O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.07K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Savol: TTJ oylik to’lovi qancha bo’lishi kerak? Bizni OTMda 280ming deyilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov javob berdi:

Talabalar turar joyi oylik to’lovlarini viloyatlarda 200dan, Toshkent shahrida 300mingdan oshirmanglar deb topshiriq berganman. Qaysi OTM 280ming etib belgilaganini aniqlab narxini tushuramiz.

@NUU_students
👍18
❗️Talabalarga ijaraga uy topishlarini yengillashtirish va yordamlashish uchun uybor.uz platformasi yaratilgan.

@NUU_students
👍3
Kechgi taʼlimga TTJ.aac
3.3 MB
❓ Kechgi ta'lim shaklidagi talabalarga nega yotoqxona ajratilmaydi?
❓ Yotoqxonalarga joylashtirish nega 5-sentabrdan boshlanadi, oldinroq boshlashni imkoni yo'qmi?

@NUU_students
👍10👎1
⚡️Shartnoma olish uchun ariza yozdim qachon shartnoma olaman?

Bugungi kunda 95 ming arizadan hozirgi vaqtgacha 51 ming ariza tasdiqlandi. Bosqichma-bosqich arizalar ko'rib chiqilib, tasdiqlanmoqda - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqulov

@NUU_students
👍7👎1
Oliy ta’lim vaziriligi murojaatlar bo‘yicha telefon raqamni e’lon qildi.

Murojaatlar faqat telegram orqali qabul qilinadi, telefon qilish imkoniyati mavjud emas.

Murojaatlar uchun:
📵 +998970362896
📩 @mvsso_minvuz

@NUU_students
👍3
Koʻchadagi tirbandlikla.aac
2.2 MB
❓Talabalar Toshkentga qaytishi bilan ko'chalarda tirbandlik boshlandi. Shu muammoni qanday hal qilish mumkin?

❓Toshkentdagi yetakchi OTMlarni viloyatlarga ko'chirsa bo'lmaydimi?

@NUU_students
👎54👍29
Abduqodir Toshqulov: Talabalar ijara subsidiyasining shartnomasiz shakli joriy etiladi

Ayni vaqtda O‘zbekistondagi OTMlar yotoqxonasida 91 ming talabaga joy bor. Ammo mana shu turar joyga ehtiyojmand talabalar soni 211 ming nafarni tashkil qiladi. Hozirda 30 ming o‘rinli 60 ta talabalar turar-joylarida qurilish, tender, loyiha jarayonlari, shundan 38 tasida qurilish ketmoqda.

👉 https://kun.uz/13496322

@NUU_students
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OTMlardagi 60 ta ta’lim yo’nalishi professional ta’limga tushirildi. Bakalavriatdagi 2 mingta ta’lim yo’nalishi esa bu o’quv yilida yana qisqartiriladi.

“Mana yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda yana muhokamalar bo’ldiki, (eski ma’lumot bilan) O’zbekiston oliy ta’lim tizimida 56 ta fan o’tilishi bo’yicha. Men shu raqamlarga ishonmay hujjatlarni ko’tardim. Qarasam, 24 tadan 32 tagacha fan. Bu 2 barobar kam o’sha internetdagi gaplardan. Statistikani olib o’rganish kerak”, - deydi Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov.

@NUU_students
🤬17👎5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓Joriy o'quv yilida talabalar sonining ko'payishi oldindan kutilganligiga qaramay, nima sababdan turar joy masalasi bo'yicha ertaroq yangi qarorlar qabul qilinmadi?

👉 To'liq videoni ko'rish

@NUU_students
👍18
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Bugungi juma kuni va mening tugʻilgan kunim barchangizga muborak boʻlsin :) @NUU_students
Oʻzim haqimda ikki ogʻiz gapirib oʻtay. Negadir koʻpchilikka men haqimdagi maʼlumot qiziq, negaligini bilmadim))

Men Joʻrayev Oybek 2001-yil 9-sentabr kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tugʻilganman. 2019-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti (oʻsha vaqtda bizning yoʻnalish ushbu fakultet tarkibida edi) Amaliy matematika va informatika (Hozir Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti tarkibida) yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilindim.

