O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#hazil

Bir yil tejashni istaysizmi? Unda kursdan-kursga qoling. 😁

@NUU_students
😁48🤬21🤯12👎6👍4😱3
#g‘alaba

“Students Cup” futbol musobaqasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti terma jamoasi final bosqichiga yoʻl oldi.

@NUU_students
👍63👏7🔥4👎2
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin!

@NUU_students
👍23❤6🥰3
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
#g‘alaba “Students Cup” futbol musobaqasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti terma jamoasi final bosqichiga yoʻl oldi. @NUU_students
#ma’lumot

✨ Bugungi final oʻyinida jamoamiz “Madaniyat” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Jamoamizni qoʻllab-quvvatlash uchun barcha talabalarni chorlab qolamiz:

📆 Bugun
🕰 19:00
📍 Bunyodkor akademiyasi stadioni

Moʻljal: Bunyodkor stadioni

@NUU_students
👍19👏4
👨🏻‍💻 O'zbekistonda dasturchilikning kelajagi bormi?

⌨ Bugungi kunda eng aktual va daromadli kasblardan biri bu haqiqatdan ham dasturchilik.

💻 Dasturchilik haqidagi o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javobni bilmoqchi bo'lsangiz, bizning bepul ochiq muloqotimizga tashrif buyuring. Bu yerda bizning ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan spikerlarimiz sizga o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishadi.

📅 21.05.2022
🕔 18:00

🏃‍♂ Shoshiling, joylar soni cheklangan.

📋 Ochiq darsga ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998954780606
📍 O'zMU, Xorijiy filologiya fakulteti, -1 - qavat.
🔗 @dream_lab_academy
👍9🤔1
#mutolaa

🌗 Ammo sizga kafolat beraman doʻstim: haromdan huzur izlasangiz, huzur sizga harom boʻladi!

Halolingiz boʻlmaganida, sizga harom boʻlgandan izladingiz huzurni. Oh doʻstim, ehtiyot boʻling: halolingiz boʻlmagan halokatingiz boʻladi!

Harom sevgi uchun ochilgan kemaning toʻlqinlari koʻp. Oʻsha toʻlqinlar orasida agʻdarilib ketishi xavfi juda kattadir, aziz doʻstim!

“Musulmonman” deyish boshqa, musulmon boʻlib yashash boshqa.

Musulmonligimiz soʻzda qolib ketmasligi kerak. Ishq isbot istaydi. Allohni sevishni da’vo qilgan har bir moʻmin bu da’voni isbot etishga mukallafdir.

• Muallif: Usmon Sungur Yeken
• Kitob nomi
: “Oshiq ham boʻlmaylikmi?”

@NUU_students
👍28❤7🔥3
Oʻyin yakunlandi!

Milliy 2:3 Madaniyat

@NUU_students
😢37👎26😁8🤯6👍4🎉2❤1🔥1
#xulosa

⚡️Jamoamiz yaxshi oʻyin olib borishdi.

Asosiy hujumlar koʻproq oʻng qanotdan olib borildi. Madaniyat jamoasining oxirgi daqiqalarda oʻyinni shunchaki choʻzgani bilindi.

Ruhiyatni tushirmaymiz. Muhimi jamoamiz Respublika final bosqichida ham ishtirok etadi. Maʼlumotlarga qaraganda, Toshkent shahri hududidan 3 ta jamoa ishtirok etarkan: 2 finalchi va 3-o‘rin.

P.s: Stadionlarda konsertlar tashkil etilishi bekorga emas ekan)))

@NUU_students
😁19👍8👎8
Aniq hisob qanaqa boʻldi?
😁30👏14😱8🔥5🤬4👍3👎3
Rektorat binosi murojaat bilan chiqdi😅

Siz ham boshida kelmasingizdan oldin shunday oʻylagansiz: “Shu binoda oʻqiymanmi?”

@NUU_students
😁128👍9👏6👎4🤯1
Ark oldidan oʻtadiganlar tushunishadi😅

@NUU_students
😁49👍7👎3
#profilaktika

❗️“21-24-may kunlari Toshkent shahrida kuchli shamol boʻlishi va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda” — Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Hurmatli talabalar, ehtiyot choralarini koʻrib qoʻyasizlar!

@NUU_students
👍27🤯14😁3🤔2
Oʻzimga yoqmayotgan boʻlsa-da, bu universitetda qolayotganimning yagona sababi ham sensan😊

@NUU_students
👍58😁39👎17🤔14👏7🔥5🥰4🤯3😢2
#axborot

❗️Maʼlumotlarga qaraganda, universitetimizda talabalar uchun darslar, yaʼni semestr quyidagi sanalarda tugaydi:

• 1-bosqich talabalari uchun 6-iyun;
• 2-bosqich talabalari uchun 30-may;
• 3-bosqich talabalari uchun 4-iyun;

Bu sanalar semestr tugashini anglatadi, yaʼni yakuniy nazoratlar bundan keyingi sanalarga belgilanadi.

@NUU_students
👍56👎11🤬11🥰3
❗️Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigi e’lon qilindi

«Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz» — Shavkat Mirziyoyev

P.s: Sizda maktab davringizda oʻzingiz bilan bogʻliq qanaqa esda qolarli qiziq voqea roʻy bergan?

@NUU_students
👍28❤7🔥1