O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Domlalarga murojaat: Iltimos, oraliq va yakuniylarda Googledan chiqadigan va qisqaroq savollar beringlar partani tagida yozgancha ancha vaqt ketib qolyapti))

©Uxlatildi

@NUU_students
😁126👍14😢5👏2🤯1
Alam qiladi-da))

@NUU_students
😁40🤔16👍9🤬6🔥2
#qidiruv

🧐 Kecha soat 13:00 lar atrofida Matematika fakultetining 122-xonasidan 100 ming soʻm pul topib olingan.

Egasi quyidagi telegram manziliga murojaat qilishini soʻraymiz. Egasi boʻlmasdan meniki deydiganlardan murojaat qilmasligini tavsiya qilamiz)

Murojaat uchun: @Antiiqaa

@NUU_students
👍20😁7
Darsga ozgina kech qolib kelsang, xonaning quyosh tushib turgan joylari boʻsh boʻlib, qolgan joylarda kursdoshlaring oʻtirgan boʻlsa alam qiladi-da))

@NUU_students
😁75👍17🔥3🤩3👎2🥰1
Baʼzi talabalarning sessiyagacha, sessiyada va sessiyadan keyingi holatlari😅

@NUU_students
😁59👍5😢5👎4
Talabalar shaharchasida shovqin. Bir marta yutganiga shuncha vahima? 😳

@NUU_students
😁69👎12👍6🔥4🤔4
❗️DIQQAT MUHIM E’LON

⚡️Hurmatli talabalar! Zudlik bilan bir talabaning kontrakt toʻloviga moddiy yordam kerak!


Koʻngillilar ixtiyoriy ravishda quyida koʻrsatilgan karta raqamiga koʻngildan chiqarib pul oʻtkazishingiz mumkin. Qancha tashlashingizdan qatʼiy nazar, bu savob!

Iltimos, bir talabaning oʻqishdan chetlashtirilishiga jim qarab turmaylik, imtihonlarga qoʻyilmasdan chiqarib yuborilyotgan ekan. Qoʻlimizdan kelganicha yordam qilaylik.

Karta raqami:
9860 1201 6093 7518

Murojaat uchun:
+998 91 573 07 53
Onasini tel nomeri:
+998 91 077 99 78

✅ Ushbu eʼlonni imkon qadar tarqatishingizni soʻrab qolamiz!

@NUU_students
👍12👎1
“Ijtimoiy odoblar” kitobidan

@NUU_students
👍21❤1
Sessiya haqida she’r

Sessiya. Bir yilda ikki imtihon,
Guruhdoshlarimga qarayman bir bir.
Yoqam tishlangancha beraman savol:
Bizlar...bizlar..bizlar do'st edik axir

Kibor nigoh bilan qaragancha so'ng,
Dilga o'q qadaysiz nechun qadrdon?
Ishoning mana shu so'zimga qasam:
Yordam so'ramayman sizdan hech qachon.

Ertaga o'tadi navbatdagisi,
O'ylasam yuragim titilib borar.
Qo'rqaman, kimlarning niqobi tushib,
Kimlarning vijdoni sotilib borar.

Dahshat. Bir chekkada yig'laydi ko'nglim,
Odamlar odamday boqmas muloym.
E vohki, imtihon shu qadar bo'lsa,
Qiyomating qanday bo'lar Xudoyim?

Yo'q, yashab bo'lmaydi bunday havoda,
Xonani tutadi o'tli bir ovoz:
Mening bahoyimni “bebaholar” ga,
Tengdan bo'lib bering, roziman ustoz!

Shunda yo'qolgaymi orada nifoq?
Shunda qaytgaymikan, o'rtaga mehr?
Shunda ko'rinarmi, bor samimiyat?
Paydo bo'ladimi, so'zlarda sehr?

So'ng, chiqib ketaman, ko'ksimni ushlab,
Aytmayman, qancha dil tig'laganimni.
Bilaman, bilmaysiz o'sha kuni men,
Qiyomatni o'ylab yig'laganimni.


