💠Talaba ishlashi mumkinmi?
✅ Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
☝️O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqidagi 9-buyrug‘i (afsuslar bo‘lsinkim, ushbu hujjat rus tilida)ning 50-bandida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkinligi belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, talaba bemalol ishlashi mumkin. Faqat ta’limdan bo‘sh vaqtida.
@NUU_students

👍14👏3
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
💠Talaba ishlashi mumkinmi? ✅ Ha, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha bunga hech qanday cheklov yo‘q. Ya’ni Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga…
❗️Talabalar nechanchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?
Batafsil: https://telegra.ph/Talaba-10-soatdan-ortiq-dars-berishi-mumkin-emasmi-08-24
@NUU_students
Batafsil: https://telegra.ph/Talaba-10-soatdan-ortiq-dars-berishi-mumkin-emasmi-08-24
@NUU_students
Telegraph
Talabalar maktabda necha soatgacha dars berishga haqli?
Ko‘p holatlarda talaba-o‘qituvchilarga 10 soatdan ortiq dars berib bo‘lmasligi haqidagi masala muammolardan biri sanaladi. Talabalar ham o‘rindosh emas asosiy xodim sifatida ishga qabul qilinishi va dars berilishi mumkin (talaba boshqa asosiy ish joyiga ega…
👍7👎1
❗️ Talabalar 20-dekabrdan boshlab qishki taʼtilga chiqishi mumkin !
✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ha koʻra, dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

👏78🤩17👍9👎9😍9🌚5
❗️Ekstremistik va terroristik axborot resurslari
📂 Bilib qo‘ying!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019-yil 12-martdagi qaroriga ko‘ra, internet jahon axborot tarmog‘ining “najot.info” va “hizb-uzbekiston.info” veb-saytlari hamda “Facebook”, “Youtube” va “Telegram” axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi nomlardagi profil, kanal va sahifalari ekstremistik va terroristik, deb topilgan:
➖ “Abu Saloh darsliklari”
➖ “Jannat oshiqlari”
➖ “Shom ovozi”
➖ “Tavhid va jihod”
➖ “Islam Abu Khalil”
➖ “Polvon Novqatlik”
➖ “Soxib Maxmudov”
➖ “Farruxbek Abdullayev”
➖ “Mamaraximov Abduraxim Mirkomilovich”
➖ “Muxojir Polvon”
➖ “Abu Aisha”
➖ “Turkiston”
➖ “Xurriyat info”
➖ “Najot”
➖ “al-Va’y”
➖ “Roya”
➖ “Usulul fiqh”
➖ “Mustalahul hadis”
➖ “Darslardan qisqa lavhalar”
➖ “Fiqh ahkomlari”
➖ “Tavhid darsi”
➖ “Qiyomatdan avvalgi fitnalar”
➖ “Savol va javoblar”
➖ “Foida Mp3”
➖ “Foida va qoidalar”
➖ “Tafsir darslari”
➖ “Talbisu iblis darslari”
➖ “Islomni buzuvchi amallar darslari”
➖ “Nomoz va benomozga taluqli masalalar”
➖ “Ayollar darslari silsilasi”
➖ “Aqiyda darslari”
➖ “Silsilaviy darslar va ma’ruzalar”
➖ “Muhim darslar”
➖ “Aqiydatul vositiya”
➖ “Mustalahul hadis”
➖ “Alfatx”
➖ “Talabalar uchun darslar”
➖ “AL’-FATH TV”
➖ “DA’VAT UZ”
➖ “HIDOYAT TV”
☝️Yodda tuting: ushbu axborot resurslaridagi axborotlarni saqlash, tarqatish javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Shu bois, internetdan foydalanganda xushyor bo‘ling! Ayniqsa, ota-onalar va kattalar farzandlaringizni, o‘spirin yoshlarni telefonda qanday axborot resurslaridan foydalanishayotganligini nazorat qilib boring.
Rasul Kusherbayev

👍24🤔2🥰1
❗️Endilik diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi.
☝️Diplomi shikastlangan yoki yo‘qolgan yurtdoshlarimiz uning dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishi va hujjatni istalgan manzilda osongina qabul qilib olishi mumkin.
Ya’ni, xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kurerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.

