O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Magistraturada oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi

🔰Vazirlar Mahkamasi qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

✔️Nizomga koʻra, davlat OTM, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

📝 Bunda:

➡️talabgor 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovlari bundan mustasno) oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

⛔️Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi;

➡️ arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqilib, roʻyxat shakllantiriladi;

➡️ umumlashtirilgan talabgorlar roʻyxati 5 ish kunida toʻlov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (2023-yildan OTMning idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi;

➡️ talabgorlarga toʻlov-kontrakt summasini qoplab berish toʻgʻrisida joriy oʻquv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrugʻi qabul qilinadi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍9🥰2👎1
Profilga)

@NUU_students
👍50👎12👏4🔥1
Oddiy bir yigitning shaxsiy kundaligi.

Kanalda mashhur yozuvchilar asarlaridan iqtiboslar, kechinmalar va qora yumor yozib turiladi!

Kanal:
@men1ng_kundal1g1m
👍13🥰2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Masjidun Nabaviyga kelib, ikki rakat namoz o‘qidi

Davlat rahbari O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

@NUU_students
👍25❤9🔥1
Xalq tanlovi))

Bizni tanlaganingiz uchun tashakkur. Kanalimizga doʻstlaringizni taklif qiling!

Unutmang, @NUU_students — OʻzMU va oliy taʼlim yangiliklarini birinchilardan boʻlib sizlarni xabardor qiluvchi kanal!

@NUU_students
👏41😁16👎8🤔4❤3👍3
#hazil

1-kurslarda uchrab turadigan holat))

@NUU_students
😁144👍14👎4😢4🤬3❤1
#hazil

Oʻqigan bahosini olyapti)

@NUU_students
😁72👍14👏3❤2😢1
#hazil

Hayot beshafqat))

P.s: Gapimni isbotini oliy matematikadan yiqilganlar aytsin, osonmikan aniq fanlar :)

@NUU_students
😁70🤯21👍9😢4❤2👏1
Shunaqa gaplar))

@NUU_students
😁98👍6❤4👎2🤯2🔥1
#hazil

Grandda oʻqish ham osonmas))

@NUU_students
😁80👎6👍4
#lirik_chekinish

Chuvaladi oʻylarim sensiz,
Xayolimga taroq oʻrgayman.
Mening qoʻlim yetmagan yulduz,
Tushlarimda seni koʻrgayman.

Balanddasan togʻlar qoridan
Chaqirasan meni ilgari.
Yolboraman arvoh ortidan
Intiluvchi Hamlet singari.

Mahshargacha, mayliga ketay,
Ketay, mayli, boʻlib ovora.
Seni soʻrab qoʻymasa netay
Yerda qolgan sevgi bechora.

Abdulla Oripov, 1966-yil

@NUU_students
❤14👍12😢3😁2🤔1
Shunaqami?

@NUU_students
😁56👍34🥰2
❗️Mandat 26- yo 27-avgustda e’lon qilinadi — DTM

Bu yil ham abituriyentlar necha ball to‘plaganini test topshirgan kunining ertasiga bilishi mumkin, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy javoblar (mandat) imtihonlar yakunlanganidan keyin 1 hafta ichida e’lon qilinadi.

@NUU_students
😁52👍8👎6🤯2
#Bilasizmi

⚡️Keyingi yildan 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍21👏2🤔2
СПЕШИТЕ УВАЖАЕМЫЕ АБИТУРИЕНТЫ !!!

Прием на 2022/2023 учебный год в Филиал Федерального государственного бюджетного образовательного учреждения высшего образования «Национальный исследовательский университет «МЭИ» в городе Ташкенте ПРОДОЛЖАЕТСЯ!

Срок приема документов на 2022/2023 учебный год продлен и продолжается до 25 августа (включительно), подача документов осуществляется в режиме он-лайн через http://qabul.mpei.uz/

☎️ Call center (консультационный центр) (время работы: 9:00 – 17:00, воскресенье –выходной день)

Telegram (https://t.me/mpeiuz/318)
#lirik_chekinish

— Xayr endi...
Qalbimda bir vido qoldi,
Xayr endi, sen ketding, begunoh ohu.
Bugun sen qaydasan? Qaylarda qolding?!
Bugun bosh ustingda kimning panohi?!
Seni kech topgandim, erta yoʻqotdim,
Qarg‘agin, loyiqman sening qahringga.
Oʻzgalar qalbida qadr uygʻotdim,
Biroq yetolmadim oʻzim qadringga.
O, inson qismati, bunchalar chigal,
Bunchalar xilma-xil foje va aza.
Qismatim, oʻzimman gunohkor bu gal,
Nahot, gunohkorga qoʻshiqdir jazo?!
— Xayr endi...
Qalbimda bir nido qoldi.
Xayr endi, sen ketding, begunoh ohu.
Bugun sen qaydasan? Qaylarda qolding?!
Sen bugun kimlarning mas’um hamrohi?!
Qaysi bir odamning baxtiga yorsan,
Ochildimi senga tole darchasi?!
Bugun sen kimlarning mehriga zorsan
Mening yuragimning majruh parchasi.

Abdulla Oripov, 1965-yil

@NUU_students
👍9❤5😢3
Maqsadni toʻgʻri qoʻyish kerak)

@NUU_students
😁55👍6🔥3❤1