Ayni vaqtda ushbu universitetning kunduzgi taʼlim shaklida 4-bosqich talabasiman. Qiziqishlarim intellektual oʻyinlarda ishtirok etish, ijtimoiy tarmoqlarda blog yuritish, dasturlash (ayniqsa Python) bilan shugʻullanish, futbol oʻynash (kuzatib borish, Barcelona) kitob oʻqish va hokazo.

Oʻqishni bitirgandan keyin kanalni kimgadir topshirish haqida hozircha oʻylab koʻrmadim, ehtimol oʻzim davom ettirarman. Lekin keyinchalik ham blog yuritishim aniq. Telegramda hozircha shaxsiy blog yuritmayman. Faqatgina Instagramda shaxsiy akkauntim bor, undan tashqari Twitter va Facebookka ham kirib turaman.

Instagram sahifam: http://instagram.com/_oybek_jorayev_

@NUU_students
👍47👎5😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijarada turadigan talabalarga subsidiya (yordam puli) berish masalasida

Ogʻriqli masalani aytdi vazir: "Shaharlarda uylar kengaydi, lekin odamlarning bagʻri toraydi" - Toshqulov

«Faqat qizlarga uy bor» deydiganlar koʻpaydi deb ham qoʻshimcha qildi vazir

@NUU_students
👍40🤬3👎1
Toshkent shahrida bir haftada yana 10 ming o‘rinli qo‘shimcha yotoq joy yaratiladi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning Yangihayot tumanida yangi bunyod etilgan “Tashkent index” savdo-ishlab chiqarish majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli tadbirkorlar binosini bir hafta muddatda davlat xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar uchun turar joyga aylantirish taklifini berdi.

@NUU_students
👍67🔥4👎2😁2
ANKETA-ARIZA.docx
19.1 KB
Ijara shartnomasi tuzgan talabalar uchun anketa-ariza va universitetga topshiriladigan hujjatlar roʻyxati. Agar siz shartnoma tuzgan boʻlsangiz va hujjatlarni topshirsangiz, sizga ijara pulingizni (kvartira) 50% qismi (300 ming so‘mgacha) toʻlab beriladi.

@NUU_students
👍12
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
ANKETA-ARIZA.docx
❗️Ijara shartnomasi tuzish boʻyicha tushuntirish

Ijara shartnomasi uy egasi va talaba oʻrtasida tuziladi. Bunda uy egasi daromad soligʻi toʻlamaydi. Lekin, koʻplab ijara beruvchilar ijara shartnomasi tuzishdan qochishadi. Aslida bundan ularga hech qanday zarar yoʻq.

Ijara shartnomasini onlayn tuzish uchun ijara.soliq.uz sayti ishlab chiqilgan. Onlayn shartnoma tuzish uchun videoqoʻllanmani oldin ham kanalda eʼlon qilgan edim.

Onlayn tuzishga tushunmagan boʻlsangiz, siz soliq qoʻmitasiga borib ham tuzishingiz mumkin. Bunda uy egasidan uy kadastr hujjatlari va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Pasport yoki ID karta), ijarada turmoqchi boʻlgan talablardan esa talabalik guvohnomasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Pasport yoki ID karta) talab qilinadi. Soliq qoʻmitasi sizning ijarada turgan uyingizga joylashgan tumanning soliq qoʻmitasidir.

Yuqorida aytib oʻtganimdek, juda koʻp ijaraga uy beruvchilar shartnoma tuzishdan bosh tortishadi. Ular ortiqcha ovorgarchilik va soliq toʻlashdan qochishadi. Aslida uy beruvchi hech qanaqa soliq toʻlamaydi. Siz buni batafsil tushuntirishingiz kerak.