👍5
❗️Diqqat: O‘zbekistonda qor yog‘ib, 5 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi mintaqalaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi.
Respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati +5 darajagacha pasayadi.

😱23👏17🤩10👍5
⚡️“O‘zMU malikasi” koʻrik tanlovida Ekologiya fakulteti talabasi Kamiljanova Shaxrizoda Akbarovna gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Tabriklaymiz!
@NUU_students
@NUU_students
👍71❤19🤣12🤬8👏4🥰3😁3🤯3🎉2
❗️Qimmatga tushgan hazil: Sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz hibsga olindi
22-oktabr kuni “O‘zbekiston” metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 2003-yilda tug‘ilgan qiz avtomatik o‘tkazish punktining birinchi vestibyulida o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi tomonidan to‘xtatilgan.
Xodim N.S.dan uning sumkani ko‘rishni so‘raganida, u sumkasida bomba borligini aytgan. Ko‘rsatmalarga ko‘ra, MXTB xodimlari zudlik bilan yaqin atrofdagi hududni o‘rab olgan va voqea haqida navbatchilik bo‘limiga xabar bergan. Shundan so‘ng voqea joyiga IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi guruhi yetib kelgan.
Qizning sumkasini ko‘zdan kechirish chog‘ida undan portlovchi moslama topilmagan. U vaqtincha hibsga olingan. Xodimlar qizdan nima uchun sumkasida bomba bor deb aytganini so‘raganida, N.S. kayfiyati yaxshi bo‘lgani uchun shu tarzda hazil qilganini bildirgan.

🤣220😁21👍13🍌8🤬6🤡5🐳4👎3❤🔥2🌭1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
⚡️“O‘zMU malikasi” koʻrik tanlovida Ekologiya fakulteti talabasi Kamiljanova Shaxrizoda Akbarovna gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Tabriklaymiz! @NUU_students
#hazil
— “O‘zMU malikasi” koʻrik tanlovi oʻtkazilibdi, yigitlar uchun ham “O‘zMU qiroli” yoki “O‘zMU shahzodasi” oʻtkaziladimi?
— Yoʻq.
— Nega?
— Chunki kim boʻlishi aniq.
— Kim ekan?
— Hozir uning postini oʻqib turibsan😎

🤣123🍌30👎20👍12🤯4😁2😱2🥴2❤1❤🔥1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
⚡️“O‘zMU malikasi” koʻrik tanlovida Ekologiya fakulteti talabasi Kamiljanova Shaxrizoda Akbarovna gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Tabriklaymiz! @NUU_students
⚡️“O‘zMU malikasi” koʻrik tanlovida gʻolib boʻlgan talaba-qizlar:
1-o’rin: Ekologiya fakulteti talabasi Kamiljanova Shaxrizoda Akbarovna;
2-o’rin: Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Babajonova Shodiya Aybek qizi;
3-o’rin: Fizika fakulteti talabasi Xalimova Zamira Elbobo qizi.
💐 Tadbir soʻngida barcha ishtirokchi talaba-qizlar Universitet rahbariyati tomonidan estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

👍50👏15❤5😁5🌭3🏆3👎1
❗️Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?
❓Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktda o’qib, 2 yillik “trudovoy”imga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.
✅ Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.
Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davringiz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.

👍16🤔2👎1
#lirik_chekinish
Yo‘q, biz sevishmadik,
Dardlashdik, xolos…
Dardlashish – sevishish degani emas.
Axir o‘ylab ko‘rgin, azim Toshkanga
O‘qigani keldik, sevgani emas.
©️Xurshid Abdurashid, "Faqat u qoldi" she'riy to‘plamidan.

