O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.07K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Oʻzbekiston Milliy universiteti rahbariyati tarkibi!

Rektor: Madjidov Inomjon Urishevich
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor: Muxammadiyev Jabbor O‘raqovich
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor: Toshmatov Shuhrat Amonovich
Xalqaro ishlar boʻyicha prorektor: Shirinova Raima Xakimovna
Oʻquv-uslubiy taʼminlash va ta’lim sifatini nazorat qilish boʻyicha prorektor: Musurmanov Ravshan Kurbanmuratovich
Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor: Yodgarov Vali Umirovich

@NUU_students
👍27👌15👎1
1-kursga qabul qilingan talabalardan qabul qilinayotgan hujjatlar:

— Rektor nomiga ariza
— Shahodatnoma yoki diplom (asli)
— Pasport yoki ID karta nusxasi (6 dona)
— 3,5×4,5 oʻlchamdagi 12 dona fotosurat
— Hujjatlar papkasi (ipli)
— 1 dona katta konvert
— Abituriyent ruxsatnomasi
— Talabalikka tavsiya etilgan javoblar varaqasi

@NUU_students
👍29👌5👎2
Bu yil oʻqishga endi kirgan 1-kurs talabalar va ularning ota-onalari har yilgidan koʻproq. Hamma bir dardda: “Yotoqxona olish uchun turishibdi”.

Qanaqadir “city”larni 1-2 yilda qurishadi, yotoqxona esa yillar davomida hal qilinmagan muammo. Har yili qanchadir yotoqxona topshiriladi, lekin talabalar hajmi undan bir necha barobar koʻp boʻladi.

@NUU_students
👍70🤬23😢13💔8🔥6👏1😁1
Turli ezgu oʻy-xayollaru, orzu, maqsadlar bilan Toshkent shahriga oʻqishga kirgan va kelgan yoshlarga ilk va kuchli zarba turar-joy muammosi. Bu muammo yillar davomida bor, sizlardan oldingilar ham bunga duch kelishgan, hammasi oʻtib ketadi, muhimi harakatdan toʻxtamang!

@NUU_students
👍83😢20👏10😁8👎6🤩3
Oldinlari universitetga maktab oʻquvchilari ekskursiya qilishardi. Ertalab ham oʻquvchilar ekskursiyaga kelishganmikan deb oʻyladim, keyin bilsam bular 1-kurslar ekan :)

@NUU_students
😁124🤣92🤬15👍9😱4👎1
Deyarli 40°C issiq boʻldi. Baʼzilar kastyum shim galstukda, essiz 1-kurslik davrlar-a😅

@NUU_students
😁167👎7😢7👍5🤔2
1-kurslar! Bugun OʻzMU bilan tanishdingiz va bir kun vaqtingiz universitetda oʻtdi, balki haliyam oʻtayotgandir. Taassurotlar bilan oʻrtoqlashinglar :)

@NUU_students
😁75🤬25👎11👍9🔥3
Forwarded from Leaders Academy⚡️
LEADERS ACADEMY yangi o'quv yili uchun intensiv HAR KUNLIK IELTS kurslariga qabul boshladi.

Har bir dars davomiyligi: 2-4 soat

Darslarimiz yuqori malaka va tajriba ega ustozlar (IELTS 8.0/TESOL/CEFR C1) tomonidan olib boriladi.

Hoziroq ro'yxatdan o'ting va 10%lik chegirmaga ega bo'ling.

Murojaat uchun:
+998339261101
@leadersacademy_1
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta‘lim — har yili minglab bilimsiz talabalarni yetishtirib, formani bilimdan ustun qoʻygan tizim.

Kelajakda rivojlangan davlat boʻlish-boʻlmasligimiz faqat va faqat ta‘limga bogʻliq.

Toʻliq koʻrsatuvni koʻrish! 👇🏻
https://youtu.be/eGp6VIVzyIk

@NUU_students
👍48👏8😢2👎1
❗️DIQQAT QIDIRILMOQDA

1-rasm: Juda koʻp kishi shu rasmni joʻnatdi. Pasport topib olingan, Beruniy metro oldidan. Taniganlar 979999530, 770072792 ushbu raqamlarga murojaat qiling!

2-rasm: Pasport va attestati bilan birgalikda topib olingan. Aqlli yoʻlak oldidagi oshxona yaqinidan kech soat 18:30 lar atrofida topilgan. Taniganlar 906149727 ushbu raqamga murojaat qiling!

@NUU_students
😱15👌13👍5👏2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

P.s:
Super-kontrakt uchun arizalarni shu saytdan topshirsangiz boʻladi.

@NUU_students
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun.uz: Toshkent yana uysiz talabalar shahriga aylandi.

@NUU_students
😢82👍12🤣8🤬4😱3😁1🤯1
Oʻzbekning bolasi shunga mahkum:

— Qishda qishloqda sovuq uylarda yashashga;

— Oʻqishga kirolmasa, Rossiyaga ketishga;

— Oʻqish boshlanish arafasida qimmat narxda taksida oʻqishga kelishga;

— Toshkentda o‘qigisi kelsa, bir necha kun yotoqxonaga navbatga turishga;

— Yotoqxona ololmasa, kvartira qidirishga;

— Qimmat narxda kvartirada turishga;

— Turli adolatsizliklarga boʻyin egishga;

Va hokazo. Sovet davridagi kamchiliklarni aytib, u davrni yomonlashardi, ammo endi mustaqilmiz...

@NUU_students
😢124🔥29👍27👏11👎3🤬3🤯2
Daryo.uz: Oliy ta’lim vazirligi vakillari “uy bozori”ga borib, 50 ga yaqin talabaga ijara uchun uy topib berdi (foto)

Ushbu tadbirlar talabalar to‘liq turar joy bilan ta’minlangunga qadar doimiy vazirlik nazoratida bo‘ladi, — deyiladi xabarda.

👉 http://dy.uz/hH6jU

@NUU_students
🤣58👍34👏4🤬2👎1😁1
❗️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ijaraga turar joy izlab yurgan barcha talabalar oʻz tyutorlariga murojaat qilishlarini va ular bu masala boʻyicha amaliy yordam berishlarini eslatib oʻtdi.

Oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilganda @manaviyatedubot orqali murojaat qilishilari mumkinligi haqida ham xabar berdi.

@NUU_students
👍29⚡9😁5🔥2👎1
❗️Rasman: super-kontrakt bo‘yicha ayrim tartiblar tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Ya’ni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Abituriyentlar kontrakt.edu.uz saytiga kirib, bemalol ariza qoldirishlari mumkin.

Xushnudbek

@NUU_students
👍18🤔2🤬2❤1
Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan poytaxtimizda talabalarni turar-joy bilan taʼminlash dolzarbligi yanada ortadi. Shuni hisobga olib, Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi “Studentning boshpanasi” loyihasini boshladi. Bu xususda kengash raisi Furqat Mahmudxoʻjayev murojaat bilan chiqdi.

@studentboshpanasi guruhiga oʻtib, oʻz taklifingizni #taklif heshtegi bilan yozib qoldiring. Rasmdagi taklifni qoldirdim :)

@NUU_students
👍16😁14🤔2