Agar siz ijara shartnomasi tuzib, kerakli hujjatlarni topshirsangiz, sizga ijara pulingizni 50% qismi (Maksimal 300 soʻmgacha) toʻlab beriladi.

@NUU_students
👍10
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Ijara shartnomasi tuzish boʻyicha tushuntirish Ijara shartnomasi uy egasi va talaba oʻrtasida tuziladi. Bunda uy egasi daromad soligʻi toʻlamaydi. Lekin, koʻplab ijara beruvchilar ijara shartnomasi tuzishdan qochishadi. Aslida bundan ularga hech qanday…
Kecha boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ijara shartnomasisiz talabalarga turar-joy ijara pulini 50% qismini hech bir hujjatlarsiz ham toʻlab berilishi mumkinligini aytib oʻtdi.

Bunda bir guruhdagi 60% talabaning ijara puli hech bir hujjatlarsiz toʻlab beriladi. Oʻsha 60% talabani oʻsha guruhning oʻzi hal qiladi. Yaʼni bundan talabalar oʻz sharoitlarini oʻzlari yaxshi bilishadi demoqchi boʻlishdi.

Ushbu tartib ham tezroq ishga tushsa yaxshi boʻlardi. Chunki uy egalarining katta qismi ijara shartnomasi tuzishmaydi.

@NUU_students
👍27
❗️Super-kontrakt boʻyicha ba'zi maʼlumotlar

Xabaringiz bor, super-kontrakt uchun arizalar kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda. Siz saytda oʻz maʼlumotlaringizni kiritishingiz bilan sizga qancha toʻlashingiz haqida maʼlumot chiqarib beriladi.

Kechagi matbuot anjumanida vazir ham arizalarning koʻrib chiqilayotgani haqida aytib oʻtdi. Arizalar koʻrib chiqilmoqda. Ayrimlarga shartnoma chiqdi, ayrimlarga esa yoʻq. Sizda chiqmagan boʻlsa, kuting. Chiqib qoladi.

❓Shartnomasi chiqqanlar toʻlov qilib, oʻqishga borsa boʻladimi? Qancha toʻlov qilish kerak?

✅ Boʻladi, shartnomasi tayyor boʻlganlar toʻlovni amalga oshirib, oʻqishga borishsa boʻladi. Qancha toʻlov qilsangiz (qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi😅) oʻzingizga yaxshi. Chunki baribir shu pulni toʻlaysiz.

@NUU_students
👍10💯2
❗️Siz oʻqishga toʻlov-kontraktga kirdingiz, ammo toʻlashga moddiy imkoniyatingiz yoʻq. Nima qilsa boʻladi?

Bunda sizga taʼlim kredit olish tavsiya qilinadi. Taʼlim krediti olish tartibini oldin eʼlon qilgandim. Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bundan tashqari xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim krediti ajratish yoʻlga qoʻyilgan.

Taʼlim krediti ajratadigan banklar va ularga masʼul shaxslar, shuningdek, tartibi bilan ushbu post orqali tanishib chiqing.

@NUU_students
💯10👍6👎1
❗️Toʻlov-kontrakt tuzishda ikki tomonlama va uch tomonlama shartnomalarning farqi nimada?

• Ikki tomonlama shartnomada, shartnoma talaba va universitet oʻrtasida tuziladi. Yaʼni, talaba oʻzining yonidan toʻlamoqchi boʻlsa, ikki tomonlama shartnomani tanlashi kerak.

• Uch tomonlama shartnomada, shartnoma talaba, universitet va biror tashkilot (oʻzi yoki ota-onasi ish joyi) oʻrtasida tuziladi. Bu, talaba yoki uning ota-onasi oylik maoshidan toʻlashi qulay boʻlishi uchun ishlab chiqilgan.

@NUU_students
👍12