😁50👍22🔥6🤣6👎5👏4💔4🤔3❤2🤩2🐳2
❗️“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi!
Hukumatning “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur mukofot bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi.
Koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. Shuningdek, mukofotlangan shaxslarga BHMning toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

👍16👎5
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Qimmatga tushgan hazil: Sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz hibsga olindi 22-oktabr kuni “O‘zbekiston” metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 2003-yilda tug‘ilgan qiz avtomatik o‘tkazish punktining birinchi vestibyulida o‘z xizmat vazifalarini…
❗️Sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan 19 yoshli qiz 5 sutkaga qamaldi. U 300 ming so'm jarimaga ham tortildi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga ham boʻlar-bo‘lmas hazil qilish yaxshimas. Ular kuni bilan tik oyoqda turib ishlashadi, bu ham osonmas. Harqalay minglab odamlarning xavfsizligini taʼminlash yoʻlida xizmat qilishyapti, bu mehnatni qadrlash zarur.

👍67🥱23😁9😱9🥴9👎4🍌4🍓4❤🔥1🔥1🌚1
❗️Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi — yoshlar uchun imkoniyat!
2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha «One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchilari») loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan «One Million Arab Coders» loyihaning analogi hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz/ onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.
Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. 6 mln. 750 ming so‘mni 24 oyda to‘lansa, bir oyga 281 250 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.
Bundan tashqari, mazkur tizim ham elektronlashtirilgan. «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach, iste’mol krediti kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishingiz va o‘zingiz ham kuzatib borishingiz mumkin.
Juda ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishardi. Mana yoshlarga imkoniyat, ham dasturlashni bepul o‘rganish mumkin, ham noutbuk xarid qilish mumkin. Imkoniyatdan foydalanish esa doimgidek o‘zingizning qo‘lingizda!

👍9👏2
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №5: “Talabaga madad”
“Talabaga madad” loyihasida mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (hozirda 15 mln so‘m) miqdordagi qismi to‘lab beriladi.
Bu imkoniyat O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat, xorijiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun amal qiladi.
Bugungacha mazkur tizimi orqali 30 mingdan ortiq talabalarning kontrakti to‘lab berildi. Juda koʻplab bilimli, iqtidorli talabalarda kontrakt pullarini toʻlashda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Bu loyiha orqali esa barchaga birdek yordam berishga harakat qilamiz, ammo maqsadimiz iloji boricha eng ogʻir moliyaviy vaziyatdagi iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashdir.
“Yoshlar daftari”ga kirish uchun ortiqcha ovora bo‘lib yurish shart emas. Tizim raqamlashgan bo‘lib, https://yoshlardaftari.uz/ platformasi orqali onlayn ariza yuborishingiz yoki 24/7 faoliyat ko‘rsatadigan 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

👍8
❗️Ertaga, yaʼni 27-oktabr kuni soat 15:00 da Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti 124-xonada Najot taʼlim oʻquv markazi jamoasi tomonidan dizayn, dasturlash va marketing sohalari boʻyicha ochiq dars tashkil qilinmoqda.
Ushbu sohalarga qiziquvchi barcha talaba-yoshlarni ochiq darsga taklif qilamiz. Ehtimol, bu ochiq dars hayotingizni tubdan oʻzgartirib yuborar.
📞 +998788889888

👍24👎3
#hazil
Qizlar! Agar yoʻlda ketayotganingizda birorta yigit ortingizdan kuzatib kelayotgan tuyulsa, bu uning siz bilan yoʻli bir ekanligini anglatadi. Sizga ushbu holatda: “Bu yigit meni kuzatib kelyapti. Hozir gap otadi, keyin telefon raqamimni oladi. Soʻng manzilimni topib sovchi joʻnatadi🥳” kabi xayollar surmaslikni tavsiya qilamiz :)

🤣203😁33🤬18🤨11🍌9😐9👎8👍6🤩3⚡2🤯1
❓Bugungi kunda doktorantlar uchun stipendiya miqdori qancha?
✅ Javob: 2021-yil 1-sentabrdan:
Doktorantlar uchun: 5 647 140 so‘m;
Tayanch doktorantlar uchun: 4 419 894 so‘m;
Stajor tadqiqotchilar uchun: 3 912 720 so‘m.

😱27👍6🔥6🤩6🤔1