O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.07K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
🤣157😁30🤬13👍4👎3🔥2🤔2👏1
❗️Daryo.uz: “Rektor va prorektorlar dars berishi kerak” – Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov universitetda 0,5 stavka o‘qituvchilik qilayotganini aytdi (video)

“Vazirlikka ishga olish uchun 4-5 nafar talabani ko‘z ostimga olib qo‘ydim” – deydi vazir .

Batafsil — http://dy.uz/rY1TD

@NUU_students
🤣53👍24👎1
Ushbu airpods Matematika fakulteti 302-xonadan bugun topib olingan. Topib olganlarning aytishicha, yoqib koʻrishganda Dilafruz deb chiqyapti ekan.

@NUU_students
🤣93👍16😁14
Darsda

Ustoz: Quyoshning massasi 1,990*10³⁰ kg ga teng.

Oʻta aqlli kursdoshing: Quyoshning massasini qanaqa tarozida oʻlchashgan ekan🤔

@NUU_students
🤣114😁13👍1🔥1😢1
— Qizim sendan iltimos to‘y kuni otangni ham meni ham qiynab yig‘lama chunki qiz uzatish qiyin seni qancha avaylab asrab o‘stirganmiz bizni xafa bo‘lmasin desang umuman yig‘lama.
— O‘zi yig‘lash niyatim yo‘q ona.
— Nimaga qizim?
— Nega men yig‘lay, meni kelin qilayotganlar yig‘lasin.

@NUU_students
🤣228🥴21😁15👍11🤯4🤬3👎2😐2💯1
❗️O‘zbekiston Milliy universiteti Osiyo davlatlari ichida 351-400 natija bilan Eng kuchli TOP-500 universitetlar qatoridan joy oldi.

@NUU_students
👍134🎉24👎14🤬11😁10🔥3👏3❤2🏆2🤩1🤨1
#lirik_chekinish

MAKTUB

Gʻazallar to‘qirdim senga bir zamon,
Qo‘shiqlar aytardim tunlar boshingda.
Nachora, ushbu kun o‘zga bir inson,
O‘zga bir muhabbat turar qoshingda.

Eshitdim, xazonli bog‘larda tanho
O‘tkazar emishsan sokin paytlarni.
Sarg‘aygan daftaring varaqlab goho
Takrorlar emishsan mahzun baytlarni.

Men ham tonglar ba’zan yo‘lga qarayman
Munavvar quyoshga ko‘ksimni ochib.
Sening xayolingdan madad so‘rayman,
Sening xayolingga boraman qochib.

Lekin qutulmoq yo‘q hijron dastidan,
Faqat qalbimizda bardosh va sabot.
Dunyoda jamiki hislar ustidan
Qahqaha uradi qadim bu hayot.

Nadomat nimaga va afsus nechun?
Olamda neki bor o‘char beshafqat.
Bizning vazifamiz ko‘nikmak beun,
Bizning vazifamiz unutmoq faqat.

Yillar o‘tib ketar takror va takror,
Yoshlik ham o‘tadi benishon, besas.
Lekin o‘sha choq ham xo‘rsinib, bir bor
Sevgandim, nabiram, deya olsak bas...

Abdulla Oripov

@NUU_students
👍30❤9😢4🐳4🔥1🥰1🍓1
#E'lon

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi boʻyicha tanlov eʻlon qiladi

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad - oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik kadrlar zaxirasiga kiritish.

Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida stajirovka o‘taydi, stajirovkani namunali yakunlagan yosh mutaxassislar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Talabgorlardan hujjatlar @yosh_mutaxassislarni_tanlash_bot orqali joril yil 9-noyabrdan 19-noyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

➡️ Batafsil ma’lumot ushbu dasturda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍7👏4⚡1👌1
❗️Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham istisno tariqasida oʻqishini koʻchirishi mumkin

Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining oʻzbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois”ularning ham oʻqishini Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirishda amaliy yordam soʻragan.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ham oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.

@NUU_students
👍12🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi Media jamoasi tomonidan Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazilibdi. Talabalarning javoblarini ushbu video orqali yoki quyidagi You Tube kanali orqali koʻrishingiz mumkin.

🎞 Videoni YouTube orqali ko'rish

@NUU_students
👍16👎8🤬1
Forwarded from DREAM LANGUAGE LC
🤔IELTS dan yuqori ball kerakmi ?
✅ Unda Dream Languagening top ustozlaridan biri Mr. Dovuddan ingliz tili kurslarini o'rganishga shoshiling.

😎 IELST 8.5 natijasiga ega Mr. Dovud sizga ingliz tilini o'rgatish bilan bir qatorda IELTSdan qanday qilib yuqori ball olish sirlarini ham o'rgatib boradi.

