O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi

Xabaringiz bor, Prezident farmoni va hukumat qaroriga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.

Bu tartib, shunigdek magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilngan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.

Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍11❤1
ариза.docx
12.8 KB
❗️DIQQAT EʼLON

Magistratura qishki qabulida oʻqishga qabul qilingan ayol-qizlar uchun magistratura kontrakt toʻlovini qoplab berish boʻyicha ariza namunasi.

Arizalar rektorat 5-qavatida joylashgan devonxonaga topshiriladi.

@NUU_students
👍4
❗️O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida necha kun dam oladi?

✅ besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22—mart kunlari);

✅ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22—mart kunlari) ketma-ket dam oladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:

✅ 11 mart – shanba kunidan 20 mart – dushanba kuniga;

✅ 25-mart – shanba kunidan 22-mart – chorshanba kuniga.

Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 11- va 25-mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20-mart – dushanba va 22-mart – chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.

@NUU_students
👍19
❗️Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

✅ Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 36 ta;
🏛Institut — 48 ta;d
🏛Akademiya — 5 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 24 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
🔸Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;d DC
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5f ta;
🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
🔸Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
🔹Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;x
🔸Badiiy akademiya - 1 ta;
🔹Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
🔸Adliya vazirligi - 1 ta;
🔹Bosh prokuratura - 1 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔸Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
🔹Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
🔸Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔹Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

💾 OTM roʻyxati pdf shaklda👈

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍16
❗️Daryo.uz nashri xabar berishicha, O‘zbekistonda har bir oliygoh bitiruvchisiga IT dasturlarida ishlashni o‘rganish talabi qo‘yiladi

IT Park va filiallari oliygohlarga biriktirilib, o‘qituvchi va talabalar yangi dasturlarda ishlashga o‘rgatiladi.

Batafsil — http://dy.uz/41Xde

@NUU_students
🔥39👍22🤬20👎6🤡4
❗️Toshkent shahrida jamoat transportida vaqtga biriktirilgan differensial tarif rejalari joriy etilishi kutilmoqda. Bunda:

➖Bir martalik to‘lov, agar naqd bo‘lsa, 2000 so‘m, elektron to‘lovda esa 1800 so‘m bo‘lishi rejalashtirilmoqda;
➖bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;
➖ ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;
➖ avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.
➖Shu bilan birga, jamoat transportidan kunlik faol foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar (6 ming so‘m) joriy etiladi.
➖Har bir avtobus yo‘nalishiga ikki nafardan nazoratchi biriktiriladi.

@NUU_students
👎49👍18🤯8🥴1
Fanlar majmuasi.pdf
445.3 KB
❗️2023/2024-oʻquv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi

Yuqoridagi faylda oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.

2023/2024-oʻquv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi.

@NUU_students
👍12🤯1
“Kiberxavfsizlik bilimdonlari” intellektual o'yinlarida Oʻzbekiston Milliy universitetidan ham jamoa ishtirok etmoqda.

Ushbu havolaga oʻtib, Axborot xavfsizligi jamoasiga ovoz bering.

👉 https://t.me/cyber_102/1106

@NUU_students
👍10
❗️O‘quv markazlarida IT sohasini o‘rganish uchun ham taʼlim krediti beriladi

Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, taʼlim krediti:

— bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming so‘m) miqdorda;
— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
— bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
— har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.

@NUU_students
👍17
mi hammada?

@NUU_students
😁173👍27👌7👎6🤣5💯3
❗️Prezident farmoni bilan 2023-yil uchun mo’ljallangan davlat dasturi qabul qilindi.

