Vatan
Bobomdan merossan menga jon Vatan,
Tuprogʻing, ham loying menga tan, Vatan.
Pinjingdan haydasang meni gar oʻzing,
Tugʻyon toʻla yuragim, goʻyo qon Vatan.
Jaloliddin bobomni tanitgan oʻzing,
Menga zarur erur har aytgan soʻzing.
Misrning eng buyuk ehromlaridan,
Menga yaxshiroqdir dala, qoʻy-qoʻzing.
Buyuk Temur bobomni tanitgan diyor,
Necha asr boʻlsaki mangu oʻchmaysan.
Ulugʻbek yulduzlar sanatgan diyor,
Goʻyo quyosh boʻlib mangu soʻlmaysan.
Islomning gultoji boʻlding Buxoro,
Bagʻringda qancha koʻp donolar oʻsdi.
Jadid maʼrifatin koʻrolmaganlar,
Yoʻlingni doimo shoʻrolar toʻsdi.
Samarqand jannatga teng bir shaharsan.
Nilufar gul ichra ungan gavharsan.
Millating gar oʻzing tanitgan boʻlsa,
Dedilar: sen oʻzing asli zaharsan.
Vatanni sotdilar qancha nomardlar,
Oʻzligin bilmagan aqli noqislar.
Bagʻringda oʻsishdi juda koʻp mardlar,
Ruhin sindirmadi hech bir toʻsiqlar.
Shoʻro hukumatin larzaga soldi,
Islom bobom soʻzlagan buyuk nutqlari.
Dunyo siyosati goʻyo lol qoldi,
Mustaqil deb tanidi dunyo qutblari.
Vatanim sen uchun jon fido,
Tanimda shu oqqan qon fido,
Agar men taʼrifing qilmasam,
Xasta shu tanimni ol Xudo.
Oʻzbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Temirov Shoxrux

👍20👎2🤬2❤1
Oʻzbekiston Milliy universitetida yangi 2022/2023-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori (stipendiyali) qancha boʻladi deb oʻylaysiz?
Anonymous Poll
67%
13-15 mln. so‘m
16%
15-17 mln. so‘m
7%
17-19 mln. so‘m
4%
19-21 mln. so‘m
6%
21 mln. so‘m va undan yuqori
👎45🤬23🤔9👍7❤3
Hurmatli talabalar! Maktab yoki oʻquv markazdan sohaningiz boʻyicha ish soʻraganingizda “Talabalarni ishga olmaymiz” deyishadi. Yoki qaysidir ish e’lonida “Talabalar bezovta qilmang” kabi yozuvlarga duch kelgansiz.
Shunda oʻylanib qoladi, kishi. Mening aybim nima edi? Talabalik aybmi? Yoʻq, aslida siz aybdor emassiz. Hammasiga sizdan oldingi talabalar avlodi aybdor.
Ularning ishga masʼuliyatsiz yondashuvi natijasida ish beruvchilar tasavvurida talabalar yomon otliq boʻlib shakllangan.
Prezident tashabbusi bilan barcha talabalar ish bilan taʼminlashi ilgari surilganda ham koʻplab ish beruvchilar oʻz ishlariga taklif qilishdi. Ammo hammani ham ish bilan taʼminlash imkonsiz.
Talabalar hayotida moliyaviy muammolarning koʻpligi koʻplab talabalarni kelajakka boʻlgan umidini so‘ndirmoqda, ilm olishga boʻlgan motivatsiyasini oʻldirishi hech gap emas.
Nima qilish kerak? Albatta, qorin och qolgan vaqti dars qilish odamni xayoliga ham kelmaydi. Shuning natijasida talabalar oʻzlarini qora mehnatga urishadi. Pulga qiziqib, darsni bir chetga surib qoʻyishadi va natijada toʻrt yil oʻtib, oʻqishni bitirgandan keyin bu talabadan koʻplab holatlarda yaxshi kadr yetishib chiqmaydi.
Ha demay oʻqish ham boshlanadi. Hammaga oʻqish va ishlarida omad tilab qolamiz!
@NUU_students