🤑 Kurs narxlarimiz poytaxtdagi kvartiralar narxi kabi keskin oshgani yo'q. Bizda doimgidek talabalar uchun chegirmalar mavjud.
🏃‍♂️ Shunday ekan bugunoq yangi tashkil qilinayotgan guruhlarga ro'yxatdan o'ting!

📩 @dream_language_admin
📞 +998954780606 (09:00 - 20:00)
📲 +998991940606 (24/7)
📍 O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi Ⓜ️ Beruniy Metro
🔗 @dream_language
👍6👏2👎1
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍14👏4🤡1
🏬 TAJRIBALI XODIM KERAK

🏬 O'quv markaz: "Super study
📗 Fan(lar):
🛑Ingliz tili👉 * IELTS 8 yoki 7,5
         ‼️uģil bola yoki erkak kishi qidirilmoqda
       📌Yoshi 20dan yuqori, óz tajribasiga   ega, 2-3 yil kamida. Rus tilini bilishi afzallik hisoblanadi
     📌 Suhbat davomida kelishiladi
🛑Second teacher👉* IELTSminumum 6 -6,5dan yuqori.
     📌Ish vaqti 10 dan 6 gacha
🛑matematika :
O'zini kuchli tajribasiga ega ,oldin ishlagan, ma'suliyatli , o'ziga ishongan, shijoatli bulishi kerak.
⌚️Ish vaqti : suhbat davomida
☎️ Aloqa: +998900988843
+998998979007
Ⓜ️ Manzil: Toshkent viloyati, Quyliq 5 massiv, Imzo showroom, 2-etaj
✍️ Mas'ul: Menejer
🕰 Ish vaqti:
⏰ Murojaat vaqti: 24 soat
💰 Maosh: Suhbat davomida kelishiladi
📜 Qo'shimcha ma'lumotlar:
Boshqa yerda ishlamaydigan bo'lishi kerak, uzimiz to'liq guruhlar tashkil qilib beramiz.
👍6👎5❤1
❗️11-noyabr — Oʻzbekistonda “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilindi.

@NUU_students
🔥26👍15😁9🤯7❤3👏3👎2
Oʻzbekistonnni alishmasman bashqa jahonga,
Oʻzbekiston tengdir Oʻzbekistonga

@NUU_students
🤣63😢27😁22👍10👏7🤔3🕊2👎1🥱1
❓Kontraktning qancha qismini kim qachongacha to‘lashi kerak?

Yaqinda ayrim toifa talabalar uchun to‘lov-kontrakt to‘lash muddati 10-dekabrgacha uzaytirilgani ma’lum qilindi. Shu xabardan so‘ng, “bu kimlar uchun” degan savollar ko‘paydi.

Quyidagi ma’lumotdan barchasi tushunarli bo‘ladi degan umiddaman:

✅ 1-kurs talabalari (bakalavr va magistr):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

✅ 1-kursda super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar:

— super-kontraktning 50% ini 10 dekabrgacha to‘lashi kerak;

✅ Davlat OTMga o‘qishini tiklagan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

✅ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishini ko‘chirgan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 25%ini 10 dekabrgacha, 50% ini 31 dekabrgacha to‘lashi kerak;

✅ Xorijiy (filiallar) va nodavlat OTMlardan davlat OTMga o‘qishini ko‘chirgan talabalar (nechanchi kursligidan qat’i nazar):

— kontraktning 50% ini 10 dekabrgacha to‘lashi kerak;

✅ 2, 3, 4 va undan yuqori kurs talabalari:

— kontraktning 25% ini 1-oktabrgacha, 50% ini 31-dekabrgacha to‘lashi kerak edi. Yuqori kurs talabalariga kontrakt to‘lash muddatini uzaytirishni OTM rektorining (filial direktori) o‘zi hal qiladi. Shu sababli turli OTMlarda muddat turlicha bo‘lishi mumkin.

@NUU_students
👍18👌5❤1👏1
Biologiya fakulteti 3-kurs talabasi Boborahimov Otabek “Shifokorlar kuni” uchun ijodiy ishi

@NUU_students
👍53🔥16👏16😁6👎2🤔2❤1
⚡️“Bilimdon talaba” onlayn olimpiadasiga start berildi

17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni
munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi talaba-yoshlar o‘rtasida “Bilimdon talaba” onlayn olimpiadasiga start berdi.

Bunda @uzaqlbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, unda taqdim etiladigan 50 ta savolni 1 soat vaqt ichida ishlash talab etiladi.

Olimpiada 13-noyabr kuni soat 20:00 da yakunlanadi va g‘oliblar e’lon qilinadi. Eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar talaba 1 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bilimlar va mantiqni ishga soling, albatta, ishtirok eting: 👉 @uzaqlbot

@NUU_students
👍10