👉 Batafsil: https://uza.uz/posts/458522

@NUU_students
👍5🥱1👨‍💻1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
“Kiberxavfsizlik bilimdonlari” intellektual o'yinlarida Oʻzbekiston Milliy universitetidan ham jamoa ishtirok etmoqda. Ushbu havolaga oʻtib, Axborot xavfsizligi jamoasiga ovoz bering. 👉 https://t.me/cyber_102/1106 @NUU_students
❗️Toshkent shahrida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish o'n kunligi” doirasida o'tkazilgan “Kiberxavfsizlik bilimdonlari” intellektual o'yinlarida O‘zbekiston Milliy universitetining “Axborot xavfsizligi” jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

@NUU_students
🎉26👍6
😁41👍7🌭2👏1
#foydali

❗️Oʻqish joyidan maʼlumotnomani qanday qilib onlayn tarzda olish mumkin?

Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olishning 2 xil yoʻli bor:

• my.gov.uz portali orqali;
• hstudent.nuu.uz sayti orqali;

1⃣. my.gov.uz portali orqali oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish quyidagicha amalga oshiriladi:

• Ushbu saytga kiriladi;
• “Oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish” boʻlimiga oʻtiladi;
• Ushbu boʻlimdan pdf formatida maʼlumotnoma yuklab olinadi;

2⃣. hstudent.nuu.uz sayti orqali oʻqish joyidan maʼlumotnoma olish quyidagicha amalga oshiriladi:

• Ushbu saytga kiriladi;
• “Ma’lumotnomalar” boʻlimiga oʻtiladi;
• Ushbu boʻlimdan pdf formatida yuklab olinadi;

👉 Eslatma: my.gov.uz sayti orqali barcha OTM talabalari oʻz oʻqish joylaridan maʼlumotnoma olishlari mumkin. Agar siz OʻzMU talabasi boʻlsangiz yuqoridagi ikkala saytdan ham maʼlumotnoma olish huquqiga egasiz.

@NUU_students
👍15
Oʻzbekiston Milliy universiteti, 1980-yillarda olingan surat.

@NUU_students
👍105❤27🔥8🎉8😁3❤‍🔥2🤔1
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida Navroʻz bayrami sayllari 17-mart kuni boʻlib oʻtadi.

@NUU_students
👍95❤12👎8👏5👻2
❗️Hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari!

Bugun soat 10.00dan 18.00 ga qadar kun davomida Beruniy maydonida (metro) "Navro‘z" umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tumanning katta tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 1 tonnaga yaqin sumalak, 1 tonnaga yaqin xalim, 5 ta dosh qozonda osh damlanib bepul aholiga tarqatiladi.

Tadbir davomida konsert dasturi ham rejalashtirilgan!

@NUU_students
👍95❤13👎2🔥2
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida 1000 oʻrinli talabalar istiqomat qilishlari uchun yangi talabalar turar-joyi qurilishi boshlandi.

Qayerda qurilishini hamma bilsa kerak)

@NUU_students
🤔78👍44👎5🤡3🥱1
Ramazon Keldi Ramazon [www.XMuzon.Com]
All Stars
🎉 Ramazon keldi, Ramazon!

Muborak boʻlsin, Ramazon sizga,
Muborak boʻlsin, Ramazon bizga!
Bayram bayram oʻgʻil-qizga,
Ramazon keldi, Ramazon!

@NUU_students
👍8🥰2🕊1
Forwarded from Muslim.uz
🌙 Рамазон ойи 23 мартдан бошланади

📝 Ўзбекистон Республикаси Президенти “Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида”ги қарорини имзолади. Унга кўра, 2023 йилги муборак Рамазон ойининг бошланиши 23 март кунига тўғри келиши ҳақидаги Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ахбороти маълумот учун қабул қилинди.

🕌 Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолари Кенгаши томонидан Ислом дини манбалари ва астрономик маълумотларга таянган ҳолда 2023 йилда Рамазон ойининг биринчи куни шу йил 23 март, пайшанба кунига тўғри келиши ҳақида хулоса қилинган.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz

#Рамазонга_тайёрланамиз
#Раҳмат_ойи_Рамазон
#Рамазон
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
👍12🔥1🥰1