O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Xalqaro reytinglarga kirgan OTMni tugatgan yosh kadrlarga 12 mln. so‘mgacha, ilmiy daraja olganlarga esa 22,5 mln so‘mgacha ustama beriladi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova AOKAda o‘tkazilgan brifingda ana shu haqda ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, xalqaro reytinglarga kirgan xorijiy OTMlarni tamomlagan yosh mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorida ustama to‘lanadi

➖Reytingda 1-100-o‘rin: bakalavr — BHMning 30 barobari (9 mln. so‘m), magistratura — 40 barobari, (12 mln. so‘m), ilmiy daraja uchun — 75 barobari (22,5 mln. so‘m).

➖Reytingda 101-300-o‘rin: bakalavr — 20 barobari (6 mln. so‘m), magistratura 30 barobari (9 mln. so‘m), ilmiy daraja uchun — 60 barobari miqdorda (18 mln. so‘m).

➖Reytingda 301-500-o‘rin: bakalavr — 15 barobari (4,5 mln. so‘m), magistratura — 20 barobari (6 mln. so‘m) va ilmiy daraja uchun — 50 barobari miqdorida (15 mln. so‘m) ustama beriladi.

Batafsil

@NUU_students
👍37🤣13🤩1
❗️2023-2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Preizdent qarori

@NUU_students
👍81🔥16👏5👎3😁2🤯2🤔1
😅 Hurmatli talabalar eshiting: ​​​​​​​Talaba kim?

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...

@NUU_students
🤣118👍39😁5👎3👏2🫡2❤1🤯1
Cheksiz davom etuvchi mayin yomgʻir tovushi baʼzida manaman degan kuylardan ham yoqimliroq tuyuladi. Eshiting va zavqlaning.

Sayt manzili: rainymood.com

@NUU_students
❤45👍15🥰11👎1
​❗️Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi — yoshlar uchun imkoniyat!

2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha «One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchilari») loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan «One Million Arab Coders» loyihaning analogi hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz/ onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. 6 mln. 750 ming so‘mni 24 oyda to‘lansa, bir oyga 281 250 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, mazkur tizim ham elektronlashtirilgan. «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach, iste’mol krediti kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishingiz va o‘zingiz ham kuzatib borishingiz mumkin.

Juda ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishardi. Mana yoshlarga imkoniyat, ham dasturlashni bepul o‘rganish mumkin, ham noutbuk xarid qilish mumkin. Imkoniyatdan foydalanish esa doimgidek o‘zingizning qo‘lingizda!

@NUU_students
👍9🔥5
Forwarded from Edu.uz
⚡️Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar Qrim va Sevastopol hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI bo‘yicha barcha talabalar o‘qishini O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etildi.

Shu bois, ariza topshirgan talabalar o‘zlari belgilagan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’uliga uchrashishlari so‘raladi.

Yaqin kunlarda qo‘shma ta’lim dasturlaridan tashqari ariza topshirganlarning navbatdagi ro‘yxati e’lon qilinadi.
✍️✍️✍️

Вниманию заявителей на совместные образовательные программы из 8 регионов, граничащих с Украиной!

Разрешено перевести обучение всем студентам из высших учебных заведений Курской, Брянской, Белгородской, Воронежской, Ростовской, Краснодарской, Крымской и Севастопольской областей в государственные высшие образовательные учреждения Узбекистана по СОВМЕСТНЫМ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМ ПРОГРАММАМ.

Министерство высшего образования, науки и инноваций просит студентов, подавшим заявки обратиться к ответственным за перевод на обучение лицам в выбранном ими высшем учебном заведении.

В ближайшие дни будет опубликован очередной список заявителей вне совместных образовательных программ.
✍️✍️✍️

To the attention of applicants for joint educational programs from 8 regions bordering Ukraine!

It is allowed to transfer all students from higher educational institutions of Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronezh, Rostov, Krasnodar, Crimean and Sevastopol regions to state higher educational institutions of Uzbekistan under JOINT EDUCATIONAL PROGRAMS.

