O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Xotirjam uyqu

@NUU_students
😁56😢9👍6🤔2🤬2
Kutib tursanglar 1-sentabrgacha ham choʻziladi)

@NUU_students
😁56🔥5👍4🥰1
Nima boʻlganda ham, haqiqatni yashirmaslik kerak)

@NUU_students
😁119👍15👎5👏4🤬4🔥2😱1
❗️Magistratura mutaxassisligiga qabul tugashiga 1 kun qoldi.

31-iyul (o'sha kuni) ham amal qiladi. magistr.edu.uz saytidan ro'yxatdan o'tish tugashiga 1 kun qoldi.

@NUU_students
👍5🔥1🥰1
❗️OʻzMU 2022-2023-oʻquv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish kunlari va joyini e’lon qiladi.

Axborot xizmati

@NUU_students
👏7👍3
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️OʻzMU 2022-2023-oʻquv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish kunlari va joyini e’lon qiladi. Axborot xizmati @NUU_students
❗️Vazirlik xabar berishicha, 1-10-avgust kunlari 46 ta OTMda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtadi.

Imtihon jarayonlarini imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratilibdi.

Shuningdek, korrupsiya holatlariga duch kelgan abituriyentlar uchun @EduAntiCorruptionBot yoki 1006 ishonch raqami ishga tushirildi.

@NUU_students
👍7
❗️Bugun, Hindistonning Chennay shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasining navbatdagi 3-turi boʻlib oʻtadi.

Ushbu musobaqada universitetimiz talabalari Nodirbek Yakubboyev va Nilufar Yakubboyevalar ham ishtirok etishmoqda.

Oʻzbekiston terma jamoasiga bugungi oʻyinda omad tilab qolamiz!

@NUU_students
👍35❤2🤩2👎1👏1
Maylida kimgadir yoqsa - yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik?
Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik?!

Rayhon hidlaringni yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat yig'lamagin: aybim nima - deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan.

Menga bir tabassum hadya et, ey yor !
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
O'zing ayt! Senday qiz yana qayda bor?
Kipriklari uzun kokillaridan.

Iymanib yashama xayol pinjida,
Yoyil yayra jonim o'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida, tuxmatlarga chida,
Sen axir bittasan yorug' olamda.

Men esa oshig'ing - sening eng g'arib,
Tundan so'z qarz olib tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib,
Seni yoningda ham seni kutguvchi.

Ista, tiz cho'kaman hozir oldingda,
Sevdim - sevganimdan uyalmoq nechun?!
Barcha farishtalar sening qalbingda,
Ijarada turgan qizlar men uchun.

Biz baxtli bo'lamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrasharmidik?!

Muhammad Yusuf

@NUU_students
❤66🌚19👍15👏4🤩2👎1
Biringiz Otabek, biringiz Kumush,
Doim yashnab tursin sevgingiz bog‘i.
Haqiqiy muhabbat bilmasin so‘lish,
Ustoz Qodiriyning bu ilk sabog‘i.

Adib yuragida alamlar qat-qat,
Lekin bittasi bor, o‘chmasdir dog‘i:
Jonni tik ozodlik yo‘lida faqat,
Bu esa ustozning so‘nggi sabog‘i.


Abdulla Oripov

@NUU_students
❤38🕊11👍9🔥2👏1
Talabalarning majburiy ishlab berish tartibi bekor bo‘lishi mumkin

2005-2006-o‘quv yilidan boshlab kuchga kirgan davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar uchun mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini bekor qilish masalasi (tibbiyot va pedagogika yoʻnalishlaridan tashqari) koʻrib chiqilmoqda ekan.

@NUU_students
👍40👎17🤩11😁6👏5
Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli 10-avgustda yakunlanadi.

Ikkinchi mutaxassislikka topshirmoqchi bo'lgan talabgorlar o‘z arizasini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

@NUU_students
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegramda gap tarqaldi: Barcha OTMlarda oʻqish 6 yil boʻlarkan...

@NUU_students
😁46🤬21👎4👍1
SEVGI

Yomg‘ir tinmay yog‘di kun bo‘yi,
Yomg‘irli kun kabi ezildi dardim.
Yaydoq ko‘chalarda jim yurgan kuyi,
Sening izlaringni axtardim.

Ufqlarda esa achchiq bir tuman,
Mening ko‘zlarimga quyardi zahar.
Uvishgan qalbimni sokinlik bilan,
Ezar edi bo‘m-bo‘sh bu shahar.

Endi sen tutmassan aslo qo‘limni,
O‘tgan sevgim uchun o‘chmassan aza.
Oh, qanday o‘lim bu sevgi o‘limi,
Unga na qabr bor va na janoza.

Abdulla Oripov

@NUU_students
😢19❤11👍10👏6
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Talabalarning majburiy ishlab berish tartibi bekor bo‘lishi mumkin 2005-2006-o‘quv yilidan boshlab kuchga kirgan davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar uchun mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil ishlab berish majburiyatini bekor qilish masalasi…
Vazirlik ushbu xabarni rad etdi

Shunday ekan, 2005-2006-o‘quv yilidan boshlab kuchga kirgan davlat granti asosida tahsil olgan talabalar uchun mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchida qolgan.

Ya’ni, grantda o‘qiyotgan talaba o‘qishni bitirgandan so‘ng 3 yil davomida davlat uchun ishlab beradi.

@NUU_students
👏15😢13👎5👍4😁2🤬1
Dunyoni toʻxtating tushaman

Insonlar oʻzgardi, zamonmas,
Yetimga, faqirga osonmas.
Tepada yovuzlik, osmonmas,
Xayolda qanotsiz uchaman!
Dunyoni toʻxtating tushaman...

Diyonat qolmadi boyda ham,
Tabiiylik yoʻqoldi soyda ham.
Dogʻlari koʻpaydi oyda ham,
Men yana qanotsiz uchaman!
Dunyoni toʻxtating tushaman...

Otani ursalar bolalar,
Tanasin sotsalar onalar.
Sargʻaydi togʻlarda lolalar,
Xayolda qanotsiz uchaman!
Dunyoni toʻxtating tushaman...

Nimalar boʻlmoqda qizlarga,
Kiyimlar yetmaydi tizzaga.
Hidoyat ato et bizlarga,
Xayolda qanotsiz uchaman!
Dunyoni toʻxtating tushaman...

Maʼnosiz sheʼrlar ham koʻpaydi,
Ori yoʻq erlar ham koʻpaydi.
Uyatsiz dayus ham koʻpaydi,
Men yana xayolda uchaman!
Dunyoni toʻxtating tushaman...

Shoxrux Temirov

@NUU_students
👍19👏11👎1