O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

➖to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).

❗️Ma’lumot o‘rnida yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to’lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

@NUU_students
👍15👏2😁2
“O‘zbekiston Milliy universiteti — keng imkoniyatlar maskani” degan yozuvni oʻqib, “Yakuniyni qayta topshirishga imkoniyat berisharmikan?” deb oʻtiribsizlarmi?

@NUU_students
😁118👍18🌚5🤣4💯3🤯1
​​❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

✅ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb tushuniladi;

✅ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

✅ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

✅ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

✅ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

✅ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

❗️ Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kishiga beriladi, deb xato o‘ylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi.

🔥 Tavsiyanomalar soniga cheklov yo‘q, necha kishi to‘g‘ri kelsa, barchasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota, xolos. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo‘lsa, shularning orasidan 2 ming kishi qo‘shimcha kvotada talabalikka qabul qilinadi.

‼️ Tavsiyonoma berildi degani, o‘qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi.

@NUU_students
👍4
Yakuniyni shunaqa yozish kerak :)

@NUU_students
🤣165😁6👍3👎3⚡1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

❓ Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkin?

✅ Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

👉 Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5️⃣ tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

👉 Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

👉 Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, 1️⃣-sini kunduzgi, 2️⃣-sini kechki, 3️⃣-sini sirtqi, 4️⃣-masofaviy.

👉 Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

@NUU_students
👍7👎1
🤣92👍5😁4👎2🥱1🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❔ Ta’lim yo’nalishini o‘zgartirmasdan ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi?

Talaba bir OTM doirasida ta’lim shaklini o’zgartirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza qoldirishi mumkin.

Ariza OTMning qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

✅ Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida ma’lumot berildi.

@NUU_students
👍9
❗️Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi — vazir

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qabulga oid jonli efirda ma’lum qilishicha, 2023-yil magistraturaga faqat bir marta yozda qabul bo‘ladi.

"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi", dedi vazir.

Ma'lumot uchun: o'tgan yili magistraturaga qishki va yozgi qabul o'tkazilgandi.

@NUU_students
👍18👎5
❗️Uzbekistan Airways yoshlar oyligi munosabati bilan 14-30 yoshdagi yoshlar uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga 9-30-iyun kunlari 15% chegirma taqdim etmoqda.

@NUU_students
👍18
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
“O‘zbekiston Milliy universiteti — keng imkoniyatlar maskani” degan yozuvni oʻqib, “Yakuniyni qayta topshirishga imkoniyat berisharmikan?” deb oʻtiribsizlarmi? @NUU_students
❗️2022/2023-o‘quv yilining II semestridan akademik qarzdor boʻlgan kunduzgi va kechki bo‘limlarning 1-, 2- va 3-kurs talabalariga, magistratura mutaxassisliklarining 1-kurs talabalariga, shuningdek, kechki va sirtqi boʻlimlarning 4- va 5-kurs talabalariga istisno tariqasida bir marta qayta oʻzlashtirishlari uchun 12-iyundan 30-iyungacha boʻlgan muddat berildi.

@NUU_students
👍44🥴11👎3😱2
Hozir sevadi, sentyabrda xo‘rlaydi lekin:)

@NUU_students
🤣84👍13😁7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yangi o‘quv yilida 381 ming kvota tasdiqlanishi mumkin, shundan 60 ming kvota davlat grantlariga ajratiladi.

Qoidaga ko‘ra, OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. 11 kun vaqt qolgan bo'lsa, hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q, lekin bu bo'yicha ishlar ketmoqda.

Maʼlumot uchun: joriy yildan boshlab Prezident qarori asosida faqat byudjet kvotalari tasdiqlanadi. Kontrakt kvotalari esa moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlarida esa tegishli bo’ysunuvdagi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

@NUU_students
👍12🤣2🔥1
❗️Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin.

Endi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.

Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.

Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi.

@NUU_students
👍34👎11👏2
Maqsad va harakat.

Maqsad va harakat, qay biri siz uchun ustuvorroq? Katta qismdagi insonlar albatta maqsad deyishadi, ammo harakatni ham inkor qila olishmaydi.

Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobida yozilishicha, juda koʻp insonlar maqsad qoʻyishadi, ammo harakat sust boʻladi. Shunda savol paydo boʻladi: “Maqsad boʻlib, harakat boʻlmasa natija boʻlmas ekan. Aksincha harakat boʻlib, maqsad boʻlmasachi?”. Toʻgʻri va tushunarli savol. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar siz biror nimani maqsad qilmasdan turib, faqat harakat qilsangiz, oʻsha maqsadga oʻzingiz bilmagan holda ham erishasiz. Bunga koʻplab misollar keltirish mumkin. Teskarisi esa yuqorida aytilgandek oʻrinli emas.

Xulosa shuki, maqsad va harakatning ikkisidan ham voz kechib boʻlmaydi, lekin harakat potensiali yuqori boʻlgan insonlardagina maqsadga erishish osonroq boʻladi. Nazarimda, vaqtni shunday taqsimlash o‘rinli: 1% maqsad, 99% harakat.

@NUU_students
👍15🔥4👏4
❗️Yangi o‘quv yilidan boshlab, oliygohda o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun, kim to‘lashidan qatʼi nazar, kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Hozirda ushbu imtiyoz farzandi va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlarga qo‘llanilar edi.

Bu degani, agar kelgusida ushbu qaror kuchga kirsa, talaba xotin-qizlarning kontrakti uchun aka-ukasi, qaynota yoki qaynonasi, tog‘asi yoki amakisi, xullas kim to‘lashidan qatʼi nazar, barchaga daromad solig‘idan imtiyoz qo‘llanadi. Jaydari tilda aytganda kontrakt to‘lagan summasidan 12 foiz qaytarib beriladi.

@NUU_students
🎉21👍12🤩3👎1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqishni bitirganingdan keyin universitetidagilarga))

@NUU_students
😁31🤣30👍10👎1🤩1
Kim sanab turgan ekan-a? Bu maʼlumotga ishonish qiyin...

@NUU_students
🤣111👍7🥱7👎1🔥1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Kim sanab turgan ekan-a? Bu maʼlumotga ishonish qiyin... @NUU_students
#hazil

— Nechta talaba qatnashdi deb yozay?
— Oʻzingga qaysi son yoqadi?
— 8
— 8000 ta qatnashdi deb yoz

@NUU_students
🤣91😁7👎1🌭1
Qabul kvotalari.pdf
23.7 MB
❗️Rasman: Qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

➖ bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
➖ magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 8 923 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

@NUU_students
👍6🔥5