👍54👏7❤1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Hurmatli talabalar! Maktab yoki oʻquv markazdan sohaningiz boʻyicha ish soʻraganingizda “Talabalarni ishga olmaymiz” deyishadi. Yoki qaysidir ish e’lonida “Talabalar bezovta qilmang” kabi yozuvlarga duch kelgansiz. Shunda oʻylanib qoladi, kishi. Mening aybim…
Ayni vaqtda yoki sentabr oyidan sizga mablagʻ kelib turadiga ishingiz bormi? Iltimos, faqat vijdonan toʻgʻri javobni belgilang!
Anonymous Poll
23%
Ha, ishlayman. Moliyaviy jihatdan oʻzimga yetarli
77%
Yoʻq, ishlamayman. Toshkent shahridagi xarajatlarni qoplash uchun mablagʻ uydan joʻnatiladi
😢45👍4🤔4👏2😁1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Ayni vaqtda yoki sentabr oyidan sizga mablagʻ kelib turadiga ishingiz bormi? Iltimos, faqat vijdonan toʻgʻri javobni belgilang!
Keyingi post talabalarning bir oylik sarf xarajatlari haqida boʻladi))
Oʻqish boshlanishi oldidan hisob-kitob qilib olaylik.
@NUU_students
Oʻqish boshlanishi oldidan hisob-kitob qilib olaylik.
@NUU_students
😁31👍9🔥3👏2😱2👎1
Talabaning bir oylik xarajatlari taxminan shunday boʻladi:
— Turar-joy (kvartira) oʻrtacha 450 ming soʻm
— Ovqatlanish oʻrtacha: 300 ming soʻm (faqat, kvartirada ovqat qilinsa);
— Oʻqishga kelib-ketish yoʻlkirasi oʻrtacha: 2800*25=70 ming soʻm;
— Kursdoshlar bilan oʻtkaziladigan bayram, tugʻilgan kun va hokazo oʻrtacha: 150 ming soʻm;
— Kiyim-kechak oʻrtacha: 250 ming soʻm;
— Telefon raqam uchun paynet: 50 ming soʻm;
— Fan yuzasidan kerakli kitoblar sotib olinsa: 50 ming soʻm;
— Ingliz tili kursiga toʻlov: 400 ming soʻm;
— Kontrakt (stipendiyasiz oʻrtacha 7 mln. soʻm deb olinsa, 10 oyga 700 ming soʻmdan): 700 ming soʻm;
Jami: 2 mln. 420 ming soʻm
Stipendiya qancha edi? Yana boshqa sarf-xarajatlar qoʻshilsa umumiy hisob yana ortadi. Talaba oyiga oʻrtacha 2 mln. 500 ming soʻm ishlab topsa yetadi ekan.
P.s: Hozir izohlarda aqllilar boshlaydi: Uncha ketmaydi, mana buni olib tashlang va hokazo.

😁45👍25😢5👎3🔥2
C guruhi oʻlim guruhi men sizlarga aytsam))
👍23🤔12👎7😁5🤯2🤬2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga koʻra, joriy yilda 1,073 mln abituriyent test sinovlarida qatnashgan. Ularning 550 ming nafari (51,2 foizi) oʻtish ballining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 ballni ham toʻplay olmagan. @NUU_students
😁53😢14🤔5🔥3👎2👍1
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shaklida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
2022/2023-o‘quv yilida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shaklida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 27-avgust soat 9:00 da boshlanadi.
Eslatma: Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga sirtqi taʼlim shaklida ikkinchi oliy taʼlim bo‘yicha o‘qishga kirish uchun suhbat jarayonlari universitetning “Matematika" fakulteti binosida bo‘lib o‘tadi.
Abituriyentlar belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari so‘raladi.