Therefore, students who have applied to meet with the person responsible for transferring to study at the higher education institution of their choice.

In the coming days, the next list of applicants who have applied outside of joint educational programs will be published.

@eduuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
❗️25 imtiyozdan xabardormisiz?

Yoshlarga professional va oliy ta'lim tashkilotlarida o'qish uchun shartnoma pullarining bir qismi qay tartibda to'lab beriladi?

👉 Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/25-imtiyozdan-xabardormisiz-7-imtiyoz

@NUU_students
👍20
DEMANG, SHOIR TINIB KETDI

Demang, shoir tinib ketdi,
Siyosatga inib ketdi.

Va yo aytmangki, mo‘rt toldek
Shamollarda sinib ketdi.

Siz, ey lutf bahrida g‘avvos,
U sizni sog‘inib ketdi.

Demang, shoir jimib ketdi,
Gʻazal yozmay tinib ketdi.

Tinib ketsa, bilingizki,
Yog‘och otga minib ketdi.

✍ O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, 1996 yil
     
@NUU_students
👍49🔥4👎2❤1
Har sessiyada qiynalib, yiqilib, o'tib zo'rg'a topshirib olib, keyingi semestrda qattiq o'qiyman deb niyat qilib, baribir shunchaki o'qishga kelib-ketadigan talabalarga assalomu alaykum, barchangizga kun xayrli boʻlsin!

@NUU_students
😁175🤣74👍17🥱8👎7👌5🔥4👏4🤔3❤2🌚1
❗️Ayrim talabalar 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishi mumkin.

Qonunchilikka ko'ra, ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.

@NUU_students
👍38🤣8🔥5👏4🤨2😢1
❗️22 yoshli talaba 5 yilga qamaldi

2001-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat texnika universiteti 4-kurs talabasi S. R. telegram ilovasidagi sahifasi orqali “VK music bot” orqali ko‘chirib olingan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘irilgan audioqo‘shiqni (nashida) tanishiga yuborgan.

30-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining ochiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismining “g” bandi bilan ayblangan S. R. ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan berilgan 2022-yil 18-iyuldagi IP-1218-sonli xulosasiga ko‘ra, diniy mazmundagi S. R. tarqatgan diniy qo‘shiq (nashida) aqidaparastlik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, bu kabi diniy materialni mamlakatimiz hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda.

S. R. 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Qayd etilishicha, birinchi instansiya sudining hukmi qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, ushbu hukmdan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkin.

@NUU_students
😢33👍7👀5😱4🤔3👎1
❗️Endilikda Oʻzbekiston Milliy universitetida dars mashgʻulotlari 1-smena 8:30 da, 2-smena 13:30 da boshlanadi.

@NUU_students
👍66👎37🤬12
🏢 Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

👮‍♀️ harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

🤰 homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

💊 salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

💵 Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

@NUU_students
👍12❤1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya

🎥 Nomi: Matematik moʻjizalar
🇺🇿 Tili: Oʻzbekcha
🎞 Janri: Ilmiy, dramma
📆 Yili: 2022

@NUU_students
👍30❤5🗿1
❗️6-fevral sanasidan barcha bosqich talabalari uchun oʻquv yilining 2-semestri boshlanadi.

Oldin xabar berilganidek, dars mashgʻulotlari 1-smena 8:30 da, 2-smena 13:30 da boshlanadi. Hammaga omad!

@NUU_students
👍40🥱18👎10😁10👌4🤡3🔥1🤣1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️6-fevral sanasidan barcha bosqich talabalari uchun oʻquv yilining 2-semestri boshlanadi. Oldin xabar berilganidek, dars mashgʻulotlari 1-smena 8:30 da, 2-smena 13:30 da boshlanadi. Hammaga omad! @NUU_students
❗️Oʻquv grafigiga koʻra, 2-semestrda 1-2-3-kurs talabalari uchun oʻquv jarayonlari 15 hafta, yakuniy nazorat imtihonlari 2 hafta, malakaviy amaliyot esa 2 haftadan 4 haftagacha davom etishi belgilangan.

@NUU_students
👍34👎3