O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Bugun ham imtihon savollari tarqalmoqda))

@NUU_students
👍5👎4
Matematika (majburiy blok) fanidan 1-smenada tushgan savollar

1. 3.(9)+2.(6)=
2. Nechta 2xonali son 11ga bo'linadi?
3. 4 sutka necha minutga teng?
4. Dilorom so'zidagi harflarni o'rnini almashtirib necha xil so'z tuzish mumkin?
5. Daraxt kesuvchi 2ta darxni kesish uchun 1soat vaqt sarflagan bo'lsa 9ta xuddi shunday daraxtni kesish uchun necha daqiqa ketadi ?
6. Nechta tub raqam mavjud?
7. 1000 dan katta bo'lmagqn 5ga bo'linadigan natural saonlar nechta?
8. Samandarning yoshi 18 da Bekning yosho 13da necha yildan so'ng samandarni yoshi bekning hozirgi yoshidan 2marta katta bo'ladi?

@NUU_students
👍7👎3🔥2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
⚡️ Universitet talabalari oʻrtasidagi 29-xalqaro matematika musobaqasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Jamoa tarkibi: 1. Jahongir Toʻrayev 2. Abdushukur Axadov 3. Jasurbek Imomov, 4. Javohir Iskandarov…
⚡️ Universitet talabalari o‘rtasidagi 29-xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC) bo'lib o'tayotganligi haqida xabar berib o'tgandik. Umumiy natijalar e’lon qilindi.

O'zbekistonlik talabalar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo'lga kiritishdi. Ular

🥇 Jahongir To‘rayev (O'zMU) oltin,
🥈 Jasurbek Imomov (O'zMU) kumush,
🥈 Abdushukur Axadov (O'zMU) kumush,
🥉 Jaxongir Norboyev (O'zMU) bronza,
🥉 Nabixon Nabixonov (O'zMU) bronza,
🥉 Rasul Kushnazarov (UrDU) bronza

Gʻolib boʻlgan talabalarimizni tabriklaymiz!

@NUU_students
👍30🔥8❤2👎1
#lirik_chekinish

MAKTUB

Gʻazallar to‘qirdim senga bir zamon,
Qo‘shiqlar aytardim tunlar boshingda.
Nachora, ushbu kun o‘zga bir inson,
O‘zga bir muhabbat turar qoshingda.

Eshitdim, xazonli bog‘larda tanho
O‘tkazar emishsan sokin paytlarni.
Sarg‘aygan daftaring varaqlab goho
Takrorlar emishsan mahzun baytlarni.

Men ham tonglar ba’zan yo‘lga qarayman
Munavvar quyoshga ko‘ksimni ochib.
Sening xayolingdan madad so‘rayman,
Sening xayolingga boraman qochib.

Lekin qutulmoq yo‘q hijron dastidan,
Faqat qalbimizda bardosh va sabot.
Dunyoda jamiki hislar ustidan
Qahqaha uradi qadim bu hayot.

Nadomat nimaga va afsus nechun?
Olamda neki bor o‘char beshafqat.
Bizning vazifamiz ko‘nikmak beun,
Bizning vazifamiz unutmoq faqat.

Yillar o‘tib ketar takror va takror,
Yoshlik ham o‘tadi benishon, besas.
Lekin o‘sha choq ham xo‘rsinib, bir bor
Sevgandim, nabiram, deya olsak bas...

Abdulla Oripov

@NUU_students
❤13👍4👏3
9-avgust kungi ona tili (majburiy) fanidan imtihon savollari

@NUU_students
👍5👎2🥰1
9-avgust kungi tarix (majburiy) fanidan imtihon savollari

@NUU_students
😁5👍4👏1
❗️Kecha 8-avgust kuni imtihon topshirgan abituriyentlar natijalari, bugun 23:59gа qadar eʼlon qilinadi.

Natijani bilish uchun quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuboring:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

@NUU_students
👍7
⚡️ Nihoyat, birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 8-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

8-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

• @mandatlar_2022_2023_bot
• @mandat_2022_2023_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

@NUU_students
👍7🔥1
SPORT_FAOLIYATI_Dzyudo_09.08.2022.pdf
275.5 KB
⚡️O‘zbekiston Milliy universiteti Sport faoliyati: Dzyudo (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlardagi natijalari

@NUU_students
👍5👎3🤔1🤬1
10-avgust 1-smenada testda ishtirok etgan abituriyentning fikrlari: Biologiya oson tushdi

@NUU_students
👍3
Hurmatli ota-onalar! Qizlaringizni o‘qishga kirolmasang erga bervoramiz deb qo‘rqitmanglar😂

@NUU_students
😁30🤬5😢4👎3👍2
Biologiya fanidan 10-avgust 1-smenada tushgan savollar

1. Shirinmiyaga xos xususiyatlar
2. Fitosenoz va zoosenoz
3.ayirish sistemasi buyrakdan
4. Nerv va gumoralga kiradiganlarni ajrating?
5. Exinokokni asosiy xójayinga va oraliq xójayinga nima orqali yuqishi
6. Dnk dan vodorod bog'ni toping
7. No‘xotning qaysi belgilari bir xil lokuslarda joylashadi?
8. Genetika krosingoverdan
9. Asalari va chivinga xos xususiyatlar
10. Magnoliyasimon va lolasimonlarni ajrating
11. Oddiy gulqórg'on ga ega ósimliklar haqida tóg'ri malumotlarni toping
12. Reabsorbsiyani kuchaytiruvchi va susaytiruvchi gormon va nervlar
13. Shizogoniya ga xos xususiyatlar
14. Aminokislotalar nomi berilgan va shunga mos ravishda son berilgan Grafikda savol:ushbu polipeptitning og'irligini toping deyilgan
15. Mitoz va Meyozdan tushdi

@NUU_students
👍8
Test boʻlayotgan joydan olib chiqishibdi

@NUU_students
😱35👎11😁10👍5🤔1
❗️Bugun ikkinchi mutaxassislik uchun hujjatlar qabul qilishning so'nggi kuni

🔰Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitishga nomzodlardan arizalar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

❗️Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Arizalar bugun 23:59 gacha qabul qilinadi.

@NUU_students
👍1
Oz qoldi Xudo xohlasa))

Mushtum jurnalidan olindi

@NUU_students
😢37😁35👍5👎3🤬3🔥2🥰1
Matematika (majburiy blok) testlarida tushgan savollar

1. 5 ta shar koʻpi bilan nechta nuqtada urinadi?
2. 5 ta aylana koʻpi bilan nechta nuqtada urinadi?
3. 5 ta bir xil shar koʻpi bilan nechta nuqtada urinadi?
4. 5 ta bir xil aylana koʻpi bilan nechta nuqtada urinadi?

Ushbu masalalarni yechish uchun formulalar:

1. n(n-1)/2
2. 3(n-2) n>2
3. 2n-3 n>1
4. 2n-3

@NUU_students
👍7😁2
❗️Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 2022-yil 9-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ 9-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazi

@NUU_students
👍3❤1😁1