishlari mumkin. Agar siz OʻzMU talabasi boʻlsangiz yuqoridagi ikkala saytdan ham maʼlumotnoma olish huquqiga egasiz.

@NUU_students
👍16👎1👏1
#foydali

Hurmatli talabalar! Sizga oʻqishdan boʻsh vaqtingizda ish kerakmi? U holda siz ish.nuu.uz saytiga tashrif buyuring.

👨‍💻 Ushbu saytda yashash joyi, sohalar bo‘yicha, oylik maosh bo‘yicha qidiruv xizmatlari mavjud.

@NUU_students
👍15🔥2
#g‘alaba

🎗 Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Payanov Muhammadjon sportning “Universal jang” turi bo‘yicha professionallar o‘rtasida o‘tkazilgan jang g‘olibi bo‘ldi.

Muhammadjonga keyingi janglarda ham gʻalabali yurishlarida omad tilab qolamiz!

Tarix fakulteti

@NUU_students
👍36👏11
#tafakkur

Oʻqishga nima uchun kirding? Oʻqishdan maqsad nima? Shunchaki bir oʻrinni band qilishmi yoki buni oqlashmi?

🎯 Menimcha, hech boʻlmasa shu savolga javob topishimiz kerak: “Nima uchun oʻqiyapman?”. Balki shunda tiqilinch avtobus va metrolarda erta tongdan kelib, millionlab kontrakt toʻlovlari va har oylik boshqa toʻlovlarda ma’no paydo boʻlar? Xolisona oʻzingiz uchun javob topib qoʻyarsiz...

@NUU_students
😢53👍20🔥9🤯3
#qidiruv

🧐 Xorijiy filologiya fakulteti yaqinidagi moyka oldidan ushbu tugʻilganlik haqida guvohnoma topib olinibdi.

Taniganlar boʻlsa xabar qiling, guruh va kanallarga tarqatib yuborishingizni soʻraymiz!

Murojaat uchun: @SmartTrade_info

@NUU_students
👍3