O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Oliy ta’lim muassasalarida «Karera markazlari» tashkil etiladi.

Prezidentning “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

@NUU_students
👍17👎1
Forwarded from Ta'limda Talaba Fikri
#Talaba_fikri

YURAGIMNI OG'RITGAN VOQEA
( O'ylaymanki butun O'zbekiston yoshlarining yuragini og'ritadi.)
Ming shukrki, xalq manfaaatlari, inson qadr-qimmati himoya qilinadigan mamlakatda yashayapmiz. Ming shukrki, u xoh rahbar bolsin xoh imkooniyati cheklangan qiz bolsin Olloh taolo oldida barchasi teng – bandayi ojiz ekanini anglab yetadigan hukumat va aholi orasida yashayapmiz. Shuning uchun ham menga qilinayotgan “Gayrio’zbekona” munosabatni aytishga jur’at etayapman.
Bir oy avval viloyatimiz Yoshlar Ishlari Agentligidan qo'ng'iroq qilib, hujjatlarimni va erishgan yutuqlarim haqida ma’lumotlarimni so'rashdi, agar ma’qul korilsa, poytaxtimizda 30-iyun kuni bo'ladigan yoshlar festivaliga taklif qilinasiz deyishdi. Ochig'i xursand bo'ldim: xayolan yurtboshimiz suhbatlarida bo'ldim, festivalda shaxsan Prezidentimiz huzurida aytish uchun she’r ham yozdim.
Yaqinda Yoshlar festivaliga taklif qilingan tanishlairmga xabar qilishdi. Men viloyatimiz Yoshlar ishlari agentligi xodimlarining bir nechtasidan surishtirsam bari men mas’ul emas deyishdi. Bugun Buxoro viloyati Yoshlar ishlari agentligi rahbari Shavkat Rahmonovga qo'ng'iroq qilib, “Yosh kitobxon” tanlovida ikki marta 2-orin sohibi, yosh ijodkorlar o'rtasida otkazilgan “Duel” tanlovi hamda Zomin seminarida taqdirlanganimniva yaqinda “Mushoira” tanlovida Respublika bosqichiga chiqqanligimni, otgan yili ham Respublikadagi 2-,3-o'rin sovrindorlari taklif qilinganini, men sorasam,: “Xatolik bolibdi, uzr” – deyishganini aytdim. Yana bir narsa, viloyatimizdan "yosh kitobxon"da 1-va 8- o'rin olgan ishtirokchilar taklif qilinibdi.Suhbatdoshimning” “O'zi bor-yo'g'i 20kishi aytilgan” degan gapiga , men 50kishi deb eshitdim , kocha-kuyda emas rahbar bilan gaplashayotganim, ma’daniyatdan yiroq ekanligim eslatildi. Bizning Agentlik rahbari yoshlar festivaliga borishga nomunosib ekanimni ,unaqa joylarga jismoniy nuqsoni bolmagan, sog'ligi to'g'ri keladigan, yurganda o'zini boshqaradigan, sog'lom yoshlarni yuboramiz, u yerda ikki ming kishini orasida mustaqil yura olish kerak, O'zbekiston yoshlariga o'rnak bola olish kerak dedilar. Ikki million soglom yoshlar orasida Respublikada 2-o'rin olgan qiz ikki ming kishilik tadbirda borib o'tirishi uchun sog'ligi – imkoniyati cheklanganligi ularning “mezon”lariga to'g'ri kelmas emish.
Xullas, yagona sabab shu emish. Qoyilmisiz? Bu haqoratmi, kamsitishmi yoki Xudodan ham ustun kelishga urinishmi… har holda men fahmlay olmayapman. Yoki men o'zimga sotib olibmanmi shunday qismatni?! Aybim soglom yoshlar qatori kurashganim, intilganimmi, maqsadim yo'lida chekinmaganim, sutkasiga yigirma soatlab dars qilganimmi . Qaniydi aybim shularda bolsa bu aybimni tuzata olardim, ammo bugun menga tushuntirishlaricha aybim” ko'zlarimning nuri ularnikidan kam ekanligida ekan, rangin dunyoni va gulgun chehralarni kora olmasligimda ekan,
To'satdan hazrat Navoiyning besh asrga tengdosh baytlari esimga tushdi:
Kimki bir ko'ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borki, Kaba vayron bolsa obod aylagay.
Bugun dilim ogridi. Yoq, kamsitishgani uchun emas, vayron “Kaba”larni obod etish u yogda tursin, aksincha, yosh qalblar “Kaba”sini oqqa tutib yakson etayotganlari uchun.
(Bugungi kungacha eng katta maqsadim – O'zbekistonimizga “Nobel” mukofotini olib keltirish va Prezident qolidan “Ozbekiston qahramoni” unvonini olish edi. Bugun esa agar “Nobel” yutadigan bolsam ham taqdirlanishga haqqim yoqmikan deb oylab qoldim Har holda “Nobel yutganim bilan kozim tuzalmagan bo'lardi... Axir qalbimiz ham qadrimiz uchun yiglaydi.
Hamdamova Shamshoda. Buxoro viloyatidan.

