O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Qabul kvotalari.pdf
23.7 MB
❗️Rasman: Qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

➖ bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
➖ magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 8 923 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

@NUU_students
👍6🔥5
❗️OTMlarga to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari 20-iyungacha tasdiqlanishi aytildi

Eslatib o‘tamiz, bakalavriat bosqichiga qabul jarayoni 20-iyundan boshlanadi.

@NUU_students
👍4
Magistr__kvota_grant2023.pdf
22.9 MB
❗️2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo’yicha kvota

@NUU_students
🔥2👍1
Ingliz tilini anchadan beri o'rganyapsizku, lekin natija sezilmayaptimi?
O'zingizni ,Englishni biladigandek tutasizu, aslida uni yaxshi bilmasligizni o'zingiz ichizdan bilib ezilasiz. 😕

Yuqorida levelda o'qiyotgan bo'lsangiz ham Englishda ravon gapirolmayapsiz va darslaringiz hali ham O'zbekchada o'tilyaptimi?

Bular jonga tekkan bo'lsa aynan sizni kursimizga taklif qilamiz.

✨0 dan boshlovchilar uchun ham yangi guruhlar ochilmoqda va boshqa darajadagi o'quvchilarni ham sinov asosida qabul qilamiz.

Darslar haftada 3 martadan.

Birinchi dars sinov darsi.

📊Yuqori natijaga asoslangan tizim bo'yicha darslarni tashkil etamiz!
Sinov darsimizga tashrif buyurib, bunga o’zingiz guvoh bo’lishingiz mumkin!

📍Manzil: Olmazor tumani

❗️Mo'ljal: Talabalar shaharchasi yaqinida, Najot ta'lim o'quv markazi ro'parasida.

1-iyulgacha murojaat qilganlarga 25% chegirma, yani 300 ming so'mdan.

✅Faqat IELTS (sertifikat) uchun o'qimay,
foydali ilm uchun o'qing.
Biz bilan manfaatli ilm oling.

Murojaat uchun: @summit_admin
👍14👎5🔥2
❗️Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.

Quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

▪️28-iyun, chorshanba
▪️ 29-iyun, payshanba
▪️ 30-iyun, juma
▪️ 1-iyul, shanba
▪️ 2-iyul, yakshanba.

@NUU_students
👏19👍9
❗️GPA qanday formula asosida hisoblanadi?

GPA
(Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u rasmdagi formula yordamida hisoblanadi:

K — fanga ajratilgan sinov birliklari (kredit) miqdori;
U — fan bo‘yicha olingan baho

@NUU_students
👍24
❗️Bu yil kunduzgi ta'lim uchun to'lov-kontrakt asosida qabul kvotalari 92 254tani tashkil etmoqda. “2023/2024-o‘quv yilida qabul kvotalari soni grant uchun 10 foizga, to‘lov-kontraktga 1 foizga oshirildi” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi department boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

@NUU_students
👎25👍12🗿1
❗️Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar va ularning ota-onalari qabul to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyilagi telefon raqamlari orqali olishlari mumkin:

☎️ 71 227 17 39
☎️ 71 246 79 89
☎️ 71 227 13 90

Batafsil:
https://nuu.uz/admission/

@NUU_students
👎7👍4
#Qabul_2023
#Magistratura

⚡️⚡️
Magistraturaga qabul boshlanmoqda

▶️ 2023-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

✔️ 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

👉Sertifikatlar ro‘yxati

@NUU_students
👍7🕊5❤3
❗️2024/2025-o‘quv yilidan OTMga imtihon topshirish «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida tashkil etiladi

Abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

@NUU_students
👎31👍16😁5🤔4🥴1
❗️“Perevod” bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.

@NUU_students
👍7
Kvota_Kunduzgi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
942.9 KB
#qabul_2023
#kvota_kunduzgi

⚡️Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot'da

@NUU_students
👍2
Kvota_Sirtqi_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
359.9 KB
#qabul_2023
#kvota_sirtqi

⚡️Bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining SIRTQI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

@NUU_students
👍2
Kvota_Kechki_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
220.5 KB
#qabul_2023
#kvota_kechki

⚡️Bakalavriatning kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KECHKI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

@NUU_students
👍3
Kvota_Masofaviy_Bakalavriat-2023 Lot..pdf
191.1 KB
#qabul_2023
#kvota_masofaviy

⚡️Bakalavriatning masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti.

📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot

@NUU_students
Kvota_Magistratura-2023 Lot..pdf
491.6 KB
#qabul_2023
#magistratura_kvota

⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

JAMI: 17 128 nafar;
Davlat granti: 8 938 nafar;
Kontrakt: 8 190 nafar.

@NUU_students
Kelgusi o‘quv yilidan:

🔵bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi;
🔵magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
🔵kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
🔵Oliy ta’limga kirishda yoshlarning maktabda o‘qigan baholari ham inobatga olinib, kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

©️Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid rejalari bilan bo‘lishdi.

@NUU_students
👍30👎6🔥3❤2😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endilikda pedagogika yo‘nalishi faqat davlat granti asosida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishiga o‘qishga kirgan barcha talabalar davlat hisobidan grant asosida o‘qishini aytib o'tdi.

@NUU_students
👍33👎8🤯6