👍24👏2👎1🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ijara shartnomasi qanday tuziladi?” deb soʻraganlar uchun videoda batafsil koʻrsatib oʻtilgan.
Ijara beruvchi bu bilan hech qanday daromad soligʻi toʻlmaydi. ijara.soliq.uz saytiga kirib onlayn shartnoma tuzish mumkin.

👍10👎1
Barcha OTMda qoraqalpogʻistonliklar uchun alohida 6,5 mingta qabul kvotalari qabul kvotalari joriy etiladi
⚡️Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ma'lum qilindi.
🔹Qoraqalpogʻistonda taʼlimni rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:
🔹faqat Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;
🔹Qoraqalpogʻistondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qoʻshimcha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga topshiriq berdi.

👎38👍14👏1
Forwarded from Muxbir Daliev
Шўрпешона авлод!
Янги ўқув йилига ҳам саноқли кунлар қолди. Айниқса олий ўқув юртига ўқишга кирган ёшларнинг қувончи чексиз. Бешта йўналишнинг бирига бошқа вилоятни танлаб, айнан шу институтга кирган болаларни янги муаммолар кутиб турибди. Кимдир Тошкентга, кимдир Фарғонага, яна кимдир эса Самарқандга ўқишга кирган.
Тошкентга ўқишга кирганлар ҳали еттинчи осмонда учиб юришибди. Улар Тошкентга бориб, маклерма-маклер квартира-квартира жой истаб юришганида “ерта тушишади”. Орзулари сароблигини биринчи кунданоқ ҳис қилишади. Нимага дейсизми? Ётоқхона йўқ! "Тухум қўядиган товуқ жой излаганидек", ҳамманинг дарди ётоқхона ёки квартира. Тошкентдаги бир ойлик квартира ижараси пулига арзонроқ машина олса бўлади.
Ётоқхона олишдан кўра субсидияга уй олиш осонроқ. Ёки навбатда туриб GMнинг машинасини олиш осонроқ.
Қани мард бўлиб биронта институт ёки университет қанча талабани ётоқхона билан таъминлай олишини очиқласинчи?
Йўқ! Бу бутунлай махфий маълумот. Ётоқхона бўлиш учун талаба ғирт етим бўлиши керак(қўполлик учун узр, ома). Ётоқхонага ордер берадиган проректор ёки замдекандан от ҳам ҳуркади. Уларнинг номи “Жаноб йўқ!”.
Ётоқхонадан жой бера олмасангиз уйингизга бошлаб кетинг. Ректордан бошлаб то оддий ўқитувчигача. Ҳар бир талабани ўз болангиздек кўринг! Ёки буни сизларга Президент айтсинми? Ташаббускорлигингиз қани?
Сизнинг иссиқ уй-жойингиз бор. Талабаничи? Уни ким ўйлайди? Президент бу ҳақда 2016 йилдан бери айтиб келяпти. Қани, қайси бирингиз нима қилдингиз?
Балки Одил Каландарович биринчи ишни шундан бошлар!? Ҳарқалай ўзлари ҳам ректорликни бошидан ўтказдиларку. Нима бўлса ҳам ҳозирча умидимиз йўқ эмас.
Омалекин унгача, Усмон Азим тили билан айтганда: “Йиғлагин болам-а, йиғлагин...” деб турамиз.
Каналга уланинг: https://t.me/muxbir1
Янги ўқув йилига ҳам саноқли кунлар қолди. Айниқса олий ўқув юртига ўқишга кирган ёшларнинг қувончи чексиз. Бешта йўналишнинг бирига бошқа вилоятни танлаб, айнан шу институтга кирган болаларни янги муаммолар кутиб турибди. Кимдир Тошкентга, кимдир Фарғонага, яна кимдир эса Самарқандга ўқишга кирган.
Тошкентга ўқишга кирганлар ҳали еттинчи осмонда учиб юришибди. Улар Тошкентга бориб, маклерма-маклер квартира-квартира жой истаб юришганида “ерта тушишади”. Орзулари сароблигини биринчи кунданоқ ҳис қилишади. Нимага дейсизми? Ётоқхона йўқ! "Тухум қўядиган товуқ жой излаганидек", ҳамманинг дарди ётоқхона ёки квартира. Тошкентдаги бир ойлик квартира ижараси пулига арзонроқ машина олса бўлади.
Ётоқхона олишдан кўра субсидияга уй олиш осонроқ. Ёки навбатда туриб GMнинг машинасини олиш осонроқ.
Қани мард бўлиб биронта институт ёки университет қанча талабани ётоқхона билан таъминлай олишини очиқласинчи?
Йўқ! Бу бутунлай махфий маълумот. Ётоқхона бўлиш учун талаба ғирт етим бўлиши керак
Ётоқхонадан жой бера олмасангиз уйингизга бошлаб кетинг. Ректордан бошлаб то оддий ўқитувчигача. Ҳар бир талабани ўз болангиздек кўринг! Ёки буни сизларга Президент айтсинми? Ташаббускорлигингиз қани?
Сизнинг иссиқ уй-жойингиз бор. Талабаничи? Уни ким ўйлайди? Президент бу ҳақда 2016 йилдан бери айтиб келяпти. Қани, қайси бирингиз нима қилдингиз?
Балки Одил Каландарович биринчи ишни шундан бошлар!? Ҳарқалай ўзлари ҳам ректорликни бошидан ўтказдиларку. Нима бўлса ҳам ҳозирча умидимиз йўқ эмас.
Омалекин унгача, Усмон Азим тили билан айтганда: “Йиғлагин болам-а, йиғлагин...” деб турамиз.
Каналга уланинг: https://t.me/muxbir1
🔥42👍28🤯3😢3👎1
Koʻpchilik qiziqadigan va hozircha aniq javobi yoʻq savollar:
— Koinotning oxiri mavjudmi yoki cheksizmi?
— Tovuq oldin paydo boʻlganmi yoki tuxummi?
— Mandat qachon chiqadi?

