O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil oluvchi talabalar diqqatiga! Yakuniy nazoratlarda fan imtihonidan kreditga qolganlar va hali toʻlamaganlar, shuningdek fanlar farqining kridetini toʻlamaganlar uchun 8-avgustgacha toʻlashga ruxsat berildi. @NUU_students
❗️DIQQAT: Bugun fanlardan qarzdorliklar va fanlar farqi kreditini toʻlashning oxirgi kuni.
@NUU_students
@NUU_students
😁7👍5
❗️Rasman: Prezident maktablarini tugatganlar imtihonsiz grantga o‘qishga kiradi
Yaqinda Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga ball qo‘shib berilishi katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
✔️ Yana bir nechta maktab bitiruvchilari imtiyoz bilan o‘qishga kiradi:
➖ prezident maktabini tugatganlar hech qanday imtihonsiz grantga;
➖ Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari kimyo, biologiya, fizika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga imtihonsiz kontrakt asosida;
➖ ijod maktablari bitiruvchilari tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika yo‘nalishlariga imtihonsiz kontrakt asosida qabul qilinadi.

👎54👍8🥴6
❗️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.
Shuni inobatga olib, rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

👍4
❗️Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan (ta’lim shaklidan qat’i nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy ta’limda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba BHMning 15 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mgacha) to‘lov-kontraktini to‘lab berish belgilangan.
@NUU_students
@NUU_students
👍10
❗️my.uzbmb.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥17❤9🥴5👎1🤔1
👍45🤯20👎18👏4🔥2
❓Turli sabablarga ko’ra, testga kirmagan abituriyentlar endi nima qiladi? Qo’shimcha kun beriladimi?
✅ JAVOB: Yo’q, hech qanaqa qo’shimcha test o’tkazilmaydi.
Test sinoviga belgilangan kunda kira olmagan abituriyentlar o’ziga berilgan imkonni qo’ldan boy berdi. Endi ular kelgusi yilda topshirib ko’radi.
Bunda qaysi sababga ko’ra kela olmagani muhim emas. Kimdir kasal bo’lib qolgan, kimdir farzandli bo’lgan, kimdir jarrohlik amaliyotini o’tkazgan, kimdir kechikkan, kimdir hujjatini esidan chiqargan, kimdir hujjatini yo’qotgan va hk.
Qanday sabab bo’lishidan qat’i nazar testga kira olmaganlar uchun yana boshqa kunda testga kirish imkoni berilmaydi.
Faqatgina pandemiya munosabati bilan 2020-2021-yillar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi chiqqan abituriyentlar uchun qo’shimcha test o’tkazish belgilangan edi. Lekin o’tgan yildan buyon bu tartib bekor bo’lgan.

👍13😁6👎4
❗️Bugun ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn qabul yakunlanadi.
2023/2024-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

👍2
❗️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirgan talabgorlar diqqatiga!
2023-yil 15-iyul kuni talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlangan edi.
Arizalar my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgust kuni 23:59 ga qadar onlayn tarzda qabul qilindi va mazkur muddat davomida 54 260 ta ariza kelib tushdi.
Bunda arizasi rad etilgan talabgorlar uchun 5-avgustdan so‘ng ham qayta ariza yuborish imkoniyati berilgan bo‘lib, qayta ariza yuborish bugun (10-avgust) 12:00 da yakunlandi.
Arizasi tasdiqlangan talabgorlar esa to‘lovni ertaga (10-avgust) 23:59 ga qadar amalga oshirish mumkin.
Mazkur muddat davomida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi inobatga olinmaydi va ularga test sinovida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

👍26🤩5❤2👎2🎉2👏1
❗️Bir paytning o‘zida ikkita OTMda o‘qish mumkinmi?
✅ Yo‘q, bir paytning o‘zida ikkita OTMda o‘qib bo‘lmaydi.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 9-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami №1222, 22.02.2003) qoidalariga ko‘ra talaba faqat bitta OTMda o‘qishi talab etiladi.