Yaqinlaringizga yuboring.

Kanalimiz: @TTfikri
😢74👍19🔥2👎1🥰1
#hazil

— Universitet bizni juda koʻp oʻylaydi, shunchaki biz buni bilmaymiz.
— Masalan, talabalar qiynalmasin deb ATTO karta solgani Talabalik guvohnomasi berishgan! 😁

@NUU_students
😁77👍17👎6👏4❤1
#qabul

⚡️Magistraturaga qabul boshlandi!

2022-yil 1-iyuldan
respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍4👎2
#hazil

— Menimcha universitetda qoʻshimcha avtomaktab ochish kerak. B va BC yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash kerak. 🤔

— Nega? 🧐

— Shunda talabalar universitetni bitirib Rossiyaga ketmay, hech boʻlmaganda taksichilik qilarmidi. 😉

@NUU_students
😁109👍14👎10🤬4🤔2😢1
#qabul2022

Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi.

❕ Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Davlat test markazi

@NUU_students
🤬9👍8👎2
#Qabul2022

Imtiyozga ega abituriyentlar diqqatiga!

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo‘lib, abituriyentda qandaydir imtiyoz mavjud bo‘lsa, bu imtiyoz my.dtm.uz saytida vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi (chet tili sertifikatidan tashqari).

Bunda imtiyozga ega abituriyentlar o‘ziga tegishli imtiyoz ma’lumotlarini my.dtm.uz saytining “Mening imtiyozlarim” bo‘limida ko‘rishi va tekshirishi mumkin.

Agar “Mening imtiyozlarim” bo‘limida abituriyentning imtiyozi chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi lozim.

Shu sababli imtiyozga ega abituriyentlardan o‘z imtiyozlarini tekshirishlarini va imtiyoz mavjud bo‘lmasa, uni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazi

@NUU_students
👍6❤1
#qabul2022

❗️Joriy yil bitiruvchilari diqqatiga!

🏫 Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritishlari lozim.

👨‍🎓 Joriy yil bitiruvchilari esa mazkur ma’lumotni kiritmaydilar. Ularning ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

❕ Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

✅ Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazi

@NUU_students
👍7👎2🤯2
#qabul2022

❗️Maqsadli qabul parametrlari

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti:

👉 Sog‘liqni saqlash sohasi uchun — yuklab olish;
👉 Xalq ta’limi sohasi uchun — yuklab olish;
👉 Veterinariya sohasi uchun — yuklab olish;
👉 Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi uchun — yuklab olish.

Davlat test markazi

@NUU_students
🤬4👍1
Forwarded from Muslim.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Муфтий ҳазрат Қорақалпоқ элига тинчлик-осойишталик сўраб, Каъбаи муаззама олдида дуо қилдилар

Muslim.uz
#Ҳаж2022
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
👍28❤1
❗️Talabalar hayotini aks ettiruvchi jurnal faoliyat boshladi.

📰 Respublikamiz miqyosida aynan talabalar auditoriyasiga mo‘ljallangan davriy bosma nashr — “O‘zbekiston talabasi” jurnalining ilk soni chop etildi.

➡️ Ma’naviy-ma’rifiy, ommabop-uslubiy metodik yo‘nalishdagi mazkur jurnal o‘z sahifalarida talabalar hayoti bilan bog‘liq mavzularni kreativ yondashgan holda keng yoritib borishni maqsad qilgan.

✔️ Shu bois ushbu jurnalni o‘qishni tavsiya etamiz.

📍Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani Matbuotchilar ko‘chasi. Aloqa uchun: +998910777575, +998946870781

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍18🔥3🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Xabaringiz bor 1-iyuldan e'tiboran 2022/2023-o'quv yiliga magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangan.

📹 Ushbu videoqo'llanma orqali magistr.edu.uz platformasida onlayn hujjat yuborish tartibini bilib olishingiz mumkin.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍3🔥1
#abituriyentlarga

❓Abituriyentlarga test savollarini ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);

2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).

✅ Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati boʻlsa va oʻsha fan uchun test sinovidan ozod qilingan boʻlsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi boʻlsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yoʻnalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni boʻyash uchun alohida qoʻshimcha vaqt berilmaydi.

@NUU_students
👍16👎2
❗️Joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga to‘ldirish uchun beriladigan javoblar varaqasi.

@NUU_students
👍10👎5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Menimcha 208-xonadagilar shunday ishlashadi))

@NUU_students
😁117👍12🤬10🔥2
Bugungi juma va arafa kuni barchangizga muborak boʻlsin. Yana bir hayit ayyomiga yetkazganiga shukr.

@NUU_students
🎉42👍20❤10🥰4🔥1
Talabasi fanlardan eng koʻp qarzdor (eng koʻp talaba yiqitgan) fakultetlar TOP-3 taligi bilan tanishing😁

3-o‘rin: Xorijiy filologiya fakulteti
2-o‘rin: Kimyo fakulteti
1-o‘rin: Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti

@NUU_students
🤬58🤯20😁13👍10😢4