😁89👍10😢1
#Qabul2022 #Natija
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
✅ 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:
my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:
mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
5️⃣ QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Davlat test markazi

👍13👏2❤1🤯1
RASMAN: Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi.
@NUU_students
@NUU_students
👍70🎉23🔥5👏2
2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdori
💾 PDF shaklida yuklash
@NUU_students
💾 PDF shaklida yuklash
@NUU_students
👍21🔥2
❗️Kirish imtihonlarida test topshirib, oʻz natijasidan norozi boʻlganlar uchun apellyatsiya bu nima va qanday tartibda o‘tkaziladi?
27-avgust kuni test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi.
Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 10 kun muddatda o‘z shaxsiy kabineti orqali apellyasiya shikoyatini berishlari mumkin.
U qanday tartibda bo‘lib o‘tadi?
Siz o‘z kabinetingiz orqali ariza berasiz va sizga qaysi vaqtda DTMga (Toshkentga) yetib kelishingiz ko‘rsatiladi.
Apellyatsiya bergandan so‘ng qayta test sinovlari o‘tkaziladimi?
Yo‘q! Apellyatsiyada sizga o‘zingiz yechgan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi beriladi. Agarda savolga yoki bo‘lmasa men to‘g‘ri belgilagan edim, lekin menga ball qo‘shilmagan deb hisoblasangiz, shu fan eksperti oldiga o‘tirasiz hamda o‘zingizni e’tirozingizni ko‘rsatib o‘tasiz.
Agarda, e’tirozingiz haqiqatda o‘rinli bo‘lsa sizga shu savol uchun ball qo‘shiladi. Ekspert esa o‘z o‘rnida sizning ushbu savol bo‘yicha e’tirozingizga to‘liq javob beradi.
Yana bir marotaba qaytarib o‘taman, apellyatsiya qayta test sinovlarini topshiradi degani emas.
Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Radjabov

👍12🤡5👎2