O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Ota-onalarning farzandi taʼlimi uchun toʻlagan pullari daromad soligʻidan ozod qilinadi

2023-yil 1-avgustdan
soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib taʼlimning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimiga joriy etiladi.

1-avgustdan 12 foizlik daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

👩‍🎓 Soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
👉Soliq kodeksi 378-modda

Soliq deklaratsiyalarini yuborish boʻyicha videoqoʻllanma

@NUU_students
👍15
“Yoshlar daftari”ga kimlar kiritiladi?

✅ “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi:

🟢 oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan;
🟢 ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;
🟢 boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;
🟢 o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
🟢 o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
🟢 I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
🟢 farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
🟢 jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;
🟢 ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
🟢 yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;
🟢 zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;
🟢 “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
🟢 haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;
🟢 davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;
🟢 jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
🟢 muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;
🟢 psixologik maslahatga muhtoj;
🟢 nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
🟢 dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;
🟢 yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.

@NUU_students
👍12
❗️Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar 3 kun dam olishadi:

– 1-sentyabr – juma Mustaqillik kuni;
– 2-sentyabr – shanba olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun dam olish kuni;
– 3 sentyabr – yakshanba taqvim bo‘yicha dam olish kuni.

@NUU_students
👍20😁10❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ikkinchi va undan keyingi ta’lim boʻyicha oʻqishga kirish uchun onlayn qabul

2023/2024-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

@NUU_students
👍2
❗️Prezidentning tegishli qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.)ga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

🟢 reyting davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha umumiy aniqlanadi;

🟢 so‘nggi besh yil davomida reytingda birinchi 10 talik o‘rinni egallagan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

@NUU_students
👍10🤔2
🇷🇺 Прием-2023

📢СПЕШИТЕ УВАЖАЕМЫЕ АБИТУРИЕНТЫ ! ! !

У ВАС ЕЩЕ ЕСТЬ ШАНС СТАТЬ СТУДЕНТОМ!

🏛Филиал Федерального государственного бюджетного образовательного учреждения высшего образования «Национальный исследовательский университет «МЭИ»» в городе Ташкенте объявляет о продолжении приема документов на 2023/2024 учебный год

🖥Прием абитуриентов на 2023/2024 учебный год осуществляется в режиме on-line – на веб-сайте, регистрируется через (http://qabul.mpei.uz)- филиала Федерального государственного бюджетного высшего образовательного учреждения “Национальный исследовательский университет” МЭИ” в г. Ташкенте.

📞КОНТАКТНЫЙ ЦЕНТР (“CALL CENTER”)
(время работы: с 9:00 до 17:00, выходной день - воскресенье)
(95)-145-77-41
(95)-145-77-42
(95) 145-77-43
(95)-145-77-45
(95)-145-77-46


🌐Дополнительную информацию можно получить на следующем официальном телеграм-канале и веб-сайте:
https://t.me/mpeiuz, t.me/priemmpeiuz, www.mpei.uz
👍2
❗️Kelasi yildan mutaxassislik fani 2 tadan 3 taga ko‘paytiriladi

“Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev.

✅ Ma’lumot uchun, hozir test sinovlarida 2 ta asosiy (mutaxassislik) va 3 ta qo‘shimcha (majburiy) fandan savollar beriladi.

@NUU_students
👎29👍10😁7😢6
❗️Toshkent shahridagi daromadi eng yuqori oliy ta’lim muassasalari beshtaligi e’lon qilindi:

➖ O‘zbekiston milliy universiteti
- 245 mlrd so‘m;

➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti - 165 mlrd so‘m;

➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti - 151 mlrd so‘m;

➖ Toshkent davlat texnika universiteti -145 mlrd so‘m;

➖ Toshkent moliya instituti - 102 mlrd. so‘m.

@NUU_students
🔥36😱17👍15🤬4❤2🤔2⚡1
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil oluvchi talabalar diqqatiga!

Yakuniy nazoratlarda fan imtihonidan kreditga qolganlar va hali toʻlamaganlar, shuningdek fanlar farqining kridetini toʻlamaganlar uchun 8-avgustgacha toʻlashga ruxsat berildi.

@NUU_students
😁26👍7👎7🔥3
❗️Bugun o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabulining so'nggi kuni

➖ respublika davlat oliy ta’lim muassasalararo o‘qishini ko‘chirish uchun – transfer.edu.uz;

➖ nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish uchun – my.uzbmb.uz

Eslatma: arizalar 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

@NUU_students
👍5👎2
Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro'yxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qo'shimcha ustamalar to'lab beriladi.

Ustamalar miqdori bilan yuqoridagi jadval orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qo'shimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

@NUU_students
👍13❤2😁1
❗️Qanday hollarda o‘qishni ko‘chirish rad etiladi ya’ni “perevod”ga ruxsat berilmaydi?

Suratda barcha holatlar keltirib o‘tilgan.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori

@NUU_students
👍1
❗️Ikkinchi mutaxassislikka imtihon qanday bo‘ladi?

Ayni paytda 2-mutaxassislik uchun qabul davom etyapti. Kvotalar tasdiqlandi. 2-mutaxassislikka oliy ma’lumotga ega abituriyentlar hujjat topshira oladi. 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qishni boshlashadi.

2-mutaxassislikka kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari oliy ta’lim muassasasining xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

@NUU_students
👍15🔥1
❗️Rasman: Prezident maktablarini tugatganlar imtihonsiz grantga o‘qishga kiradi

Yaqinda Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga ball qo‘shib berilishi katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

✔️ Yana bir nechta maktab bitiruvchilari imtiyoz bilan o‘qishga kiradi:
➖ prezident maktabini tugatganlar hech qanday imtihonsiz grantga;
➖ Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga imtihonsiz kontrakt asosida;
➖ ijod maktablari bitiruvchilari tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika yo‘nalishlariga imtihonsiz kontrakt asosida qabul qilinadi.

@NUU_students
👎54👍8🥴6
❗️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍4
❗️Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan (ta’lim shaklidan qat’i nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy ta’limda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba BHMning 15 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mgacha) to‘lov-kontraktini to‘lab berish belgilangan.

@NUU_students
👍10
❗️my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obunachilardan kelgan video. Yoqqan boʻlsa, reaksiya qoldiring.

@NUU_students
👍64🔥17❤9🥴5👎1🤔1
❗️Yangi oʻquv yili 4-sentabr sanasidan boshlanadi.

@NUU_students
👍45🤯20👎18👏4🔥2