👍8👎5
❗️Talabalar uchun nomli stipendiyalar roʻyxati yangilandi
Prezident Farmoni (10.08.2023, PF-132) qabul qilindi. Unga ko‘ra PF-555-son Farmon 2-bandiga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi.
Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” (koʻpi bilan 25 foizi “yaxshi”) boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqiyotgan oxirgi ikki kurs (keyingi oʻrinlarda — yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari taʼsis etildi:
▪️texnika yoʻnalishlarida — Beruniy,
▪️tibbiyot yoʻnalishlarida — Ibn Sino,
▪️gumanitar yoʻnalishlarda — Navoiy,
▪️tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlarida — Kamoliddin Behzod,
▪️tabiiy yoʻnalishlarda — Ulugʻbek,
▪️kinematografiya yoʻnalishida — Xudoybergan Devonov,
▪️tarix va geografiya yoʻnalishlarida — Bobur,
▪️ jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida — Pahlavon Mahmud,
▪️Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy,
▪️Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida — Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov,
▪️shuningdek, barcha yoʻnalishlarda — Islom Karimov nomli.
Belgilandiki:
➖Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulugʻbek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;
➖Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;
➖Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlimmuassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
➖Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yoʻnalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlimmuassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
➖Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
➖Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;
➖Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi”.

👍19😁1
❗️Talabalar diqqatiga: 20-avgustdan yotoqxonalarga onlayn ariza olish boshlanadi.
Shaffoflikni taʼminlash maqsadida 20-avgustdan yotoqxonada turmoqchi boʻlgan talabalarning arizasi onlayn ravishda qabul qilinadi va raqamlashtiriladi.

👍23😁9🥱2👻2
❗️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi
Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❤2
❗️Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qilish tartibi o’zgartirilmoqda
Xabaringiz bor, 2 yildan buyon talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanayotgan edi.
Aniqrog‘i, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.
Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tartib o‘zgartirilmoqda. Yaʼni ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:
➖ Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming so‘m);
➖ qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming so‘m) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.
Ya’ni masalan talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming so’mdan ijarada tursa, shuning 330 ming so’mi davlat tomonidan qoplanadi.
✅ Shuningdek, sentyabr va oktyabr oylarida ijara puli qoplanishi uchun hech qanday ijara shartnomasi ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, shartnoma bo‘lmasa ham qoplab berilaveradi.
Bundan tashqari OTMlardagi talabalar turar joylari endi tarqatiladi va bunda byurokratiya hamda inson omili minimal darajaga tushiriladi.
Yangi o‘zgarishlarda talabalarni yotoqxona bilan taʼminlashga oid boshqa yaxshi yangiliklar ham bor. Bu borada tegishli masʼullar bilan ovozli chat tashkil qilishni rejalashtiryapmiz.
Xushnudbek

👍20👏3❤1
❗️Talabalar turar joyiga joylashish jarayoni to'liq raqamlashtiriladi.
Shaffoflikni ta’minlash maqsadida talabalikka tavsiya etilib, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan abituriyentlardan arizalar 20-avgustdan boshlab UniHostel platformasi yordamida talabalar turar joyida istiqomat qilish uchun arizalar yuborish, joy olish va to'lovni amalga oshirish onlayn qabul qilinadi.
Bundan tashqari platforma vazirlikning HEMIS va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo'lib, axborotlar avtomatik tarzda shakllanadi, ariza va ularga berilgan javoblar monitoring qilib boriladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati

👍12
❗️Talabalarni yotoqxonalar va ijara uylariga joylashtirish markazlari tashkil etiladi
Joriy yil 14-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari bilan uchrashib, talabalar turar joylari masalasini muhokama qildi.
Yigʻilishda talabalar yotoqxonalarini yangi oʻquv yiliga shay holatga keltirish, ularni moddiy-texnik bazasi bilan toʻliq taʼminlanishi, talabalar uchun ijara uylari bazasini yaratish va xonadonlar holatini oʻrganish, talabalarni yotoqxonalar va ijara uylari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlanishini yoʻlga qoʻyish kabi vazifalar ijrosi muhokama etildi. Oʻz navbatida , oliy taʼlim muassasalari rahbariyatlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Vazir talabalarni oʻquv yilida muammolarsiz yotoqxona va ijara uylariga joylashishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

👍10❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Vazirlik talabalarni kutib olishga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov UzA axborot agentligiga batafsil ma’lumot berdi.
Jumladan, shaffoflikni ta’minlash maqsadida talabalikka tavsiya etilib, yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan abituriyentlardan arizalar 20-avgustdan boshlab onlayn qabul qilinadi.
Ular uchun OTMlarda mavjud yotoq o‘rinlarining o‘rtacha 60 %i alohida ajratilgan. Bundan tashqari, bugungi kunda talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalar uchun respublika bo‘yicha 74 ming yotoq o‘rni bazasi shakllantirilgan.
👉 To‘liq maqolani o‘qish

👍10❤3