Shohsanam Nishonova

@NUU_students
👍30😢7🔥3
Audio
#musiqa

Konsta — Sintetika

SUBYEKTIV koʻrsatuvining sintetik mahsulotlarga bagʻishlangan sonini koʻrishni tavsiya qilaman.

@NUU_students
👍9🔥5🤔4👎3👏1
Rasman: Sessiyalar haftaligiga start beramiz. Kursdoshlaringiz bilan koʻproq rasmga tushib oling, hali keyingi kursga kimlar oʻtadi, kimlar oʻtolmaydi😅

@NUU_students
😢65👍16😁14👎8🤔3🥰1
Domlalar ham qanaqa bilimimiz borligini bilsa, necha kishi oʻtishini-yu, necha kishi qolishini bizdanda yaxshi bilsa, bergan savollariga javoblarni koʻchirib berishimizni bilsa, unda sessiya nimaga kerak? 😳

@NUU_students
😁63👍13🔥7👎3🤔3👏1🤩1
#xushxabar

⚡️ Oʻzbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti Tuproqshunoslik kafedrasi professori Laziza Gafurova Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi etib saylandi.

Ushbu muvaffaqiyatlari bilan ustozimizni chin dildan muborakbod etamiz, bundanda yuqori choʻqqilarni zabt etishlarida tilakdoshmiz!

@NUU_students
👍67👏11🎉3😁2👎1
#diqqat

❗️Rasman: Maymun chechagi Oʻzbekistonga kirib kelib, tez suratda tarqalmoqda. Buning oqibatida Oʻzbekiston OTMlarida oʻquv jarayonlari onlayn koʻrinishga oʻtkaziladi. Yakuniy nazorat imtihonlari onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Shunaqa sms oʻqisangiz bizga ham yuboring :)

@NUU_students
😁127🤬122👎24😢11👍10👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu sessiya deg‘onlari nechun yilda ikki marotaba boʻlur?

@NUU_students
😁24😢5🤬2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi o‘qishni ko‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi.

Bu haqda bugun bo‘layotgan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi.

Vazirning xabar berishicha, joriy yildan faqatgina 2 ta shart bilan o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi, ya’ni talaba yoki boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsa. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, o‘qishni ko‘chirishda vazir xati talab etiladi.

O‘qishni ko‘chirish o‘rniga akademik mobillikni qo‘llash tatbiq etiladi.

Joriy yilda 150 ming talaba o‘qishni ko‘chirish uchun ariza berishi kutilmoqda. Bu salkam bir yillik kvotalarga teng. Talabalar kirish birmuncha osonroq yo‘nalishlarni tanlab, 2-kursdan talab yuqoriroq yo‘nalishlarga ko‘chirib olishni reja qilmoqda. Endi bunga chek qo‘yiladi.

@NUU_students
🤬39👍36👎5😁4
⚡️«Bu yil magistraturaga mutaxassislik fanlardan imtihon bo‘lmaydi, chet tili sertifikati majburiyligicha qoladi. Kvota to‘lmasa, qishda yana bir marta qabul bo‘ladi» — Abduqodir Toshqulov.

@NUU_students
👎24🤯13👍11🤬7
❗️“Talaba birinchi kursdanoq maqsadini aniq belgilab olishi kerak. Bu yil jami 150 ming talaba o‘qishini ko‘chirishga ariza topshirishi prognoz qilingan edi.

Buning o‘rniga akademik mobillikni qo‘llash mumkin. Masalan, rektorlar o‘zaro kelishib, Surxondaryodagi va Toshkentdagi talabalar almashib, 1-2 semestr o‘qiydi. Lekin diplomni bir joydan olishi kerak.

150 ming talabgor o‘qishini ko‘chirish uchun hujjat topshirishi nima degan gap? Bu – bir yillik kvota degani”, dedi Abduqodir Toshqulov Parlamentdagi nutqida.

@NUU_students
👍28🤬21👎5🤯2